toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2822]
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 12-dekabrdagi 80, 2011-34, 14-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2312, 2012-yil 11-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 2-son, 22-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 2012-yil 4-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 48-49-son, 554-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
61-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
2016-24-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
121-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-son qaroriga
ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar uchun soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etiladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda korxonalar deb yuritiladi), quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (ro‘yxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini;
mol-mulk solig‘ini;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 10-oktabrdagi 126, 2018-61 va 30-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2822-2, 08.11.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son)
yagona soliq to‘lovini;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga ko‘ra ushbu mahsulot ishlab chiqarishdan (ushbu xizmatlar ko‘rsatishdan) tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam bo‘lmagan korxonalar kiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (ro‘yxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
3. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi):
a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng (ekvivalent) bo‘lganda taqdim etiladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha va 3 million AQSH dollari bo‘lganda — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha va 10 million AQSH dollari bo‘lganda — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga;
b) quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalarni, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati mustasno. Bunday hududiy cheklov turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarga va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi;
(3-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 10-oktabrdagi 126, 2018-61 va 30-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2822-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son)
xorijiy investorlar tomonidan xususiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kamida 15 foizni tashkil etishi lozim;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo‘yish;
mazkur imtiyozlarning qo‘llanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Keyingi qonunchilik hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda, soliq imtiyozlari qancha muddatga berilgan bo‘lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-bob. Soliq imtiyozlarini qo‘llash
5. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan korxonalarga soliq imtiyozlari kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, 7 yildan oshmagan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan yangi tashkil etilgan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan oydan keyingi oyning 1-sanasigacha soliqlar to‘lashdan ozod etiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Imtiyozga doir huquq faqat qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda ustav kapitallarini (fondlarni) shakllantirgan korxonalarga taqdim etiladi. Bunda korxona soliq imtiyozlarini o‘z ustav kapitalini (fondini) shakllantirishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davr uchun qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 10-oktabrdagi 126, 2018-61 va 30-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2822-2, 08.11.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. 2016-yilning 1-yanvaridan avval tashkil topgan ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 15 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari xorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib belgilangan davr uchun soliqlar to‘lashdan ozod etiladi. Bunda, soliq imtiyozlaridan foydalanish muddatini hisoblash korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Masalan, ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 20 foiz bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati 2013-yilning 10-iyunida ro‘yxatdan o‘tgan. Ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 11 million AQSH dollarini tashkil etadi. U soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga, shu jumladan ustav kapitalida (fondida) xorijiy investitsiyaning hajmiga muvofiq keladi. Kiritilgan xorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar to‘lashdan 7 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Soliq imtiyozlari 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab berilishini hamda korxona 2013-yilning 10-iyunida ro‘yxatdan o‘tganligini inobatga olib, mazkur korxona 2016-yilning 1-yanvaridan 2020-yilning 1-iyuligacha soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqiga ega.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Agar korxona 2009-yilning 1-yanvarigacha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, bu korxonaga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi, chunki korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab 7 yil o‘tgan.
