toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi va masofaviy taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va intellektual salohiyatli yoshlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori bilan:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 533-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/533/0855-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 533-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/533/0855-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Akademiya deb ataladi) bakalavriat dasturi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari qabul kvotasining 80 foizi boʻyicha qabul qilinishi (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul bundan mustasno);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab, Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun masofaviy taʼlim shakli joriy etilganligi, unda oʻqitish muddati oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar uchun toʻrt yil, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun toʻlov-kontrakt asosida uch yil etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 533-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/533/0855-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi va masofaviy taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish shaffof va xolisona oʻtkazilishini taʼminlasin hamda har qanday korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-dekabr,
958-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya deb ataladi) bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Akademiya bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga (keyingi oʻrinlarda — Akademiyaga oʻqishga qabul qilish deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi. Bunda oʻqishga qabul oʻrinlari respublika yoki viloyatlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan taqsimlanadi. Nomzodlar taqsimlangan kvotalar doirasida oʻqishga umumiy yoʻnalishda qabul qilinadi va ikkinchi kursdan boshlab taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitiladi (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” va “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yoʻnalishlari bundan mustasno).
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda maʼlum bir natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi taʼlim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan ikki foizli kvota ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvardagi 21-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2023-y., 09/23/21/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
3. Akademiyaga yoshi oʻn yettidan kichik (qabul yilida oʻn yetti yoshga toʻladiganlar) va yigirma beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, yigirma besh yoshdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul kvotasining 80 foizi boʻyicha qabul qilinadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
4. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
dastlabki tanlov;
maxsus kasbiy tanlov;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.
5. Nomzodlar sinovlarni oʻzbek yoki rus tillaridan birini tanlagan holda topshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Akademiyaga oʻqishga kirishdan oldin nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nomzod Akademiyaga oʻqishga qabul qilingandan soʻng ichki ishlar organlarida, shuningdek, taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmatni oʻtashi haqida shartnoma imzolashi (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno), shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng besh yil ichida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatdan oldin bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha budjet mablagʻlarini qoplashi boʻyicha moddiy javobgarlik toʻgʻrisida oʻqishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq ogohlantiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar Akademiyaga qabul qilinmaydi.
2-bob. Akademiyaga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
7. Akademiyaga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik deb ataladi) tomonidan vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanlov eʼlon qilinadi. Unda ariza qabul qilinadigan manzil, tanlovni oʻtkazish muddatlari va joyi, oʻqishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
8. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha targʻibot va dastlabki tanlov bosqichi tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda — ichki ishlar organlari deb ataladi) tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.
Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini qabul yilidan oldingi yilning sentabr oyi birinchi ish kunidan keyingi yilning sentabr oyi birinchi ish kuniga qadar amalga oshiradi.
Ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan vazirlik Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasida ishchi guruh tuziladi.
9. Akademiyaga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar vazirining oʻrinbosari raisligida Nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qabul komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
10. Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 1-fevralidan 31-avgustiga qadar Akademiyada olib boradi.
11. Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qabul komissiyasi tarkibida nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish, yozma ish (bayon yoki insho) oʻtkazish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika, matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash, harbiy-tibbiy, yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish boʻyicha kichik komissiyalar tuzilishi mumkin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
Shuningdek, Qabul komissiyasi tarkibida imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida Akademiya xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil etiladi.
13. Qabul komissiyasining raisi:
Qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
Qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
14. Nomzodlar tanlovining Akademiyada oʻtkaziladigan tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish borasida Akademiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun Akademiya boshligʻi oʻz vakolati doirasida buyruq (farmoyish) qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Akademiyaga oʻqishga kirish istagini bildirgan fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi ichki ishlar organiga taʼlim yoʻnalishini koʻrsatgan holda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, ichki ishlar organlari xodimlari oʻz xizmat joyiga taʼlim yoʻnalishini koʻrsatgan holda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Akademiyaga oʻqishga kirish istagida murojaat qilganlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taʼlim yoʻnalishlari kesimida Akademiya rasmiy veb-saytida hamda hududiy ichki ishlar organlari idoralariga kirish qismida tashkil etilgan maʼlumotlar burchagida har kuni eʼlon qilib boriladi.
3-bob. Dastlabki tanlov
16. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Akademiyaga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tavsiflovchi maʼlumotlarning ular kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi uchun mosligini va nomzodlarning sogʻligʻi holatini aniqlashdan iborat.
17. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni aniqlash (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlaridagi xizmatga munosabati va boshqalar);
nomzodning sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqliligini aniqlash.
18. Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzodlarning arizalari (Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzod ichki ishlar organi xodimi boʻlgan taqdirda, ularning bildirgilari) qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
19. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa (maʼlumotnoma);
harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) joyidan tavsifnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan sogʻligʻining holati haqida belgilangan namunadagi maʼlumotnoma (boʻy-basti koʻrsatilgan holda);
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
ota-onasining Akademiyaga oʻqishga kirishiga rozilik xati.
Quyidagi hujjatlar ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
ariza beruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi;
ariza beruvchining yaqin qarindoshlari nogironligi (agar mavjud boʻlsa) haqidagi guvohnomalar nusxalari;
ariza beruvchining yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, qarindoshlarining oʻlimi haqidagi guvohnomalar nusxalari;
Akademiyaga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
3x4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID-karta), tugʻilganlik haqida guvohnomalar, harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan koʻrsatiladi.
Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi xodimi taqdim etilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi. Ishchi guruh tomonidan xizmat oʻtash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli muassasadan qoʻshimcha hujjat yoxud maʼlumotlar talab qilib olinishi mumkin.
20. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olingan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining bildirgilariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yaqin qarindoshlarning pasporti, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxalari;
Akademiyaga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
3 x 4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 x 12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).
21. Kirish imtihonlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarda sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi.
22. Dastlabki tanlov bosqichida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
23. Dastlabki tanlov:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik akademik litseylari bitiruvchilari hamda fuqarolar uchun — ularning yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy akademik litseylar bitiruvchilari uchun — (hujjatlarni toʻplash va oʻrganish tadbirlari) ularning yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida va (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlari) harbiy akademik litsey joylashgan hududdagi ichki ishlar organlarida;
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun — ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) oʻtkaziladi.
24. Dastlabki tanlov tadbirlari ishchi guruhlar tomonidan qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 1-aprelga qadar oʻtkaziladi.
25. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
26. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalarini tahlil qilish nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish usuli bilan oʻtkaziladi.
Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlov tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
27. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalari boʻyicha nomzodning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi mumkinligi toʻgʻrisida ishchi guruhlar tomonidan xulosa chiqariladi.
28. Nomzod Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq vazirlik va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
29. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida nomzodning sogʻligʻiga koʻra Akademiyada oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi.
30. Nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida ichki ishlar organlarida xizmat qilishga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar aniqlanganda yoki sogʻligʻining holati boʻyicha xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, hujjatlarni rasmiylashtirish toʻxtatilib, ularni ichki ishlar organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan qaror qabul qilinadi va bu haqda nomzodga yozma xabar qilinadi.
31. Dastlabki tanlov tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodni maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda xulosa chiqariladi. Ushbu xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga tikiladi.
Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlari bilan birgalikda ishchi guruhlar tomonidan qabul yilining 20-mayiga qadar Akademiyaga yuboriladi. Akademiyada taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari roʻyxatga olinadi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
4-bob. Maxsus kasbiy tanlov
32. Maxsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodning ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashi uchun sogʻligʻining mos kelishini hamda jismoniy tayyorgarligi va intellektual salohiyatini aniqlashdan iborat.
33. Quyidagilar maxsus kasbiy tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi materiallarni oʻrganish;
nomzodning sogʻligʻini oʻrganish;
nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi, bilim darajasi va chet tillari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash;
“Ekspert-kriminalistika faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi kimyo, fizika va matematika fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha nomzodning matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish (maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha).
34. Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
hujjatlarni oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
yozma ish (bayon yoki insho);
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash.
“Ekspert-kriminalistika faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
hujjatlarni oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
kimyo, fizika va matematika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash.
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
hujjatlarni oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
35. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 25-mayga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tegishli ichki ishlar organlariga yuboriladi.
36. Ishchi guruhlar nomzodga reja-jadvalga muvofiq maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish joyi va muddatlari haqida maʼlum qiladi hamda uning hujjatlari Akademiyaga belgilangan muddatlarda toʻliq yetkazilishini taʼminlaydi.
37. Hujjatlar nomzod toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish orqali oʻrganiladi.
38. Nomzod tibbiy koʻrikdan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida nomzodning sogʻligʻiga koʻra Akademiyada oʻqishga yaroqlilik darajasi toʻgʻrisida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi.
Sogʻligʻining holatiga koʻra Akademiyada oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzod tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
39. Yozma ish tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.
40. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
41. Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasi mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
42. Kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
43. Matematika fanini oʻzlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
431. Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻzlashtirganlik darajasi tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda ushbu Nizomga 91-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
(431-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tanlov oʻtkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika, matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
45. Maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash, “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yoʻnalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika, “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yoʻnalishida matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan nomzod Qabul komissiyasining qaroriga koʻra yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilmaydi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
Maxsus kasbiy tanlov tadbirlari natijalariga koʻra, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilgan nomzodlar soni bir qabul oʻrniga ikkita nomzodni tashkil etmagan hollarda, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilish uchun yetarli ball toʻplamagan nomzodlar, istisno tariqasida, bir qabul oʻrniga ikkita nomzodni tashkil etguniga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlaridan toʻplagan ballaridan kelib chiqib, yuqori balldan pastga qarab ketma-ketlik tartibida yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Nomzodlarga maxsus kasbiy tanlovning yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika, matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash tadbirlari boʻyicha sinovlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
48. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov tadbirlariga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Uzrli sabablar, yaʼni sogʻligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtogʻi, farzandi, turmush oʻrtogʻining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvalida oxirgi oʻrinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga imtihonlarni topshirishga ruxsat etiladi.
5-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat
49. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi va tarbiya fanlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
491. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlovda (yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash boʻyicha) toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan koʻp ball toʻplaganda tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
Bunda oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan ikki foizli kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(491-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvardagi 21-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2023-y., 09/23/21/0039-son)
50. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
Nomzodlarga beriladigan savollar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodni baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda uni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishi inobatga olinadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.
52. Tanlov oʻtkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida yakka tartibdagi yakuniy suhbat jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
53. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar yakuniy yakka tartibdagi suhbatga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha suhbat oʻtkazilmaydi.
Uzrli sabablar, yaʼni sogʻligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtogʻi, farzandi, turmush oʻrtogʻining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvalida oxirgi oʻrinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga yakuniy yakka tartibdagi suhbatdan oʻtishiga ruxsat etiladi.
54. Qabul komissiyasi tomonidan maxsus kasbiy tanlov natijalari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat boʻyicha nomzodni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
55. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan qayta oʻtishga ruxsat berilmaydi
6-bob. Akademiyaga qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlari
56. Yoshlarga ichki ishlar organlarida xizmat qilishning mohiyatini va qoʻyiladigan talablarni ochib berish, ularda ichki ishlar organi xodimi kasbini ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan taʼlim yoʻnalishini tanlashda yoshlarga yordam berish Akademiyaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlarining (keyingi oʻrinlarda — targʻibot ishlari deb ataladi) asosiy maqsadi hisoblanadi.
57. Targʻibot ishlarini oʻtkazishda vazirlikka quyidagi vazifalar yuklanadi:
ichki ishlar organlarida targʻibot boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishini nazorat qilish;
vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar doimiy yangilanib turilishini nazorat qilish;
Akademiyaning oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻqishga kirish shartlari bayon qilingan bukletlar va plakatlar ichki ishlar organlari hamda vazirlik huzuridagi akademik litseylar, harbiy akademik litseylarga (keyingi oʻrinlarda — litseylar deb ataladi) yetkazilishini tashkil etish.
58. Targʻibot ishlarini oʻtkazishda ichki ishlar organlariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
yoshlar va ichki ishlar organlari xodimlari orasidan Akademiyaga nomzodlarni tanlash ishlarini tashkil etish;
ichki ishlar organlari binolarida oʻquv-maslahat burchaklari tashkil etish va ularni Akademiya hayotini, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot materiallari bilan jihozlash;
litseylarda targʻibot tadbirlarida bevosita yoshlarning ishtirok etishini taʼminlash, ularga Akademiyada oʻqitiladigan taʼlim yoʻnalishlarini ongli ravishda tanlashi uchun yordam berish;
ichki ishlar organlari muzeylariga yoshlarning tashrifini tashkil etish.
59. Targʻibot ishlarini oʻtkazishda Akademiyaga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Akademiyadagi hayot va oʻqishning oʻziga xosligi toʻgʻrisidagi plakatlar, bukletlar va videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini tayyorlash;
Akademiya faoliyati va unga oʻqishga qabul qilish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish, maʼruzalar va ochiq eshiklar kunlarini oʻtkazish;
tanishuv va ish oʻrganish amaliyotlari davrida Akademiyaning doimiy va oʻzgarib turuvchi tarkibining xodimlar va yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini tashkil etish.
60. Targʻibot ishlarini oʻtkazishda litseylarga quyidagi vazifalar yuklanadi:
litseylarda Akademiya hayotini aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlarining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, Akademiyadagi oʻquv-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi videoroliklarni namoyish qilish, shuningdek, ichki ishlar organlari sohasida faoliyat yuritgan faxriylar va Akademiya vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish.
7-bob. Nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
61. Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan nomzodlarga chet tili fanidan imtihonsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
boshqa xorijiy tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Oldingi tahrirga qarang.
611. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga asosan “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.
(611-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
612. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanlari (matematika, fizika va kimyo)ni bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlar yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarning tegishli darajalariga ega boʻlgan nomzodlarga matematika, fizika yoki kimyo fanidan oʻtkaziladigan sinovlarda quyidagicha ball beriladi:
A+, A darajali milliy sertifikatga yoki — A-LEVEL imtihonining B, A, A* darajali xalqaro sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga — matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilangan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga — mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball.
Bunda 2024-yil 1-martga qadar umumtaʼlim fanlari boʻyicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda amalda boʻlgan imtiyoz tatbiq etiladi.
613. Professional darajadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga hujjat topshirgan nomzodlarga matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi. Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan besh nafar nomzod mazkur yoʻnalishning ikkinchi kursiga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi.
“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar beradigan professional darajadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxati va darajalari ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(612 va 613-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Quyidagilar ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovda yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash, “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yoʻnalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika, “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yoʻnalishida matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan koʻp ball toʻplaganda (keyingi oʻrinlarda — muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng deb ataladi) tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qarori bilan yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadilar:
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya va bojxona organlari xodimlarining) farzandlari.
(62-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining farzandlari ajratilgan besh foizli va Milliy gvardiya hamda bojxona organlari xodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda oʻqishga qabul qilinadi.
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ajratilgan kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq:
xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblari, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari, shuningdek, vazirlik akademik litseylarining huquqshunoslik fani boʻyicha idoraviy fan olimpiadasi gʻoliblari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng;
“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yoʻnalishiga hujjat topshirgan matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari boʻyicha nufuzli xalqaro, mintaqaviy hamda respublika olimpiadalari sovrindorlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgach, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga koʻra, belgilangan qabul kvotalari doirasida oʻqishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadilar.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda ushbu Nizomning 62 va 64-bandlarida nazarda tutilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taʼlim mutaxassisligi, shakli va tili koʻrsatilgan holda, vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi vazirlik taqdimnomalari asosida 4-iyulgacha ular boʻyicha alohida qaror qabul qiladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
8-bob. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish
66. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga oʻqishga qabul qilinadi.
Akademiyaga oʻqishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi.
67. Qabul komissiyasi har yili 10-iyulga qadar nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Bayonnoma nomzodlarni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
68. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish jarayonida maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra kvota boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrindagi nomzodning toʻplagan ballari bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi Akademiyaga belgilangan kvotadan tashqari oʻqishga qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
681. Akademiyaning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan, ammo yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra oʻqishga qabul qilinmagan vazirlik akademik litseylari bitiruvchilarining arizasiga muvofiq toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda hududiy ichki ishlar organlari uchun ajratilgan kvotalar doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi;
vazirlikning hududiy boʻlinmalari uchun toʻlov-kontrakt asosida ajratilgan qabul kvotalariga nomzodlar boʻlmagan taqdirda, mazkur qabul kvotalari boshqa hududiy boʻlinmalarga taqsimlanadi;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan kursantlar va Akademiya oʻrtasida belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasi rasmiylashtiriladi.
(681-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
69. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat paytida Akademiya hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi qatʼiy man etiladi.
Nomzod tomonidan sinovlarga lugʻat, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning oʻrniga kirishi, sinov oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va tanlovdan butunlay chetlashtiriladi.
Qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda, ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
70. Akademiyaga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.
Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzod, natijalar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 24 soat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
Norozilik (apellyatsiya) arizalari tanlov natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda, bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Arizalarni koʻrib chiqish natijasiga asosan apellyatsiya komissiyasi arizadagi vajlarni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud qanoatlantirishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika, matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
72. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika, matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son)
73. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
74. Akademiyaga oʻqishga qabul qilinmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlari Qabul komissiyasining qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli ichki ishlar organlariga qaytarib yuboriladi.
75. Akademiyaga oʻqishga qabul qilingan ichki ishlar organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilariga xizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma beriladi.
76. Nomzodni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Akademiyada saqlanadi.
77. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

