|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018
|
|
T/r |
Tadbirlar mazmuni |
Bajarish muddati |
Bajarish uchun masʼullar |
|
Tashkiliy chora-tadbirlar | |||
| 1. | Mamlakatda yuz berayotgan demokratik qayta oʻzgartirishlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida qoʻyilgan vazifalar asosida har bir tuman, shahar boʻyicha xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy, sotsial faolligini oshirish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqish va tanqidiy baholash. | 2004-yil 15-avgustgacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha darajalardagi hokimliklar, xotin-qizlar qoʻmitalari, Ichki ishlar vazirligi va prokuraturaning joylardagi boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari |
| 2. | Joylardagi ishlarning ahvolini oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha xotin-qizlar qoʻmitalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etgan holda “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial faolligini oshirish, ularning oiladagi, jamiyatdagi va davlat qurilishi vazifalarini hal etishdagi rolini kuchaytirish vazifalari toʻgʻrisida” deb nomlangan kun tartibi bilan viloyat, shahar, tuman kengashlari oʻtkazish. Ushbu sohada ishlarni yaxshilash yuzasidan tegishli sayʼ-harakatlar dasturlarini qabul qilish. | 2004-yil avgust-sentyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha darajalardagi hokimliklar, xotin-qizlar qoʻmitalari, Ichki ishlar vazirligi va prokuraturaning joylardagi boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari |
| 3. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi R�isi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari xotin-qizlar qoʻmitalari raislarining funksional vazifalarini yangi talablarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. Bunda xotin-qizlar, yosh ayollar bilan samarali ishlashni taʼminlash boʻyicha ularning vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutish. | 2004-yil 15-iyulgacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan vazifalar va ustuvor yoʻnalishlarni hisobga olgan holda jamoat birlashmasi — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi ustavini ishlab chiqish va qabul qilish. Ustav loyihasining Xotin-qizlar qoʻmitasining boshlangʻich, mintaqaviy boʻlimlarida keng muhokama qilinishini tashkil etish. | 2004-yil avgust-sentyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha darajalardagi hokimliklar, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, korxonalar va tashkilotlar |
| 5. | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining markaziy apparatini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining oʻrinbosarlari xotin-qizlar qoʻmitalari raislari ishchi apparatlarini boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan va odamlar bilan ishlay biladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash. | 2004-yil 1-sentabrgacha | Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 6. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining oʻrinbosarlari xotin-qizlar qoʻmitalari raislari ishchi ap�aratlarining mutaxassislari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida qoʻyilgan xotin-qizlar bilan ishlashning yangi vazifalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mintaqaviy amaliy seminarlar oʻtkazish. | 2004-yil avgust | Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 7. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy taʼlim va maʼnaviy-axloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchilar lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar, ushbu lavozimlarga shaxslarni tanlash va tayinlash tartibi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish | 2004-yil iyun | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
| 8. | Fuqarolar yigʻinlarining diniy taʼlim va maʼnaviy-axloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchilari lavozimlarini eng nufuzli va faol, amaliy tajribaga ega boʻlgan va aholiga, birinchi navbatda, yoshlarga sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, eng yaxshi milliy va diniy anʼanalar va urf-odatlarni rivojlantirish, ularni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash masalalarida samarali taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan xotin-qizlar bilan toʻldirishni taʼminlash. | 2004-yil iyul—noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, tumanlar va shaharlar hokimlari, fuqarolar yigʻinlari kengashlari raislari |
| 9. | Diniy taʼlim va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchining namunaviy funksional vazifalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2004-yil iyul | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy m�hofaza qilish vazirligi bilan birgalikda |
