1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Parlament nazorati toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 31-martda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04]
Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
Parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi);
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, komissiyalari;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi);
(3-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qonunchilik palatasi deputatlari;
Senat aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati parlament nazorati obyektidir.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat parlament nazoratining obyekti boʻlishi mumkin emas.
5-modda. Parlament nazorati shakllari
Parlament nazorati shakllari quyidagilardan iborat:
navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) qabul qilish, shuningdek Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish;
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi OʻRQ-527-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish;
Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish;
(5-moddaning birinchi qismi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;
Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
6-modda. Davlat budjetini qabul qilish
Davlat budjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis palatalariga kiritiladi.
Davlat budjeti loyihasi fraksiyalarda, Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi, ular Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat budjeti loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish chogʻida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjeti loyihasi parametrlari bilan bogʻliq qoʻshimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi fraksiyalardan, Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridan kelib tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi hamda Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish masalasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qonunchilik palatasi Davlat budjeti loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.
Fraksiyalarning, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
(6-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilayotganda u fraksiyalarning, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin.
(6-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Davlat budjetining loyihasi boʻyicha qaror Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti koʻrib chiqish uchun Senatga yuboriladi.
Senatga kelib tushgan Davlat budjeti Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Davlat budjeti yuzasidan qaror Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
7-modda. Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi.
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini koʻrib chiqadi. Uni koʻrib chiqish chogʻida Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning fikrlari va takliflari, masʼul qoʻmitaning xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
(7-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
8-modda. Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish
Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
81-modda. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish
Bosh vazir hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
(81-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qonunchilik palatasi, Senat Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi, Senat qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi OʻRQ-527-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
9-modda. Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti qonunga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi.
Fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Bosh vazirning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasi, Senat majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
10-modda. Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi Qonunchilik palatasi tomonidan fraksiyalar tashabbusiga koʻra, Senat tomonidan esa, qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Senat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻz faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Senat har yili Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda eshitadi.
(10-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, qaror Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumat aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 331-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 230-moddasi.
101-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta oʻz majlisida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat aʼzolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi savollar roʻyxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat aʼzolarini belgilaydi.
“Hukumat soati” yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.
102-modda. Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati]
Senat oʻz majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan uning qoʻmitalari tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi.
(101-102-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar shuningdek Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
Senat har yili oʻz majlisida Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 333-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 262-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 325-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 54-moddasi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 323-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 55-moddasi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
Qonunchilik palatasi, Senat davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qoʻmitalar, fraksiyalar tomonidan, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan, Senat koʻrib chiqishi uchun esa, qoʻmitalar tomonidan, shuningdek Senat aʼzolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga ogʻzaki javobni tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida palatalar belgilagan muddatda beradi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Parlament soʻroviga yozma javob Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari tegishli palataning majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat aʼzolariga yuboriladi.
Parlament soʻroviga javob tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi, Senat parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 22-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi”, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 52-moddasi.
15-modda. Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovi
Qonunchilik palatasi deputati davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, Senat aʼzosi esa, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 321-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 249-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi”, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 311-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 52-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi.
16-modda. Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq oʻz majlislarida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 18-moddasining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 334-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 258-moddasi toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 18-moddasining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 326-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti” 56-moddasining uchinchi qismi.
17-modda. Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz ish rejalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganadi. Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari oʻrganish davomida davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika maʼlumotlarini va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Qonunchilik palatasi, Senat koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish Oliy Majlis palatalari kengashlarining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
18-modda. Parlament tekshiruvi
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan komissiya tuzadi.
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilish.
(18-moddaning uchinchi qismi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Komissiya Oliy Majlis palatalarining qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Komissiya bajarilgan ish toʻgʻrisida Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 266-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
19-modda. Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish
Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ular ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuziladi.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 328-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 55-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 153-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqish tartibi”.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) parlament nazoratini “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
21-modda. Parlament nazorati natijalari
Parlament nazorati subyektlari oʻz vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari boʻyicha:
hukumat aʼzosini isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taklif kiritishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasining beshinchi qismi.
tegishli davlat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan maʼruzalarni, hisobotlarni, axborotni hamda boshqa materiallarni ular yuzasidan mulohazalar va takliflarni koʻrsatgan holda ushbu organlarga maromiga yetkazish uchun belgilangan tartibda qaytarib yuborishi;
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli davlat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;
(21-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(22-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
parlament nazorati subyektlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning koʻrib chiqilishi va ijro etilishini taʼminlaydi;
parlament nazorati natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
takliflar va tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari hamda ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida parlament nazorati subyektlariga xabar qiladi;
qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻradi.
(22-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
davlat organlarini, xoʻjalik boshqaruvi organlarini hamda ularning mansabdor shaxslarini parlament nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar bilan tanishtirishi;
(23-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
(23-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi;
(23-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi shart.
24-modda. Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlari
(24-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Parlament nazorati subyektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari:
(24-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
parlament nazorati amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi;
parlament nazorati subyektlariga parlament nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi, shuningdek ularning ishonchliligi va xolisligini taʼminlashi shart.
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament nazorati subyektlarining parlament nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarini koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari hamda koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ularni belgilangan muddatda xabardor qilishi shart.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
241-modda. Parlament nazorati subyektlariga Vazirlar Mahkamasining koʻmaklashishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili parlament nazorati subyektlariga Vazirlar Mahkamasining koʻmaklashishini taʼminlaydi, xususan:
Davlat budjeti loyihasining Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun taqdim etilishini taʼminlaydi;
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotning Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
zarur boʻlganda Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini Oliy Majlis palatalari tomonidan eshitishni tashkil etish choralarini koʻradi;
hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishni tashkil etish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining yoki Senat aʼzosining soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oliy Majlis palatalari qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqning qoʻllanilish amaliyotini Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari tomonidan oʻrganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha choralar koʻradi, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mazkur yoʻnalishdagi boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etilishi, Oliy Majlis palatalarining, ular kengashlarining qarorlari, qoʻmitalari va komissiyalarining qarorlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishda ishtirok etadi.
(241-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular organlarining majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Majlislarga davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi, Senat va ularning organlari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Parlament nazorati natijalari ommaviy axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining, Senatning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 7 va 9-moddalari.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
26-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 12-apreldagi 71 (6506)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-aprel,
OʻRQ-403-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 141-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)