OGOHLANTIRISH XATI

Men, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirishga nomzod ________________________________
‎__________________________________________________________________ oʻqishga

(F.I.O.)

qabul qilinsam va salbiy sabablarga koʻra kursantlar safidan chiqarilsam, men bilan tuzilgan shartnoma talablarini bajarmaganligim sababli zaxiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, moddiy masʼulligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

_____________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” _____________

Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) farzandimiz
‎________________________________________________________________________

(F.I.O.)

oʻqishga qabul qilinsa va salbiy sabablarga koʻra kursantlar safidan chiqarilsa, u bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli zaxiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikka tortilsa, moddiy masʼulligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.

_____________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

_____________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20__ yil “___” ____________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

______________________________________ga

(ichki ishlar organi boshligʻining lavozimi, unvoni va F.I.O.)

______________________________________da

(nomzodning yashash joyi)

yashovchi ______________________________dan

(nomzodning F.I.O.)

ARIZA

Menga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga _____________________ taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi va moddiy taʼminoti bilan tanishtirildim.

Sinovlarni ______________________________________________ tilida topshiraman.

(oʻzbek, rus)

Chet tili boʻyicha sinovlarni (imtihonni) _______________ tilida topshiraman.
‎Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.
‎Oilamda oʻzgarishlar boʻlganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, uch kun muddatda boshliqlarimga va kadrlar bilan taʼminlash xizmati (boʻlimi)ga yozma ravishda xabar beraman.

_____________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

_____________________________________ ga

(ichki ishlar organi boshligʻining lavozimi, unvoni va F.I.O.)

BILDIRGI

Menga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining ______________________ga _________________________________________________

(yoʻnalish nomi)

taʼlim yoʻnalishi boʻyicha (kunduzgi yoki masofaviy taʼlim shakli) oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
‎Masofaviy taʼlimni tashkil etish va rivojlantirish fakultetida oʻqish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirilishi haqida ogohlantirildim va oʻqishga qabul qilinsam, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga roziman*.

Sinovlarni ______________________________________________tilida topshiraman.

(oʻzbek, rus)

Chet tili boʻyicha sinovlarni (imtihonni) _________________ tilida topshiraman.

_____________

________________________________

(imzo)

(lavozimi, unvoni va F.I.O.)

20___ yil “____” _____________
* Izoh. Ushbu xatboshi faqat Masofaviy taʼlimni tashkil etish va rivojlantirish fakultetiga oʻqishga kirish istagini bildirgan ichki ishlar organlarining oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlari, qoʻshimcha kvota boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari (xodimlari)ga taalluqli.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎_______________________________

(ichki ishlar organi boshligʻining lavozimi, unvoni, F.I.O. va imzosi)

20___ yil “___” _____________

Nomzodni Akademiyaga maxsus kasbiy tanlovda
‎ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida
‎XULOSA

_______________________________________________________________________ni

(nomzodning F.I.O., xodimlar uchun — lavozimi, maxsus unvoni va F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida.

1. Nomzodni dastlabki oʻrganish natijalari:
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________
2. Maxsus tekshirish natijalari:
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________
3. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasi:
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________

4. Nomzodni oʻrganish natijalari boʻyicha xulosa:
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________

___________________________________________

_________________________

(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)

(F.I.O.)

___________________________________________

_________________________

(masʼul rahbarning lavozimi va unvoni)

(F.I.O.)

___________________________________________

_________________________

(masʼul rahbarning lavozimi va unvoni)

(F.I.O.)

20___ yil “___” ______________

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Yozma ish oʻtkazish metodikasi
1. Yozma ish nomzodning imloviy va tinish belgilariga oid (ishorat) savodxonlik darajasini, fikrlash hamda eslab qolish qobiliyatini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
2. Yozma ish nomzodlar tomonidan bayon yoki insho yozish orqali oʻtkaziladi.
3. Yozma ish oʻtkazish uchun tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv asosida malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
4. Bayonning matnlari va insho mavzulari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq shakllantiriladi.
5. Bayonning matnlari va insho mavzulari 1-iyunga qadar Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Bayon matnlari va insho mavzulari xato hamda kamchiliklarsiz boʻlishi uchun yozma ish oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi masʼul hisoblanadi.
7. Matn va (yoki) mavzular yozma ish oʻtkazish boʻyicha komissiya raisida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
8. Yozma ish oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi komissiya aʼzolari ichidan auditoriya kuzatuvchilarini belgilaydi.
9. Yozma ish oʻtkazilayotgan xonaga jadval, lugʻat, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
10. Nomzodlar yozma ish oʻtkaziladigan auditoriyaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
11. Yozma ish boshlanishidan oldin auditoriya kuzatuvchilari tomonidan nomzodlarga yozma ish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.
12. Nomzod daftarning ustki qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini hamda guruh raqami haqidagi maʼlumotlarni yozadi. Nomzodlarga daftar varaqlarini buklash, yirtish, farq qiluvchi belgilar qoʻyish, yozuvlar tagiga chizish, yozma ish yozishda koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanish, yozma ish qoralamasini yozish taqiqlanadi va bu holatlar yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi.
13. Yozma ish oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan nomzod yozma ishdan chetlashtiriladi, bunda auditoriya kuzatuvchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ushbu nomzodning yozma ishi baholanmaydi hamda u imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
14. Yozma ish oʻtkazilayotgan vaqtda begona shaxslarning yozma ish oʻtkaziladigan binoga (auditoriyaga) kirishi taqiqlanadi.
15. Nomzodlarga bayon matni bir marotaba tushunarli va toʻliq oʻqib eshittiriladi hamda nomzodlarga bayon matnining takroran oʻqib eshittirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bayon matnining hajmi 250 — 300 ta soʻzdan iborat boʻladi.
Bayon matni oʻqib eshittirilgandan keyin nomzodlarga bayon yozish uchun 2 akademik soat (80 daqiqa) vaqt beriladi.
16. Nomzodlarga insho mavzusi bir marotaba tushunarli va toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Nomzodlarga insho yozish uchun 3 akademik soat (120 daqiqa) vaqt beriladi.
17. Nomzod tomonidan yoziladigan insho matni mantiqan izchil, tushunarli bayon etilishi, shuningdek, inshoning rejasi mavzuga mos, ijodiy hamda mustaqil tuzilishi lozim.
18. Yozma ish boshlangandan soʻng nomzodlarning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda nomzodlarga imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
19. Yozma ishni muddatidan oldin yozib tugatgan yoki yozma ish yozish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod yozma ishini yozishni toʻxtatadi va oʻzining daftarini auditoriya kuzatuvchilariga topshirib, auditoriyani tark etadi.
20. Auditoriya rahbarlari nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarni mutaxassislarga tekshirish uchun topshiradi.
21. Auditoriyada matnni va (yoki) mavzuni oʻqib eshittirgan shaxsga shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan yozma ishlarini tekshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Nomzodlar tomonidan yozilgan yozma ish “30” ballik tizimda baholanadi. Bunda savodxonlik uchun maksimal — 15 ball, ish mazmuni uchun maksimal — 15 ball.
Yozma ishda savodxonlikni baholash mezoni:
savodxonlikda 2 ta imloviy, 1 ta ishoratga oid va 1 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 4 tadan oshmagan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi;
savodxonlikda 4 ta imlo, 3 ta ishoratga oid va 3 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 5 tadan ortiq, biroq 10 tadan oshmagan deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi;
savodxonlikda 9 ta imlo, 6 ta ishoratga oid va 5 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 11 tadan ortiq, biroq 20 tadan oshmagan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi;
xatolarning umumiy soni 21 va undan yuqori boʻlganda “0” ball bilan baholanadi.
Yozma ish mazmunini baholash mezoni:
yozma ish matni mazmunan toʻgʻri, mantiqiy izchil, soʻz boyligi yaxshi, gap qurilishi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos, matn mazmuniga ijodiy yondashilgan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi;
yozma ish matni mazmunan toʻgʻri, soʻz tanlashda va ifoda qurilishida kamchiliklar kuzatilgan, baʼzi oʻrinlarda mantiqiy izchillik yetishmagan, oʻrinsiz takrorlashlar mavjud deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi;
yozma ish matni mazmunan toʻgʻri, lekin gap tuzishda, ifoda qurilishida adabiy til meʼyorlari buzilgan, soʻz boyligi kam, mantiqiy izchillik buzilgan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi;
yozma ish mavzusi ochilmagan, fikrlar bir-biri bilan bogʻlanmagan yoki boshqa mavzuda yozilgan deb topilganda, shuningdek, daftar boʻsh holda topshirilganda “0” ball bilan baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
24. Yozma ishdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
25. Yozma ish natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
26. Qaydnoma yozma ishni oʻtkazishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
27. Yozma ish natijalari Qabul komissiyasi tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Yozma ish oʻtkazish metodikasiga
ILOVA