8. Agar korxona tashkil etilgandan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan) keyingi davrlarda soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelsa yoxud xorijiy investitsiyalar summasini oshirishsa (qo‘shimcha kiritishsa), ular imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab, biroq imtiyozlarni qo‘llash boshlangan kundan boshlab yetti yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga imtiyozni qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Mazkur band normalarini qo‘llashning shartli misollari mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Korxona soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan talablariga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, korxona belgilangan talablarga mos kelmagan davr uchun soliqlar umumbelgilangan tartibda, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda to‘lanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlari maqsadli xarakterga ega hamda soliq solishdan ozod etilgan mablag‘lar:
qayta investitsiyalashga — 50 foizdan kam bo‘lmagan;
korxona faoliyati bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga, mazkur mablag‘larni muassislar (ishtirokchilar) o‘rtasida taqsimlash bundan mustasno, — qolgan qismi yo‘naltiriladi.
Mazkur Nizomni qo‘llash maqsadida qayta investitsiyalash deganda mablag‘larni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi texnologik jihozni olish, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltirish tushuniladi.
Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
11. Soliq imtiyozlarini olgan korxona imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil o‘tmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o‘z mamlakatiga o‘tkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliq imtiyozlarining summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.
3-bob. Soliqlar imtiyozlarini taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organini yozma ravishda soliq imtiyozlarini qo‘llash sanasi boshlanishi haqida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xabardor qiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (ro‘yxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
13. Soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqi yo‘qotilgan taqdirda, korxona soliq davri mobaynida ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda imtiyoz huquqi yo‘qotilgan sana to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
14. Soliq to‘lovchilar taqdim etilgan soliq imtiyozlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
2016-yil 9-avgust
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TO‘RAYEV
2016-yil 9-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2016-yil 9-avgust
Oldingi tahrirga qarang.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
RO‘YXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
26.11.0 — elektron qismlar ishlab chiqarish;
26.12.0 — elektron yuklash panellari ishlab chiqarish;
26.20.0 — kompyuterlar va periferik uskunalar ishlab chiqarish;
26.30.0 — kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish;
26.40.0 — maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish;
26.51.0 — o‘lchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob- uskunalar ishlab chiqarish (radioelektron uskuna va asboblar qismida);
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga mo‘ljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish.
2. Yengil sanoat.
tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish:
13.20.1 — ip gazlama ishlab chiqarish;
13.20.2 — jun gazlama ishlab chiqarish;
13.20.9 — boshqa gazlamalar ishlab chiqarish;
13.91.0 — to‘qilgan va trikotaj polotno ishlab chiqarish;
tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to‘qimachilik galantereyasi ishlab chiqarish:
13.92.0 — kiyimdan tashqari tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
13.96.0 — boshqa texnik va sanoat to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
13.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
14.31.0 — to‘qilgan va trikotaj paypoq- noski mahsulotlari ishlab chiqarish;
14.39.0 — boshqa to‘qilgan va trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish;
14.12.0 — korjomalar ishlab chiqarish;
14.13.0 — boshqa ustki kiyimlar ishlab chiqarish;
14.14.0 — ichki kiyimlar ishlab chiqarish;
14.19.0 — boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish;
tabiiy terilar ishlab chiqarish, ko‘n-galantereya sanoati, poyabzal sanoati:
14.11.0 — charmdan kiyimlar ishlab chiqarish;
14.19.0 — boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish (mo‘ynali kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);
14.20.0 — mo‘ynali mahsulotlar ishlab chiqarish;
15.11.0 — terini oshlash va ishlov berish; mo‘ynaga ishlov berish va bo‘yash (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);
15.12.0 — chemodanlar, ayollar sumkalari va teridan boshqa buyumlar ishlab chiqarish;
