1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Parlament nazorati toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 31-martda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04]
Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
Parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi);
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, komissiyalari;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari (bundan buyon matnda fraksiyalar, deputatlar guruhlari deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).
4-modda. Parlament nazorati obyekti
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati parlament nazorati obyektidir.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat parlament nazoratining obyekti boʻlishi mumkin emas.
5-modda. Parlament nazorati shakllari
Parlament nazorati shakllari quyidagilardan iborat:
navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) qabul qilish, shuningdek Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;
Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
6-modda. Davlat budjetini qabul qilish
Davlat budjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis palatalariga kiritiladi.
Davlat budjeti loyihasi fraksiyalarda, deputatlar guruhlarida, Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi, ular Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
Davlat budjeti loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish chogʻida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjeti loyihasi parametrlari bilan bogʻliq qoʻshimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.
Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi fraksiyalardan, deputatlar guruhlaridan, Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridan kelib tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi hamda Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish masalasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Qonunchilik palatasi Davlat budjeti loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.
Fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilayotganda u fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin.
7-modda. Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi.
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini koʻrib chiqadi. Uni koʻrib chiqish chogʻida Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining fikrlari va takliflari, masʼul qoʻmitaning xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.
Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar, deputatlar guruhlari joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
8-modda. Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish
Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
9-modda. Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti qonunga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Bosh vazirning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasi, Senat majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
10-modda. Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi Qonunchilik palatasi tomonidan fraksiyalar, deputatlar guruhlarining tashabbusiga koʻra, Senat tomonidan esa, qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
Senat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻz faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, qaror Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumat aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 331-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 230-moddasi.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay oʻz majlisida Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar, deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
Senat har yili oʻz majlisida Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 333-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 262-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 325-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 54-moddasi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 323-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 55-moddasi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
14-modda. Parlament soʻrovi
Qonunchilik palatasi, Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
Parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qoʻmitalar, fraksiyalar, deputatlar guruhlari tomonidan, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan, Senat koʻrib chiqishi uchun esa, qoʻmitalar tomonidan, shuningdek Senat aʼzolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga ogʻzaki javobni tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida palatalar belgilagan muddatda beradi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Parlament soʻroviga yozma javob Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari tegishli palataning majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat aʼzolariga yuboriladi.
Parlament soʻroviga javob tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi, Senat parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 22-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi”, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 52-moddasi.
15-modda. Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovi
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, Senat aʼzosi esa, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
16-modda. Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq oʻz majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
17-modda. Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz ish rejalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganadi. Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari oʻrganish davomida davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika maʼlumotlarini va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Qonunchilik palatasi, Senat koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin.
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan komissiya tuzadi.
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 266-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
19-modda. Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish
Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ular ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuziladi.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 328-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 55-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 153-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqish tartibi”.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) parlament nazoratini “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
21-modda. Parlament nazorati natijalari
Parlament nazorati subyektlari oʻz vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari boʻyicha:
hukumat aʼzosini isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taklif kiritishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasining beshinchi qismi.
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan takliflar va tavsiyalar kiritishi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan maʼruzalarni, hisobotlarni, axborotni hamda boshqa materiallarni ular yuzasidan mulohazalar va takliflarni koʻrsatgan holda ushbu organlarga maromiga yetkazish uchun belgilangan tartibda qaytarib yuborishi;
parlament nazorati materiallarini vakolatli davlat organlariga oʻz vakolatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun yuborishi;
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;
mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar va tavsiyalar kiritishi;
parlament nazorati subyektlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning koʻrib chiqilishi va ijro etilishini taʼminlaydi;
parlament nazorati natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
takliflar va tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari hamda ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida parlament nazorati subyektlariga xabar qiladi;
qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻradi.
23-modda. Parlament nazorati subyektlarining majburiyatlari
Parlament nazoratini amalga oshirishda parlament nazorati subyektlari:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini hamda ularning mansabdor shaxslarini parlament nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar bilan tanishtirishi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi shart.
parlament nazorati amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi;
parlament nazorati subyektlariga parlament nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi, shuningdek ularning ishonchliligi va xolisligini taʼminlashi shart.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament nazorati subyektlarining parlament nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarini koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari hamda koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ularni belgilangan muddatda xabardor qilishi shart.
25-modda. Parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqishning ochiqligi va oshkoraligi
Parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular organlarining majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Majlislarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin.
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi, Senat va ularning organlari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Parlament nazorati natijalari ommaviy axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining, Senatning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 7 va 9-moddalari.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
26-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 12-apreldagi 71 (6506)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-aprel,
OʻRQ-403-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 141-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)