toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish, pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullarini keng joriy etish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni taʼminlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, tijorat banklari va pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” hududiy birlashmalari negizida tashkil etiladigan hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari;
tuman va tumanlararo “Pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari negizida tashkil etiladigan tuman “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari;
ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani qayta ishlash hamda ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar.
2. Quyidagilar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
a) ozuqa bazasini takomillashtirish boʻyicha:
tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sugʻoriladigan yer maydonlari ajratish boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni taʼminlash;
ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
b) ipak qurti urugʻi va pilla yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash boʻyicha:
Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli urugʻ ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
respublika hududlari boʻyicha pilla yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash, pilla tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari boʻyicha pilla yetishtirish uchun buyurtmalarni joylashtirish;
sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish;
v) pillani chuqur qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha:
ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va uning sifatini yanada yaxshilash, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini oʻzlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish;
mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish, ipak mahsulotlari narxini shakllantirishning maqbul mexanizmini yaratish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish;
g) tarmoqni jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha:
pillachilik tarmogʻini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish hamda ichki va tashqi bozordagi narxlar monitoringini olib borish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, imtiyoz va yengilliklar berish, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablagʻlarini jalb qilish orqali Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga koʻmaklashish;
Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar manfaatlarini koʻzlab, davlat bojini toʻlamasdan sudga daʼvo arizalari tayyorlash va taqdim etish hamda davlat organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
d) qoʻlda toʻqilgan gilamchilikni rivojlantirish boʻyicha:
qoʻlda toʻqilgan gilamlarning ichki va tashqi bozorlarini tizimli tahlil qilish;
tadbirkorlik subyektlarini qoʻlda gilam toʻqish kooperatsiyalariga jalb qilish, ularni gilamchilik sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun oʻqitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;
band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalarni gilamchilik bilan shugʻullanishga qiziqtirish, ularni oʻqitish va malakasini oshirish, gilam toʻqish koʻnikmasini shakllantirish, joylarda kichik ishlab chiqarish sexlari hamda aholi xonadonlarida gilam toʻqishni tashkil etish orqali ularning bandligini taʼminlashda koʻmaklashish;
hududlarda ipak, ipak chiqindilari, jun va paxta aralashmali gilamlar toʻqishni tashkil etish uchun hunarmandlar va tashkilotlarni kerakli miqdorda xomashyo hamda gilam toʻqish dastgohlari va moslamalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida ipakni qayta ishlash tashkilotlari, chorvachilik xoʻjaliklari va gilamchilik hunarmandlari oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
gilamchilikka oid seminar, anjuman, yarmarka va koʻrgazmalar tashkil qilish, shuningdek, mahalliy gilamchilik tashkilotlari hamda hunarmandlarining xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan yarmarka va koʻrgazmalarda ishtirok etishida amaliy yordam koʻrsatish;
xalqaro sifat standartlarini joriy qilish va qoʻlda toʻqilgan gilamchilik mahsulotlarini eksport qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha yaqindan koʻmaklashish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, pillachilik tarmogʻi tashkilotlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining muassislari hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 53 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining raisi muassislar umumiy yigʻilishining qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosarlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3 maydagi PF-72-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/72/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining joriy taʼminoti va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
Ishchi guruhga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2017 — 2021-yillarda pillachilik tarmogʻini kompleks ravishda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklansin.
Ishchi guruh chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarga eʼtiborni qaratsin:
Uyushma va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, pillachilik sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish va mavjud tutzorlarni modernizatsiya qilish orqali pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash;
ipak qurti urugʻining mahsuldor zotlarini yaratish va joriy etish, importni qisqartirish va kelgusida respublikaning ichki ehtiyojini toʻliq taʼminlash maqsadida ularni ishlab chiqarish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
pilla yetishtirish va tayyorlash hajmlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, sifatini yanada yaxshilash, ipak qurtining mahsuldorligini oshirish;
pillaga dastlabki ishlov berishning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini xatlovdan oʻtkazish, ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun koʻmir, polietilen, polipropilen, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarini oʻz vaqtida, tartibga solinadigan narxlar boʻyicha ajratish orqali belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish hamda pillachilik tarmogʻining xoʻjalik yurituvchi subyektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash;
sifat menejmentining zamonaviy usullarini, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uning xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirilishi va standartlashtirilishini taʼminlash;
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida pillachilik tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish va yangilash.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoniga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Mehnat vazirligining pillachilikni, pillachilik tarmogʻi ishchilari va tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan toʻliq bir mavsum ishlangan davrlari ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
12. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga Uyushma aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab sudga daʼvo arizalarini taqdim etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqi berilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga, jumladan, hukumat aloqasiga ulashni taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Toshkent shahri hokimligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoil ota koʻchasidagi 1-a uydan ijara haqi boʻyicha “nol” stavkasini belgilagan holda zarur maydon ajratsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 30-martdagi 62-63 (6756-6757)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-mart,
PQ-2856-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining
tashkiliy tuzilmasi

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi



Buxoro (1), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Samarqand (1), Navoiy (1) va Jizzax (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Fargʻona (1), Namangan (1) va Andijon (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Toshkent (1) va Sirdaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari



Samarqand (14), Navoiy (5) va Jizzax (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Fargʻona (15), Namangan (12) va Andijon (14) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Toshkent (10) vaSirdaryo (8) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Buxoro (10), Qashqadaryo (12) va Surxondaryo (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (7) va Xorazm (10) viloyatidagi tuman “Agropilla” MCHJlari



Samarqand (3), Navoiy (1) va Jizzax* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Fargʻona (4), Namangan (2) va Andijon (4) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Toshkent (2) va Sirdaryo* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Buxoro*, Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi* va Xorazm viloyatida (1) joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar



Samarqand (4), Navoiy (2) va Jizzax (1) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Fargʻona (5), Namangan (4) va Andijon (4) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Toshkent (1) va Sirdaryo* viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi pillani qayta ishlash tashkilotlari


Buxoro (4), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (2) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari




Fargʻona (3), Namangan (2) va Andijon* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Toshkent* va Sirdaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi* va Xorazm* viloyatidagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Samarqand*, Navoiy* va Jizzax* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari


Buxoro (1), Qashqadaryo* va Surxondaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari


Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti



Tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti (1)**

Izoh. Ushbu tashkilotlarning “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga kiritish yoki undan chiqarish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
* Yangi korxonalarni tashkil etish koʻzda tutilgan.
** Ilmiy-tadqiqot sohasida “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norkasmiy tarjima.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 53 nafar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
4-ILOVA
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI

Z.T. Mirzayev

Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh raisi

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh raisi oʻrinbosari

A.J. Vaxabov

qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

Sh.O. Tulyaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari

A.A. Usmanov

adliya vaziri oʻrinbosari

D.A. Xidoyatov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

X.A. Shakirov

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

I.U. Haydarov

“Oʻzbekyengilsanoat” AJ raisi

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamenti mudiri, Ishchi guruh kotibi

 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 204-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son, 01.08.2019-y., 07/19/4411/3500-son; 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son; 08.05.2024-y., 06/24/72/0331-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)