OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
Toʻgʻridan - toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2312-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-sonli “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 15-son, 167-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 12-dekabrdagi 80, 2011-34, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2312, 2012-yil 11-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 2-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-noyabr,
81-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-noyabr,
2012-32-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 6-noyabr,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-son qaroriga ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:”.
2. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga koʻra mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishdan tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam boʻlmagan korxonalar kiradi.
3. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan butun korxonaga tatbiq etiladi.”.
korxonalarni respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno;
xorijiy investorlar tomonidan xususiy toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
mazkur imtiyozlarning qoʻllanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish;”.
“Soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlarni taqdim etish natijasida olingan daromadning kamida 50 foizi, ularni qoʻllash muddati mobaynida, korxonani yanada rivojlantirish maqsadida takroriy investitsiyalashga yoʻnaltiriladi.”.
birinchi xatboshidagi “Agar korxona hisobot yili yakuni boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tarmoqqa mansublik tasnif koʻrsatkichiga (XXTUT kodi) taalluqli boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashmasa” degan soʻzlar “Agar korxona hisobot yili yakuni boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashmasa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “50 foizdan” degan soʻzlar “33 foizdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 1-ilova ushbu oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
7. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
2012-yil 6-noyabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2012-yil 6-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2012-yil 6-noyabr
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
ROʻYXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasiga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish:
XXTUT:
14322 — elektr oʻlchov priborlarini ishlab chiqarish (elektron oʻlchov priborlari qismida);
14323 — radio oʻlchov priborlarini ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish;
14750 — radiosanoat;
14760 — aloqa vositalari sanoati;
14771 — elektronika sanoati (maxsus texnologik uskunalarni ishlab chiqarish kirmaydi);
14772 — maxsus texnologik uskunalarni ishlab chiqarish (nazorat-sinov uskunalari qoʻshilgan holda).
2. Yengil sanoat:
Tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish.
XXTUT:
17116 — ip gazlama sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ip, iplar, momiq, texnik gazlamalar ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi);
17121 — jun sanoati (aholi buyurtmalari boʻyicha gilamlar va gilam mahsulotlari ishlab chiqarishni qoʻshmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan jun, adyol, gilamlar va gilam buyumlarini ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda) — (trikotaj gazlama qismida).
Tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasini ishlab chiqarish.
XXTUT:
17141 — toʻqimachilik attorlik mollarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod trikotaj gazlama ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi);
17210 — tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda).
Tabiiy terilar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17310 — tabiiy terilar ishlab chiqarish.
Koʻn-galantereya sanoati.
XXTUT:
17341 — tabiiy va sunʼiy charmdan yoʻl uchun va galantereya (attorlik) buyumlarini ishlab chiqarish;
17361 — moʻynalar va moʻyna buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda) — (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida).
Poyabzal sanoati.
XXTUT:
17371 — poyabzal ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda).
3. Ipakchilik sanoati:
Shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17131 — ipakchilik sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ipak, shoyi iplar va hokazolarni ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi).
Bundan tashqari, mazkur guruhga 17141, 17151, 17210 kodlari shoyi buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
12170 — oʻtga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish (oʻtga chidamli mineral tolali plitalar qismida);
13142 — polimer materiallardan plyonkalar, quvurlar va listlar ishlab chiqarish;
15230 — yogʻoch-taxtadan va yogʻoch plitalardan qurilish detallarini ishlab chiqarish;
15250 — fanera ishlab chiqarish;
16120 — asbotsement buyumlari ishlab chiqarish;
16162 — qurilishbop sopol ishlab chiqarish;
16170 — polimer xomashyosidan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish;
16212 — tabiiy toshdan qoplovchi materiallar ishlab chiqarish;
16222 — sunʼiy gʻovakli toʻldiruvchilar ishlab chiqarish va tabiiylarini qayta ishlash;
16232 — ohak, gips va boshqa mahalliy bogʻlovchi materiallar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish;
16240 — issiqlik izolatsiyasi materiallari sanoati;
16271 — tovar beton va qurilish qorishmasini ishlab chiqarish;
16273 — boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarish.
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish:
Mahalliy xomashyodan ishlab chiqariladigan tayyor oziq-ovqat mahsuloti qismida (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan tashqari).
XXTUT:
18111 — shakar sanoati;
18113 — non ishlab chiqarish sanoati;
18114 — qandolatchilik sanoati;
18115 — makaron sanoati;
18121 — yogʻ-moy sanoati (yuvuvchi vositalarni ishlab chiqarishdan tashqari);
18151 — meva-sabzavot sanoati (meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishlarsiz);
18152 — meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarish;
18191 — oziq-ovqat konsentratlarini ishlab chiqarish (tayyor mahsulot qismida).
7. Goʻsht-sut sanoati:
Goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyogʻ, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
18211 — goʻsht sanoati (yelimjelatin sanoatisiz);
18221 — yogʻ-pishloq, pishloq va sut sanoati (sut konservalarini ishlab chiqarishsiz);
18222 — sut konservalarini ishlab chiqarish.