| 10. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan vazifalar asosida diniy taʼlim va maʼnaviy-axloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchilar ishining asosiy yoʻnalishlari, metodlari shakllari muhokamasi yuzasidan ular uchun seminarlar turkumi tashkil etish. | 2004-yil avgust—dekabr | Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Toshkent Islom universiteti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 11. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy taʼlim va maʼnaviy-axloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchi lavozimiga tayinlangan pensioner ayollarni ish davrida yoshiga koʻra 100 foiz miqdorida pensiya olish huquqiga ega boʻlgan pensionyerlar toifasiga kiritish toʻgʻrisida taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2004-yil IV chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| 12. | Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati monitoringini, ular faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning maqsadli vazifalari, ish shakllari va usullarini tizimli tahlil etishni tashkil etish. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq respublika va mintaqaviy xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2004-yil iyul—noyabr | Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 13. | Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlarini Xotin-qizlar qoʻmitasi va uning joylardagi boʻlinmalarining muhim vazifalarini va faoliyati yoʻnalishlarini amalga oshirish jarayoniga jalb etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2004-yil dekabr | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 14. | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda hokimlarning oʻrinbosarlari shaharlar va tumanlar xotin-qizlar qoʻmitalari r�islari ishchi organlarining moddiy-texnika bazasi holatini oʻrganib chiqish va uni mustahkamlash yuzasidan takliflar kiritish. | 2004-yil IV chorak | Xotin-qizlar qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 15. | Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bajarilishini muntazam ravishda koʻrib chiqish. | har chorakda, chorakdan keyingi oyning 10 kunigacha | Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va ularning ijtimoiy, mehnat huquqlarini taʼminlash sohasida | |||
| 16. | Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash (2005—2007-yillar uchun), bunda quyidagilarni nazarda tutish: har yili har bir mintaqada asosan kichik biznesni va xizmatlar sohasini, kasanachilik mehnatini rivojlantirish hisobiga ayollarning ish bilan taʼminlanishga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydigan miqdorda ish oʻrinlari yaratish (respublika boʻyicha jami — kamida 170 ming); |
2004-yil noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi |
| | qishloq joylarda xotin-qizlarning ish bilan bandligi darajasini oshirish va uning oqilona tuzilmasini shakllantirish; | | |
| | ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazish, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga q�ratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | | |
| 17. | Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish: | | |
| | asosan ayollar mehnatidan foydalanadigan va ayollar boshqaradigan kichik korxonalarga imtiyozli kreditlar berish; | 2004-yil II yarim yilligidan boshlab | Markaziy bank, tijorat banklari, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi, Boshlangʻich sarmoya jamgʻarmasi |
| | xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladigan tadbirkorlikni mikromoliyalashtirish dasturlarini kengaytirish; | 2004-2005-yillar | Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
| | sutchilik chorva mollari va sutni qayta ishlash uchun asbob-uskunalar sotib olish uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan jami 3 milliard soʻmgacha mikrokreditlar ajratish; | 2005-yildan boshlab | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, tijorat banklari |
| | qishloq joylarda dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish va sotish tarmoqlarini kengaytirish, ularga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun qisqa muddatli imtiyozli kreditlar berish. | 2004-2005-yillar | Tumanlar hokimliklari, “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyasi, tijorat banklari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi |
| 18. | Mehnat bozorida ishsiz xotin-qizlarning raqobatlashuvchanligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish: | | |
| | ishsiz xotin-qizlarni “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish asoslari. Oʻz biznesingni boshla” dasturi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish. Ushbu dastur bilan yil davomida kamida 1000 nafar ishsiz xotin-qizlarni qamrashni taʼminlash; | 2005-yil yanvardan boshlab | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi |
| | bolalar sonidan qatʼi nazar, bolali ayollar uchun kvotalanadigan ish oʻrinlari belgilashni nazarda tutuvchi amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish. | 2005-yil I chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi |
| 19. | Ish bilan taʼminlash sohasida xotin-qizlarning mehnat qonunchiligi bilan belgilangan huquqlari va kafolatlari amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat qilinishini taʼminlash, mehnat shartnomalarini tuzish va toʻxtatishda xotin-qizlar huquqlarining, shu jumladan homilador va yosh bolali ayollar huquqlarining kamsitilishiga mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarida xotin-qizlarning mehnat kafolatlari va huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy ishlaydigan “shoshilinch” telefon liniyalarini tashkil etish orqali yoʻl qoʻymaslik. | 2004-yil III-IV chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi |
| 20. | Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar (BMTning Taraqqiyot dasturi, TASIS, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya texnik hamkorlik jamiyati va boshqalar) bilan uzoq va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlarida yashaydigan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash uchun grantlar va texnik yordam vositalarini jiddiy koʻpaytirish masalalarini ishlab chiqish va hal etishni taʼminlash. | 2005-yildan boshlab | Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va qishloq tumanlari hokimliklari |
|
Onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilani mustahkamlash sohasida | |||
| 21. | Sogʻliqni, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar bajarilishini oʻrganib chiqish, shu jumladan “Sogʻlom avlod” davlat dasturi (Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-fevraldagi 46-son qarori) hamda Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogʻligʻini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining maqsadli dasturi (Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi 242-son qarori) bajarilishini oʻrganishni tashkil etish va ularni amalga oshirish samaradorligini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish. | 2004-yil iyul-avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| | Xorijiy tajribani oʻrganish asosida ona va bola sogʻligi samarali muhofaza qilinishini taʼminlaydigan zamonaviy metodikalarni, ilgʻor shakllar va institutlarni (skrining, patronaj va boshqalarni) ishlab chiqish va ularni qoʻllash yuzasidan takliflar kiritish. | 2004-yil noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
| 22. | Nosogʻlom oilalardan boʻlgan, ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlash boʻyicha tadbirlarning kompleks dasturini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish. | 2004-yil dekabr | Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| 23. | Mintaqalardagi reproduktiv salomatlik Markazlari hamda Salomatlik instituti faoliyatini oʻrganishni tashkil etish, ularning �shlarini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. | 2004-yil noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 24. | Har bir tumanda, shaharda oila, xotin-qizlar va bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha tashkiliy-texnik, targʻibot-tashviqot tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va qabul qilish. | 2004-yil avgust | Shaharlar va tumanlar hokimliklari, Davlat sport qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati |
| 25. | Din vakillarini jalb etgan holda aholi oʻrtasida oila-nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solish, nikoh boʻyicha diniy marosimlarni faqat nikoh rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshirish masalalarini maxsus rejalar boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil etish. | 2004-yil avgust | Adliya vazirligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
|
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish sohasida | |||
| 26. | Xotin-qizlarning asosiy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish, shu jumladan ularning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hamda jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalaridagi ishtirokining doimiy ishlaydigan tizimli monitoringini tashkil e�ish. Monitoring natijalarini qarorlar qabul qilish, ishda foydalanish uchun tegishli davlat hokimiyati organlariga, jamoat tashkilotlariga yetkazishni taʼminlash. | 2004-yil oktyabr | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 27. | Amaldagi qonun hujjatlariga vakillik organlarida va davlat hokimiyatining boshqa organlarida xotin-qizlar egallashi kerak boʻlgan lavozimlar (kvotalar) sonini belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish. | 2004-yil 1-avgustgacha | Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 28. | Madaniy dam olish muassasalarining (shahar, tuman, qishloq klublari, kutubxonalari, mahallalardagi qiziqishlar boʻyicha toʻgaraklar va boshqalar) dam olishni tashkil etish, milliy-diniy anʼanalar va urf-odatlarni oʻrganish, oilaviy turmushga tayyorlash va boshqalar boʻyicha xizmatlarning yosh ayollarning keng qatlamlari uchun qulay boʻlgan xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2004-yil IV chorak | Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 29. | Ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning rolini oshirish masalalari boʻyicha “Ayol va siyosat”, “Jamiyatni demokratik yangilashda xotin-qizlarning oʻrni va nufuzi” mavzuida mamlakatning turli siyosiy partiyalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari boʻlgan xotin-qizlar ishtirokida mintaqaviy davra suhbatlari va seminar-treninglar turkumini tayyorlash va oʻtkazish. | 2004-yil III chorak | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, “Oʻzteleradio” kompaniyasi |
