toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5116-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari 3 — 4-ilovalarga muvofiq;
davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 11 903 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 257 nafar etib belgilansin, shundan 11 828 nafari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, 75 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisiga:
zarur hollarda davlat soliq xizmati organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga o‘zgartishlar kiritish;
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomni;
tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Maxsus jamg‘armaga ajratmalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
4. Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga o‘zgartishlar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-avgust,
PQ-3168-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
TAShKILIY TUZILMASI
* Xo‘jalik hisobidagi idoraviy muassasalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy
TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 257 shtat birligidan iborat.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami shtat birliklari 77 — 156 tani tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1 302 birlikdan iborat.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
4-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami shtat birliklari 16 — 210 tani tashkil etadi.
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 10 344 birlikdan iborat.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
5-ILOVA
Davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI

T/r

Davlat soliq xizmati organlari

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari cheklangan soni

Shundan:

davlat soliq boshqarmalari

tumanlar (shaharlar)

davlat soliq inspeksiyalari

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

613

88

525

2.

Andijon viloyati

873

91

782

3.

Buxoro viloyati

722

89

633

4.

Jizzax viloyati

500

77

423

5.

Qashqadaryo viloyati

739

85

654

6.

Navoiy viloyati

445

77

368

7.

Namangan viloya�i

727

85

642

8.

Samarqand viloyati

973

97

876

9.

Surxondaryo viloyati

608

84

524

10.

Sirdaryo viloyati

503

81

422

11.

Toshkent viloyati

1 238

112

1 126

12.

Farg‘ona viloyati

1 181

96

1 085

13.

Xorazm viloyati

669

84

585

14.

Toshkent shahar

1 855

156

1 699

Jami

11 646

1 302

10 344

* Xo‘jalik hisobidagi tuzilmalar hisobga olinmagan.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan ayrim
qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorining 2, 4 va 5-bandlari hamda uning 1, 3, 5 va 6-ilovalari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 15-yanvardagi PQ-1261-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 25-fevraldagi PQ-1290-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish to‘g‘risida” 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-son qarori.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 31-son, 773-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)