toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining
Qarori
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2822-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24, 121-son qarori (roʻyxat raqami 2822, 2016-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-aprel,
52-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-aprel,
2019-19-son
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-aprel,
8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-son qaroriga
ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan “va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1-banddan beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
3. 6-bandning birinchi xatboshisidan “va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan va 2-ilovadan “va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 9-banddan “va majburiy ajratmalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 3 va 4-ilovalardan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)