Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning ish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari — Soliq akademiyasining rektori lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son
qarorining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.