Nomzodlarning yozma ish natijalari boʻyicha
‎QAYDNOMA

20__ yil “____” _________________

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Nomzodning toʻplagan ballari

1.

2.

3.

Komissiya aʼzolari:

_________________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_________________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_________________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasi
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali baholanadi.
2. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida boʻlishlari shart.
4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar yigitlar va qizlar uchun alohida belgilanadi.
5. Quyidagilar oʻgʻil bolalar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
6. Quyidagilar qizlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
7. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
8. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek, mashqlarni bajarishda “0” ball bilan baholangan nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
9. Quyidagilar turnikda tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
10. Nomzod tomonidan bajarilgan turnikda tortilish mashqi quyidagicha baholanadi:
13 marotaba va undan ortiq tortilganda — “10” ball;
11-12 marotaba tortilganda — “7” ball;
9-10 marotaba tortilganda — “5” ball;
1 — 8 marotaba tortilganda yoki umuman tortila olmaganda — “0” ball.
11. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
12. Nomzod tomonidan bajarilgan 100 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
a) oʻgʻil bolalar uchun:
14,2 soniya ichida bajarganda — “10” ball;
14,3 — 14,6 soniyada bajarganda — “7” ball;
14,7 — 15,4 soniyada bajarganda — “5” ball;
15,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball;
b) qizlar uchun:
17,0 soniya ichida bajarganda — “10” ball;
17,1 — 17,8 soniyada bajarganda — “7” ball;
17,9 — 18,4 soniyada bajarganda — “5” ball;
18,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball.
13. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
14. Nomzod tomonidan bajarilgan 3000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
12,50 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball;
12,50 daqiqadan ortiq, biroq 13,10 daqiqagacha bajarganda — “7” ball;
13,10 daqiqadan ortiq, biroq 13,45 daqiqagacha bajarganda — “5” ball;
13,45 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi.
15. Nomzod tomonidan bajarilgan 1000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
4,30 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball;
4,30 daqiqadan ortiq, biroq 4,50 daqiqagacha bajarganda — “7” ball;
4,50 daqiqadan ortiq, biroq 5,20 daqiqagacha bajarganda — “5” ball;
5,20 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi.
16. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib, tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
17. Nomzod tomonidan bajarilgan kuch ishlatish mashqlari kompleksi quyidagicha baholanadi:
34 marotaba va undan ortiq bajarilganda — “10” ball;
32-33 marotaba bajarilganda — “7” ball;
28 — 31 marotaba bajarilganda — “5” ball;
1 — 27 marotaba bajarilganda yoki umuman bajarilmaganda — “0” ball.
18. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlarni baholash natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
19. Qaydnoma komissiyaning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga
ILOVA

Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil “____” _________________


T/r

Nomzodning F.I.O.

Mashqlarning nomi va ballari

Umumiy ball

Yigitlar uchun

Turnikda tortilish

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

Qizlar uchun

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi

100 metrga yugurish

1000 metrga yugurish

natija

ball

natija

ball

natija

ball

1.

2.

3.

...

Komissiya aʼzolari:

__________________________

(F.I.O.)

__________________________

(F.I.O.)

__________________________

(F.I.O.)

______________

(imzo)

______________

(imzo)

______________

(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Chet tillarini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasi test sinovlari yoki nazariy imtihon oʻtkazish orqali baholanadi.
2. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida ingliz, nemis va fransuz tillarini oʻzlashtirgan nomzodlar uchun test sinovlari oʻtkaziladi.
3. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida boshqa chet tilini (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) oʻzlashtirgan nomzodlar uchun nazariy imtihon sinovlari oʻtkaziladi.
4. Test sinovlariga yoki nazariy imtihonga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta oʻtkazilmaydi.
5. Test savollari va nazariy imtihon savollari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim oʻquv dasturlari doirasida tuziladi.
6. Test savollari va nazariy imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
7. Test savollari va ularning javoblari hamda nazariy imtihon savollari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib masʼul hisoblanadi.
2-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
8. Test sinovlari kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus xonada oʻtkaziladi.
Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovlaridan oʻtadi.
9. Test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
10. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya aʼzolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
11. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi.
Test savollarini yechish uchun 1 soat (60 daqiqa) vaqt beriladi.
12. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
13. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
14. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
15. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar, komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
16. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning oʻzida nomzodga uning test sinovlari natijalari kompyuter ekranida eʼlon qilinadi.
17. Nomzodning test savollariga bergan toʻgʻri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir toʻgʻri javob uchun “1” ball bilan baholanadi.
18. Test sinovlarining natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Metodikaga 1-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
19. Qaydnoma test sinovlarida ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
3-bob. Nazariy imtihon sinovlarini oʻtkazish
20. Nazariy imtihon sinovlarini oʻtkazish uchun komissiyaga kelishuv asosida tegishli chet tillari boʻyicha malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
21. Komissiya nazariy imtihon boshlanishidan kamida 1 kun oldin nomzodlar eʼtiboriga tasdiqlangan nazariy imtihon oʻtkaziladigan oʻquv dasturini, ularni baholash mezonlarini maʼlum qiladi.
22. Nazariy imtihonda nomzodga tegishli chet tili boʻyicha quyidagi topshiriqlar beriladi:
1 betdan iborat matnni oʻqib berish;
1 betdan iborat matnni tarjima qilib berish;
oʻqigan matnining mazmunini gapirib berish;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan beriladigan 2 ta savolga javob berish.
23. Nomzodlarning topshiriqlarni bajarganligi komissiya aʼzolari tomonidan quyidagi mezonlar asosida “30” ballik tizimda baholanadi:
matnni oʻqishda va talaffuz qilishda fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan xatolikka yoʻl qoʻymadi, matnni toʻliq tarjima qildi, matnning mazmunini toʻliq gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga toʻliq javob berdi, deb topilganda — “30” ball;
matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 2 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 90 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarning 1 tasiga javob berdi, deb topilganda — “25” ball;
matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 3 tadan 5 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 80 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini qisman gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “20” ball;
matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 6 tadan 8 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 70 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “15” ball;
matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 9 tadan 10 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 60 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “10” ball;
matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 1 tadan 12 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 50 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “5” ball;
matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 12 va undan ortiq fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 50 foizini tarjima qila olmadi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “0” ball.
24. Nomzod berilgan topshiriqlarni bajargandan soʻng komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, nomzodga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
25. Nazariy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng nomzodlarga eʼlon qilinadi.
26. Nazariy imtihon natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Metodikaga 2-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
27. Qaydnoma nazariy imtihonda ishtirok etgan komissiya aʼzolari va mutaxassislar tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Chet tillarini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasiga
1-ILOVA

Test sinovlari natijalari boʻyicha
‎QAYDNOMA

20__ yil “____” _________________

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Toʻgʻri javoblar soni

Notoʻgʻri javoblar soni

Nomzodning toʻplagan umumiy ballari

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

Komissiya aʼzolari:

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

Chet tillarini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasiga
2-ILOVA

Nazariy imtihon natijalari boʻyicha
‎‎QAYDNOMA

20__ yil “____” _________________

T/r

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning toʻplagan ballari

1.

