toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga asosan:
davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va tashkilotlari deb ataladi), shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalarida majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etilishi;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlariga belgilangan martaba darajalarini berish, uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustamalarni to‘lash tartibi tatbiq etilishi;
xodim boshqa davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga o‘tganda yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji martaba darajalari uchun ustamalarni va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun qo‘shimcha haqlarni hisoblab chiqish va to‘lash uchun ish stajiga qo‘shib hisoblanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘ning 5 foizi, biroq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,5 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. Quyidagilar:
respublika, hududiy (viloyat) va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlari 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq;
davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda) 2-ilovaga muvofiq;
davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qo‘shiladigan har oylik ustamalar miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarni tashkil etish shakllari 4-ilovaga muvofiq;
davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlar tashkil etishning minimal normativlari va mezonlari 5-ilovaga muvofiq;
Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlariga:
boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘z yuridik xizmatlarini mazkur qarorga 5-ilovaga muvofiq tasdiqlangan yuridik xizmatlar tashkil etishning minimal normativlari va mezonlariga muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, yuridik xizmatlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni amalga oshirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
har yili ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha ishlar to‘g‘risida yuridik xizmatning hisobotini eshitish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari tomonidan yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishining muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini ta’minlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
zarurat bo‘lganda yuridik xizmatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarining yuridik xizmat xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishi holatlarini belgilangan tartibda bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Belgilansinki:
ushbu qaror talablari davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy bo‘lib, boshqa tashkilotlar uchun tavsiya tusiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
adliya organlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustamalar va martaba darajalari uchun lavozim maoshlariga har oylik qo‘shimcha haq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda to‘lanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga o‘z yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari uchun belgilangan uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustamalarni va martaba darajalari uchun lavozim maoshlariga har oylik qo‘shimcha haqni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lash masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-may,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
1-ILOVA
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha
LAVOZIM RAZRYADLARI

T/r

Lavozim

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadi

1.

Yuridik departament yoki yuridik boshqarma boshlig‘i

16

2.

Yuridik bo‘lim yoki yuridik byuro boshlig‘i

14

3.

Bosh yuriskonsult

12

4.

Yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult va yuriskonsult

11

5.

Yordamchi yuriskonsult

9

Izoh:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qonunchilik hujjatlarida respublika darajasidagi ayrim davlat organlari va tashkilotlari uchun yuridik xizmat xodimlari mehnatiga haq to‘lashning ushbu ilovada belgilangan razryadlardan yuqoriroq razryadlari belgilangan taqdirda, mehnatga haq yuqori belgilangan razryadlar bo‘yicha to‘lanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Bitta shtat birligidan iborat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari mehnatga haq to‘lash razryadlari yuridik bo‘lim boshlig‘i uchun belgilangan darajada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar huzuridagi qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar markaziy apparati yuridik xizmat xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari tegishlicha vazirlik markaziy apparati yuridik xizmat xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan bir pog‘ona past miqdorda qo‘llaniladi.
(1-ilovaning izoh qismi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga asosan 3-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
1a-ILOVA
Hududiy(viloyat) darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha
LAVOZIM RAZRYADLARI

T/r

Lavozimning nomi

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadi

hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari

guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

1.

Yuridik bo‘lim yoki yuridik byuro boshlig‘i

14

13

12

11

2.

Bosh yuriskonsult

12

11

10

9

3.

Yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult va yuriskonsult

11

10

9

8

4.

Yordamchi yuriskonsult

9

8

7

6

Izoh:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qonunchilik hujjatlarida hududiy (viloyat) darajasidagi ayrim davlat organlari va tashkilotlari uchun yuridik xizmat xodimlari mehnatiga haq to‘lashning ushbu ilovada belgilangan razryadlardan yuqoriroq razryadlari belgilangan taqdirda, mehnatga haq yuqori belgilangan razryadlar bo‘yicha to‘lanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Bitta shtat birligidan iborat hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari mehnatga haq to‘lash razryadlari bosh yuriskonsult uchun belgilangan darajada belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
1b-ILOVA
Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha
LAVOZIM RAZRYADLARI

T/r

Lavozimning nomi

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadi

tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida

1-guruh

2-guruh

1.

Bosh yuriskonsult

9

8

2.

Yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult

8

7

3.

