1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1 — 11-ilovalarga muvofiq;
davlat arxivlari va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan davlat arxivlari xodimlari lavozimlari roʻyxati 12-ilovaga muvofiq;
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 13-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Bunda, mazkur qaror bilan bazaviy lavozim maoshlari miqdori tasdiqlangan teatrlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika teatrlari artistlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini yaxshilash toʻgʻrisida” 1993-yil 3-dekabrdagi PF-692-son Farmoni bilan belgilangan har oylik ustama haqlari tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 798-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/798/3794-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari hamda shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda:
davlat arxivlarining yangilangan namunaviy shtatlarini;
Davlat arxivlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda — Davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
ikki oy muddatda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat arxivlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarini uch oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin hamda ularga faoliyat natijalarini baholash asosida malaka toifalari berilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga14-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 5-martdagi 98-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 1-ILOVA
Sirk va teatrlarning maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
I guruh
II guruh
III guruh
Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar
1.
Direktor
3 181 768
2 390 509
2 173 190
2.
Direktor oʻrinbosari
2 629 560
2 173 190
1 975 627
3.
Bosh buxgalter
2 173 190
1 975 627
1 796 024
4.
Tijorat direktor (menejer), ijodiy jamoa direktori, bosh injener
1 975 627
1 796 024
X
5.
Bosh energetik, bosh buxgalter oʻrinbosari, menejer
1 796 024
1 484 318
1 484 318
6.
Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh administrator
1 632 749
1 484 318
1 484 318
7.
Boshqa boʻlimlar boshliqlari (mudirlari), laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey, libosxona, omborxona va bilet byurosi mudiri
1 484 318
1 349 380
1 349 380
Badiiy-rahbar xodimlar
8.
Badiiy rahbar
3 181 768
2 390 509
X
9.
Bosh: rejissor, dirijor, baletmeyster, xormeyster, rassom
2 892 516
2 390 509
2 173 190
10.
Sahnalashtiruvchi-rejissor, sahnalashtiruvchi-baletmeyster, sahnalashtiruvchi-rassom, dirijor, raqs jamoasining badiiy rahbari
2 390 509
1 975 627
1 796 024
11.
Adabiy-dramatik qism rahbari, muharrir;
badiiy-sahnalashtirish qism, truppa, musiqiy qism, adabiy qism mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissor) yordamchisi;
vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster;
rejissor, ovoz rejissori, chiroq ustasi, baletmeyster, xormeyster, vokal, balet, sirk nomerlari, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, studiya rahbari.
2 173 190
1 796 024
1 632 749
12.
Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, manej inspektori
1 975 627
1 796 024
1 484 318
13.
Rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, ovoz operatori, tashkilotchi-pedagog (tarbiyachi), barcha janrlar rassomlari (bezakchi, qoʻgʻirchoqshunos, chiroq boʻyicha, modelyer), studiya oʻqituvchisi (pedagog), zootexnik, veterinariya vrachi
1 632 749
1 349 380
1 226 709
Izoh: Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri maʼmuriy-boshqaruv hamda badiiy-rahbar xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,12 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 2-ILOVA
Teatrlar artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
Opera va balet teatrlari
Musiqiy (operetta) komediya teatrlari
Musiqiy drama teatrlari, drama teatrlari, yosh tomoshabinlar teatrlari, qoʻgʻirchoq, satira va yoshlar teatrlari
1.
Artist-vokalchi (yakkaxon xonanda), balet artisti
yetakchi sahna ustasi
2 173 190
1 975 627
1 975 627
oliy toifali
1 975 627
1 796 024
1 796 024
birinchi toifali
1 796 024
1 632 749
1 632 749
ikkinchi toifali
1 632 749
1 484 318
1 484 318
toifasiz
1 484 318
1 349 380
1 349 380
stajer
1 488 474
x
x
2.
Drama artisti
yetakchi sahna ustasi
x
x
2 173 190
oliy toifali
x
x
1 975 627
birinchi toifali
x
x
1 796 024
ikkinchi toifali
x
x
1 632 749
toifasiz
x
x
1 484 318
3.
Orkestr artisti
oliy toifali
(konsertmeyster)
1 975 627
1 975 627
1 796 024
birinchi toifali
1 632 749
1 632 749
1 632 749
ikkinchi toifali
1 484 318
1 484 318
1 484 318
toifasiz
1 349 380
1 349 380
1 349 380
4.
Xor artisti
oliy toifali
1 796 024
1 796 024
x
birinchi toifali
1 632 749
1 632 749
1 484 318
ikkinchi toifali
1 484 318
1 484 318
1 349 380
toifasiz
1 349 380
1 349 380
1 226 709
5.
