1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.09.00 Ayrim toifadagi fuqarolarning pensiya taʼminoti;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY MUHOFAZASINI KUChAYTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-sentabrdagi PF-4245-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 17-martdagi PF-2246-son Farmonini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ishlovchi ayollarning yuqori malakali mehnatini ragʻbatlantirish, ularning daromadlarini oshirish hamda oilada, davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha 1999-yilgi tadbirlar Davlat dasturini roʻyobga chiqarish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 18-fevraldagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish yuzasidan 1999-yil uchun chora-tadbirlar davlat Dasturi”.
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1999-yilning 1-iyulidan boshlab, ayollar yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylarida, “Mehribonlik” uylarida tarbiyachilar, shuningdek kutubxonachilar sifatida ishlashni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar boʻyicha kamida oʻn yil stajga ega boʻlgan hollarda ularning pensiyani toʻliq miqdorda olish huquqi saqlab qolinadi.
2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 17-mart,
PF-2246-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 72-modda)