| 30. | Respublikaning tadbirkor ayollari ishtirokida xotin-qizlarning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi faol ishtiroki masalalariga bagʻishlangan “Oʻzbekistonning ayol tadbirkorlari” ruknidagi telekoʻrsatuvlarni tashkil etish. | 2004-yil III choragidan boshlab | “Oʻzteleradio” kompaniyasi”, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi |
| 31. | Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning mamlakat hayotining ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalaridagi huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan “Ayol va huquq” ruknidagi telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar turkumini tashkil etish va olib borish. | 2004-yil III chorak | “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 32. | Joylarda (mahallalar, mehnat jamoalari, oʻquv yurtlarida) aholi, eng avvalo, xotin-qizlar oʻrtasida eng yaxshi milliy-diniy anʼanalar va urf-odatlarni targʻib qilish, haqiqiy anʼanaviy islom asoslarini tushuntirish boʻyicha doimiy ishaydigan lektoriylar tashkil etish. Koʻrsatib oʻtilgan ishlarni amalga oshirish uchun yuqori sifatli, mazmundor metodik materiallar va qoʻllanmalarni tayyorlash va keng ommalashtirishni taʼminlash, ushbu ishga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish. | 2004-yil IV chorak | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent Islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi |
| 33. | Televideniyeda “Ayol va din”, “Hozirgi zamon Oʻzbekiston ayoli” ruknlari ostida Oʻzbekistonning taniqli xotin-qizlarining hayoti va faoliyati toʻgʻrisidagi maʼrifiy koʻrsatuvlar turkumini tashkil etish. Ushbu koʻrsatuvlarda qatnashishga xotin-qizlardan yuqori malakali mutaxassislarni, jamoat va davlat arboblarini jalb etish. | 2004-yil IV choragidan boshlab | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent Islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, “Oʻzbekkino” agentligi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi |
| 34. | Nosogʻlom oilalar bilan, shu jumladan oila aʼzolari turli jinoyatlar, chunonchi, ekstremistik tashkilotlar faoliyatida qatnashganlik uchun hukm etilgan oilalar bilan ishlashga xotin-qizlar tashkilotlarini jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2004-yil III choragidan boshlab | Shaharlar va tumanlar hokimlari, mahallalar, shaharchalar, qishloq va ovullarning fuqarolar yigʻini kengashlari raislari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 35. | Xotin-qizlar qoʻmitalari, respublikaning xotin-qizlar tashkilotlari xalqaro xotin-qizlar harakatida, gumanitar, taʼlim muassasalari va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida keng ishtirok etishi boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2004-yil III chorak | Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 1. | Mirziyoyev Sh.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi |
| 2. | Inomova S.T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari |
| 3. | Azizxoʻjayev A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| 4. | Sultonov X.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi |
|
Komissiya aʼzolari: | |||
| 5. | Azimov R.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| 6. | Almatov Z.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri |
| 7. | Nurullayeva Sh.F. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi apparatining yetakchi konsultanti |
| 8. | Shogʻulomov R.Sh. | — | Matbuot va axborot agentligining bosh direktori |
| 9. | Hazratqulov M. | — | Milliy axborot agentligining bosh direktori |
| 10. | Yusupov K.T. | — | Davlat sport qoʻmitasi raisi |
| 11. | Muhitdinova F.F. | — | Oliy sud raisi |
| 12. | Minovarov Sh.Sh. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
| 13. | Bobojonov P.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari |
| 14. | Irgashev I.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari |
| 15. | Alimuhamedov B.B. | — | Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari |
| 16. | Komilov A.I. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
| 17. | Ayupov Sh.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari |
| 18. | Musayev U.Q. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari |
| 19. | Jahongirova D.N. | — | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi |
| 20 | Gadoyboyev A.G. | — | “Mahalla” jamgʻarmasi raisi |
| 21. | Ubaydullayev B.X. | — | Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi |
| 22. | Aʼzamov Q. | — | “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi direktori |
| 23. | Abdurahimova F.Y. | — | Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |