toggle_night_mode
Hujjat 29.05.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-may,
314-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati korxonalarining” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining pilla tayyorlash va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “2002-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari “har yili “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga 2-ilovaning 31-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2003-yildan boshlab, tegishli ravishda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “2004-yil hosilidan boshlab” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalari” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalarining” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 5-ilovasiga quyidagi mazmundagi 3-band qoʻshilsin:
“3. Ipakchilik tarmogʻi korxonalaridagi ishlar:
a) tut urugʻi tayyorlash;
b) tut nihollari va tut koʻchatlari yetishtirish;
v) tut ipak qurti urugʻlarini inkubatoriyalarda jonlantirish;
g) tut ipak qurti parvarishlash;
d) tirik va quriq pillani saralash;
e) tirik pillani quritish;
j) pillani qoʻl kuchi yordamida tashish;
z) pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
i) urugʻchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
k) tut ipak qurti urugʻlarini mikrotahlildan oʻtkazish;
l) tut ipak qurti urugʻlariga ishlov berish;
m) tut ipak qurti urugʻlarini qishlash davridagi ishlar;
n) tut ipak qurti urugʻlarini qadoqlash va yorliqlash”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugatilgan “Qarshi 16-son avtobus saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksi negizida xom ipakni qayta ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 5-noyabrdagi 315-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 45-son, 513-modda):
a) birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 399-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)