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
XXTUT:
18300 — baliq sanoati — (baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash qismida).
9. Kimyo sanoati.
XXTUT:
13101 — togʻ-kimyo sanoati;
13111 — azot sanoati;
13112 — fosfatli oʻgʻitlar va boshqa noorganik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish;
13113 — soda sanoati;
13114 — xlor sanoati;
13115 — yod-brom sanoati;
13116 — asosiy kimyoning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13120 — tola va kimyoviy ip sanoati;
13130 — sunʼiy smola va plastik massa sanoati;
13141 — plastmassa buyumlar ishlab chiqarish (gramplastinkalar, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar kirmaydi);
13142 — polimer plyonka, quvur va listlar ishlab chiqarish;
13143 — uzluksiz shisha tola va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13144 — shishaplastiklar va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13145 — gramplastinka, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar ishlab chiqarish;
13146 — polimer transport taralar ishlab chiqarish;
13150 — lak-boʻyoq sanoati;
13160 — kimyoviy reaktivlar va alohida sof moddalar sanoati;
13170 — sunʼiy boʻyoqlar sanoati;
13180 — kimyo-fotografiya sanoati;
13190 — maishiy kimyo sanoati;
13199 — kimyo sanoatining boshqa tarmoqlari.
10. Neft-kimyo sanoati.
XXTUT:
13310 — sunʼiy kauchuk ishlab chiqarish;
13320 — asosiy organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish;
13330 — texnik uglerod ishlab chiqarish;
13351 — shina ishlab chiqarish;
13361 — rezino-texnik buyumlar sanoati;
13362 — asbest-texnik buyumlar sanoati;
13363 — rezina poyabzal ishlab chiqarish - (rezina poyabzal ishlab chiqarish qismida);
13364 — rezinadan keng isteʼmol mollari ishlab chiqarish.
11.Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
19310 — kimyo-dorivorlik (farmatsevtika) sanoati;
19320 — tibbiyot texnikasi (anjomlari) sanoati;
19330 — shisha, chinni va plastmassdan tibbiyot buyumlar ishlab chiqarish;
19760 — veterinariya uchun shifobaxsh dori-darmonlarni ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Koʻmir sanoati.
XXTUT:
11320 — koʻmirni boyitish;
11330 — koʻmir briketlarini ishlab chiqarish;
11410 — slanets sanoati.
15. Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
XXTUT:
12150 — elektroferroquymalar ishlab chiqarish;
12190 — ishlab chiqarishga moʻljallangan metall buyumlarni ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.
Mashinasozlik.
XXTUT:
14101 — ogʻir, energetika va transport mashinasozligi;
14111 — turbinasozlik;
14112 — qozonsozlik;
14120 — dizelsozlik;
14130 — metallurgiya mashinasozligi;
14140 — kon-shaxta va kon-ruda mashinasozligi;
14151 — kranlar ishlab chiqarish (qurilish kranlarisiz);
14152 — qurilish kranlari ishlab chiqarish;
14153 — uzluksiz transport uskunalari ishlab chiqarish;
14154 — lift ishlab chiqarish;
14155 — avto va elektr yuklagichlar ishlab chiqarish;
14156 — boshqa turdagi koʻtarish-tashish, yuklash-tushirish va omborbop uskunalar ishlab chiqarish;
14160 — temir yoʻl mashinasozligi;
14171 — elektrotexnik mashinalar, uskunalar, apparatura va ishlab chiqarishga moʻljallangan buyumlar ishlab chiqarish;
14172 — kabel sanoati;
14173 — elektrolampa sanoati;
14174 — elektroizolatsiya sanoati;
14175 — akkumulyator va element sanoati;
14176 — elektr payvandlash uskunalarini ishlab chiqarish;
14181 — kimyo mashinasozligi;
14182 — polimer mashinasozligi;
14183 — neft qazish va geologiya-qidiruv, burgʻulash uskunalari ishlab chiqarish;
14184 — neft va gazni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14185 — sellyuloza-qogʻoz sanoati uskunalarini ishlab chiqarish;
14186 — kompressor mashinasozligi;
14187 — sovitgichlar mashinasozligi;
14191 — vakuumli nasos va agregatlar ishlab chiqarish;
14192 — kislorod va kriogen mashinasozligi;
14193 — metallarga gaz alangasida ishlov berish va buyumlarni metallashtirish uskunalari ishlab chiqarish;
14194 — nasoslar ishlab chiqarish;
14195 — sanoatbop quvurli oʻtkazgich armaturasi ishlab chiqarish;
14196 — gaz tozalash va chang tutish uskuna va apparaturalari ishlab chiqarish;
14197 — boʻyash uskunalari ishlab chiqarish.
Traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi.
XXTUT:
14410 — traktor mashinasozligi;
14420 — qishloq xoʻjalik mashinasozligi;
14430 — chorvachilik va ozuqa yetishtirish mashinasozligi.
Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik.
XXTUT:
14511 — yoʻlsozlik va yer qazish mashinasozligi;
14512 — qurilish mashinalari ishlab chiqarish;
14520 — qurilish materiallari sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14531 — yogʻoch tayyorlash sanoati va melioratsiya ishlari uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14532 — torf sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14541 — kommunal xoʻjalik uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14542 — maishiy xizmat korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqarish.
Yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.
XXTUT:
14611 — toʻqimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14612 — tikuvchilik va toʻqimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14613 — poyabzal, charm, moʻyna va charm-galantereya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14614 — kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14620 — oziq-ovqat va omuxta yem sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14630 — savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14640 — poligrafiya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14651 — tikuv va maishiy elektr mashinalari va priborlari ishlab chiqarish (maishiy sovutgich va muzlatgichlar kirmaydi);
14652 — maishiy sovutgich va muzlatgichlar ishlab chiqarish;
14711 — sanitar-texnik uskunalari ishlab chiqarish;
14712 — gaz uskunasi va apparaturalari ishlab chiqarish;
14720 — aviatsiya sanoati;
14730 — mudofaa sanoati;
14740 — kemasozlik sanoati;
14781 — ishlab chiqarishga moʻljallangan uskunalar ishlab chiqarish (arava-ulov va oyna sanoati uskunalari kirmaydi);
14782 — montaj qilinadigan yarim mahsulotlar, qism va detallar ishlab chiqarish;
14783 — oyna sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish.
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
XXTUT:
14210 — metall qirquvchi dastgohlar ishlab chiqarish;
14220 —yogʻochni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14230 — temirchilik-presslash uskunalari ishlab chiqarish;
14240 — quyuv uskunalari ishlab chiqarish;
14251 — metall va yogʻochga ishlov beruvchi asboblarni ishlab chiqarish;
14252 — texnologik jihozlar ishlab chiqarish;
14253 — sunʼiy olmos, abraziv materiallar va ulardan asboblar ishlab chiqarish sanoati;
14254 — mexanik payvandlash uskunalari ishlab chiqarish;
14291 — yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;
14292 — umummashinasozlikda qoʻllaniladigan buyumlar ishlab chiqarish;
14293 — qora va rangli metalldan fasonli quymalar tayyorlash uchun qolip materiallari ishlab chiqarish;
14321 — texnologik jarayonlarni nazorat qilish va sozlash priborlari ishlab chiqarish;
14322 — elektr oʻlchov priborlari ishlab chiqarish;
14323 — radio oʻlchov priborlari ishlab chiqarish;
14324 — optik va optiko-mexanik priborlar va apparatlarni ishlab chiqarish;
14325 — mexanik kattaliklarni oʻlchash priborlarini ishlab chiqarish;
14326 — vaqt priborlari ishlab chiqarish;
14327 — injenerlik va boshqaruv mehnatini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish priborlari ishlab chiqarish;
14328 — tabiiy kuzatuvlar uchun priborlar ishlab chiqarish;
14329 — tibbiyot, fiziologiya va biologiyaga oid priborlar ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;
14332 — texnik eltuvchilar (nositel) ishlab chiqarish;
14333 — dasturiy vositalar ishlab chiqarish;
14341 — avtomobil, avtobus, trolleybuslar hamda avtomobil va traktorlarga tirkama(pritsep)lar ishlab chiqarish;
14342 — mototsikl va velosiped ishlab chiqarish;
14343 — avtomobil va traktorlar uchun elektr uskunalari va priborlar ishlab chiqarish;
14344 — boshqa uskuna va asboblarni ishlab chiqarish;
14350 — podshipnik sanoati.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
Shisha sanoati.
XXTUT:
16512 — qurilish va texnik shisha ishlab chiqarish;
16513 — shisha idishlar ishlab chiqarish;
16514 — shisha idishlar va shishadan xoʻjalik-roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarish;
16515 — elektrotexnik va elektrovakuum shishalarini ishlab chiqarish;
16516 — kimyo-laboratoriya idishlarini ishlab chiqarish.
Chinni-fayans sanoati.
XXTUT:
16551 — chinni va fayansdan xoʻjalik-roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarish;
16552 — kulolchilik xoʻjalik-roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarish.
19. Mikrobiologiya sanoati.
XXTUT:
19111 — uglevodorod xomashyosidan ozuqali oqsil moddalari ishlab chiqarish;
19112 — gidroliz sanoati;
19121 — aminokislotalarni va ferment preparatlarini ishlab chiqarish;
19122 — notibbiy maqsaddagi antibiotiklarni, ozuqali darmondorilar (vitamin), premiks, bakteriyali oʻgʻitlar va oʻsimliklarni mikrobiologik himoya vositalarini ishlab chiqarish;
19123 — erituvchilarni ishlab chiqarish.
20. Oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
19770 — oʻyinchoqlarni (rezina oʻyinchoqlardan tashqari) ishlab chiqarish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)