1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika baxshichilik sanʼati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qarori ijrosini taʼminlash hamda milliy sanʼatimiz va madaniyatimizning qadimiy merosini saqlab qolish, baxshichilik yoʻnalishi boʻyicha yoshlarning ijodiy salohiyati, ularning intilishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda roʻyobga chiqarish, malakali baxshilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qarori bilan Respublika baxshichilik sanʼati markazi va uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Respublika baxshichilik sanʼati markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) shtatlar jadvali va xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 1-ilovaga;
Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direksiyasining (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) shtatlar jadvali va xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 2-ilovaga;
Respublika baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Respublika baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga budjetdan tashqari tushadigan yillik tushumlarning bir foizi miqdoridagi ajratmalar;
Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari);
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoniga muvofiq budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi tatbiq etiladi.
5. Belgilansinki:
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga toʻgʻridan toʻgʻri boʻysunadi;
Markazni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Surxondaryo viloyati hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga, Direksiyani saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Termiz shahridagi 21-son baxshichilik maktabi negizida baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
baxshichilik sanʼati boʻyicha oʻquvchilarga chuqurlashtirilgan taʼlim berishni taʼminlash;
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
oʻquvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, oʻquvchilarning oʻz ustida mustaqil ishlashi va qoʻshimcha bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratish;
har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash, unda estetik qadriyatlarni va vatanparvarlikni shakllantirish;
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va sanʼat sohasida ilm-fan boʻyicha erishilgan ilgʻor yutuqlarni tatbiq etish.
8. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda maktab-internatga qoʻshimcha bino va inshootlar qurilishi uchun joy ajratilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi maktab-internatga qoʻshimcha bino va inshootlarni, shu jumladan, 150 oʻrinli yotoqxona va oshxona, 200 oʻrinli oʻquv binosini qurish boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan qurilish-montaj ishlarini 2020-yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
maktab-internatga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni qabul qilishni tashkil etsin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab baxshichilik va dostonchilik taʼlimi yoʻnalishini tashkil etishni nazarda tutsin;
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarining namunaviy shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqib, umumiy shtatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida baxshichilik sanʼati davlat ansambllari va boshqa viloyatlarda viloyat ansambllarini nazarda tutish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-sentabr,
798-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 798-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika baxshichilik sanʼati markazining shtatlar jadvali va xodimlari mehnatiga haq toʻlash
III. Baxshichilik cholgʻu asboblarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻlimi
13.
Boʻlim boshligʻi
1
11
14.
Bosh mutaxassis
1
10
IV. Baxshichilik sanʼati tarixiy ekspozitsiyasi boʻlimi
15.
Boʻlim boshligʻi
1
11
16.
Bosh mutaxassis
1
10
V.Baxshichilik sanʼatini ilmiy rivojlantirish boʻlimi
17.
Boʻlim boshligʻi
1
11
18.
Katta ilmiy xodim
1
9
19.
Kichik ilmiy xodim
1
8
VI. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻlimi
20.
Boʻlim boshligʻi
1
11
21.
Bosh mutaxassis
1
10
* Yuriskonsult lavozimining tarif razryadi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
Izoh. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 798-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direksiyasining shtatlar jadvali va xodimlari mehnatiga haq toʻlash
* Yuriskonsult lavozimining tarif razryadi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
Izoh. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 798-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Respublika baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, milliy va xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Jamgʻarma budjet tashkiloti hisoblanmaydi.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari
3. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish;
mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik sanʼatiga oid zarur adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalari va davriy nashrlar bilan taʼminlashni moliyalashtirish;
madaniyat va sanʼat muassasalari huzuridagi baxshichilik toʻgaraklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholgʻu asboblari va jihozlar bilan taʼminlash;
baxshichilik sanʼati bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish;
baxshichilik sanʼatiga homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy grantlarni jalb etish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan manbalardan tushadigan mablagʻlarni jamgʻarish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
4. Jamgʻarmani boshqarish Respublika baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma kengashi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Jamgʻarma kengashi:
Jamgʻarmaning rejalashtirilgan loyihalar boʻyicha keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrgacha tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaning har chorak yakuni boʻyicha daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
6. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga budjetdan tashqari tushadigan yillik tushumlarning bir foizi miqdoridagi ajratmalar;
Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari);
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
7. Jamgʻarma ijrochi direktori Jamgʻarma mablagʻlarini boshqaruvchi etuvchi hisoblanadi.
8. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
75 foizdan kam boʻlmagan mablagʻ — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat va sanʼat muassasalari huzuridagi baxshichilik va dostonchilik toʻgaraklari, ansambllari, sinflari, kurslari hamda taʼlim yoʻnalishlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholgʻu asboblari bilan taʼminlash va jihozlash;
baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati faoliyatini takomillashtirish, zarur cholgʻu asboblari bilan taʼminlash va jihozlash;
baxshi, oqin va jirov ijrochilarni respublika va xalqaro miqyosdagi festival va tanlovlarda qatnashish uchun yuborish, shuningdek, baxshichilik va dostonchilik sanʼati yoʻnalishidagi kadrlar malakasini oshirish;
baxshichilik va dostonchilik yoʻnalishidagi tadbirlarni moliyalashtirish;
25 foizdan koʻp boʻlmagan mablagʻ — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, yaʼni oʻqituvchilikka, toʻgarak rahbarligiga va ansambllarga jalb etilgan baxshilarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish.
9. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlar smetasi budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha budjet tashkilotlari uchun (choraklar, tushumlar manbalari va ularning sarflanishi yoʻnalishlari boʻyicha) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Jamgʻarma kengashi raisi, Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan holda, Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
11. Jamgʻarma har yili qonunchilik hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Jamgʻarmaning moliyaviy hisoboti moliyaviy yil yakunlangandan soʻng auditorlik tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda tekshiriladi. Moliyaviy hisobot, auditorlik xulosasi har yili 1-maydan kech boʻlmagan muddatda Jamgʻarma kengashiga taqdim etiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlaariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 798-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning “Surxondaryo viloyati” boʻlimiga “Respublika baxshichilik sanʼati markazi” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 25-son, 500-modda):
a) 1-bandga quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda, mazkur qaror bilan bazaviy lavozim maoshlari miqdori tasdiqlangan teatrlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika teatrlari artistlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini yaxshilash toʻgʻrisida” 1993-yil 3-dekabrdagi PF-692-son Farmoni bilan belgilangan har oylik ustama haqlari tatbiq etilmaydi.”
b) rus tilidagi matnning 10-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“RAZMERI bazovix doljnostnix okladov po oplate truda rabotnikov Sentrov kulturi
Spetsialisti: po organizatsii deyatelnosti tvorcheskix krujkov i samodeyatelnix kollektivov, po voprosam molodeji i duxovno-prosvetitelskoy raboti, xudojnik-postanovщik, xoreograf
* Razmeri bazovix doljnostnix okladov ukazannix doljnostey s visshim obrazovaniyem ustanavlivayetsya s primeneniyem povishayuщego koeffitsiyenta — 1,08
Primechaniye. Razmeri bazovix doljnostnix okladov ukazannix doljnostey rasprostranyayutsya na narodnie teatri i samodeyatelnie kollektivi pri tsentrax kulturi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/798/3794-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)