Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5067-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-3026-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi davlat veterinariya organlari va muassasalarining nizom (ustav)larini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Mirzayev va Davlat veterinariya qoʻmitasi raisining vazifasini bajaruvchisi B. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-avgust,
624-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qoʻmita veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish boʻyicha davlat nazoratini taʼminlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritishda yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari, tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari, Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda davlat veterinariya organlari va muassasalari deb ataladi) Davlat veterinariya qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi.
Davlat veterinariya organlari va muassasalari, shuningdek veterinariya uchastkalari, bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari, chegara va transportdagi veterinariya punktlari (uchastkalari) va boshqa muassasalar (keyingi oʻrinlarda davlat veterinariya xizmati deb ataladi) davlat veterinariya xizmatining yagona tizimini tashkil etadi.
5. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
8. Qoʻmita yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga hamda veterinariya ramziga ega boʻladi.
9. Qoʻmitaning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a uy, 100123.
2-bob. Qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish;
veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish, mamlakatimiz hududlariga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish;
epizootik barqarorlikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktik ishlarning samaradorligini monitoring qilish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini taʼminlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish;
hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xomashyo xavfsizligini taʼminlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish, shu jumladan, tizimga qarashli idoralar, yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish;
veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;
xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda veterinariya xizmati faoliyatiga ilgʻor texnologiyalar va ish uslublarini joriy etish.
11. Qoʻmita oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish sohasida:
veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini taʼminlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
veterinariya organlari va muassasalarining kelgusida rejalashtiriladigan ishlarini prognozlashtirish, manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sohani rivojlantirishning davlat va mahalliy dasturlarini ishlab chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek davlat veterinariya organlari va muassasalarining nizom (ustav)larini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini, hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini taʼminlash, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻradi;
Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini, balanslarini koʻrib chiqish, umumlashtirish, yigʻma balanslar tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;
oʻziga boʻysunuvchi tuzilmalari orqali veterinariya sohasida boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va qoʻshma tadbirlarni amalga oshiradi;
ixtisoslashgan soʻyish korxonalarning hamda ushbu sohadagi mahsulot va xomashyolarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchilar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi yuzasidan veterinariya-sanitariya xulosalarini beradi;
bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo obyektlarida ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan oʻsimlik, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilishga veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasini beradi;
mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazadi va ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini beradi;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma, veterinariya guvohnomasi va veterinariya sertifikatini beradi;
veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
veterinariya sohasini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
qoʻmita tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruxsatnomalar blankalari, sohaga tegishli kitob, byulleten va qoʻllanmalar chop etilishini hamda butunjahon Internet tarmogʻida veb-sayt yuritilishini tashkil etadi;
b) veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish, mamlakatimiz hududlariga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish sohasida:
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, ularni davolash va oldini olish tadbirlari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning veterinariya sohasiga oid faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;
ixtisoslashgan soʻyish korxonalari hamda hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchilar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
veterinariya sohasiga oid faoliyat yuzasidan belgilangan tartibda boshqa nazorat ishlarini amalga oshiradi;
mamlakatimiz hududiga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etadi, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqaradi;
davlat veterinariya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
chegara oldi tumanlarda va chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirishda zarur tavsiyalar beradi;
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish ishlarida eng zamonaviy va tezkor usullarni joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
v) epizootik barqarorlikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktik ishlarning samaradorligini monitoring qilish sohasida:
respublika hududida paydo boʻlish xavfi boʻlgan hayvonlar kasalliklarini tahlil qilish, ularni oldini olish va tugatishga doir dasturlarni ishlab chiqadi;
ushbu sohadagi mahsulot va xomashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga asosan ekspertizadan oʻtkazish tartiblarini belgilaydi;
ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga asosan ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
hayvonlar oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi xususida shubha mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan zarur chora-tadbirlarning bajarilishini oʻrganadi va muvofiqlashtiradi;
belgilangan tartibda veterinariyaga oid statistika hisobotini yuritilishi va taqdim etilishini talab qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishini taʼminlaydi;
ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalari bilan birgalikda epizootik osoyishtalikni taʼminlashga doir tadbirlarni tashkil etadi;
kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud boʻlishi sabablarini tahlil qilish, ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi va ilm-fan yutuqlarini oʻrganadi, maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda davlat veterinariya xizmati tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
belgilangan tartibda veterinariya dori vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslarining zaxirasini yaratadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari boʻyicha profilaktika, tashxis qoʻyish va tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan veterinariya dori vositalarini hamda moddiy-texnika vositalarini belgilangan tartibda xarid qiladi va markazlashtirilgan holda taqsimlaydi;
epizootik holat yuzasidan monitoring olib boradi;
g) veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini taʼminlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini olib boradi;
respublika hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilari olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek hayvonlar, ushbu sohaga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalarni tayyorlash, olib oʻtish (tashish), eksport va import qilish boʻyicha davlat veterinariya nazoratini olib boradi;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun rasmiylashtiriladigan veterinariya hujjatlari berilishini nazorat qiladi;
ushbu sohadagi mahsulotlar va xomashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi boʻyicha davlat veterinariya nazoratini olib boradi;
xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda tegishli litsenziya beradi, shuningdek litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalarining veterinariya sohasiga oid faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
epizootiyaga qarshi tadbirlar, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarining bajarilishini talab qiladi;
davlat veterinariya organlari hamda muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar shakllarini tasdiqlaydi va uning muddatlarini belgilaydi;
d) hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xomashyo xavfsizligini taʼminlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha:
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik obyektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish tartibini belgilaydi;
odamlar va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan aholi sogʻligʻini muhofaza qilishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
xorijiy va chegaradosh davlatlardagi hamda respublika hududidagi epizootik holatdan kelib chiqib, epizootiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning veterinariya ekspertizasi va sinovi natijalariga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalarini berishni amalga oshiradi;
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi va tayyorlanishini oʻrganadi va nazorat qiladi;
veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
e) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish, shu jumladan, tizimga qarashli idoralar, yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish sohasida:
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda, veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etadi;
veterinariya sohasidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim yoʻnalishlarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi;
oliy taʼlim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi fakultetlariga dekan lavozimiga kadrlarni tanlashda ishtirok etadi;
kadrlar ishini yuritish, veterinariya mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat veterinariya organlari va muassasalarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantiradi va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat veterinariya organlari va muassasalarining rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan ularni attestatsiyadan oʻtkazadi;
davlat veterinariya organlari va muassasalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzod kadrlar nomenklaturasini yuritadi;
kadrlar salohiyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida mintaqaviy xususiyatlarni va iqtisodiyotning real sektori aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda veterinariya sohasiga oliy taʼlim muassasalari boʻyicha har yilgi qabul kvotalariga takliflar kiritadi;
kadrlarning xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida veterinariya sohasidagi malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;
veterinariya sohasidagi rahbar va mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
j) veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida:
veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish choralarini koʻradi;
veterinariya sohasida ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilaydi;
fundamental, ilmiy-amaliy tanlovlar va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda qatnashish uchun taqdim etilgan ilmiy loyihalarning ekspertizasida ishtirok etadi;
veterinariya sohasida davlat grantlari asosida va xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, davolash va profilaktikaning eng zamonaviy, samarali usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazadi, shuningdek ularni amaliyotga joriy etishni tashkillashtiradi;
ilm-fan, taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan xorijiy va xalqaro veterinariya tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, veterinariya masalalari boʻyicha ilmiy anjuman va konferensiyalarni tashkillashtirish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
z) xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda veterinariya xizmati faoliyatiga ilgʻor texnologiyalar va ish uslublarini joriy etish sohasida:
veterinariya sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etish hamda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;
veterinariya sohasida xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish hamda ularning qonunchilik sohasidagi yutuqlaridan foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy davlatlarning veterinariya xizmatlari bilan veterinariya sohasida axborotlar almashinuvini amalga oshirish va veterinariya sertifikatlari namunalarini belgilangan tartibda kelishadi;
xalqaro va xorijiy davlatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan veterinariya sohasiga oid tadbirlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etadi;
veterinariya sohasiga oid xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda va ularning ijrosini taʼminlashda ishtirok etadi;
veterinariya sohasiga oid xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek davlat veterinariya organlari va muassasalari orqali amalga oshiradi.
