toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi
qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish
markazi bosh direktorining
buyrugʻi
“Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1911-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1911, 2009-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 100-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
2017-04-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrugʻiga
ILOVA
“Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1) nomi va 1-banddagi “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar egalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
1) nomidagi “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar egalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq aksiyalar egalari, korporativ obligatsiyalar egalari va infratuzilmaviy obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibini belgilaydi.;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) — roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli qogʻozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborot yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxati;
toʻrtinchi xatboshi “markaziy depozitariysiga” degan soʻzlardan keyin “(keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy depozitariyning soʻrovnomasi (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) — reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga qimmatli qogʻozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qogʻozlar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisida investitsiya vositachisiga berilgan koʻrsatmani oʻz ichiga oluvchi elektron soʻrovnoma;”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“operatsiya kuni — Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisi reglamentida belgilangan ish kunidagi depozitar operatsiyalar bajariladigan vaqt;”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “bozor ishtirokchilari” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transfer-agent — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning oʻtkazilishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;”;
4) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Reyestr yuritish tizimi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yigʻindisidir.
3. Reyestr yuritish tizimida qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oluvchiga oʻtishi qimmatli qogʻozlar egalarining Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridagi depo hisobvaraqlari boʻyicha depozitar operatsiyalarni oʻtkazish yoʻli bilan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oluvchiga oʻtadi.”;
5) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “nominal saqlovchilarning” degan soʻzlar “investitsiya vositachilarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 5-banddagi “depozitariylarning” degan soʻz “Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 9-banddagi “egasi yoki nominal saqlovchining” degan soʻzlar “egasining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 11-banddan “(qimmatli qogʻozlar egalarining manzillari va bank rekvizitlaridan tashqari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 12-banddagi “depozitariylarning (Markaziy depozitariy va nominal saqlovchilarning)” degan soʻzlar “Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining oʻzaro hamkorligi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining qimmatli qogʻozlarning egasi bilan oʻzaro hamkorligi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.”;
11) 22-bandning birinchi xatboshisidagi “Korporativ obligatsiyalar” degan soʻzlar “Obligatsiya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarishni asoslanmagan holda rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.”;
13) 28-bandning beshinchi xatboshisidan “korporativ” degan soʻz chiqarib tashlansin;
14) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma kelib tushgandan keyin Markaziy depozitariy tegishli investitsiya vositachilariga soʻrovnomani shartnomalarda oʻrnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda yuboradi.”;
15) 32, 33, 34, 38 va 71-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
16) 35-banddagi “nominal saqlovchiga” degan soʻzlar “investitsiya vositachisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan format va tarkib boʻyicha taqdim etadi.”;
18) 37-banddagi “emitentning barcha nominal saqlovchilaridan” degan soʻzlar “tegishli investitsiya vositachilaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Reyestrni shakllantirish hujjatsiz qimmatli qogʻozlar boʻyicha topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari hisob registrlaridan qimmatli qogʻozlar egalari depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qogʻozlar qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
Egalari nomaʼlum boʻlgan yozilmagan hujjatsiz shaklga konvertatsiyalangan hujjatli qimmatli qogʻozlar, Markaziy depozitariyning maxsus depo hisobvaragʻida umumlashtirilgan holda aks ettiriladi va Reyestrda joylashtirilgan deb hisoblanadi.”;
20) 40-banddagi “Nominal saqlovchi” degan soʻzlar “Investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 41-banddagi “nominal saqlovchilar” degan soʻzlar “investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 43, 44 va 45-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga oʻzgartirishlar faqat mazkur reyestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni shakllantirishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish hollardagina kiritilishi mumkin.
44. Qimmatli qogʻozlar egalarining buzilgan huquqlarini tiklash va xatolarni tuzatish unga xizmat koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisida egasining depo hisobvaragʻi boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan zaruriy operatsiyalarni oʻtkazish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
45. Investitsiya vositachisi Markaziy depozitariyga qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxatini Markaziy depozitariy bilan shartnomada oʻrnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda taqdim etadi.”;
23) 451-banddagi “emitentning barcha qimmatli qogʻozlar nominal saqlovchilaridan mazkur emitent” degan soʻzlar “tegishli investitsiya vositachilaridan emitentning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 47-banddan “korporativ” degan soʻz chiqarib tashlansin;
25) VI bob nomidagi “nominal saqlovchining” degan soʻzlar “investitsiya vositachisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 61-bandning uchinchi xatboshisi “reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani” degan soʻzlardan keyin “Markaziy depozitariyga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
27) 62-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “nominal saqlovchilardan” degan soʻzlar “investitsiya vositachilardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 64-banddagi “nominal saqlovchilar” degan soʻzlar “investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 65-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 66-bandning uchinchi xatboshisidagi “nominal saqlovchi tomonidan taqdim etilgan” degan soʻzlar “investitsiya vositachilaridan olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Nominal saqlovchi” degan soʻzlar “Investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidan “keyinchalik muomalada boʻlishi va zaruriy hujjatlarni taqdim etilgunga qadar qimmatli qogʻozlar egasining hisobvaragʻidagi harakatni toʻxtatish bilan,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
32) 68-bandning birinchi xatboshisidagi “Nominal saqlovchi” degan soʻzlar “Investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33) 69-banddagi “Nominal saqlovchi” degan soʻzlar “Investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“70. Agar qimmatli qogʻozlar egasi oʻzining anketa maʼlumotlarini oʻzgarganligi toʻgʻrisida va bu haqda oʻz vaqtida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, uning reyestrdagi anketa maʼlumotlari aniqligiga investitsiya vositachisi javobgar boʻlmaydi.”;
35) 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari reyestrdagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar boʻladi hamda oʻzining harakatlari (harakatsizligi) tufayli qimmatli qogʻozlar egalariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.”;
36) 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
37) 2-ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2017-yil 19-iyul
“Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