2.

3.

...

Komissiya aʼzolari:

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasi
1. Nomzodning kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash ogʻzaki savol-javob tarzida kollegiallik prinsipi asosida tegishli mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladi.
2. Ogʻzaki savol-javob nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.
3. Biletda 2 ta fan (kimyo va fizika fanlari) boʻyicha 1 tadan savol aks ettiriladi.
Nomzodga beriladigan savollar malakali mutaxassislar tomonidan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi va 30-may kuniga qadar tayyorlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Savollar Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
5. Savollar Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
6. Kimyo va fizika fani boʻyicha ogʻzaki savol-javob kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida ikki nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
7. Nomzodlar ogʻzaki savol-javob uchun roʻyxat boʻyicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini oʻqib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib oʻtiradi.
9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruxsat beriladi.
10. Kimyo va fizika fanlari boʻyicha nomzodning bilimini baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi inobatga olinadi.
11. Nomzodning savollarga bergan javobi komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi:

T/r

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi (foizda)

Maksimal

Yuqori

Yaxshi

Oʻrta

Past

Qoniqarsiz

1.

Savol mazmun va mohiyatini ochib berishi

25

20

15

10

5

0

2.

Javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi

25

20

15

10

5

0

3.

Mustaqil va ijodiy fikrlashi

25

20

15

10

5

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishi

25

20

15

10

5

0

12. Nomzodning 2 ta fan boʻyicha savollarga bergan javobi “30” ballik tizimda baholanadi.
13. Nomzodning har bir fan boʻyicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi:
kimyo fani boʻyicha — 15 ballik tizimda;
fizika fani boʻyicha — 15 ballik tizimda.
14. Nomzodning har bir savol boʻyicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:

X=

A*V

100

X — savol boʻyicha toʻplangan ball;
A — savol boʻyicha maksimal ball;
V — savol boʻyicha toʻplangan foiz.
15. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga ogʻzaki savol-javob natijalari boʻyicha oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
16. Har bir nomzodning ogʻzaki savol-javob natijalari mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga komissiya aʼzolari tomonidan kiritiladi.
17. Qaydnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasiga
ILOVA

Kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlikni baholash boʻyicha
‎QAYDNOMA

20__ yil “____” _________________

T/r

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning savollarga bergan javoblari boʻyicha qoʻyilgan ballar

1-savolga

2-savolga

Nomzodning toʻplagan umumiy ballari

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

Komissiya aʼzolari:

_________________________‎‎

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

_________________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

_________________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Matematika fanini oʻzlashtirganlik darajasini baholash metodikasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning matematika fanini oʻzlashtirganlik darajasi test sinovi oʻtkazish orqali baholanadi.
2. Test sinovlariga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta oʻtkazilmaydi.
3. Test savollari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim oʻquv dasturlari doirasida tuziladi.
4. Test savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyunga qadar tasdiqlanadi.
5. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib masʼul hisoblanadi.
2-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
6. Test sinovlari kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus xonada oʻtkaziladi.
Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovidan oʻtadi.
7. Test sinovi oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
8. Test sinovini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya aʼzolari nomzodlarga test sinovini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
9. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi.
Test savollarini yechish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt beriladi.
10. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
11. Test sinovini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
12. Nomzodga test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
13. Test sinovini oʻtkazish vaqtida test sinovi oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar, komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
14. Test sinovini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning oʻzida nomzodga uning test sinovi natijalari kompyuter ekranida eʼlon qilinadi.
15. Nomzodning test savollariga bergan toʻgʻri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir toʻgʻri javob uchun “1” ball bilan baholanadi.
16. Test sinovining natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Qaydnoma test sinovida ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Matematika fanini oʻzlashtirganlik darajasini baholash metodikasiga
ILOVA

Matematika fanidan test sinovi natijalari boʻyicha
‎QAYDNOMA

20__ yil “____” _________________

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Toʻgʻri javoblar soni

Notoʻgʻri javoblar soni

Nomzodning toʻplagan umumiy ballari

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

Komissiya aʼzolari:

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
91-ILOVA
Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasi
1. Nomzodning informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻzlashtirganlik darajasi kollegiallik prinsipi asosida tegishli mutaxassislar tomonidan baholanadi.
2. Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻzlashtirganlik darajasi nomzod tomonidan tanlab olingan biletdagi savolga javob berish va amaliy topshiriqni bajarish orqali baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Biletda informatika va axborot texnologiyalari fanidan 1 ta nazariy savol va 2 ta amaliy topshiriq aks ettiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Nomzodlarga beriladigan savol va topshiriqlar malakali mutaxassislar tomonidan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi va qabul yilining 30-mayiga qadar tayyorlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Savol va topshiriqlar Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyunga qadar tasdiqlanadi.
5. Savol va topshiriqlar Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va kotib ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
6. Nomzodlarning informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻzlashtirganlik darajasi ushbu fan boʻyicha kamida uch nafar malakali mutaxassis jalb etilgan holda baholanadi.
7. Nomzodlar imtihon topshirish uchun roʻyxat boʻyicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini oʻqib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib oʻtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruxsat beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha nomzodning bilim va amaliy koʻnikmalari komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan 60 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) biletdagi birinchi nazariy savol uchun (20 ballik tizimda):
savol mazmun va mohiyatini toʻliq ochib bersa, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalasa, javobni yoritishda ishonchli dalillarga havola qilsa — 20 ball;
savol mazmun va mohiyatini ochib bersa, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalasa — 15 ball;
savol mazmun va mohiyatini qisman ochib bersa, javobni ifodalashda mantiqiylik va ketma-ketlik qisman buzilsa — 10 ball;
savol mazmun va mohiyatini qisman ochib bersa, javobni ifodalashda mantiqiylik va ketma-ketlikka rioya etilmasa — 5 ball;
savol mazmun va mohiyatini ochib bera olmasa — 0 ball;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) biletdagi ikkinchi va uchinchi amaliy topshiriq uchun (har biri 20 ballik tizimda):
amaliy topshiriq ketma-ketlikka rioya qilingan holda kompyuter yordamida toʻliq bajarilsa, amaliy dasturiy vositalar toʻgʻri tanlansa va ular bilan ishlash qoidalariga hamda texnika xavfsizligi qoidalariga toʻliq rioya qilinsa, foydalanilgan texnologiya va elementlar haqida toʻliq sharh bersa, amaliy topshiriqni mantiqiy fikrlab, xatosiz va kamchiliklarsiz bajarsa — 20 ball;
amaliy topshiriq ketma-ketlikka rioya qilingan holda kompyuter yordamida toʻliq bajarilsa, amaliy dasturiy vositalar toʻgʻri tanlansa va ular bilan ishlash qoidalariga hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinsa, foydalanilgan texnologiya va elementlar haqida qisman sharh bersa, amaliy topshiriqni mantiqiy fikrlab, 1 ta qoʻpol boʻlmagan xato va kamchiliklar bilan bajarsa — 15 ball;
amaliy topshiriq ketma-ketlikka rioya qilingan holda kompyuter yordamida toʻliq bajarilsa, amaliy dasturiy vositalar toʻgʻri tanlansa va ular bilan ishlash qoidalariga hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinsa, foydalanilgan texnologiya va elementlar haqida tasavvurga ega boʻlsa, amaliy topshiriqni mantiqiy fikrlab, 2-3 ta qoʻpol boʻlmagan xato va kamchiliklar bilan bajarsa — 10 ball;
amaliy topshiriq ketma-ketlikka qisman rioya qilingan holda kompyuter yordamida bajarilsa, amaliy dasturiy vositalar toʻgʻri tanlansa va ular bilan ishlash qoidalariga hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinsa, amaliy topshiriqni 4-5 ta qoʻpol boʻlmagan xato va kamchiliklar bilan bajarsa — 5 ball;
amaliy topshiriq bajarilmasa, amaliy dasturiy vositalar notoʻgʻri tanlansa va ular bilan ishlash qoidalariga hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasa — 0 ball.
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
11. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballar muhokama qilinib, har bir nomzodga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
12. Har bir nomzodning ogʻzaki savol-javob natijalari ushbu Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga komissiya kotibi tomonidan kiritiladi.
13. Qaydnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻzlashtirganlikni baholash boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil “____” _______________

T/r

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning savolga bergan javobi va topshiriqni bajarishi boʻyicha qoʻyilgan ballar

nazariy savol

1-amaliy topshiriq

2-amaliy topshiriq

nomzodning toʻplagan umumiy bali

1.