3-bob. Qoʻmitaning huquqlari va javobgarligi
12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan veterinariya sohasiga oid masalalar boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
yuridik va jismoniy shaxslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek epizootik holatni aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumot taqdim etilishini talab qilish;
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan hayvonlar kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni soʻyishga yoki yoʻq qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan talablarni belgilash;
respublika hududida biologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida veterinariya dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha Qoʻmita huzurida markaziy rejim komissiyasini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularning sinov natijalarini hamda veterinariya sohasiga oid tayyorlanadigan qoʻllanmalar, tavsiyanomalar va yoʻriqnomalarni oʻrganish, shuningdek ishlab chiqilgan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita huzurida ilmiy-texnik kengash ishini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
favqulodda holatlar vujudga kelganda epizootiyaga qarshi zarur choralar belgilash va veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlarini oʻtkazish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi olimlari, davlat veterinariya organlari va muassasalarining mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
yuridik va jismoniy shaxslarga pulli veterinariya xizmatlari koʻrsatish tartibi, xizmat turlari va tariflarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;
hayʼat majlislarida davlat veterinariya organlari va muassasalari, davlat veterinariya xizmati rahbarlarining Qoʻmita vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
veterinariya sohasiga oid xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish, shuningdek yordamchi xoʻjaliklar faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish va shakllantirishni tashkil etish;
Qoʻmita xodimlarini mehnatiga haq toʻlash, ragʻbatlantirish, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Qoʻmita tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli.
Qoʻmita, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli.
14. Qoʻmita va uning mansabdor shaxslari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.
4-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
15. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Qoʻmita raisi maqomi boʻyicha vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
16. Qoʻmita raisi:
Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Qoʻmita nomidan vakillik qiladi yoxud Qoʻmita nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi;
belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Qoʻmitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek Qoʻmitaning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Qoʻmitaga ajratilgan budjet mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi;
belgilangan tartibda Qoʻmita markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tasdiqlaydi;
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, chegaradagi va transportdagi davlat veterinariya punktlarining (uchastkalarining) rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari rahbar oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, rais oʻrinbosarlarining, Qoʻmitaning, Qoʻmita hududiy boshqarmalari va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
zarur boʻlganda xodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari hamda uning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritadi;
Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
boshqa davlatlar hududida hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari, hayvonlarning kelib chiqish sabablari nomaʼlum boʻlgan yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo boʻlgan taqdirda davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib oʻtishga taqiq, cheklov joriy etish hamda ularni olib oʻtishni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
qoʻmita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvonlar berishga va Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etadi.
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻladi.
17. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:
Qoʻmita nazoratidagi boʻlinmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar;
Qoʻmita raisi tomonidan oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi va hududiy boshqarmalar Qoʻmitaga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradi.
19. Quyidagi lavozimlarda oliy maʼlumotga ega veterinariya mutaxassislari faoliyat yuritadi:
Davlat veterinariya qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari bundan mustasno), boshqarma boshliqlari, sektor mudiri hamda veterinariya mutaxassislari;
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, laboratoriya mudirlari va boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaxassislari;
Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi va mutaxassislari, chegara va transport (uchastka) veterinariya punktlarining rahbarlari va veterinariya mutaxassislari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari va sektor mudirlari hamda mutaxassislari, tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, veterinariya uchastka mudirlari hamda veterinariya mutaxassislari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaxassislari, tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari, bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudirlari, boʻlim boshliqlari va veterinariya mutaxassislari.
20. Qoʻmita raisi-Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa-Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari bundan mustasno) hisoblanadilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari-Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
21. Qoʻmitaning davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
22. Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
23. Tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlarining boshliqlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
24. Veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari, tegishli ravishda uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
25. Chegaradagi va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari, tegishli ravishda chegaradagi va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
26. Davlat veterinariya inspektorlari quyidagi vakolatlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
hayvonlar va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xomashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
davlat veterinariya xizmati nazoratidagi obyektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalari holatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik, shuningdek goʻsht va sut sanoati obyektlaridan, ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlash;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik fermalarida, ushbu sohadagi mahsulot va xomashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi tashkilotlarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni belgilangan tartibda toʻxtatib turish;
chegara oldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik holat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar tayyorlashini, ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va ushbu sohadagi mahsulot hamda xomashyo sifatiga taʼsirini baholash;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda, tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilgandan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash.
