toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2018
Hujjat 07.08.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5116-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari 3 — 4-ilovalarga muvofiq;
davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 131 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 263 nafar etib belgilansin, shundan 12 056 nafari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, 75 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisiga:
zarur hollarda davlat soliq xizmati organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga oʻzgartishlar kiritish;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomni;
tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Maxsus jamgʻarmaga ajratmalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
4. Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga oʻzgartishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-avgust,
PQ-3168-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
TAShKILIY TUZILMASI
* Xoʻjalik hisobidagi idoraviy muassasalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 263 shtat birligidan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami shtat birliklari 79 — 158 tani tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1 329 birlikdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
4-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami shtat birliklari 16 — 212 tani tashkil etadi.
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 10 539 birlikdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
5-ILOVA
Davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining
cheklangan soni

T/r

Davlat soliq xizmati organlari

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari cheklangan soni

Shundan

davlat soliq boshqarmalari

tumanlar (shaharlar)
davlat soliq inspeksiyalari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

627

90

537

2.

Andijon viloyati

891

93

798

3.

Buxoro viloyati

737

91

646

4.

Jizzax viloyati

512

79

433

5.

Qashqadaryo viloyati

755

86

669

6.

Navoiy viloyati

456

79

377

7.

Namangan viloyati

742

87

655

8.

Samarqand viloyati

991

99

892

9.

Surxondaryo viloyati

624

86

538

10.

Sirdaryo viloyati

516

83

433

11.

Toshkent viloyati

1 262

114

1 148

12.

Fargʻona viloyati

1 202

98

1 104

13.

Xorazm viloyati

683

86

597

14.

Toshkent shahar

1 870

158

1712

Jami

11868

1 329

10 539

* Xoʻjalik hisobidagi tuzilmalar hisobga olinmagan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim
qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorining 2, 4 va 5-bandlari hamda uning 1, 3, 5 va 6-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 15-yanvardagi PQ-1261-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 25-fevraldagi PQ-1290-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish toʻgʻrisida” 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 773-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)