 

2.

 

3.

 

...

 

 

Komissiya aʼzolari:

_________________________

_____________

 

(F.I.O.)

(imzo)

 

_________________________

_____________

 

(F.I.O.)

(imzo)

 

_________________________

_____________

 

(F.I.O.)

(imzo)

 

 

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

“TASDIQLAYMAN”
‎_______________________________
‎_______________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
‎Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi)

20___ yil “___” _____________

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul komissiyasi yigʻilishining
‎BAYONNOMASI
‎____-son

20__ yil “___” __________

Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:

______________________________________________________

(Qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:

______________________________________________________

(Qabul komissiyasi aʼzolari)

KUN TARTIBI:

(nomzodlarni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qabul komissiyasi nomzodlarning maxsus kasbiy tanlov natijalarini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 45-bandiga asosan qaror qiladi:

T/r

Nomzodning F.I.O.‏

Maxsus kasbiy tanlov natijalari

Umumiy ball‏

Yakuniy suhbatga qoʻyilganligi yoki qoʻyilmaganligi haqida yozuv‏

Yozma ish

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash

1.‎

2.‎

...‎

Qabul komissiyasi masʼul kotibi:

______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi aʼzolari:

______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasi
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi nomzodning huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi va tarbiya fanlari boʻyicha bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat ogʻzaki shaklda nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga oʻtkaziladi.
3. Biletda 3 ta fan (huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi, tarbiya fanlari) boʻyicha 1 tadan savol aks ettiriladi.
Savollar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
5. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib masʼul hisoblanadi.
6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat komissiya tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida ikki nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
7. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtish uchun roʻyxat boʻyicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini Yakuniy suhbat komissiyasi aʼzolariga oʻqib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib oʻtiradi.
9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruxsat beriladi.
10. Nomzodning savollarga bergan javobi Qabul komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi:

T/r

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi (foizda)

Maksimal

Yuqori

Yaxshi

Oʻrta

Past

Qoniqarsiz

1.

Savol mazmun va mohiyatini ochib berishi

25

20

15

10

5

0

2.

Javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi

25

20

15

10

5

0

3.

Mustaqil va ijodiy fikrlashi

25

20

15

10

5

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishi

25

20

15

10

5

0

11. Nomzodning 3 ta fan boʻyicha savollarga bergan javobi “110” ballik tizimda baholanadi.
12. Nomzodning har bir fan boʻyicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi:
huquqshunoslik fani boʻyicha — 55 ballik tizimda;
Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha — 30 ballik tizimda;
tarbiya fani boʻyicha — 25 ballik tizimda.
13. Nomzodning har bir savol boʻyicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:

X=

A*V

100

X — savol boʻyicha toʻplangan ball;
A — savol boʻyicha maksimal ball;
V — savol boʻyicha toʻplangan foiz.
14. Qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
15. Har bir nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga komissiya aʼzolari tomonidan kiritiladi.
16. Qaydnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga
ILOVA

Yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha
‎QAYDNOMA

20__ yil “____” _________________

T/r

Nomzodning F.I.O.‏

Nomzodning savollarga bergan javoblari boʻyicha qoʻyilgan ballar

1-savolga

2-savolga

3-savolga

Nomzodning toʻplagan umumiy bali

1.‎

2.‎

3.‎

...

Komissiya aʼzolari:

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

“TASDIQLAYMAN”
‎_______________________________
‎_______________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
‎Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi)

20___ yil “___” _____________

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul komissiyasi yigʻilishining
‎BAYONNOMASI
‎____-son

20__ yil “___” __________

Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:

___________________________________________

(Qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:

___________________________________________

(Qabul komissiyasi aʼzolari)

___________________________________________

(Qabul komissiyasi aʼzolari)

KUN TARTIBI:

‎‎(Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qabul komissiyasi nomzodlarning maxsus kasbiy tanlov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 67-bandiga asosan, qaror qiladi:

T/r‎

Nomzodning F.I.O.

Maxsus kasbiy tanlovda toʻplagan ballar

Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda toʻplagan ballar

Umumiy ball

Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

Qabul komissiyasi masʼul kotibi:

____________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi aʼzolari:

____________________________________

(unvoni, F.I.O.)

____________________________________

(unvoni, F.I.O.)

