1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1863-5]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyun,
14/5-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-sonli qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
“61. 9-so‘rov turi — bank tomonidan yuridik shaxslar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan mijozlardan olingan davlat reyestridan/ro‘yxatidan chiqarilganligi haqidagi qaror nusxasiga hamda tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha esa davlat reyestridan/ro‘yxatidan chiqarilganligi haqidagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi”dagi ma’lumotlarga asosan mijozning xos raqami faolligini to‘xtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi.”.
“21” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasida belgilangan asoslarda davlat soliq xizmati organining arizasiga ko‘ra sud qaroriga muvofiq ushbu soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
“22” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasida belgilangan asoslarda davlat soliq xizmati organining arizasiga ko‘ra sud qaroriga muvofiq ushbu soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilgan hisobvaraqlari sud qarori asosida qayta harakatga keltirilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 628-modda)