15.20.0 — poyafzal ishlab chiqarish;
32.30.0 — sport tovarlari ishlab chiqarish (charmdan yasalgan sport tovarlari qismida);
32.50.0 — meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish (ortopedik poyafzallar qismida);
3. Ipakchilik sanoati.
shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish:
13.20.3 — ipak gazlama ishlab chiqarish.
Ushbu guruhga 13.92.0, 13.99.0, 14.31.0, 14.13.0, 14.14.0, 14.19.0 kodlari ipakdan tayyor buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida ko‘rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish:
16.21.0 — shpon, faner, yog‘ochdan plita va panellar ishlab chiqarish;
16.22.0 — yig‘ma parket qoplamalar ishlab chiqarish;
16.23.0 — boshqa yog‘och qurilish konstruksiyalari va duradgorlik buyumlari ishlab chiqarish;
20.30.0 — bo‘yoqlar, laklar va shu kabi bo‘yovchi moddalar, bosmaxona bo‘yoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;
22.21.0 — plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;
23.20.0 — o‘tga chidamli buyumlar ishlab chiqarish;
23.31.0 — keramik qoplama va plitalar ishlab chiqarish;
23.32.0 — g‘isht, cherepitsa va pishirilgan loydan boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish;
23.52.0 — ohak va qurilish uchun gips ishlab chiqarish;
23.61.0 — betondan qurilish uchun buyumlar ishlab chiqarish (penobeton qismida);
23.62.0 — qurilish maqsadlariga mo‘ljallangan gips buyumlar ishlab chiqarish;
23.63.0 — tayyor beton ishlab chiqarish;
23.64.0 — quruq beton qorishmalari ishlab chiqarish;
23.65.0 — tolali sement ishlab chiqarish;
23.70.0 — toshni kesish, ishlov berish va pardozlash;
23.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish.
5. Parranda go‘shti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
01.47.0 — parrandachilik.
6. Oziq-ovqat sanoati.
mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno):
10.32.0 — meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish;
10.61.0 — tegirmon- yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.62.0 — kraxmal va kraxmalli mahsulotlar ishlab chiqarish;
10.71.0 — non, xamirdan yangi tayyorlangan qandolat mahsulotlari, tort va pirojnoye ishlab chiqarish;
10.72.0 — suxari va pechenye, xamirdan tayyorlangan uzoq saqlanadigan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.73.0 — makaron mahsulotlari va shunga o‘xshash unli mahsulotlar ishlab chiqarish;
10.81.0 — shakar ishlab chiqarish;
10.82.0 — kakao, shokolad va sershakar qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.83.0 — choy va qahva ishlab chiqarish;
10.84.0 — ziravor va dorivorlar ishlab chiqarish;
10.86.0 — bolalar ovqati va parhez oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.31.0 — kartoshkani qayta ishlash va konservalash;
10.39.0 — mevalar va sabzavotlarni qayta ishlash va konservalashning boshqa turlari;
10.41.0 — o‘simlik va hayvonlar yog‘lari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yog‘laridan tashqari);
10.42.0 — margarin va ovqatga ishlatiladigan aralash yog‘lar ishlab chiqarish;
10.52.0 — muzqaymoq ishlab chiqarish.
7. Go‘sht-sut sanoati.
go‘sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog‘, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish:
10.13.1 — tuzlangan, quritilgan yoki dudlangan go‘sht, parranda go‘shti va ozuqaviy submahsulotlar ishlab chiqarish;
10.13.2 — kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.13.9 — boshqa toifalarga kiritilmagan go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.51.0 — sutni qayta ishlash va pishloq ishlab chiqarish;
10.41.0 — o‘simlik va hayvonlar yog‘lari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yog‘lari qismida).
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
10.20.0 — baliq, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarni qayta ishlash va konservalash.
9. Kimyo sanoati.
08.91.0 — kimyo sanoati va o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun mineral xom ashyolar qazib olish;
20.11.0 — sanoat gazlari ishlab chiqarish;
20.12.0 — bo‘yoq moddalar va pigmentlar ishlab chiqarish;
20.13.0 — boshqa asosiy noorganik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.14.0 — boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.15.1 — o‘g‘itlar ishlab chiqarish;
20.15.2 — azotli birikmalar ishlab chiqarish;
20.16.0 — birlamchi formalarda plastmassa ishlab chiqarish;
22.29.0 — boshqa plastmassa buyumlar ishlab chiqarish;
20.30.0 — bo‘yoqlar, laklar va shu kabi bo‘yovchi moddalar, bosmaxona bo‘yoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;
20.41.0 — sovun va yuvish vositalari, tozalash va sayqallash preparatlari ishlab chiqarish;
20.51.0 — portlovchi moddalar ishlab chiqarish;
20.52.0 — yelim ishlab chiqarish;
20.59.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.60.0 — sun’iy tolalar ishlab chiqarish;
22.21.0 — plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;
22.23.0 — qurilish uchun plastik buyumlar ishlab chiqarish;
23.14.0 — shisha tola ishlab chiqarish;
26.80.0 — axborot uzatishning magnit va optik vositalarini ishlab chiqarish.
10. Neft-kimyo sanoati.
20.17.0 — birlamchi formalarda sintetik kauchuk ishlab chiqarish;
