1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
1. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2008-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan maʼlumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantirish va yuritish yoʻli bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotlarning zarur darajada hisobga olinishi va tizimlashtirilishini taʼminlasin.
3. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan muddatlari va tartibiga qatʼiy amal qilinishini taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-noyabr,
244-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qaroriga ILOVA
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
2. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, ularning qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari malakasini oshirish yurisprudensiya sohasidagi nazorat va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va yangilash, ularning kasbiy tayyorligining bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
II. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
3. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida har uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtishi shart.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Yuridik xizmatlar xodimlarining ular ishlayotgan tashkilotlar tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilishi taqiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
4. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Oliy taʼlim muassasasini tugatgandan keyin olingan mutaxassislik boʻyicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar mutaxassislik boʻyicha ishlagan ikki yillik muddat tugagan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan va keyingi uch yil mobaynida attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oy mobaynida attestatsiyadan oʻtishi kerak.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Quyidagilar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va olingan mutaxassislik boʻyicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik boʻyicha ikki yildan kam ishlagan boʻlsa;
homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlayotgan shaxslar.
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish uchun yuborish vazifasi tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
5. Tashkilot ushbu Nizomning 4-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tegishli muddatlar yoki yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin, ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda, tegishli adliya organlariga murojaat qiladi.
Agar tashkilot mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddatda tegishli hujjatlarni uzrli sabablarsiz adliya organlariga taqdim etmasa, adliya organi tashkilotning masʼul xodimlariga nisbatan tegishli taʼsir choralarini qoʻllaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
8. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida kamida besh kishidan iborat tarkibda attestatsiya komissiyalari tuziladi.
9. Attestatsiya komissiyalari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning tegishli oʻrinbosari, hududiy adliya organlarida esa — hududiy adliya organi rahbari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga, kelishuvga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari vakillari kiritilishi mumkin. Hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining tegishli boʻlinmasi xodimi majburiy tartibda kiritiladi.
10. Attestatsiya komissiyasi raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyxat boʻyicha tarkibini belgilaydi;
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlarining tegishli tarkibiy boʻlinmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi, u:
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda talabgorlarga yetkazadi;
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
III. Talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
(III boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
11. Tashkilot yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xatni tegishli adliya organiga belgilangan muddatlarda yuboradi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Bunda talabgor haqidagi zarur hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
13. Yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Tashkilot tomonidan attestatsiyadan oʻtkazish uchun yuborilgan yuridik xizmat xodimi malaka oshirish kurslarida oʻqiganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi sertifikat olgan boʻlishi shart.
Yuridik xizmat xodimining malaka oshirmaganligi aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan attestatsiyaga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va tashkilotga tegishli bildirishnoma yuboriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
14. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishiga asos boʻlgan kamchilik bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat takroran koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
15. Yuridik xizmat xodimining malaka oshirmaganligi uni attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyish boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
16. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishi uchun asos boʻlmagan taqdirda, talabgor tashkilot xati kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
17. Attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida talabgorning ish joyi boʻyicha tashkilotga attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin bildirishnoma yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
18. Hujjatlari attestatsiyadan oʻtishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga koʻra kelmagan talabgorlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgorlar boʻyicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelinmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqarishga haqli.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
19. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Talabgor ishlaydigan tashkilotning vakili attestatsiya komissiyasi majlisida maslahat ovozi bilan qatnashishi mumkin. Attestatsiya tugagandan keyin vakilning fikr-mulohazasi eshitiladi.
20. Attestatsiya komissiyasi majlisi komissiya aʼzolarini talabgorning hujjatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Suhbat jarayonida berilgan savollar va talabgorning javoblari “Yurist-adliya” elektron tizimida qayd etiladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Talabgor bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohasi, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq sohasi, fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat, sud ishlarini yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Savollarning taxminiy roʻyxati va attestatsiya komissiyalarining ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Attestatsiya komissiyasi talabgorning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
talabgorni attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali berilgan ballari natijasi boʻyicha qabul qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
24. Attestatsiya natijalari ball qoʻyish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
25. Yuridik xizmatning attestatsiyadan oʻtgan xodimiga ikki kun muddatda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma elektron shaklda beriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma reyestri uning seriya raqami va amal qilish muddati koʻrsatilgan holda “Yurist-adliya” elektron tizimida avtomatik ravishda yuritiladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
26. Yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtmagan tashkilot mazkur xodimni takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida uch oy oʻtgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qilishi mumkin.
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa yoki koʻrsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bildirishnoma yuboradi.
Tashkilot rahbari bildirishnoma olingan kundan keyin oʻn kun mobaynida xodimni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida uch kun muddatda tegishli adliya organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
27. Yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi qaroriga koʻra tugatilishi mumkin.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Quyidagilar:
yuridik xizmat xodimi tomonidan oʻz xizmat majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazilishiga olib kelgan taqdirda;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganligi holati aniqlanganligi yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Yuridik xizmat xodimi unga berilgan yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish masalasini koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida ishtirok etishi mumkin. Majlis oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida yuridik xizmat xodimiga majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin xabar qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Yuridik xizmat xodimining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashmasligi yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga toʻsqinlik qilmaydi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yuridik xizmat xodimiga uch kun mobaynida xabar qilinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
28. Attestatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyatlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
V. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish
(V-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
29. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish yuridik xizmat xodimining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik xizmat xodimi oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
30. Qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
33. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
34. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tomonidan amalga oshiriladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
35. Malaka oshirish muddati ikki haftadan kam boʻlishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan oʻtgan xodimlariga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan belgilangan yuridik xizmatlarning asosiy faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq boʻlishi kerak.
(35-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish oʻquv rejalari va dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan tashkilotlardagi huquqiy ishlar samaradorligini umumlashtirish va tahlil qilish materiallarini, ularni yaxshilashga doir tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
36. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish Institut bilan tegishli tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
37. Malaka oshirish davrida yuridik xizmatlar xodimlariga ularning ish joyi boʻyicha ish haqi va lavozimi saqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
VII. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
38. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari yuridik xizmatlarning xodimlari hisobini yuritadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
39. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari va ularning xodimlari hisobga olinishini va ular toʻgʻrisidagi axborotning tizimlashtirilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlari attestatsiyadan oʻtishi va malaka oshirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasini shakllantiradi va uni markazlashtirilgan tartibda yuritadi.
Tashkilotlar har yili 1-iyunga qadar tegishli adliya organlariga yuridik xizmat xodimlari, shu jumladan yuridik xizmatdagi mavjud vakant oʻrinlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar.
Yil davomida yuridik xizmat xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda (boʻshatish yoki tayinlash va boshqalar), tashkilotlar oʻn kun muddatda tegishli axborotni adliya organiga yuboradilar.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari markaziy apparatlarining yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, tuman va shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari toʻgʻrisidagi axborot hududiy adliya organlariga taqdim etiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
40. Hududiy adliya organlari yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlar, ularning xodimlari va ularning belgilangan muddatlarda attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida “yurisprudensiya” yoʻnalishlari va mutaxassisligi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalariga mavjud vakant oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
41. Institut yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan oʻtgan xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
42. Yuridik xizmatlar maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi, maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun maʼlumotlarni taqdim etish shakli va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
43. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar ularni attestatsiyadan oʻtishga va malakasini oshirishga yuborgan tashkilot mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 472-modda; 2013-y., 50-son, 650-modda; 2015-y., 23-son, 302-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)