1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN TAYYoRLANADIGAN VA IDIShLARGA JOYLANADIGAN DORI VOSITALARINI TAShQI BEZAGIGA DOIR QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 18-aprelda 1129-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 25-yanvardagi 76-sonli “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1129-1, 03.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shaklidan qat’i nazar dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini sifati, saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddati, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va tashqi bezagini yagona tartibini joriy qilish maqsadida, buyuraman:
1. “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalar” tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2002-yil 1-iyuldan kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq kuchga kiritilishi munosabati bilan SSVning 2002-yil 30-yanvardagi 35-son buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruq kuchga kirishi munosabati bilan sobiq SSSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 1972-yil 19-iyuldagi 583-sonli “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashni yagona qoidalarini tasdiqlash haqida”gi va unga qo‘shimcha 1982-yil 4-iyunda chiqarilgan 530-sonli buyruqlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash profilaktika yordami Bosh boshqarmasi boshlig‘iga (F.O. Ilxomov), ushbu buyruqni barcha tibbiyot va dorixona muassasalari rahbarlariga yetkazish vazifasi topshirilsin.
6. Mazkur buyruqni ijrosi ustidan nazoratni vazirning birinchi muovini D.A. Asadov va vazir muovini M.X. Xodjibekovlar zimmasiga yuklatilsin.
Vazir F.G‘. NAZIROV
Toshkent sh.,
2002-yil 15-aprel,
177-son
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002-yil 15-apreldagi 177-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN
Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir
Qoidalar
Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq ishlab chiqilib, mulkchilik shaklidan qat’i nazar dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda qo‘llaniladi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha dorixona muassasalari uchun taalluqlidir.
2. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi hamda tegishli ajratish rangli hoshiyalar bilan farqlanadi.
a) “Sirtqi” — to‘q sariq rangli;
b) “Ichish uchun” — yashil rangli;
v) “Ko‘z tomchisi” — pushti rangli;
g) “Ko‘z surtmasi” — pushti rangli;
d) “Inyeksiya uchun” — ko‘k rangli.
3. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar bo‘lishi kerak:
a) emblema (ilon o‘ralgan vaza);
b) dorixonaning nomi;
v) dorining nomi;
g) qo‘llash usuli;
d) Bolalardan ehtiyot qiling;
e) Salqin va yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin degan ogohlantiruvchi yozuvlar;
j) “Sirtqi” ishlatiladigan surtma dorilar yorlig‘ida “Surtma” degan, “Ichish uchun” ishlatiladigan kukun dorilar yorlig‘ida “Kukun dori” degan yozuv, “Ko‘z tomchisi” dorisi yorlig‘ida tomchi va ko‘zning rasmi, “Ko‘z surtmasi” dorisi yorlig‘ida ko‘zning rasmi, “Inyeksiya” uchun ishlatiladigan dorilar yorlig‘ida “Sterillangan” degan yozuv hamda ignali shprits rasmi bo‘ladi.
4. Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo‘shimcha ogohlantiruvchi yozuvlar yopishtiriladi (1-sonli ilova). Ular quyidagi matnda davlat tilida yoziladi va tegishli ajratish ranglarga bo‘yaladi:
a) “Qo‘llashdan oldin chayqatilsin” — asosi oq rangda, harflari yashil;
b) “Yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin” — asosi ko‘k rangda, harflari oq;
v) “Salqin joyda saqlansin” — asosi havo rangda, harflari oq;
g) “Bolalar uchun” — asosi yashil rangda, harflari oq;
d) “Ehtiyotlik bilan!” — asosi oq rangda, harflari qizil;
e) “Yurak dorisi” — asosi to‘q sariq rangda, harflari oq;
j) “Olovdan saqlang” — asosi qizil rangda, harflari oq.
