1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-may,
314-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati korxonalarining” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
b) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining pilla tayyorlash va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “2002-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari “har yili “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga 2-ilovaning 31-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2003-yildan boshlab, tegishli ravishda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalari” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalarining” soʻzlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugatilgan “Qarshi 16-son avtobus saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksi negizida xom ipakni qayta ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 5-noyabrdagi 315-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 45-son, 513-modda):
a) birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 399-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)