(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya deb ataladi) masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Akademiya bakalavriyatining masofaviy taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish (keyingi oʻrinlarda — Akademiyaga oʻqishga qabul qilish deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan va ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan farzandlariga Akademiyaga kirish uchun tinglovchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda maʼlum bir natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Akademiyaga masofaviy taʼlim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun Akademiyaga masofaviy taʼlim shakliga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari uchun Akademiyaga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi. Shuningdek, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlaridan ikkitadan, qolgan hududiy ichki ishlar organlaridan bittadan profilaktika inspektori Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻining taqdimnomasiga asosan Akademiyaga qabul kvotasidan tashqari imtihonlarsiz qabul qilinadi hamda bepul oʻqitiladi.
Ichki ishlar organlarining kinologiya boʻlinmalari xodimlari uchun har yili Akademiyaga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining kamida bir foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Akademiyaga ichki ishlar organlarida kamida uch yillik amaliy xizmat stajiga ega boʻlgan, yoshi qirqdan katta boʻlmagan, shu jumladan, qirq yoshdagi ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
4. Akademiyada oʻqish muddati oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar uchun toʻrt yil, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun uch yilni tashkil etadi.
Akademiyada oʻqish quyidagilar uchun toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi:
oliy maʼlumotga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Akademiyaning masofaviy taʼlim shakliga qabul kvotasining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha kvota asosida qabul qilingan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ichki ishlar organlari xodimlari;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari (xodimlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati tomonidan har yili belgilanadigan qoʻshimcha kvota boʻyicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarda kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega boʻlgan yoshi qirqdan katta boʻlmagan, shu jumladan qirq yoshdagi harbiy xizmatchilar (xodimlar) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
5. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
dastlabki tanlov;
maxsus kasbiy tanlov;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.
6. Nomzodlar sinovlarni davlat tili yoki rus tilidan birini tanlagan holda topshiradilar.
2-bob. Akademiyaga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
7. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tomonidan vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanlov eʼlon qilinadi. Unda tanlovni oʻtkazish muddatlari va joyi, oʻqishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
8. Akademiyaga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar vazirining oʻrinbosari raisligida Nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qabul komissiyasi) tashkil etiladi.
9. Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 1-aprelidan 30-sentabriga qadar Akademiyada olib boradi.
10. Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
11. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha;
kompleks test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha;
yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish boʻyicha.
Shuningdek, Qabul komissiyasi tarkibida imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida Akademiya xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil etiladi.
12. Qabul komissiyasi raisi:
Qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
Qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
13. Akademiyaga oʻqishga kirishni xohlagan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari oʻz xizmat joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — ichki ishlar organlari deb ataladi) boshliqlari nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Bildirgilar qabul yilining 15-aprelidan 15-mayiga qadar qabul qilinadi. Bildirgiga Akademiyaga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.
3-bob. Dastlabki tanlov
14. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Akademiyada oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni, ularning xizmat faoliyatidagi koʻrsatkichlarini oʻrganish, ularni har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
15. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodning maʼnaviy-axloqiy xislatlarini va kasbiy malakasini, egallab turgan lavozimidagi erishgan natijalarini baholash;
nomzodlarda tashkilotchilik qobiliyati shakllanganligini aniqlash;
nomzodning faol hayotiy maslagini va mamlakatda oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tushunchasini aniqlash.
nomzodning erishgan natijalaridan kelib chiqib, kelgusida ofitserlik lavozimlarida xizmat faoliyatini davom ettira olishiga baho berish;
nomzodning maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish masalasini kollegial tarzda hal qilish.
16. Dastlabki tanlov ichki ishlar organlarida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan nomzodlarni attestatsiyadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari (xodimlari) uchun dastlabki tanlov ularni xizmat joylarida attestatsiyadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
17. Dastlabki tanlov tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
18. Attestatsiya natijalari boʻyicha quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
“Maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etishga tavsiya etiladi”;
“Maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilmaydi”.
19. Attestatsiya natijalariga koʻra Akademiyaga oʻqishga yuborishga tavsiya etilgan nomzodlar dastlabki tanlovdan oʻtgan hisoblanadi.
20. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov boshlanguniga qadar intizomiy javobgarlikka tortilgan yoki ularda Akademiyaga oʻqishga kirishga toʻsqinlik qiluvchi boshqa maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, nomzodlarning maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Maxsus kasbiy tanlov
21. Maxsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning maʼnaviy-axloqiy xislatlari, intellektual salohiyati, umumiy dunyoqarashini, oʻz nuqtai nazarini asoslab berish qobiliyatini va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini aniqlashdan iborat.
22. Quyidagilar maxsus kasbiy tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi materiallarni oʻrganish;
uning tarix, chet tili, ona tili (rus tili), adabiyot, huquqshunoslik, maʼnaviyat asoslari va milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini xolisona baholash.
23. Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
hujjatlarni oʻrganish;
kompleks test sinovlari.
24. Ishchi guruhlar tomonidan har yili 15-iyulga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tegishli ichki ishlar organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarga yuboriladi.
25. Qabul komissiyasi nomzodlarga reja-jadvalga muvofiq maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish joyi va muddatlari haqida maʼlum qiladi hamda ularning hujjatlari Akademiyaga belgilangan muddatlarda toʻliq yetkazilishini taʼminlaydi.
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari (boshqa vazirlik va idoralar xodimlari hamda harbiy xizmatchilari)ga Akademiyaga oʻqishga kirish imtihonlarini topshirish uchun qoʻshimcha taʼtil beriladi.
26. Hujjatlar nomzod toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish orqali oʻrganiladi.
27. Kompleks test sinovlariga muvofiq nomzodlarning tarix, chet tili va ona tili (rus tili)ni oʻzlashtirganlik darajasi baholanadi.
Kompleks test sinovlari mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.
28. Kompleks test sinovlari boʻyicha toʻplashi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilmaydi.
Kompleks test sinovlari natijalariga koʻra yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilgan nomzodlar soni bir qabul oʻrniga ikkita nomzodni tashkil etmagan hollarda, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilish uchun yetarli ball toʻplamagan nomzodlar istisno tariqasida bir qabul oʻrniga ikkita nomzodni tashkil etguniga qadar kompleks test sinovlaridan toʻplagan ballaridan kelib chiqib, yuqori balldan pastga qarab ketma-ketlik tartibida yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi.
29. Nomzodlarga kompleks test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
30. Maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
5-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat
31. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodning huquqshunoslik, adabiyot, tarbiya fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
32. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
Nomzodlarga beriladigan savollar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodni baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda uni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishi inobatga olinadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.
34. Qabul komissiyasi tomonidan maxsus kasbiy tanlov natijalari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat boʻyicha nomzodni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
35. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6-bob. Nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
36. Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan nomzodlarga chet tili fanidan imtihonsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
boshqa xorijiy tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
37. Quyidagilar ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng (kompleks test sinovlari boʻyicha toʻplashi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan koʻp ball toʻplaganda) (keyingi oʻrinlarda — muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng deb ataladi) tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida oʻqishga qabul qilinadilar:
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan va ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan farzandlari;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya va bojxona organlari xodimlarining) farzandlari.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ichki ishlar organlari xodimlarining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan va ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan farzandlari ajratilgan besh foizli, ichki ishlar organlarining kinologiya boʻlinmalari xodimlari ajratilgan bir foizli, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining farzandlari ajratilgan besh foizli va Milliy gvardiya hamda bojxona organlari xodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida, shuningdek Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi taqdimnomasiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng Akademiyaga vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda qabul qilinadi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ajratilgan (besh, bir va ikki foizli) kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
39. Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlangan nomzodlarga kompleks test sinovlari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat uchun ajratilgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha imtiyozli ball beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
391. “Kasbiy olimpiada oʻyinlari” respublika bosqichida sovrindor boʻlgan, oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega safdor va serjant xodimlar Akademiyaga tanlovlarsiz qabul qilinadilar.
(391-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
7-bob. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish
40. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga oʻqishga qabul qilinadi:
Bir nechta nomzodlarning toʻplagan ballari teng boʻlgan hollarda, ular Akademiyaga belgilangan kvotadan tashqari oʻqishga qabul qilinadilar.
41. Qabul komissiyasi nomzodlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
42. Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
43. Akademiyaga oʻqishga qabul qilingan ichki ishlar organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari va harbiy xizmatchilari xizmat oʻtash joylariga oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma taqdim etadilar.
44. Akademiyaga oʻqishga qabul qilingan ichki ishlar organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari va harbiy xizmatchilariga har oʻquv yili davomida taʼlim muassasasining belgilangan shakldagi xabarnomasi asosida mashgʻulotlarda qatnashish va attestatsiya sinovlarini topshirish uchun oylik maoshi saqlangan oʻquv taʼtili beriladi.
Mazkur xabarnoma hamda xodim va harbiy xizmatchining taʼtilga chiqish va qaytganligi toʻgʻrisidagi bildirgilari uning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga biriktiriladi.
45. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan tinglovchilar va Akademiya oʻrtasida belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasi rasmiylashtiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Nomzodlar tanlovlar paytida Akademiya hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va foydalanishi qatʼiy man etiladi.
Nomzod tomonidan sinovlarga mikrokalkulyatorlar, lugʻat, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning oʻrniga kirishi, sinov oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va Qabul komissiyasi raisi oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlovlarning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
47. Dastlabki tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar, natijalar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkin.
Ishchi guruhlar kelib tushgan ariza va shikoyatlarni uch ish kuni ichida murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.
48. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin kompleks test sinovlari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
49. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar kompleks test sinovlari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin.
50. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
51. Akademiyaga oʻqishga qabul qilinmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlari Qabul komissiyasining qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarga qaytarib yuboriladi.
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Kompleks test sinovlari
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning tarix, chet tili, ona tili (rus tili)ni oʻzlashtirganlik darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yoʻli bilan tekshiriladi.
2. Kompleks test sinovlari boshlanishidan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan baholash tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Test savollari va ularning javoblari Qabul komissiyasi tarkibidagi kompleks test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan 10-iyulga qadar ishlab chiqiladi, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Har bir savolga 4 tadan javob varianti berilgan boʻlib, har bir test savoliga faqat bitta toʻgʻri javob belgilanishi lozim.
5. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
6. Nomzod oʻqishga kirish uchun berilgan bildirgida qaysi chet tilidan imtihon topshirishini koʻrsatishi shart.
2-bob. Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash
7. Nomzodga test topshiriqlarini bajarish uchun oltmishta savolga ikki soat vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
8. Kompleks test sinovlari uch blokdan iborat:
birinchi blok — tarix, 20 ta savol;
ikkinchi blok — chet tili, 20 ta savol;
uchinchi blok — ona tili (rus tili), 20 ta savol.
9. Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan nomzod chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha sinovlar oʻrniga mazkur Metodikaga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda Akademiyada yagona koʻp balli baholash tizimi asosida chet tilidan imtihon topshiradi.
10. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
11. Test sinovlari natijasi 60 ballik tizimda, har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball, har bir notoʻgʻri javob uchun 0 ball bilan baholanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoida
12. Kompleks test sinovlari natijalari boʻyicha mazkur Metodikaga 2-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda Qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Kompleks test sinovlari metodikasiga
1-ILOVA
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash
MEZONLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlarni qabul qilish uchun tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda komissiya tashkil etiladi. Mazkur komissiya tarkibiga fanlar boʻyicha tajribali va malakali oʻqituvchilar jalb etiladi.
2. Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼi rioya etilgan holda oʻtkaziladi hamda imtihon oʻtkazilishidan uch kun oldin nomzodlar bilan maslahatlar tashkil etiladi.
3. Imtihon chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari uchun ajratilgan ballni hisobga olgan holda yagona koʻp balli tizim boʻyicha maksimal 20,0 ball bilan baholanadi.
4. Imtihonda tegishli chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
5. Yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlarga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlarga imtihonlar qayta tashkil etilmaydi.
2-bob. Baholash mezonlari
6. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.
7. Chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi tekshiriladi va quyidagicha baholanadi:
a) nomzod tomonidan matnni oʻqishda quyidagicha ball qoʻyiladi:
xato qilmasa — 7,0 ball;
matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 6,5 ball;
matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 6,0 ball;
matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 5,5 ball;
b) nomzod tomonidan matnni tarjima qilishda quyidagicha ball qoʻyiladi:
matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa — 7,0 ball;
matnning 90 foizini tarjima qilsa — 6,5 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 6,0 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 5,5 ball;
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 5 ball;
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 4 ball;
matnning 50 foizidan kamini tarjima qilsa — 0 ball;
v) nomzod tomonidan matnning (maqolaning) mazmunini gapirib berishida quyidagicha ball qoʻyiladi:
matnning (maqolaning) mazmunini toʻliq gapirib bersa — 4,0 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bersa — 3,5 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 3,0 ball;
g) nomzod tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan:
berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 2,0 ball;
berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 1,5 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
8. Nomzodning javoblari qabul qilingandan soʻng komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari boʻyicha mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
9. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Qaydnoma komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash mezonlariga
ILOVA