5. Yorliqlar dori vositalari solinadigan idish hajmiga va turiga qarab quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi:
a) hajmi 10 ml/dan 100 ml bo‘lgan idishlar uchun — 63x30 mm;
b) hajmi 100 ml/dan 200 ml bo‘lgan idishlar uchun — 90x48 mm;
v ) hajmi 200 ml/dan katta bo‘lgan idishlar uchun — 120x65 mm;
g) dorilarga ishlatiladigan karton quti, qog‘oz paketlar uchun — 70x50 mm;
d) hajmi 10 gr/dan 30 gr bo‘lgan bankalar uchun — 66x20 mm;
e) hajmi 30 gr/dan katta bo‘lgan bankalar uchun — 81x27 mm.
6. Ogohlantiruvchi yozuvlar yorliqlarining o‘lchami — 10x50 mm.
7. Sham dorilar, tibbiyot qalamchalari va burun tomchicini tashqi bezashda “Sirtqi” yorlig‘i ishlatiladi va dori turi qo‘lda yozib qo‘yiladi.
8. Dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarni tipografiya usulida tayyorlatish yoki tegishli shtamplardan foydalanish mumkin. Ularning matni davlat tilida yoziladi. Shtamplardan foydalanilganda yorliqlar umumiy qoidalarning 2-bandiga asosan tegishli ajratish ranglariga bo‘yaladi.
9. Yorliqda dori vositasining nomi lotin alifbosida, bemorning ismi familiyasi, buyurtma raqami, qo‘llash usuli, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, seriyasi, tahlili, bahosi, tayyorlagan, tekshirgan va ruxsat bergan mutaxassislarning familiyasi davlat tilida qo‘l bilan yoziladi.
II. DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN YaKKA TARTIBDA TAYYoRLANADIGAN DORI VOSITALARINI TAShQI BEZAGI
10. Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (2-sonli ilova):
a) ____ -buyurtma raqami;
b) bemor (F.I.Sh.)_____________;
v) tayyorlangan sana _________;
g) bahosi _______.
11. Yorliqlarda dori turlarini qo‘llashning batafsil usuli quyidagicha ifodalanadi:
a) sirtqi va ko‘z surtmasi dori turlari yorliqlarida qo‘llash usulini qo‘lda yozib qo‘yish uchun joy qoldiriladi;
III. DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN OLDINDAN TAYYoRLAB QO‘YILADIGAN DORI VOSITALARINING TAShQI BEZAGI
12. Oldindan tayyorlab qo‘yiladigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (3-sonli ilova):
a) tayyorlangan sana _______;
b) yaroqlilik muddati _______;
v) seriyasi ______;
g) tahlili ______;
d) bahosi _____.
13. Dorilarning yorliqlariga qo‘yilgan seriya va tahlil raqami, qadoqlash va kimyoviy tahlil kitoblaridagi tegishli tartib raqamlariga mos holda son bilan yoziladi.
VI. DAVOLASh PROFILAKTIKA MUASSASALARI UChUN DORIXONALAR TOMONIDAN TAYYoRLANADIGAN DORI VOSITALARINING TAShQI BEZAGI
14. Davolash profilaktika muassasalari uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalari yorliqlarida umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (4-sonli ilova):
a) DPM nomi;
b) bo‘limning nomi;
v) tayyorlangan sana _________;
g) yaroqlilik muddati _______;
d) seriyasi ______;
e) tahlili _______;
j) tayyorladi ________;
z) tekshirdi ________;
i) ruxsat berdi ________.
Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joyla- nadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarga 1-sonli ILOVA
Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga yopishtiriladigan ogohlantiruvchi yozuvlar
NAMUNASI
Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joyla- nadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarga 2-sonli ILOVA
Dorixona muassasalari tomonidan yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlar
NAMUNASI
Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joyla- nadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarga 3-sonli ILOVA
Dorixona muassasalari tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlar
NAMUNASI
Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarga 4-sonli ILOVA
Davolash profilaktika muassasalari uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlar
NAMUNASI
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y.,8-son)