toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2694-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 12-iyundagi 335-V, 02-02/12-26-son qarori (roʻyxat raqami 2694, 2015-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-fevral,
335-V-1-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2018-yil 7-fevral,
01-02/12-17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 7-fevraldagi 335-V-1, 01-02/12-17-son qaroriga
ILOVA
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qimmatliklar — milliy valyuta va kassa hujjatlari;
kunlik hujjatlar — operatsion kun davomida rasmiylashtirilgan milliy valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar hisobini yuritish hujjatlari;
inkassatsiya xizmati — maxsus kassaning kunlik naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat.”.
2. 2-banddagi “xorijiy valyutada” degan soʻzlar “milliy valyutada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Yigʻimlarni undirish uchun tegishli bojxona postida tijorat banki tomonidan milliy valyutada toʻlovlarni qabul qiluvchi bank kassasi (bundan buyon matnda maxsus kassa deb yuritiladi) tashkil qilinadi.”.
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Maxsus kassa tijorat banki tomonidan yonmaydigan temir shkaf (seyf), telefon aloqasi, qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi, milliy valyutani naqd pulsiz shaklda qabul qiluvchi toʻlov terminali, kompyuter, printer, hisoblash texnikasi, pul sanash mashinkasi, pullarni oʻrab-bogʻlash uchun banderol, tizimcha va plombalar, kassir uchun biriktirilgan maxsus plombir, amaliyot kassasining nomi yozilgan yoki uning tartib raqami koʻrsatilgan muhr va shtamplar hamda blankalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.”.
5. 7, 8, 22-bandlardagi “vakolatli bank” degan soʻzlar “tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 9, 12 — 18, 24, 26, 29-bandlar va 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yigʻimlar undirilganligi haqida kassir tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda kirim hujjati rasmiylashtiriladi. Bunda kassir hujjatda mijozning imzosi qoʻyilganligini hamda toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganligini tekshirishi shart.
11. Kirim hujjati bir nusxada tayyorlanadi. Kirim hujjatning maʼlumotnoma qismi kunlik kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi, kvitansiya qismi naqd pulni topshirgan mijozga taqdim etiladi.”.
8. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Kassir tomonidan operatsion kun yakunida maxsus kassada qimmatliklar asosida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda hisobot tuziladi va imzolanadi.”.
9. 20-banddagi “vakolatli bankka” degan soʻzlar “tijorat bankiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 21-banddagi “vakolatli bankning” degan soʻzlar “tijorat bankining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yigʻimlardan tushgan mablagʻlar (bundan buyon matnda mablagʻlar deb yuritiladi) tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.”.
12. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Operatsion kun yakunida maxsus kassa tomonidan qabul qilingan mablagʻlar tegishli tijorat bankiga inkassatsiya xizmati orqali topshiriladi. Mablagʻlar keyingi ish kunidan kechikmagan holda Jamgʻarmaning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.”.
13. 27-banddagi “Vakolatli bank” degan soʻzlar “Tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
15. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
16. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijrochi direktori M. ALLABERGANOV
2018-yil 7-fevral
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎maʼlumotnoma — certificate

_____________________________
‎‎‎(tijorat bankning nomi)

____________________________
‎‎‎(kassir shtampi)


‎‎‎20___ yil “___” _______________

_________________________________________________________________________________________________
‎‎(mijozning familiyasi, ismi, sharifi
‎clientʼs name, surname)

‎‎_____________________________________________________________________________________qabul qilindi.

‎‎(milliy valyutaning qiymati, summasi — raqam va soʻz bilan yoziladi
‎value of national currency, amount in figures and in words)

________________________________________________
‎‎‎(avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat nomi,
‎the name of the country, where the vehicle is registered)

_____________________________
‎‎‎(toʻlov turi — type of payment)

‎‎______________________________________
‎(mijozning imzosi — clientʼs signature)

‎‎____‎‎_________________________________
‎(kassirning imzosi — cashiers signature)

_________________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎kvitansiya — receipt

‎‎_____________________________
‎‎‎‎(tijorat bankning nomi)

‎‎____________________________
‎‎‎‎(kassir shtampi)


‎‎‎‎‎20___ yil “___” _______________‎

‎_________________________________________________________________________________________________ ‎‎(mijozning familiyasi, ismi, sharifi
‎clientʼs name, surname)

‎‎‎‎_____________________________________________________________________________________qabul qilindi.

‎‎(milliy valyutaning qiymati, summasi — raqam va soʻz bilan yoziladi
‎value of national currency, amount in figures and in words)

‎‎________________________________________________ ‎‎‎(avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat nomi,
‎the name of the country, where the vehicle is registered)

‎‎_____________________________
‎‎‎‎(toʻlov turi — type of payment)

‎‎‎‎____‎‎_________________________________ ‎
‎(kassirning imzosi — cashiers signature)”.

Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Maxsus kassa tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida

‎HISOBOT

‎‎20 ____ yil “____” ____________‎__

Naqd pulda amalga oshirilgan
‎operatsiyalar mazmuni

kirim‎‎

chiqim‎‎

Olingan boʻnak:‎‎ ‎‎ ‎‎
Kunlik aylanmalar:‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Jami aylanmalar‎‎ ‎‎ ‎‎
Bank kassasiga topshirilishi kerak‎‎ ‎‎ ‎‎
Balans:‎‎ ‎‎ ‎‎

Toʻlov terminallari orqali amalga oshirilgan
‎operatsiyalar mazmuni

kirim‎‎

chiqim‎‎

Kunlik aylanmalar:‎‎ ‎‎ ‎‎
Jami aylanmalar‎‎ ‎‎ ‎‎
Bank kassasiga topshirilishi kerak‎‎ ‎‎ ‎‎
Balans:‎‎ ‎‎ ‎‎

_______________________
‎‎‎(hisobot tuzuvchining
‎F.I.O., imzosi)

‎‎Hisobotni tekshirdi:

____________________________________________________________________________
‎‎‎(tijorat bank bosh buxgalterining F.I.�., imzosi)

‎‎20___ yil “____” _____________”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2694-1/0880-son)