22.11.1 — rezina shina, pokrishka va kameralar ishlab chiqarish;
22.19.0 — boshqa rezina buyumlar ishlab chiqarish;
11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
21.10.0 — asosiy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish;
21.20.0 — farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;
30.92.0 — velosipedlar va nogironlar aravachalari/kreslolari ishlab chiqarish;
32.50.0 — meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
17.21.0 — gofrirovka qilingan qog‘oz va karton, qog‘oz va karton tara (idish)lar ishlab chiqarish (qadoqlash materiallari qismida);
22.22.0 — tovarlar uchun plastik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish;
25.92.0 — yengil metallardan upakovka materiallari ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Ko‘mir sanoati:
ko‘mirni boyitish:
05.10.0 — toshko‘mir qazib olish (ko‘mirni boyitish qismida);
05.20.0 — lignit qazib olish (lignitni boyitish qismida);
ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish:
19.20.0 — neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish (ko‘mir va lignitdan briketlar ishlab chiqarish qismida);
slanets sanoati:
08.11.0 — qurilish va pardozlash uchun tosh, ohaktosh, gips, bo‘r va slanetslar qazib olish (yonuvchi slanets qismida).
15. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
24.10.0 — cho‘yan, po‘lat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;
24.31.0 — sovuq holda cho‘zish;
24.32.0 — tasma va tor tasmalarni sovuq holda prokatka qilish (yoyish);
24.33.0 — sovuq holda qoliplash yoki falsovka qilish;
24.34.0 — sovuq holda cho‘zib tortish yo‘li bilan sim ishlab chiqarish;
25.93.0 — simdan buyumlar, zanjirlar va prujinalar ishlab chiqarish;
25.94.0 — mahkamlash uchun va rezbali buyumlar ishlab chiqarish;
25.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.
mashinasozlik:
25.73.0 — asboblar ishlab chiqarish;
27.11.0 — elektr dvigatellar, generatorlar va transformatorlar ishlab chiqarish;
27.12.0 — elektr taqsimlovchi va boshqaruv apparaturalari ishlab chiqarish;
27.20.0 — batareya va akkumulyatorlar ishlab chiqarish;
27.33.0 — elektr asboblar ishlab chiqarish;
27.40.0 — elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish;
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.11.0 — aviatsiya uchun mo‘ljallanganidan tashqari dvigatellar va turbinalar, avtomobil va mototsikllar dvigatellari ishlab chiqarish;
28.12.0 — gidravlik va pnevmatik uskunalar ishlab chiqarish;
28.13.0 — boshqa nasos va kompressorlar ishlab chiqarish;
28.14.0 — boshqa jo‘mrak va ventillar ishlab chiqarish;
28.22.0 — ko‘tarma-transport uskunalari ishlab chiqarish;
28.25.0 — sanoat sovitish va ventilyatsiya uskunalari ishlab chiqarish;
28.29.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga mo‘ljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;
28.41.0 — bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.91.0 — metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.92.0 — tog‘-kon sanoati va yerosti konlari uchun texnika ishlab chiqarish;
28.95.0 — qog‘oz va karton tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.96.0 — plastmassa va rezinani qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga mo‘ljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
30.20.0 — temir yo‘l lokomotivlari va harakatdagi sostavlar ishlab chiqarish.
traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi:
28.30.0 — qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish;
28.93.0 — oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish (donni, urug‘lar va quruq dukkaklilarni tozalash, saralash yoki maydalash uchun uskunalar qismida);
28.22.0 — ko‘tarma-transport uskunalari ishlab chiqarish (fermalarda foydalanish uchun konveyerlar ishlab chiqarish qismida);
qurilish, yo‘l va kommunal mashinasozlik:
25.30.0 — markaziy isitish qozonlaridan tashqari bug‘ qozonlari ishlab chiqarish;
28.92.0 — tog‘-kon sanoati va yerosti konlari uchun texnika ishlab chiqarish;
yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi:
27.51.0 — maishiy elektr asboblar ishlab chiqarish;
27.52.0 — maishiy noelektr asboblar ishlab chiqarish;
28.21.0 — plita, pechka va pechka gorelkalari ishlab chiqarish;
28.93.0 — oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.94.0 — to‘qimachilik, tikuvchilik, mo‘ynali va charm buyumlarni tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga mo‘ljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari va sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun irradiatsion uskunalar ishlab chiqarish qismida).
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
23.91.0 — abraziv buyumlar ishlab chiqarish;
24.10.0 — cho‘yan, po‘lat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;
25.73.0 — asboblar ishlab chiqarish;
26.51.0 — o‘lchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob- uskunalar ishlab chiqarish;
26.52.0 — soatlar ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;
26.70.0 — optika asboblari va fotografiya uskunalari ishlab chiqarish;
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.15.0 — podshipniklar, tishli g‘ildiraklar, tishli uzatma va yuritmalarning elementlarini ishlab chiqarish;
