1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1129-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son “Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2002-yil 15-apreldagi 177-son “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1129, 2002-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 8-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-yanvar,
76-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 67-modda)