1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1948-11]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
15/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/3-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “imzo” degan soʻz “imzolar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bank mijozga hisobvaraq ochishni rad etadi.”.
3. 31-bandning “b” kichik bandidagi “imzolar va muhr izi qoʻyilgan varaqcha” degan soʻzlar “imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“33. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxslarning ikkita roʻyxatini tasdiqlaydi. Birinchi roʻyxatga buxgalteriya hisobi subyektida rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Agar buxgalteriya hisobi subyekti rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini oʻz zimmasiga olgan boʻlsa, u holda har ikkala roʻyxatda ham oʻzini koʻrsatadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaligi boshligʻi va yakka tartibdagi tadbirkor dumaloq muhri boʻlmagan hollarda, oʻz imzolari namunalarini taqdim etadi.
Toʻlovga taqdim etiladigan cheklarning raqamlarini tekshirish maqsadida bank mijozlarga bergan pul cheklari raqamlarini bankka topshirilgan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchada qayd etadi.”.
“Birinchi imzo huquqi ikkinchi imzo huquqiga ega boʻlgan bosh buxgalter yoki boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas, buxgalteriya hisobi subyekti rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini oʻz zimmasiga olgan hollar bundan mustasno.”.
6. 41-banddagi “imzolari namunalari qoʻyilgan varaqcha” degan soʻzlar “imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 54-banddagi “imzo” degan soʻz “imzolar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 294-modda)