1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1863-5]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (roʻyxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyun,
14/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“61. 9-soʻrov turi — bank tomonidan yuridik shaxslar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tadbirkorlik subyekti boʻlmagan mijozlardan olingan davlat reyestridan/roʻyxatidan chiqarilganligi haqidagi qaror nusxasiga hamda tadbirkorlik subyektlari boʻyicha esa davlat reyestridan/roʻyxatidan chiqarilganligi haqidagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi”dagi maʼlumotlarga asosan mijozning xos raqami faolligini toʻxtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi.”.
“21” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasida belgilangan asoslarda davlat soliq xizmati organining arizasiga koʻra sud qaroriga muvofiq ushbu soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
“22” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasida belgilangan asoslarda davlat soliq xizmati organining arizasiga koʻra sud qaroriga muvofiq ushbu soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilgan hisobvaraqlari sud qarori asosida qayta harakatga keltirilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 628-modda)