1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va isteʼdodini roʻyobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning oʻzi koʻrsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yoʻlida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bogʻliq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz.
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini eʼtiborga olgan holda:
1. Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb eʼlon qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
birinchidan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yoʻlida bor kuch-gʻayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
toʻrtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini taʼminlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashish;
beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
oltinchidan, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi gʻoyalarini keng targʻib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishga, ijodiy toʻgaraklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni oʻrgatish oʻquv kurslariga keng jalb etish;
sakkizinchidan, yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;
toʻqqizinchidan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
oʻninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining masʼul lavozimlariga tavsiya etish;
oʻn birinchidan, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
oʻn ikkinchidan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda gʻoyaviy-uslubiy jihatdan koʻmak berish.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati, Yoshlar siyosati masalalari xizmati Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
7. Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Idoralararo kengashning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada taʼsirchan nazorat oʻrnatish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.03.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar tuzilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-sentabrdagi 774-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻgʻrisidagi nizom.
9. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib xizmat qilishini inobatga olgan holda, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
10. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalarini, ilm-fan va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Turkiston” va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari, “Yosh kuch” jurnali hamda boshqa yoshlar nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil qilinsin;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda “Qizlarjon” jurnalini taʼsis etsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari]
11. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
“Adabiyotga eʼtibor — maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” shiori ostida “Men sevib oʻqigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlarini, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” anʼanaviy respublika festivallarini;
“Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” shiorlari ostidagi aksiyalarni;
“Adabiyot va sanʼat — shaxs maʼnaviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzusida yozuvchilar, shoirlar, sanʼatkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlarni;
respublikaning chekka hududlarida xalq rassomlari, xalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot – ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlarni;
“Eng buyuk jasorat — maʼnaviy jasoratdir” mavzusida davra suhbatlarini doimiy ravishda tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari]
12. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar Yoshlar markazlari binolarini qurish, Buxoro va Xorazm viloyatlari Yoshlar markazlari binolari qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari Yoshlar markazlari binolarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha dastur loyihasini;
respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy oʻrta taʼlim tizimining joriy etilishi munosabati bilan boʻshaydigan kollejlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga begʻaraz oʻtkazish, ularning negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubxona va kitob doʻkoniga ega boʻlgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlarini, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha boʻlgan muddatda kasb-hunarga toʻlovsiz oʻqitish markazlarini tashkil etish dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
13. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining:
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oliy maʼlumotli oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish;
yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, oʻqish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medalini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining yangilangan ustavi va tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini kiritsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining ustavi.
“Mard oʻgʻlon” va “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha taklif tayyorlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Kelajak bunyodkori” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
15. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi boʻyicha ularning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchilarini saqlash xarajatlari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari hisobidan qoplanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan koʻp muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlangʻich toʻlovi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzosi boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86 foiz va undan yuqori boʻlgan taqdirda taʼlim boʻyicha toʻlov kontrakti miqdorining 35 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Yoshlar uylarini barpo etish dasturida barcha yirik shaharlarda — koʻp qavatli, qishloq tumanlarida — 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini xarid qilish uchun 10 yil muddatgacha moʻljallangan, boshlangʻich toʻlovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
tuman markazlari va shaharlarida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishni;
foydalanilmayotgan davlat obyektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga toʻlovsiz ijaraga berish tartibini joriy etishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
19. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Oʻzbektelekom” AKning “Yoshlar” teleradiokanali” AJning 50 foiz aksiyalarini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
20. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni oʻtkazib borish amaliyotini joriy etsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Q.Q. Quranbayev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 6-iyuldagi 132 (6826)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyul,
PF-5106-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga ILOVA
Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo kengashi raisi
2.
Abdullayev I.B.
—
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, Respublika idoralararo kengashi raisining birinchi oʻrinbosari
3.
Quranbayev Q.Q.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Respublika idoralararo kengashi raisi oʻrinbosari
5.
Kasimov R.S.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori
6.
Safayev S.S.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari
7.
Saidov A.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi
8.
Inoyatov U.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri
9.
Majidov I.U.
