toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1–2,18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2,244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari;
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
tuman (shahar) maʼmuriy sudlari faoliyat koʻrsatadi”;
2) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsiplariga qatʼiy muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu departament toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti:
sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sud binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali sarflanishini taʼminlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
sudyalarning va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etadi”;
3) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega”;
4) II boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“II BOʻLIM. SUDLARNING TUZILIShI”;
5) 13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega”;
6) 14-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining raisi hamda rais oʻrinbosarlari — fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat boʻladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati;
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati”;
birinchi qismidagi “oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Oliy xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “Sudyalar oliy kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 17-modda ikkinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisidagi “tarkibi va raislarini” degan soʻzlar “tarkibini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
9) 21-moddaning birinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
10) 24-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi toʻgʻrisida, sudlov hayʼatlari hamda Sudyalarning oliy malaka hayʼati tarkiblari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi”;
oʻn oltinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻn yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlarining raislari”;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlarining raislari”;
13) 28-modda chiqarib tashlansin;
14) 2-bobning nomidagi “QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI” degan soʻzlar “QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SUDI” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining tarkibi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi”;
nomidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi”;
17) 31-moddaning nomidagi va matnidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
18) 32-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
19) 33-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisidagi “Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining” degan soʻzlar “Sudyalarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
nomidagi va birinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Sudyalarning oliy malaka hayʼati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
22) 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-BOB. FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) SUDI. JINOYAT IShLARI BOʻYIChA TUMAN (ShAHAR) SUDI. TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) IQTISODIY SUDI. TUMAN (ShAHAR) MAʼMURIY SUDI”;
23) 36-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman(shahar) maʼmuriy sudining tarkibi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.
Tuman (shahar) maʼmuriy sudi rais va sudyadan iborat boʻladi”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining vakolatlari”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Tuman (shahar) maʼmuriy sudi davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar boʻyicha maʼmuriy nizolarni hamda qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
25) 38 — 40-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi:
sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi yoʻqligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hayʼati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
39-modda. Harbiy sudlar tizimi
Oʻzbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat.
40-modda. Harbiy sudlarning tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi”;
26) 41-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “umumiy yurisdiksiya sudlari” degan soʻzlar “sudlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
27) III boʻlim chiqarib tashlansin;
28) 61-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻttiz yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida oʻn yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda oʻqishi va stajirovkani oʻtashi shart. Oʻquv va stajirovkani oʻtash davrida ular asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda oʻz mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi”;
29) 63-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari, sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi”;
30) quyidagi mazmundagi 631 va 632-moddalar bilan toʻldirilsin:
“631-modda. Sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya oʻz vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning oʻzida sudyalik lavozimida boʻlish muddati ikki yildan kam boʻlmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
632-modda. Sud raislarining vakolat muddati
Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u oʻzining faoliyatini oʻz roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi yoxud qolgan vakolat muddatiga oʻz roziligi bilan boshqa sudyalik lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi”;
31) 64-modda uchinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari –Qoraqalpogʻiston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida”;
32) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalar oʻz vakolatlari doirasida ishlarni koʻrish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga soʻzsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi, begʻaraz va adolatli boʻlishi shart”;
33) quyidagi mazmundagi 661-modda bilan toʻldirilsin:
“661-modda. Sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun oltmish besh yoshni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya pensiya yoshiga yetganda yoki pensiyaga chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslari mavjud boʻlgan taqdirda, pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi”;
ikkinchi qismidagi “Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas”;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir”;
35) 71-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori bilan quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin, agar”;
36) 72-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) yozma ariza bergan taqdirda;
3) sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻxtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda;
4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
5) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
8) sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda;
9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga oʻtishga rozilik bermasa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais oʻrinbosarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo,tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyiladi.
Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalarning malaka hayʼati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 9-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan asoslar mustasno”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
38) 74-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarning malaka hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga koʻmaklashadi.
Sudyalar oliy malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi”;
39) 77-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud apparati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi”;
40) 78-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Sudlarning shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur boʻlgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi”;
41) 79-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarni moliyalashtirish, ularning moddiy-texnika va oʻzga xil taʼminoti, binolarini qoʻriqlash va saqlab turish respublika budjetining hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablagʻlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ajratilgan mablagʻlarni taqsimlash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir sud alohida bino, qoʻriqlash va avtotransport bilan taʼminlanadi”;
42) 80 va 81-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi oʻz matbuot organlariga ega.
81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida maslahat organi boʻlgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Uning vazifasiga qonun hujjatlarini qoʻllash yuzasidan sud amaliyotida kelib chiqadigan masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi”;
43) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83-modda. Sudlarda davlat ramzlari
Sud binosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtariladi va Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi, sud zallarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi”;
44) 85-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais oʻrinbosariga va sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda amaldagi huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy jihatdan tahlil qilish, keng jamoatchilik muhokamasining natijalari, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi loyihalarini 2017-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda.Ushbu Qonun 2017-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi, shuningdek sudyalarni saylash, tayinlash tartibi va ularning vakolatlari muddatlari haqidagi qoidalar ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 13-apreldagi 73 (6767)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-aprel,
OʻRQ-428-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 242-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)