1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
5.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
6.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
7.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
8.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.07 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00, 02.05.00.00larga qarang);
9.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
10.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
11.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
12.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
13.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
14.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
15.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
16.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
17.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
18.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
19.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
20.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
21.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
22.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
23.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
24.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
25.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
26.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
27.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
28.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar;
29.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar;
30.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari;
31.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
32.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar;
33.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash;
34.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar;
35.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.01.00.00 Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini taʼminlash sohasidagi umumiy qoidalar;
36.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
37.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
38.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
39.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
6.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
7.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
8.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
9.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
10.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
11.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
12.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish;
18.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar;
19.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Davlat chegarasini muhofaza qilish;
20.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar;
21.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
22.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 12-oktabrda maʼqullangan
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi 285-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 77-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 148-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga” degan soʻzlar “veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 17-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablarini” degan soʻzlar “veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“27-modda. Olib kirilayotgan tovarlarga qoʻyiladigan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalari
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiq boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga:
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan standartlar, talablar, qoidalar va normalarga mos kelmaydigan tovarlarni;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sertifikatga, markirovkaga yoki muvofiqlik belgisiga ega boʻlmagan tovarlarni olib kirish taqiqlanadi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi 422-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyulda qabul qilingan OʻRQ-162-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 353-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning ikkinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 27-moddaning matnidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” degan soʻzlar “tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “tuman, shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” degan soʻzlar “tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 425-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, №1, 2-modda) 4-moddasi 3-bandining 28-kichik bandidagi “veterinariya xizmati” degan soʻzlar “davlat veterinariya xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 510-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat hududidan tashqarida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshisidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi oʻn oltinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“21-modda. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi tuziladi.
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining daromadlari:
yagona ijtimoiy toʻlov tushumlarining belgilangan miqdori;
vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan tushgan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarining yetmish foizi keyinchalik tumanlar va shaharlar oʻrtasida qayta taqsimlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlari tasarrufida qoladi, oʻttiz foizi esa respublika darajasida markazlashtiriladi.
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari aholi bandligiga oid tegishli respublika, hududiy va boshqa maxsus dasturlarida belgilanadi”;
5) 23-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 25-modda yettinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 28-moddaning uchinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlaridan ajratiladigan moddiy yordam koʻrsatish tartibi, miqdorlari hamda shartlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi № 513-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-394-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda) 14-moddasining birinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) 51-moddasining birinchi qismidagi “davlat sanitariya va veterinariya nazorati organlari” degan soʻzlar “davlat sanitariya nazorati va davlat veterinariya xizmati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
oltinchi xatboshisidagi “hayvonlar saqlashning veterinariya-sanitariya qoidalariga” degan soʻzlar “veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarni, yolgʻiz keksa fuqarolarni, pensionerlarni va nogironlarni moliya organlari va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda aniqlaydi”;
2) 17-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 12-moddasi “m” bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“m) qariyalar, nogironlar va yolgʻiz fuqarolarga xizmat koʻrsatishda bevosita band boʻlgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli roʻyxat, IX qism)”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
“Firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Firibgarlik:
a) ancha miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Firibgarlik:
a) koʻp miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Firibgarlik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
“1841-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) 1927-moddaning dispozitsiyasidagi “nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar “pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“200-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa”;
1) X bobning nomidagi “veterinariya-sanitariya qoidalarini” degan soʻzlar “veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“1752-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish uncha koʻp boʻlmagan miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Uncha koʻp boʻlmagan miqdor deganda eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdor tushuniladi”;
4) quyidagi mazmundagi 1756-modda bilan toʻldirilsin:
“1756-modda. Budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish
Budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 2417-moddaning dispozitsiyasidagi “nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar “pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi “1753-moddalarida” degan soʻzlar “1753, 1756-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining ikki baravarigacha miqdorda;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 46-moddaning birinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 49-moddaning birinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 51-moddaning toʻrtinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 56-moddaning matnidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 59-moddaning birinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 71-moddaning birinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 117-moddaning ikkinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 137-moddaning ikkinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 225-moddaning uchinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 241-moddaning uchinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 16-moddaning beshinchi qismidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 17-moddaning uchinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar “sogʻliqni saqlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 22-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironlar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-sanitariya yordami olish, uyda parvarish qilinish, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz nogironlar, surunkali ruhiy kasalliklarga chalingan nogironlar esa nogironlar va qariyalar uchun moʻljallangan internat uylarida yashash huquqiga ega”;
5) 29-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi xatboshisining ruscha matnidagi “veterinarnim, fitosanitarnim normam i pravilam” degan soʻzlar “veterinarnim, veterinarno-sanitarnim, fitosanitarnim pravilam i normam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga” degan soʻzlar “veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddaning birinchi qismidagi “veterinariya” degan soʻz “veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga, yangi texnologiya jarayonlarini, uskunalarni joriy etishga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosi esa davlat veterinariya xizmati tomonidan oʻtkaziladigan veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasidan keyin va (yoki) mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi haqida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning sanitariya-epidemiologik xulosasi, davlat veterinariya xizmatining veterinariya xulosasi olinganidan hamda oziq-ovqat mahsuloti davlat reyestriga kiritilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi”;
4) 11-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chogʻida veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qoʻshimchalarni qoʻllashga ular belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi”;
“17-modda. Qoidalar va normalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish hamda uni yoʻq qilib tashlash
Yaroqlilik muddati oʻtgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin boʻlmagan, shuningdek sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari va (yoki) veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va sertifikatlashtirish sinovlari natijalariga koʻra davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlari tomonidan ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilish va realizatsiya qilinishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yoʻq qilib tashlanishi kerak”;
“Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlariga ushbu mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yoʻq qilib tashlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etadi”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 29-moddasi uchinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “zooveterinariya” degan soʻz “veterinariya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 604-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 25-moddasi uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “zooveterinariya” degan soʻz “veterinariya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 14-moddasining birinchi qismidagi “(yongʻinga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa)” degan soʻzlar “(yongʻinga qarshi, sanitariya, energetika nazorati, davlat veterinariya xizmati va boshqa)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi 820-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 217-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda) 35-moddasining birinchi xatboshisidagi “sanitariya-karantin, veterinariya” degan soʻzlar “sanitariya-karantin tekshiruvi, veterinariya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda) 28-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogiron bolalar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va oʻz uylarida parvarish qilinish huquqiga ega”.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-aprelda qabul qilingan “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-213-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 140-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi “sanitariya” degan soʻzdan keyin “veterinariya” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-263-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 6-moddaning beshinchi xatboshisidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini” degan soʻzlar “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga va oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslublari va texnologiyalaridan foydalanadi;
voyaga yetmaganlarning dam olishini, ijtimoiy muassasalarda tashkil etilgan toʻgaraklarda yoki markazlarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishini tashkil etishda ishtirok etadi;
nogiron bolalarni tibbiy-ijtimoiy yordam bilan taʼminlaydi, nogiron bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini rivojlantiradi;
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi”;
voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.
Mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-269-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 18-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-353-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-354-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 262-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning oltinchi xatboshisi “veterinariya” degan soʻzdan keyin “veterinariya-sanitariya” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
2) 7-moddaning sakkizinchi xatboshisi “veterinariya” degan soʻzdan keyin “veterinariya-sanitariya” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
3) 106-moddaning beshinchi qismidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvarda qabul qilingan “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-364-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan — sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi”;
3) 12-modda birinchi qismining oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari oʻz vakolatlari doirasida:
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini yuritadi, maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarga, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaxslarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaxslarning turmush va taʼminot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini yuritadi;
vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam koʻrsatadi;
vasiylikni yoki homiylikni tugatish toʻgʻrisida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, mazkur masalalarga doir ishlarni sud majlislarida koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha hamkorlik qiladi;
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari boʻyicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar koʻradi.
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
6) 16-moddaning birinchi qismidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.01.00.00 Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini taʼminlash sohasidagi umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“16-modda. Mehnat organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Mehnat organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
mehnat va aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
aholini ish bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi, ishsizlarni hisobga olishni va ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mehnat va aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;