1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.03 Aviatsiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO PARVOZLAR UCHUN NAVOIY AEROPORTINI OCHISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining xalqaro parvozlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar]
1. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligining havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun Navoiy shahri aeroportini ochish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
2. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Navoiy shahri aeroporti maqomi bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlanishini va ularning aeronavigatsiya axborotlari xalqaro to‘plamlarida e’lon qilinishini tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Navoiy shahri aeroportining o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya va veterinariya nazoratini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli bo‘linmalarini Navoiy shahri aeroportida chegara, bojxona, sanitariya va veterinariya nazoratini samarali amalga oshirish uchun zarur xizmat binolari, aloqa vositalari, asbob-uskunalar va maxsus texnika bilan bepul ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-avgust,
188-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 34-son, 334-modda, 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)