Yordamchi tarkib artisti
1 349 380
1 349 380
1 226 709
Izoh:
1. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri artist xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,34 koeffitsiyentga, shuningdek mehnatga haq toʻlash boʻyicha I guruhga tegishli teatrlar xodimlari 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
2. “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi pedagog xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (soatbay toʻlash shartlarida jalb qilinadigan ishlardan tashqari) oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari uchun bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatiga haq toʻlash II guruh boʻyicha qoʻllaniladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 3-ILOVA
Konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroyi) maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
I guruh
II guruh
III guruh
Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar
1.
Bosh direktor, direktor
2 390 509
2 173 190
1 975 627
2.
Direktor oʻrinbosari, bosh buxgalter
2 173 190
1 975 627
1 796 024
3.
Tijorat direktori (menejeri), ijodiy jamoa direktori, bosh muhandis
1 975 627
1 796 024
1 632 749
4.
Bosh energetik
1 796 024
1 632 749
1 484 318
5.
Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh buxgalter oʻrinbosari
1 632 749
1 484 318
1 349 380
6.
Boshqa boʻlimlar boshliqlari (mudirlari), laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey, libosxona mudiri, bosh administrator
1 484 318
1 349 380
1 226 709
Badiiy-rahbar xodimlar
7.
Badiiy rahbar
2 390 509
2 173 190
1 975 627
8.
Bosh: rejissor, dirijor, baletmeyster, xormeyster, rassom
2 173 190
1 975 627
1 975 627
9.
Musiqiy, raqs, konsert jamoasi, va alohida ijodiy, shu jumladan sirk guruhining badiiy rahbari
badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa, musiqiy qism mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissor) yordamchisi, vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster;
rejissor, ovoz rejissori, baletmeyster, xormeyster, vokal boʻyicha, balet boʻyicha, sirk nomerlari boʻyicha, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, manej inspektori.
1 632 749
1 349 380
1 349 380
12.
Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, konsert boshlovchisi
1 484 318
1 226 709
1 226 709
13.
Rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, ovoz operatori, barcha janrlar rassomi (bezakchi, chiroq boʻyicha, modelyer), pedagog-repetitor
1 226 709
1 115 190
1 115 190
”.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 4-ILOVA
Konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
I. Konsert tashkilotlari, musiqali va raqs jamoalari
1.
Simfonik, kamer orkestri, xalq cholgʻu asboblari orkestri, xor jamoasi artisti
oliy toifali
1 796 024
birinchi toifali
1 632 749
ikkinchi toifali
1 484 318
toifasiz
1 349 380
2.
Ashula va raqs ansambli, raqs jamoasi, damli, estrada-simfonik orkestri artisti
oliy toifali
1 632 749
birinchi toifali
1 484 318
ikkinchi toifali
1 349 380
toifasiz
1 226 709
3.
Estrada orkestri va ansambli artisti
oliy toifali
1 484 318
birinchi toifali
1 349 380
ikkinchi toifali
1 226 709
toifasiz
1 115 190
4.
Artist-vokalchi (opera va kamerali), balet artisti (yakkaxon xonanda), artist-laparchi, lektor-musiqachi, cholgʻuchi-yakkaxon xonanda, cholgʻuchilar guruhi
oliy toifali
1 796 024
birinchi toifali
1 632 749
ikkinchi toifali
1 349 380
toifasiz
1 226 709
5.
Balet artisti, musiqali komediya va estrada artist-vokalchisi, nutq janri artisti, kamer-instrumental va vokal ansambli artisti
oliy toifali
1 632 749
birinchi toifali
1 484 318
ikkinchi toifali
1 349 380
toifasiz
1 226 709
6.
Estrada-sport, illyuzion va boshqa original estrada janrlari artisti, akkompaniator, konsertmeyster
oliy toifali
1 632 749
birinchi toifali
1 484 318
ikkinchi toifali
1 349 380
toifasiz
1 226 709
7.
Konferansye artisti
oliy toifali
1 632 749
birinchi toifali
1 484 318
ikkinchi toifali
1 349 380
toifasiz
1 226 709
8.
Vokal-instrumental ansambli artisti, artist-konsert boshlovchisi, estrada-cholgʻu ansambli ar?isti
oliy toifali
1 632 749
birinchi toifali
1 484 318
ikkinchi toifali
1 349 380
toifasiz
1 226 709
9.
Yordamchi tarkib artisti
1 115 190
10.
Ansambl va musiqali ansambllar birlashmasi artisti
* Yirtqich xayvonlarni oʻrgatuvchi artistlarning tegishli toifasi boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,05 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh: Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansamblining artist xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 5-ILOVA
Xayvonot bogʻi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar
1.