Davlat veterinariya inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
27. Qoʻmitada uning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan, Qoʻmita raisi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
28. Hayʼat tomonidan quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan masalalar koʻrib chiqiladi:
Qoʻmitaning mazkur nizomda nazarda tutilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish;
kadrlarni Qoʻmita nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlash, joy-joyiga qoʻyish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining har chorak yakunlari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish.
Hayʼat Qoʻmita vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
29. Hayʼat majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Majlisda Hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlganda Hayʼat majlisi vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
30. Hayʼat tomonidan qabul qilingan qarorlar Qoʻmita qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Qoʻmita raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga xabar qilinadi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga maʼlum qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Hayʼat majlislari, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
31. Qoʻmita huzurida ilmiy-texnik Kengash tuziladi. Ilmiy-texnik Kengash toʻgʻrisida nizom va uning shaxsiy tarkibi qoʻmita Hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Qoʻmita tizimini moliyalashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
32. Qoʻmita markaziy apparati, davlat veterinariya organlari hamda muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, grantlar, veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi, pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
33. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
34. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini sugʻurtalash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.
35. Xodimlarning ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlari, shuningdek qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
36. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarima mablagʻlari Davlat veterinariya qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga tushadi.
6-bob. Yakuniy qoida
37. Qoʻmitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasida tuziladi.
3. Jamgʻarma faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsiy tarkibi 7 nafar aʼzolaridan iborat Jamgʻarma kengashi tomonidan shakllantiriladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazining veterinariya xizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan 75 foiz miqdoridagi mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining jamgʻarma uchun alohida ochiladigan shaxsiy gʻaznachilik hisobraqamida jamlanadi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
6. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
veterinariya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
davlat veterinariya xizmatining kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirishni tashkil qilish;
davlat veterinariya xizmati xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
veterinariya sohasiga oid loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun ekspertlarni (auditorlar, ilmiy xodimlar va shu kabilar), shuningdek xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
veterinariya sohasidagi xalqaro yigʻilishlar, koʻrgazmalar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlar;
veterinariya sohasiga oid xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi davrida ularni qabul qilish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar;
veterinariya sohasida konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etish va oʻtkazish;
bosma nashr mahsulotlarini, shuningdek veterinariya sohasiga oid blankalar tayyorlash.
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
Alohida hollarda (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan davlat tadbirlarini amalga oshirish, epizootiya xavfi boʻlganda yoki favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish va boshqa shu kabi hollarda) Jamgʻarma kengashining qaroriga muvofiq uning mablagʻlaridan foydalanish mumkin.
8. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun uning foydalanuvchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi belgilagan shakldagi buyurtmanomalar taqdim etilishi lozim.
9. Buyurtmanomalarni qabul qilish va umumlashtirish ishlarini tashkil etish, Jamgʻarma kengashining qaroriga asosan daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzish va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish boʻyicha mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Jamgʻarma kengashi:
ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishi yuzasidan buyurtmanomalarni qabul qiladi, koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng ustuvorlari va asoslanganlarini tanlab oladi hamda mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi;
ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar doirasida mablagʻlardan foydalanish uchun eng ustuvorlarini tanlaydi;
ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatadi va ajratilgan mablagʻlarni undirish choralarini koʻradi;
Jamgʻarmaga oid boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi boʻyicha amalga oshiriladi. Daromadlar va xarajatlar smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
12. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablagʻlar kelib tushishining kutilayotgan prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni oʻtkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat veterinariya xizmati organlari va muassasalari Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmanoma taqdim etadilar. Bunda, xarajatni amalga oshirish zaruriyatining asoslari, zarur mablagʻlar miqdori, shuningdek ularni bajarish uchun boshqa mablagʻlarning yoʻqligi koʻrsatiladi.
Buyurtmanomalar kelgusi moliya yili uchun joriy yilning 1-iyunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Buyurtmanoma yozma shaklda, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda taqdim etiladi.
Buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
tashkilotning toʻliq nomi va aniq rekvizitlari;
mavjud muammolar va ularning (toʻliq yoki qisman va belgilangan muddatlarda) hal qilish imkoniyati, mablagʻlardan foydalanish maqsadlari, shuningdek kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan tushuntirish xati;
soʻralayotgan mablagʻlarning hisob-kitobi.
Zarurat boʻlganda buyurtmanomaga uni asoslovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.
14. Taqdim etilgan buyurtmanomalar har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Jamgʻarma kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va mablagʻlardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari belgilanadi hamda uning asosida mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
15. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) keyingi hisobot yiliga oʻtadi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
16. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
17. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Davlat veterinariya xizmati organlari va muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasiga, Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida hisobotlarni qonun hujjatlarda belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadi.
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini qishloq xoʻjaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda goʻsht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotish chogʻida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etish toʻgʻrisida” 1995-yil 28-sentabrdagi 379-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligining davlat veterinariya nazorati organlari amaldagi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxatidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-y., 7-son, 63-modda) 1-ilovasi 12-bandi oʻn ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Veterinariya davlat bosh boshqarmasining” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 397-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 17-18-son, 147-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibida:
a) 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya davlat bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning nomidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomda:
birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovadagi Veterinariya faoliyatini litsenziyalash sxemasining “Subyektlar” va “Tadbirlar” ustunidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi”, “Davlat veterinariya bosh boshqarmasining” va “Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” soʻzlari tegishlicha “Davlat veterinariya qoʻmitasi”, “Davlat veterinariya qoʻmitasining” va “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 51-modda; 2007-y., 7-8-son, 65-modda; 2008-y., 19-son, 159-modda; 2009-y., 34-son, 374-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 22-son, 175-modda, 48-son, 447-modda, 51-son, 486-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda, 36-son, 367-modda; 2012-y., 5-son, 47-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 34-son, 458-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 15-son, 167-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda) ilovasining “Masʼul davlat organlari” ustuni 84-pozitsiyasidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro parvozlar uchun Navoiy aeroportini ochish toʻgʻrisida” 2008-yil 21-avgustdagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 34-son, 334-modda):
a) 3-banddagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 10-noyabrdagi 241-son (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 46-son, 454-modda) qarorining ilovasini rus tilidagi matnida 109 — 115-pozitsiyalarning “Nauchnoye uchrejdeniye-ispolnitel” ustunidagi “UzNII veterinarii” soʻzlari “Nauchno-issledovatelskiy institut veterinarii” soʻzlariga almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi 202-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 28-son, 290-modda):
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman davlat veterinariya boʻlimlari” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasining tuman veterinariya boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-banddagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 2, 4, 6, 19, 20, 21 va 22-bandlaridagi “davlat veterinariya” soʻzlari “veterinariya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda):
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi
Epizootiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklari va ushbu kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar tarqalishini cheklash boʻyicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida epizootiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Epizootiyalarni tugatish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi epizootik vaziyat toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimlari:
epizootiyani bartaraf etishda veterinariya xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish”;
“veterinariya xizmati — hayvonlarda yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epizootiya)larning oldini olish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududlarida epizootiyalarga qarshi tadbirlarni amalga oshirish. Epizootiyalarni tugatish. Rahbariyatga favqulodda vaziyatlar zonasidagi sanitariya-veterinariya holati toʻgʻrisida axborot taqdim etish”;
quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari — itlarni tutadigan alohida guruhlar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish. Itlarni tutish guruhlari xodimlarini zarur maxsus uskunalar bilan taʼminlash. Koʻchalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil etish, shuningdek ularni vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar barpo etish, odamlar va hayvonlarga jarohat yetkazgan yoxud nojoʻya harakat qilinmaganda ularga hujum qilgan hayvonlarni keyinchalik ularni karantinda saqlash uchun veterinariya boʻlimlariga olib kelish. Hayvonlar quturgan taqdirda tegishli veterinariya boʻlimlari bilan birgalikda ish olib borishni tashkil etish, shuningdek oʻlgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish”;
12. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 2-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari toʻgʻrisida namunaviy nizomning 4-bandi yettinchi xatboshidagi va 5-bandning oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilaridagi “davlat veterinariya” soʻzlari “veterinariya” soʻzi bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 32-son, 404-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Veterinariya sohasida davlat veterinariya xizmati nomidan davlat ekologik nazorati Davlat veterinariya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlarining (keyingi oʻrinlarda “Davvetxizmat” deb ataladi) mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 7-bandidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya Bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son)
16. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-avgustdagi 253-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 32-son, 389-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Veterinariya bosh boshqarmasi deb ataladi)” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 29-bandning b-kichik bandidagi “Veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovadagi “Veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 503-modda):
18. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 15-martdagi 139-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 166-modda):
4-bandning uchinchi xatboshidagi “tuman yoki shahar davlat veterinariya boʻlimi” soʻzlari “tuman yoki shahar veterinariya boʻlimi” soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-ilovadagi “Tuman (shahar) davlat veterinariya xizmati boʻlimi” soʻzlari “Tuman (shahar) veterinariya boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovadagi “Davlat veterinariya boʻlimi” va “Gosudarstvenniy veterinarniy otdel” soʻzlari tegishlicha “Veterinariya boʻlimi” va “Veterinarniy otdel” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya laboratoriyalari” soʻzlari “Hayvon kasalliklari va oziq-ovqat xavfsizligi tashxisi davlat markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shahar davlat veterinariya laboratoriyalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvon kasalliklari va oziq-ovqat xavfsizligi tashxisi davlat markazlari”degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-ilovadagi “Davlat veterinariya boshqarmasi” soʻzlari “Veterinariya boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi qoshidagi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“14. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng uch ish kunidan kechiktirmay, arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi qoshidagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markaziga yuboradi.”;
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi qoshidagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi oʻttiz ish kunidan oshmagan muddatda quyidagilarni amalga oshiradi:”;
“16. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng oʻttiz ish kunidan kechiktirmay, Davlat veterinariya qoʻmitasi qoshidagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi hamda Ilmiy-texnik kengash xulosalarini hisobga olgan holda roʻyxatdan oʻtkazganlik guvohnomasi berish yoki berishning rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.”;
“Yigʻim summasi Davlat veterinariya qoʻmitasi qoshidagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi hisob raqamiga oʻtkaziladi.”;
“Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish, uni oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, dublikat berish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish uchun xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan taqdim etilgan arizaning koʻrib chiqilishi uchun undiriladigan yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazida yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.”;
1-ilovadagi Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish sxemasining “Dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifat nazorati laboratoriyasiga” soʻzlari “Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markaziga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2-ilovadagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovasidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning beshinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning oʻn oltinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41-band birinchi xatboshida “MDH davlatlaridan tashqariga chiqarishda” soʻzlaridan keyin “veterinariya sertifikatlari shakllari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
45-bandning birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46-bandning birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
52-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tegishli davlat veterinariya boshqarmalariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri tegishli veterinariya boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
57-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlari bilan va “tuman (shahar) davlat veterinariya boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari” soʻzlar bilan hamda “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2a-ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari” soʻzlar bilan va “tuman (shahar) davlat veterinariya boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari” soʻzlari bilan hamda “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2b-ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2v-ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “tuman va shahar davlat veterinariya boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati doirasidagi ruxsat tusidagi hujjatlar roʻyxatining rus tilidagi matnida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-yil, 8-son, 55-modda):
a) 26-bandning “Organ, upolnomochenniy vidavat dokument razreshitelnogo xaraktera” ustunidagi “Gosudarstvennie upravleniya veterinarii Respubliki Karakalpakstan, oblastey i goroda Tashkenta” soʻzlari “Komitet veterinarii Respubliki Karakalpakstan, upravleniya veterinarii oblastey i goroda Tashkenta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 29-bandning “Organ, upolnomochenniy vidavat dokument razreshitelnogo xaraktera” ustunidagi “Glavnoye gosudarstvennoye upravleniye veterinarii pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Gosudarstvenniy komitet veterinarii Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 213-bandning “Organ, upolnomochenniy vidavat dokument razreshitelnogo xaraktera” ustunidagi “Glavnoye gosudarstvennoye upravleniye veterinarii pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Gosudarstvenniy komitet veterinarii Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xoʻjaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 4-martdagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 10-son, 146-modda) 1-ilovasi 2.8-bandidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son; 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son)