1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1894-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 5-maydagi 10/5-sonli “Tijorat banklari tomonidan koʻchmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3441, 08.06.2023-y.) asosan 2023-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/2-son qarori (roʻyxat raqami 1894, 2009-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyun,
14/18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/18-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida belgilangan cheklovlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklariga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korxonalari mulki negizida tuzilgan korxonalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida tashkil etilgan yangi korxonalar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga asosan iqtisodiy sudlarning qarorlariga koʻra tugatish qiymati boʻyicha banklar balansiga qabul qilingan korxonalar mulki negizida tuzilgan yangi korxonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun taʼsis etiladigan boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalida ishtirok etishini istisno qilgan holda hisoblanadi.”.
“d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklariga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korxonalari mulki negizida tuzilgan korxonalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida tashkil etilgan yangi korxonalar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga asosan iqtisodiy sudlarning qarorlariga koʻra tugatish qiymati boʻyicha banklar balansiga qabul qilingan korxonalar mulki negizida tuzilgan yangi korxonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun taʼsis etiladigan boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalidagi ishtiroki.”.
3. 5-band “banklari” degan soʻzdan keyin “mazkur Nizomning 4-bandidagi istisnolarni qoʻllagan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 746-modda)