Direktor
2 390 509
2.
Direktor oʻrinbosari
2 173 190
3.
Bosh buxgalter, kadrlar boʻlimi boshligʻi, veterinariya klinikasi mudiri, bosh zootexnik, boʻlim mudiri (boshligʻi), bosh zooinjener
1 975 627
4.
Bosh energetik
1 796 024
Ilmiy-ijodiy xodimlar
5.
Bosh ilmiy xodim
2 173 190
6.
Ilmiy xodim
1 975 627
7.
Ekskursiya yetakchisi
1 975 627
8.
Kichik ilmiy xodim
1 796 024
Boshqa xodimlar
9.
Yetakchi veterinariya vrachi
1 975 627
10.
Veterinariya vrachi, hayvonot bogʻining kolleksiyasini butlash va hisobini yuritish boʻyicha mutaxassis
1 796 024
11.
Bioximik-vrach, toksikolog-vrach, bakteriolog-vrach, apteka mudiri
1 796 024
12.
Bosh zootexnik
1 975 627
13.
Chipta kassasi mudiri, ozuqa oshxonasi (hayvonlar uchun) mudiri, zootexnik
1 632 749
14.
Veterinariya feldsheri, laborant
1 484 318
15.
Chiptalar nazoratchisi
1 484 318
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 6-ILOVA
Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
I guruh
II guruh
III guruh
IV guruh
1.
Bosh direktor, direktor
2 892 516
2 532 587
2 173 190
1 975 627
2.
Fondlar bosh saqlovchisi, direktor oʻrinbosarlari, bosh muhandis
2 629 560
2 390 509
1 975 627
1 796 024
3.
Bosh: buxgalter, energetik
2 172 343
1 975 627
1 632 749
1 484 318
4.
Filial, boʻlim, kutubxona, sektor, taʼmirlash ustaxonasi mudiri, ilmiy kotib
2 390 509
2 172 343
1 796 024
1 632 749
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 7-ILOVA
Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlar ijodiy xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
Ijodiy xodimlar va mutaxassislarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi muzeylarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,17 koeffitsiyentga;
viloyatlardagi tarix va madaniyat davlat muzeylarida bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 8-ILOVA
Madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
I guruh
II guruh
III guruh
IV guruh
1.
Direktor
2 173 190
1 975 627
1 796 024
1 632 749
2.
Direktor oʻrinbosari, fondlarning bosh saqlovchisi
1 975 627
1 796 024
1 632 749
1 484 318
3.
Boʻlim, filial, taʼmirlash ustaxonasi, sektor mudiri (boshligʻi), ilmiy kotib, bosh buxgalter
1 796 024
1 632 749
1 484 318
1 349 380
Izoh:
1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm va fotogalereyalar, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari) kiradi.
2. Bosh buxgalter oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari bosh buxgalterning bazaviy lavozim maoshlari miqdoridan 5 foizga kam belgilanadi.
3. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi, Respublika yigʻma elektron katalogi markazining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari esa I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,08 koeffitsiyentga;
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari boʻlim mudirlari (boshliqlari)ning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari II guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Chipta kassasi mudiri, libosxona mudiri, administrator, fotograf
1 115 190
13.
Bilet nazoratchisi, saqlash xonasi mudiri, muzey kuzatuvchisi, koʻrgazma zali kuzatuvchisi
1 115 190
Izoh:
1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm va fotogalereyalari, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari) kiradi.
2. Ijodiy xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazida 1,17 koeffitsiyentga;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika markaziy koʻzi ojizlar uchun kutubxonasi, Xalq taʼlimi vazirligining Respublika bolalar kutubxonasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Respublika yigʻma elektron katalogi markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri axborot-kutubxona markazlariga — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 10-ILOVA
Madaniyat markazlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, soʻm
2020-yil 1-fevraldan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat markazlari
Tumanlar (shaharlar) madaniyat markazlari
Qishloq va shaharcha madaniyat markazlari
1.
Direktor, filial mudiri
1 632 748
X
1 484 318
2.
Badiiy rahbar
1 484 318
1 349 380
X
3.
Toʻgarak, jamoa va studiya rahbari, qoʻshiqchilar, musiqachilar*
1 115 190
1 115 190
1 115 190
4.
Rejissor, baletmeyster, xormeyster, artist, studiya dirijori, “Xalq havaskorlik jamoalari” va “Namunali bolalar jamoalari” unvoniga ega badiiy havoskorlik jamoalarining musiqa va badiiy rahbarlari
1 349 380
1 349 380
1 226 709
5.