Yuriskonsultning yordamchisi

7

6

Izoh:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qonunchilik hujjatlarida tuman (shahar) darajasidagi ayrim davlat organlari va tashkilotlari uchun yuridik xizmat xodimlari mehnatiga haq to‘lashning ushbu ilovada belgilangan razryadlardan yuqoriroq razryadlari belgilangan taqdirda, mehnatga haq yuqori belgilangan razryadlar bo‘yicha to‘lanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Bitta shtat birligidan iborat tuman (shahar)darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari mehnatga haq to‘lash razryadlari bosh yuriskonsult uchun belgilangan darajada belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik
ustamalar miqdorlari
(lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)

Yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji:

2 yildan 5 yilgacha bo‘lganda

5%

5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda

10%

10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda

15%

15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda

20%

20 yildan 25 yilgacha bo‘lganda

25%

25 yildan ortiq bo‘lganda

30%

Izoh:
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga ushbu ilova bilan belgilangan uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oylik ustamalar miqdorlari tizimida harbiy va maxsus unvonlar (malaka toifalari, diplomatik daraja va boshqalar) berishning boshqacha tartibi amal qiladigan alohida davlat organlariga tatbiq qilinmaydi.
2. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustamalarni hisoblashda, ularning adliya organlari va muassasalaridagi faoliyatining, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat xodimi sifatida ishlagan barcha davri hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha haq
miqdorlari

Nomi

Lavozim maoshlariga foizlarda qo‘shimcha haq miqdori

3-darajali yurist

15

2-darajali yurist

16

1-darajali yurist

16

3-darajali adliya maslahatchisi

17

2-darajali adliya maslahatchisi

17

1-darajali adliya maslahatchisi

18

Izoh: Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining lavozim maoshlariga ushbu ilova bilan belgilangan martaba darajalari uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari tizimida harbiy va maxsus unvonlar (malaka toifalari, diplomatik daraja va boshqalar) berishning boshqacha tartibi amal qiladigan alohida davlat organlariga tatbiq qilinmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
4-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarini tashkil etish
shakllari
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Yuridik xizmatning nomi

Belgilangan shtatlar miqdori

1.

Yuridik departament

20 va undan ortiq

2.

Yuridik boshqarma

7 va undan ortiq

3.

Yuridik bo‘lim

3-4

4.

Yuridik byuro

2

5.

Bosh, yetakchi, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult

1

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
5-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarini tashkil etishning
MINIMAL NORMATIVLARI VA MEZONLARI
I. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari

Mavjud shtat birliklari

Tuzilmadagi alohida tashkilotlar soni

Yillik ko‘rsatkich

Har bir ustun bo‘yicha hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori

Yuridik xizmatlarning minimal shtat birliklari soni

Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari

Hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari

Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida

Ishlab chiqilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari

Qabul qilingan buyruq, farmoyish, shartnoma va yuridik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hujjatlar

Davlat organlari va tashkilotlari ishtirokidagi sud jarayonlari

Davlat organlari va tashkilotlarining qarori yoki mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi ustidan tushgan shikoyatlar

50 tagacha

140 tagacha

193 tagacha

28 tagacha

50 tagacha

500 tagacha

50 tagacha

50 tagacha

0,12

1

50-100

140-170

193-386

28-56

50–100

500–1000

50100

50–100

0,25

2

100-200

170-200

386-579

56-84

100–200

1000–1500

100–200

100–150

0,38

3

200-400

200-230

579-772

84-112

200–300

15002000

200300

150–200

0,63

5

400 ta dan ortiq

230 ta dan ortiq

772 ta dan ortiq

112 ta dan ortiq

300 ta dan ortiq

2000 ta dan ortiq

300 ta dan ortiq

200 ta dan ortiq

1,00

8

II. Hududiy(viloyat) darajadagi davlat organlari va tashkilotlari

Mavjud shtat birliklari

Tuzilmadagi alohida tashkilotlar soni

Yillik ko‘rsatkich

Har bir ustun uchun hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori

Yuridik xizmatlarning belgilanadigan minimal shtat birliklari soni

Hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari

Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari

Qabul qilingan yuridik hujjatlar, buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va boshqa hujjatlar

Davlat organi va tashkiloti ishtirokidagi sud jarayonlari

Davlat organlari va tashkilotlarining qarori yoki ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi ustidan tushgan shikoyatlar

50 tagacha

50 tagacha

14 tagacha

500 tagacha

50 tagacha

50 tagacha

0,08

0.5

50–75

50–100

14-28

500–1000

50–100

50–100

0,17

1

75–100

100–150

28-42

1000–1500

100–200

100–150

0,34

2

100 ta dan ortiq

150 ta dan ortiq

42 ta dan ortiq

1500 ta dan ortiq

200 ta dan ortiq

150 ta dan ortiq

0,50

3

III. Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari*

Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlaridagi mavjud shtat birliklari

