Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Pillachilikning mavjud ozuqa bazasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish, shu asosda pilla yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat yer resurslari qoʻmitasi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan viloyatlar qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1-ilovaga
* muvofiq tutzorlarini “Pilla-xolding” xolding kompaniyasining tuman pilla tayyorlash va uni qayta ishlash korxonalariga tajriba tariqasida uzoq muddatli ijaraga bersin.
Bunda ijara haqi undirish yer soligʻi stavkasi miqdorida belgilansin.
3. Belgilansinki, pillachilik xoʻjaliklarining qishloq xoʻjalik yerlaridan asosan tut urugʻligi va ekish materiali yetishtirish, pillachilikning ozuqa bazasini barpo etish maqsadida tut daraxtlari oʻtkazish uchun foydalanilishi kerak.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tut daraxtlari saqlanishi va ularning mahsuldorligi oshirilishi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari, rahbarlariga talabchanlikni oshirsinlar, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishmasdan tut daraxtlari asossiz ravishda qoʻporib tashlanishiga yoʻl quyuvchi rahbarlar va shaxslarni javobgarlikka tortsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi hamda “Oʻzbek ipagi” uyushmasi Andijon, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2000-2001-yillarda tut parvonasini qirib tashlash va uni toʻliq yoʻqotish hamda tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda:
har yili boʻlajak pilla tayyorlash mavsumida pillaning navlari boʻyicha cheklangan shartnomaviy narxlar yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqsinlar;
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan hisob-kitoblarni pillaning amaldagi standart boʻyicha aniqlanadigan nav tarkibini hisobga olgan holda shartnomaviy narxlarga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirsinlar.
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar pillani ichki bozorda ular tomonidan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilgandan keyingina sotishlari mumkin;
respublikaga import boʻyicha kasallikka chalingan va sifatsiz ipak qurt urugʻi keltirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ular Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti xulosasi berilgandan keyin olib kelinadi.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.