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
10.
Xodjayev B.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri
11.
Saidova G.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
12.
Shadmanov A.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
13.
Muratov M.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
14.
Abduxakimov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
15.
Azizov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
16.
Berdiyev K.R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri
17.
Ikramov M.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
18.
Shermatov Sh.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.
181.
Mamatov R.T.
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri
19.
Parpiyev B.R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
20.
Kurbonov R.J.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi
21.
Xolmuxamedov M.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori
22.
Ishmetov T.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari
23.
Yusupov O.O.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi
24.
Mirzaxidov X.M.
—
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
25.
Xazratqulov M.X.
—
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori
26.
Musayev A.E.
—
“Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori
28.
Shukurov A.S.
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
29.
Akbarov A.A.
—
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari
30.
Javlonov Sh.S.
—
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi
31.
Djalilov Sh.I.
—
Oʻzbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi
32.
Rafikov K.M.
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi
39.
Karimov A.M.
—
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi
40.
Abdullayev A.A.
—
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
41.
Mirzaaliyev I.M.
—
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari
42.
Djurabayev A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri, Respublika idoralararo kengash masʼul kotibi
43.
lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari.
*Izoh: Respublika idoralararo kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoniga SHARH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Shunga qaramasdan, yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar talab darajasida emasligini hayotning oʻzi tasdiqlamoqda.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va isteʼdodini roʻyobga chiqarishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning oʻzi koʻrsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi yuksak sifat bosqichiga koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanadi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bogʻliq bir qator yangi va muhim vazifalar qoʻyildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylanadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining huquqiy va amaliy vakolatlari kengaytirildi, tegishli imkoniyat va imtiyozlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilib, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Yoshlar siyosati masalalari xizmati Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning toʻlaqonli ijrosini tashkil etish va nazorat qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining bu boradagi faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, ularga gʻoyaviy-uslubiy yordam koʻrsatishni tashkil etish, sohaga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi hisoblanadi.
Farmonda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va nazorat oʻrnatish maqsadida Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi tashkil etildi.
Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar faoliyat yuritadi.
Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi beriladi.
Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil etiladi. Qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, isteʼdod va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy yetakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida “Qizlarjon” jurnali taʼsis etiladi.
Farmonga koʻra, yoshlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Men sevib oʻqigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” anʼanaviy respublika festivallari, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini qaror toptirishga qaratilgan aksiyalar, yozuvchilar, shoirlar, sanʼatkorlar, adabiyotshunos olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar va master-klasslar tizimli tashkil etilishi belgilandi.
Shu bilan birga, 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “katta yetakchi” va “toʻgarak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf oʻqituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligi joriy etildi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oliy maʼlumotli oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etilishi Farmonda belgilab berilgan.
Yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, oʻqish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etiladi.
Farmonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kichik biznes korxonalari tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovi uchun hisoblangan summaning 8 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi belgilandi.
Taʼlim muassasasini tamomlaganiga uch yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad soligʻini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida turli fanlar, jumladan, chet tillarni oʻrgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini oʻqitish maqsadida tashkil etiladigan shuʼba korxonalarini 2027-yil 1-avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi boʻyicha ularning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan koʻp muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlangʻich toʻlovi, shuningdek, tashkilotning faol aʼzosi boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86 foiz va undan yuqori boʻlgan taqdirda taʼlim boʻyicha toʻlov kontrakti miqdorining 35 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Muhim jihati shundaki, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturi ishlab chiqiladi. Mazkur dasturda barcha yirik shaharlarda – koʻp qavatli, qishloq tumanlarida — 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutiladi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini xarid qilish uchun 10 yil muddatgacha moʻljallangan, boshlangʻich toʻlovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Respublikamizning tuman markazlari va shaharlarda Yoshlar tadbirkorlik klasterlari tashkil etiladi.
Foydalanilmayotgan davlat obyektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga toʻlovsiz ijaraga berish tartibi joriy etiladi.
“Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini kuchaytirish maqsadida uning 50 foiz aksiyalari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga beriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni oʻtkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 607-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)