Tuzilmadagi alohida tashkilotlar soni

Bir yillik ko‘rsatkich

Har bir ustun uchun hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori

Yuridik xizmatlarning minimal shtat birliklari

Qabul qilingan yuridik hujjatlar, buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va boshqa hujjatlar

Davlat organlari va tashkilotlari ishtirokidagi sud jarayonlari

Davlat organlari va tashkilotlarining qarori yoki ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi ustidan tushgan shikoyatlar

40 tagacha

5 tagacha

500 tagacha

50 tagacha

50 tagacha

0,10

0,5

40 ta dan ortiq

5 ta dan ortiq

500 ta dan ortiq

50 ta dan ortiq

50 ta dan ortiq

0,20

1

Oldingi tahrirga qarang.
* Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va tibbiyot birlashmalarining yuridik xizmatlari xodimlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va tibbiyot birlashmalari tizimiga kiruvchi tashkilotlarga yuridik xizmatlar ko‘rsatadi.
Ko‘rsatilgan normativlar va mezonlar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va tibbiyot birlashmalari tizimiga kiruvchi budjet muassasalariga tatbiq qilinmaydi.
(izohning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Izoh.
1. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari minimal shtat birliklari ushbu jadvalda ko‘rsatilgan koeffitsiyentlarni qo‘shish orqali aniqlanadi.
Bunda hosil bo‘lgan son 0,50 dan (1,50, 2,55 va hokazo) ortiq bo‘lganda ushbu son 1 gacha, 0,25 (1,26, 2,27 va hokazo)dan ortiq bo‘lganda ushbu son 0,50 gacha yaxlitlanadi, agar 0,25 dan (1,23, 2,24 va hokazo) past bo‘lsa (0,25 ning o‘zi ham) hisobga olinmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlar tashkil etishning minimal normativlarini hisoblash bo‘yicha shartli misol:
Masalan: hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organi yoki tashkilotida 80 kishi ishlaydi. Ushbu tashkilotning tuman (shahar)lar darajasidagi tuzilmalari soni 13 tani tashkil etib, ularda 160 kishi ishlaydi. 1 yilda o‘rtacha 1200 tagacha buyruq, farmoyish, shartnoma va yuridik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi. Shuningdek, 195 ta sud majlislarida ishtirok etiladi. Davlat organi va tashkilotining qarori yoki mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan tushgan shikoyatlar soni yiliga o‘rtacha 150 tani tashkil etadi. Bunda: 0,34+0,08+0,50+0,34+0,34+0,50=2,1. Ya’ni ushbu tashkilotda yuridik xizmat uchun belgilanadigan minimal shtat birliklari soni 2 tani tashkil etadi.
2. Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida 2 tadan, tumanlar va shaharlar hokimliklarida 1 tadan yuridik xizmat uchun minimal shtat birliklari belgilanadi.
3. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zlarining yuridik xizmatlari uchun ushbu minimal normativlar va mezonlarda nazarda tutilganidan ko‘proq shtat birliklarini belgilashi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
6-ILOVA
Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va tashkilotlari deb ataladi) yuridik xizmatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Boshqa tashkilotlar uchun ushbu Nizom talablari tavsiya tusiga ega.
3. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
mukofot puli — yuridik xizmat xodimlari tomonidan sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yuridik xizmat xodimlariga beriladigan choraklik mukofot;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
undirilgan mablag‘lar — sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan davlat organi va tashkilotining hisob raqamlariga yoki shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga tushgan pul mablag‘i.
4. Yuridik xizmat xodimlari tomonidan undirilgan quyidagi mablag‘lar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mukofot pulini to‘lashda hisobga olinadi:
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan to‘liq yoki qisman tan olingan da’volar bo‘yicha undirilgan mablag‘lar;
hakamlik sudining qarorlari asosida undirilgan mablag‘lar;
fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari bilan undirilgan mablag‘lar;
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi bilan undirilgan mablag‘lar;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha undirilgan mablag‘lar;
notariuslarning ijro xatlariga asosan undirilgan mablag‘lar;
boshqa undirilgan mablag‘lar.
2-bob. Undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Mukofot puli davlat organlari va tashkilotlari foydasiga hal qilingan nizolar bo‘yicha davlat organi va tashkilotining hisob raqamlariga yoki shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga tushgan umumiy mablag‘lardan hisoblab chiqariladi.
Hal etilgan nizolar bo‘yicha undirilgan mablag‘larning bir qismi keyingi chorak davomida davlat organi va tashkiloti hisob raqamiga yoki shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga tushgan taqdirda, mukofot pulining qolgan qismi ushbu chorak yakuni bo‘yicha to‘lanadi.
Mukofot puli mablag‘lar davlat organi va tashkiloti hisob raqamlariga yoki shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga tushgandan so‘ng to‘lanadi.
6. Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash boshqa mukofotlar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar to‘lanishini istisno qilmaydi.
7. Mukofot pulini to‘lash haqida buyruq (farmoyish) chiqarilishiga yuridik xizmat rahbarining bildirgisi asos bo‘ladi.
Shtat birligida bitta yuridik xizmat xodimi nazarda tutilgan hollarda mukofot pulini to‘lash haqida buyruq (farmoyish) chiqarilishiga ushbu xodimning bildirgisi va unga ilova qilingan davlat organi va tashkiloti foydasiga undirilgan mablag‘ni tasdiqlovchi hujjatlar asos bo‘ladi.
8. Yuridik xizmat tomonidan hal etilgan nizolar bo‘yicha mablag‘lar davlat organlari va tashkilotlari hisob raqamlariga yoki shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamlariga tushganligi davlat organlari va tashkilotlari buxgalteriyasi va/yoki mablag‘larning tushishini hisobga olish vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmalar (xodim) tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi. Bunda ma’lumotnoma yuridik xizmat rahbarining yozma so‘roviga muvofiq uch ish kuni ichida beriladi.
Shtatda faqat bitta yuridik xizmat xodimi nazarda tutilgan hollarda ma’lumotnoma ushbu xodimning yozma so‘roviga asosan beriladi.
3-bob. Mukofot pulini yuridik xizmat xodimlari o‘rtasida taqsimlash tartibi
9. Mukofot puli yuridik xizmat rahbari tomonidan yuridik xizmatning har bir xodimining ish faoliyati natijalari samaradorligiga qarab har chorak yakuni bo‘yicha taqsimlanadi.
Mukofot pulini xodimlarga taqsimlash mukofot pulini to‘lash to‘g‘risida buyruq (farmoyish) chiqarish uchun yuridik xizmat rahbari tomonidan beriladigan bildirgida ko‘rsatilishi lozim.
Agar mukofot pulini to‘lash to‘g‘risida buyruq (farmoyish) chiqarish to‘g‘risida yuridik xizmat rahbari tomonidan beriladigan bildirgida mukofot pulini xodimlarga taqsimlash tartibi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mukofot puli yuridik xizmat xodimlariga teng taqsimlanadi.
Davlat organi va tashkiloti rahbari davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan mablag‘ undirishdagi xizmatini inobatga olgan holda mukofot pulini yuridik xizmatning bir yoki bir necha xodimiga to‘lash to‘g‘risida buyruq (farmoyish) chiqarishga haqli.
Bunday hollarda mukofot pulini taqsimlash yuridik xizmat xodimiga undirilgan mablag‘ hisobiga mukofot puli to‘lash to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish)da asoslanishi lozim.
10. Mukofot puli to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqsimlanishini nazorat qilish davlat organi va tashkilot rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Nizo belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi natijasida undirilgan mablag‘ qaytarilgan taqdirda, yuridik xizmat xodimlariga to‘langan mukofot puli belgilangan tartibda qaytarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 65-modda):
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “besh yilda” degan so‘zlar “uch yilda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshidagi “besh yil” degan so‘zlar “uch yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Davlat boshqaruvi” degan so‘zlar “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25 va 34-bandlarning ikkinchi xatboshidagi “besh yil” degan so‘zlar “uch yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
35-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan belgilangan yuridik xizmatlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-sentabrdagi 762-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari ba’zi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash to‘g‘risida” 2013-yil 7-fevraldagi 33-son qarorida (O‘R QHT, 2013-yil, 6-son, 71-modda):
a) muqaddimadagi “, iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari)ning” degan so‘zlar “va iqtisodchilarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “, iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari)” degan so‘zlar “va iqtisodchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning birinchi xatboshidagi “, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga” degan so‘zlar “va iqtisodchilarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi “, iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari)” degan so‘zlar “va iqtisodchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-banddagi “, yuriskonsult (yurist)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3-banddagi “, katta yuriskonsult (yurist)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4-banddagi “, yetakchi yuriskonsult (yurist)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
izohning 3-bandidagi “iqtisodchilar, yuriskonsultlar (yuristlar)ga” degan so‘zlar “iqtisodchilarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga
8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 182-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 51-modda);
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda);
4. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 4-iyundagi 149-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 43-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 18-son, 323-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)