Chet tilidan imtihon natijalari boʻyicha
‎QAYDNOMA

Nomzod __________________________________________________________________

(F.I.O.)

Topshirish joyi: __________________________________________________________
‎Topshirish sanasi: 20__ yil _____________________________________________
‎Imtihon topshirilgan til: ______________________________________________
‎Nomzodga qoʻyilgan ball ________________________________________________
Imtihon komissiyasi raisi:

__________

_________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

Komissiya aʼzolari

__________

_________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

__________

_________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

__________

_________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

__________

_________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

Kompleks test sinovlari metodikasiga
2-ILOVA

Nomzodlarning kompleks test sinovlari natijalari
‎QAYDNOMASI

Topshirish joyi ____________________
‎Topshirish sanasi ___________________
‎Guruh raqami: _______________________
‎‎

T/r

Nomzodning F.I.O.

Tarix

Chet tili

Ona tili

‏Toʻplangan ballari

toʻgʻri

notoʻgʻri

toʻgʻri

notoʻgʻri

toʻgʻri

notoʻgʻri

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

...‎

Kichik komissiya raisi:

_____________

___________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

Kichik komissiya aʼzolari:

_____________

___________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

_____________

___________________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎_______________________________
‎_______________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
‎Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi)

20___ yil “___” _____________

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qabul komissiyasi yigʻilishining
‎BAYONNOMASI
‎____-son

20__ yil “___” __________

Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:

_______________________________________________

(Qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:

_______________________________________________

(Qabul komissiyasi aʼzolari)

KUN TARTIBI:

‎‎(nomzodlarni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi qabul komissiyasi nomzodlarning maxsus kasbiy tanlov natijalarini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandiga asosan qaror qiladi:

T/r

Nomzodning F.I.O.‏

Kompleks test sinovi natijalari

Umumiy ball‏

Yakuniy suhbatga qoʻyilganligi yoki qoʻyilmaganligi haqida yozuv‏

Tarix

Chet tili

Ona tili

1.‎

2.‎

3.

...‎

Qabul komissiyasi masʼul kotibi:

_______________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi aʼzolari:

_______________________________________

(unvoni, F.I.O.)

_______________________________________

(unvoni, F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
METODIKASI
1-§. Umumiy qoidalar
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodlarning huquqshunoslik, adabiyot, tarbiya fanlari boʻyicha bilimlarini har tomonlama va xolisona baholash maqsadida ogʻzaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.
2. Nomzodlar sonidan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qabul qilish uchun bir yoki bir nechta komissiyalar tuzilishi mumkin. Barcha komissiyalar aʼzolari soni teng etib belgilanadi va har bir komissiya tarkibiga har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan mutaxassis jalb etiladi.
3. Yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar komissiya aʼzolari, huquqshunoslik, adabiyot, tarbiya fanlari boʻyicha malakali mutaxassislar tomonidan tuziladi va savollar boʻyicha bilet variantlari har yil 10-iyulga qadar tayyorlanadi hamda Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Nomzodlarga beriladigan savollar mazmuni taʼlim mutaxassisligi huquqshunoslik, adabiyot, tarbiya fanlariga ixtisoslashmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
5. Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan savollar roʻyxati va bilet variantlari komissiya masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollar roʻyxati va bilet variantlari oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
6. Yakuniy suhbat kuni nomzodlarda fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-karta boʻlishi shart.
2-§. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
7. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzod uch savoldan iborat biletga javob beradi.
Har bir biletda:
birinchi savolda — huquqshunoslik;
ikkinchi savolda — adabiyot;
uchinchi savolda — tarbiya fanlari aks etadi.
8. Nomzodlar suhbatga tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha auditoriyada besh nafardan koʻp boʻlmagan holda, ketma-ketlikda kiritiladi va yakka tartibda biletlardan birini tanlaydi.
9. Nomzodlar biletlardan birini tanlab olgach, savollarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Agar nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishiga ruxsat etiladi.
3-§. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
10. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi “100” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
birinchi savol uchun — maksimal 50 ball;
ikkinchi savol uchun — maksimal 30 ball;
uchinchi savol uchun — maksimal 20 ball.
Savollarning birortasiga ham toʻgʻri javob berilmagan boʻlsa — 0 ball qoʻyiladi.
11. Nomzodning savollarga bergan javobi Qabul komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi:

T/r

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi (foizda)

Maksimal

Yuqori

Yaxshi

Oʻrta

Past

Qoniqarsiz

1.

Savol mazmun va mohiyatini ochib berishi

25

20

15

10

5

0

2.

Javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi

25

20

15

10

5

0

3.

Mustaqil va ijodiy fikrlashi

25

20

15

10

5

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishi

25

20

15

10

5

0

12. Nomzodning har bir savol boʻyicha berilgan javobi quyidagicha hisoblanadi:

X=

A*V

100

X — savol boʻyicha toʻplangan ball;
A — savol boʻyicha maksimal ball;
V — savol boʻyicha toʻplangan foiz.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
14. Mazkur qaydnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga
ILOVA

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha
‎‎QAYDNOMA

Sana: ___________
‎Guruh raqami: ____

T/r

Nomzodning F.I.O.

Savollarga qoʻyilgan ballar

Toʻplagan ball

1-savol

2-savol

3-savol

1.

2.

3.

...

Komissiya raisi

__________

_____________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

Komissiya kotibi __________

_____________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

Komissiya aʼzolari __________

_____________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

__________

_____________________

(imzo)

(unvoni va F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎_______________________________
‎_______________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
‎Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi)

20___ yil “___” _____________

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul komissiyasi yigʻilishining
‎BAYONNOMASI
‎____-son

20__ yil “___” __________

Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:

___________________________________________

(Qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:

___________________________________________

(Qabul komissiyasi aʼzolari)

___________________________________________

(Qabul komissiyasi aʼzolari)

KUN TARTIBI:

(Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul komissiyasi nomzodlarning maxsus kasbiy tanlov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandiga asosan qaror qiladi:

T/r‎

Nomzodning F.I.O.

Maxsus kasbiy tanlovda toʻplagan bali

Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda toʻplagan bali

Umumiy ball

Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv

1.‎

...‎

Qabul komissiyasi masʼul kotibi:‎‎

____________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi aʼzolari:

____________________________________

(unvoni, F.I.O.)

____________________________________

(unvoni, F.I.O.)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/958/0353-son; 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son; 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 28.09.2022-y., 09/22/533/0855-son; 20.01.2023-y., 09/23/21/0039-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 28.06.2025-y., 09/25/392/0547-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)