Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5116-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari 3 — 4-ilovalarga muvofiq;
davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 11 903 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 257 nafar etib belgilansin, shundan 11 828 nafari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, 75 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisiga:
zarur hollarda davlat soliq xizmati organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga oʻzgartishlar kiritish;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomni;
tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Maxsus jamgʻarmaga ajratmalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
4. Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga oʻzgartishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-avgust,
PQ-3168-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
TAShKILIY TUZILMASI
* Xoʻjalik hisobidagi idoraviy muassasalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 257 shtat birligidan iborat.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining
Jami shtat birliklari 77 — 156 tani tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1 302 birlikdan iborat.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 4-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining
Jami shtat birliklari 16 — 210 tani tashkil etadi.
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 10 344 birlikdan iborat.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 5-ILOVA
Davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
T/r
Davlat soliq xizmati organlari
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari cheklangan soni
Shundan:
davlat soliq boshqarmalari
tumanlar (shaharlar)
davlat soliq inspeksiyalari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
613
88
525
2.
Andijon viloyati
873
91
782
3.
Buxoro viloyati
722
89
633
4.
Jizzax viloyati
500
77
423
5.
Qashqadaryo viloyati
739
85
654
6.
Navoiy viloyati
445
77
368
7.
Namangan viloya�i
727
85
642
8.
Samarqand viloyati
973
97
876
9.
Surxondaryo viloyati
608
84
524
10.
Sirdaryo viloyati
503
81
422
11.
Toshkent viloyati
1 238
112
1 126
12.
Fargʻona viloyati
1 181
96
1 085
13.
Xorazm viloyati
669
84
585
14.
Toshkent shahar
1 855
156
1 699
Jami
11 646
1 302
10 344
* Xoʻjalik hisobidagi tuzilmalar hisobga olinmagan.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim
qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorining 2, 4 va 5-bandlari hamda uning 1, 3, 5 va 6-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 15-yanvardagi PQ-1261-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 25-fevraldagi PQ-1290-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish toʻgʻrisida” 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 773-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)