20__ yil “____” ____________ holati boʻyicha aksiyadorlar

REESTRI (operatsiya kunining yakuni)

Emitent toʻgʻrisidagi axborot:

Toʻliq nomi:

Qisqacha nomi:

Emitentning tipi:

Joylashgan yeri

(pochta manzili):

Telefon:

Faks:

Elektron pochta manzili:

Veb-sayt:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami:

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ:

Bankning nomi:

Dep. h/v r:

MFO:

STIR:

KTUT:

Birinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Ustav kapitali (shakllangan): (soʻmda)

Chiqarilishning hajmi: (soʻm)

Aksiyalar soni: (dona)

Nominal

qiymati:

Chiqarilishlarni joylashtirilgan qismining (JQ) umumiy hajmi: (soʻm)


Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi toʻgʻrisida axborot:

Toʻliq nomi:

Qisqacha nomi:

Joylashgan yeri

(pochta manzili):

Telefon:

Faks:

Elektron
pochta manzili:

Veb-sayt:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami:

roʻyxatdan oʻtkazilgan sana:

davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ:

Bankning nomi:

dep. h/v r:

MFO:

STIR:

KTUT:

Birinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Ushbu reyestr kimga berilgan: ___________________________________________

Reyestr berilishi uchun asos (topshiriqning raqami va sanasi): _______________

Emitentning (aksiyalar) chiqarilishlari boʻyicha axborot:

Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami

Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi

Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organi

Chiqarilish

raqami

QQ

turi

QQ

kodi

Joylashtirish tugagan sana

Chiqarilishdagi soni


JAMI:

Emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha axborot:

QQ

kodi

QQ

turi

Qimmatli qogʻozlar soni

joylashtirildi

(egalarining

hisobvaragʻlarida)

emissiyaviy hisobvaragʻi boʻyicha qoldiq

chiqarilishning umumiy hajmida hammasi

hammasi

shu bilan birga joylashtiri�da


JAMI:


Tartib raqami

Egasining tipi

Egasining deponentlar Yagona bazasidagi kodi

Egasining nomi

Aksiyalarning umumiy soni

Majburiyatlar yuklatilgan oddiy aksiyalar soni

Majburiyatlar yuklatilgan imtiyozli aksiyalar soni

Majburiyatlar yuklatilmagan oddiy aksiyalar soni

Majburiyatlar yuklatilmagan imtiyozli aksiyalar soni

1

2

3

4

5

6

7

8

9


Egasining STIR kodi

Egasining KTUT kodi

Egasini identifikatsiyalovchi hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi)

Hujjat raqami

Hujjat seriyasi

Hujjat berilgan sana

Hujjatni bergan organ

MHBT yuridik kodi (qayd etilgan)

Egasining pochta manzili (qayd etilgan)

MHBT joylashgan joy kodi (yashash joyi)

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19


Turar joy manzili (yashash joyi)

Egasining
telefon raqami

Elektron pochta manzili

Chiqarilishlarni JQdan foiz

Egasining depozit hisobvaragʻining raqami

Bankning nomi

Bankning MFO kodi

Qoʻshimcha axborot

20

21

22

23

24

25

26

27

Izoh: fayl topshirilayotganda reyestrni shakllantirgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.

20__ yil “____” ____________ holati boʻyicha obligatsiyalar egalarining

REESTRI (operatsiya kunining yakuni)

Emitent toʻgʻrisidagi axborot:

Toʻliq nomi:

Qisqacha nomi:

Emitentning tipi:

Joylashgan yeri

(pochta manzili):

Telefon:

Faks:

Elektron pochta manzili:

Veb-sayt:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami:

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ:

Bankning nomi:

Dep. h/v r:

MFO:

STIR:

KTUT:

Birinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Chiqarilishning hajmi: (soʻm)

obligatsiyalar soni (dona):

Nominal

qiymati:


Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi toʻgʻrisida axborot:

Toʻliq nomi:

Qisqacha nomi:

Joylashgan yeri

(pochta manzili):

Telefon:

Faks:

Elektron
pochta manzili:

Veb-sayt:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami:

roʻyxatdan oʻtkazilgan sana:

davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ:

Bankning nomi:

dep. h/v r:

MFO:

STIR:

KTUT:

Birinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.:

Lavozimi:

Telefon:

Ushbu reyestr kimga berilgan: ___________________________________________

Reyestr berilishi uchun asos (topshiriqning raqami va sanasi): _______________

Emitentning chiqarilishlari boʻyicha axborot:

Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami

Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi

Davlat roʻyxatidan

oʻtkazgan organi

Chiqarilish

raqami

QQ turi

QQ kodi

Chiqa�ilishdagi

soni


JAMI:

Emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha axborot:

QQ kodi

QQ turi

Qimmatli qogʻozlar soni

joylashtirildi

emissiyaviy hisobvaragʻi boʻyicha qoldiq

hammasi


JAMI:

Tartib raqami

Egasining nomi

Egasining tipi

Egasining deponentlar Yagona bazasidagi kodi

Obligatsiyalarning umumiy soni

Majburiyatlar yuklatilgan obligatsiyalar soni

Majburiyatlar yuklatilmagan obligatsiyalar soni

Egasining STIR kodi

Egasining KTUT kodi

1

2

3

4

5

6

7

8

9


Egasini identifikatsiyalovchi hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi)

Hujjat raqami

Hujjat seriyasi

Hujjat berilgan sana

Hujjatni bergan organ

MHBT yuridik kodi (qayd etilgan)

Egasining pochta manzili (qayd etilgan)

MHBT joylash-

gan joy kodi (yashash joyi)

Turar joy manzili (yashash joyi)

Egasining
telefon raqami

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19


Elektron pochta manzili

Egasining depozit hisobvaragʻining raqami

Bankning nomi

Bankning
MFO kodi

Chiqarilishdagi foizi

20

21

22

23

24

Izoh: fayl topshirilayotganda reyestrni shakllantirgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 903-modda)