28.24.0 — qo‘l elektr asboblari ishlab chiqarish;
28.29.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga mo‘ljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;
28.41.0 — bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.49.0 — boshqa metallga ishlov beradigan dastgohlar ishlab chiqarish;
28.91.0 — metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
30.91.0 — mototsikllar ishlab chiqarish.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
23.11.0 — listlangan shisha ishlab chiqarish;
23.12.0 — listlangan shishani qoliplash va ishlov berish;
23.13.0 — kovak shisha buyumlar ishlab chiqarish;
23.19.0 — boshqa shisha buyumlarni, jumladan texnik buyumlarni, ishlab chiqarish va ishlov berish;
23.41.0 — maishiy va dekorativ keramik buyumlar ishlab chiqarish;
23.49.0 — boshqa keramik buyumlar ishlab chiqarish.
19. Mikrobiologiya sanoati.
10.91.0 — fermalarda boqiladigan hayvonlar uchun tayyor ozuqa ishlab chiqarish;
20.14.0 — boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.20.0 — pestitsidlar va boshqa agrokimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.30.0 — bo‘yoqlar, laklar va shu kabi bo‘yovchi moddalar, bosmaxona bo‘yoqlari va mastikalar ishlab chiqarish.
20. O‘yinchoqlar ishlab chiqarish.
32.40.0 — o‘yin va o‘yinchoqlar ishlab chiqarish.
21. Turizm.
mehmonxona xizmatlari:
55.10.0 — mehmonxonalar va shunga o‘xshash yashash joylari.
turistik xizmatlar:
79.11.0 — turistik agentliklar faoliyati;
79.12.0 — turoperatorlar faoliyati;
79.90.0 — joy bron qilish bo‘yicha xizmatlarning boshqa turlari va ular bilan bog‘liq xizmatlar (turistik xizmatlar qismida).
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (ro‘yxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Korxona tashkil etilgandan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan) keyin yoxud kiritilgan xorijiy investitsiyalar summasini oshirganda soliq imtiyozlarini qo‘llashning
SHARTLI MISOLLARI
1-misol.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga (ustav kapitali (fondi) 200 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya hajmidan tashqari) muvofiq keladigan 2015-yilning 12-yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2016-yilning 20-yanvarida ustav kapitalini (fondini) 5 million AQSH dollarigacha oshirdi. Kiritilgan xorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Mazkur korxona 5 yil muddat ichida 2016-yilning 1-fevralidan 2021-yilning 1-fevraligacha soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqiga ega.
(1-misol O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
2-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qo‘llaydi. 2015-yilning 10-yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 3,1 million AQSH dollarigacha oshirdi, ya’ni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi, bu unga soliq imtiyozlarini qo‘llash muddatini yana 2 yilga uzaytirishga imkoniyat beradi. Shunday qilib, mazkur korxona uchun soliq imtiyozlarini qo‘llashning umumiy muddati 5 yilni 2012-yilning 16-yanvaridan boshlab 2017-yilning 1-fevraligacha tashkil etadi.
3-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 yil ichida (2012-yilning 16-yanvaridan 2015-yilning 1-fevraligacha) soliq imtiyozlarini qo‘llaydi. 2016-yilning 12-dekabrida u ustav kapitalini (fondini) 11 million AQSH dollarigacha oshirdi, ya’ni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri tugagandan so‘ng yuz berdi. Shunday qilib, mazkur korxona soliq imtiyozlarini 2017-yilning 1-yanvaridan 2019-yilning 1-fevraligacha qo‘llashni davom ettirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
4-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qo‘llaydi. 2015-yilning 16-yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 600 ming AQSH dollarigacha oshirdi, ya’ni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi. Biroq ustav kapitali 3 million AQSH dollaridan kam bo‘lganligi, uch yillik imtiyoz davri tugaganligi uchun bu unga soliq imtiyozlarini qo‘llash muddatini yana uzaytirishga imkoniyat bermaydi. Shunday qilib, mazkur korxona uchun soliq imtiyozlarini qo‘llashning umumiy muddati 3 yilni 2012-yilning 16-yanvaridan boshlab 2015-yilning 15-fevraligacha tashkil etadi.
5-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2010-yilning 16-yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqiga ega. Biroq, korxona 2010-2015-yillarda boshqa soliq imtiyozlarni qo‘llagan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlarini qo‘llamagan. Bunday holatda korxona yuqorida ko‘rsatilgan Farmon asosida imtiyozni qo‘llamaganligiga qaramasdan, unga ularni qo‘llash huquqi berilmaydi. Shunday qilib, korxona tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan Farmon asosida soliq imtiyozlarini qo‘llash uchun korxonaning ustav kapitalini (fondini) 3 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish lozim.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (ro‘yxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
Oldingi tahrirga qarang.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan soliq imtiyozlarini qo‘llash to‘g‘risida
‎XABARNOMA