Mutaxassislar: ijodiy toʻgaraklar va havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha, yoshlar va madaniy-maʼrifiy ishlar boʻyicha, sahnalashtiruvchi-rassom, xoreograf
1 349 380
1 349 380
1 349 380
6.
Akkompaniator, liboschi, administrator, kutubxonachi, ovoz rejissori, operator
1 115 190
1 115 190
1 115 190
* Koʻrsatilgan oliy maʼlumotli lavozimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh: koʻrsatilgan lavozimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari madaniyat markazlari huzuridagi xalq teatrlari va havaskorlik jamoalariga nisbatan tatbiq etiladi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2020-yil 11-maydagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3246, 18.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3246/0790-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 13-ILOVA
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, oʻquv teatrlari, teatr-studiyalar, taʼlim muassasalarining studiyalari va muzeylari, shuningdek, idoraviy kutubxonalar va arxivlar xodimlari;
davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining texnik hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlari;
ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda* qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun tatbiq etilmaydi, ularning mehnatiga haq toʻlash razryadlari ushbu muassasalarga mehnatga haq toʻlash boʻyicha berilgan guruh hisobga olingan holda Yagona tarif setkasi boʻyicha belgilanadi.
teatrlar, teatr-studiyalar, sirklar, saroylar, konsert tashkilotlari, shu jumladan, musiqali va raqs jamoalari;
muzeylar, muzey qoʻriqxonalar, uy muzeylar, davlat tarix va madaniyat muzeylari, kartina va fotogalereyalar, koʻrgazma faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar;
koʻzi ojizlar uchun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, madaniyat markazlari, shu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;
zooparklar, shuningdek, boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiradigan arxivlar davlat arxivlari hisoblanadi.
5. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshlari, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
xodimning lavozimi va malaka toifasiga bogʻliq holda tabaqalashtiriladi.
8. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
9. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarini mehnatiga haq toʻlash guruhlariga kiritish va ushbu muassasalar xodimlariga malaka toifalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
10. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi:
xodim davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivida boshqa lavozimga oʻtkazilganda;
mehnatiga haq toʻlash boʻyicha davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiradigan guruh oʻzgartirilganda;
xodimning malaka toifasi oʻzgartirilganda (oshirilganda yoki pasaytirilganda);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda oʻzgartiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorining oʻzgartirilishi tegishli muassasa rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining buyrugʻiga asosan tegishli miqdorgacha oshiriladi.
12. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining xodimlari davlat madaniyat muassasalari hamda davlat arxivlarida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tashkil etiladigan maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantiriladi.
13. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlariga ustamalar, va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash, shuningdek, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun mukofotlash shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
14. Ushbu Nizomda qayd etilgan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻriligi uchun javobgarlik tegishli muassasalar rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 14-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi
Toshkent shahri
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri
Oʻzbekiston davlat drama teatri
Oʻzbekiston davlat satira teatri
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri
Oʻzbekiston davlat qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
“Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
Oʻzbekiston orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Respublika koʻzi ojizlar kutubxonasi
“Oʻzbekiston davlat sirki”davlat birlashmasi
Toshkent zoologiya parki
“Xalqlar doʻstligi” saroyi
“Turkiston” sanʼat saroyi
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Namangan viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Samarqand viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand zoologiya bogʻi
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Sirdaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Termiz zoologiya parki
“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi
Fargʻona viloyati
Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati rus drama teatri
Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr-konsert saroyi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona viloyati filiali
Fargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Fargʻona zoologiya bogʻi
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Xorazm viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati”
I. Maʼmuriy-boshqaruv xodimlari
1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning oʻrinbosari (direktor oʻrinbosari), menejer
2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter oʻrinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh maʼmur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi
3. Sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi
4. Boʻlim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri
II. Badiiy-rahbar xodimlar
1. Badiiy rahbar
2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom
3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri
III. Badiiy xodimlar
1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom
2. Poyabzalchi, tikuvchi, bichuvchi, kassir, chiptachi-kassir, musiqa asboblarini sozlovchi
3. Sahna mashinisti, sahna montajchisi, yorituvchi, kutubxonachi (nota boʻyicha)
4. Otlar murabbiylari
5. Yirtqich hayvonlar va hayvonlarga qarovchi ishchi
VII. Taʼlim muassasalari
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va uning filiallari, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari tarkibi;
2. Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari
* Ushbu tashkilotlarga kiradigan jamoalar uchun uzoq muddat uzluksiz xizmati davri jamoa xodimlarining Madaniyat vazirligi tizimidagi umumiy ish stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”.