toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari baʼzi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qarorini bajarish yuzasidan, malakali kadrlarning oʻrnashib qolishi va ular qoʻnimsizligining oldini olish, shuningdek ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari va iqtisodchilarining moddiy manfaatdorligini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari va iqtisodchilari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Budjet tashkilotlari rahbarlariga buxgalterlar va iqtisodchilarga ushbu lavozimlarda ishlashning uzluksiz stajidan, shuningdek yuklangan funksional vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishidan kelib chiqib mehnatga haq toʻlash fondi doirasida lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi budjet tashkilotlariga buxgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga ustamalar belgilash boʻyicha tavsiyalarni yetkazsin.
3. Belgilansinki, buxgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi lavozim razryadlari va lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorda ustama joriy etish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar 2013-yilda tegishli budjet tashkilotlarining mehnatga haq toʻlash fondi boʻyicha umumiy tejam hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-fevral,
33-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-fevraldagi 33-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari va iqtisodchilari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
T/r‎

Mutaxassislar va xizmatchilarning lavozimlari nomi‎

YTS boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadi‎
1.‎ Buxgalter, iqtisodchi 6
2.‎ 2-toifali buxgalter, 2-toifali iqtisodchi‎ 7
3.‎ 1-toifali buxgalter, 1-toifali iqtisodchi 8
4.‎ Yetakchi buxgalter, yetakchi iqtisodchi 9
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Izoh:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan muassasalarning bosh buxgalterlariga (bosh buxgalter huquqi bilan ishlovchi buxgalterlarga) mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jadvalda koʻrsatilgan lavozimlarga xodimning lavozim funksiyalarini aniqlashtiradigan hosila nomlar (masalan: “Buxgalter-taftishchi”, “Buxgalter-iqtisodchi” va boshqalar) qoʻllanilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu lavozim razryadlari ular uchun tarif razryadlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa qarorlari yoki ularni bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qabul qilingan qoʻshma qarorlari bilan belgilangan mutaxassislarga — buxgalterlar, iqtisodchilarga tatbiq etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 71-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)