Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-son qarori (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi boʻyicha amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga (roʻyxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr) muvofiq tartibga solinadi.”.
2.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovlar bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga toʻlanishi kerak, toʻlovlarning uchinchi shaxslar (xoʻjalik yurituvchi subyektlar) hisobidan undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
3.
34-band “pochta aloqasi tashkilotlariga” degan soʻzlardan keyin “va AT Xalq banki filiallariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“a” kichik bandning
yettinchi xatboshisidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v1” kichik band “energiya resurslari” degan soʻzlardan keyin “hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“Davlat ijrochilari energiya resurslari hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati boʻyicha qarzdorlikni undirishda inkasso topshiriqnomalarini bevosita mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka davlat ijrochisining qarorini ilova qilmagan holda taqdim etishi mumkin.”.