________________________________________________________________________________________ joylashgan
‎‎‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), ko‘cha nomi va uy (kvartira) raqami)

___‎‎_____________________________________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ ‎(asosiy (soha) faoliyat turi)‎

______________________________________________________________________________________ yuridik shaxs,

‎‎(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

Sizni ________________________ dan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son

‎‎‎‎‎‎(data)‎

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llashi haqida xabardor qiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________ AQSH dollarini tashkil etadi.

‎‎(summa yozuv bilan)

Ushbu bilan investitsiyalar O‘zbekiston Respublikasining kafilligisiz amalga oshirilayotganligi tasdiqlaymiz.

__________________________________________________________________________________ ga taqdim etiladi.
‎‎‎‎‎‎(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)‎
Izoh:
Mazkur xabarnoma soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma (ikki nusxada), shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi. Xabarnoma yozma shaklda taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qo‘yadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi, investitsiyalar O‘zbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tasdiqnomasi, shuningdek to‘liq shakllantirilgan ustav kapitali (fondi) va korxonaning ustav kapitalida (fondida) xorijiy investorning ulushi to‘g‘risida tasdiqnoma tegishli organ va tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organining yozma murojaati bo‘yicha taqdim etiladi.
(izoh qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni
‎jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan soliq
imtiyozlariga huquq yo‘qotilganligi to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA

‎‎______________________________________________________________ joylashgan

‎‎‎‎‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), ko‘cha nomi va uy (kvartira) raqami)

‎‎_______________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

‎‎‎‎(asosiy (soha) faoliyat turi)

‎‎____________________________________________________________ yuridik shaxs,

‎‎‎‎(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

‎‎Sizni ____________ dan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi

‎‎(sana)‎

‎‎PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqini yo‘qotganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

‎‎ ________________________________________________________ ga taqdim etiladi.

‎‎‎‎‎‎(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

Izoh:
Mazkur xabarnoma soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qo‘yadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 34-son, 407-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son; 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)