1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QA’RINI GEOLOGIK O‘RGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
buyrug‘i
Xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2688]
1. Xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 8-iyun,
56-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 8-iyundagi 56-sonli buyrug‘iga ILOVA
Xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi
Mazkur Qoidalar xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar xamirturush ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim.
18. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
21. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi kerak.
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
25. Tashkilot xodimlari Non ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1871, 2008-yil 19-noyabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno.
28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi lozim.
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish shart-sharoitlari
32. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
35. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
37. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
38. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
39. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
40. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
(40-bandning uchinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
41. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
10-§. Tashkilot maydonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
42. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
43. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur.
44. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
45. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
46. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
47. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
48. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
11-§. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
49. Tashkilotdagi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
50. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
51. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur.
52. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
53. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
54. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur.
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
57. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
58. Tashkilotning binolari va inshootlari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
59. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur.
12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
60. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
61. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish.
62. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
63. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
65. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur.
66. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o‘rtacha og‘ir ishda 17º S va og‘ir ishda 16º S dan past bo‘lmasligi kerak.
67. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22º S dan kam bo‘lmasligi kerak.
68. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
14-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(14-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
69. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
70. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8° C dan 20° C gacha bo‘lishi kerak.
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
72. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
73. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
74. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
75. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
76. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
77. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
78. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
79. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur.
80. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak.
81. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
82. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
83. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
84. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
85. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
86. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar
87. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
88. Xamirturush ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlar va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
89. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13, 14-boblari.
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
91. Tashkilotlarning texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi zarur.
92. Texnologik jarayonlar parametri va ularni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan diapazon hamda parametrlardan chiqmaslik usullari va vositalari ishlab chiquvchi tomonidan belgilanib texnologik reglamentda ko‘rsatilishi kerak.
93. Tashkilotlarda texnologik jihozlarda sinov ishlarini olib borish uchun xavfsizlikni ta’minlash choralari va xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berishni ta’minlovchi vaqtinchalik sinov-ishlab chiqarish reglamenti bo‘lishi lozim.
94. Nazorat o‘lchov asboblari (termometr, manometr, hisoblagich) va signal lampalarining joylashuvi ularning ko‘rsatkichlarini bemalol nazorat qilish imkonini berishi lozim.
95. Bo‘linish chegarasi bo‘lgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish yuqori va quyi sathlarni o‘z ichiga olgan ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
96. Daraja ko‘rsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanilganda, xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi uskunalar qo‘llanishi kerak.
97. Apparat va idishlardagi bosimni (vakuumni) nazorat qilish uchun ularga monometrlar va vakuummetrlar o‘rnatilishi lozim. Manometr shkalasida idishning ishchi bosimi ko‘rsatilishi zarur.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat-o‘lchash asboblari, xavfsizlik panjaralari, ishga tushirish apparaturasi, texnologik qurilmalari va asboblari bo‘lgan sozlangan jihozlarda o‘tkazish lozim.
99. Xamirturushni o‘stirish apparatlari zich berkitiladigan va xamirturushning ko‘payish jarayonining asosiy parametrlarini aniqlash uchun o‘lchov vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak (apparatni to‘ldirish sathi, muhitning harorati). Shamollatish tizimi apparat ichidan gazni chiqarib olinishini ta’minlashi kerak.
100. Xamirturushni o‘stirish apparatidan namunalarni maxsus namunalar olish jo‘mraklari orqali olish zarur.
101. Xamirturushni o‘stirish apparatini yuvish va dezinfeksiya qilish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. Dezinfeksiya eritmalarini yuzaga sachratmasdan amalga oshirish lozim.
102. Tebranishni kamaytirish maqsadida, separatorlar beton sathi bo‘yicha o‘rnatilishi va poydevorga rezinali taglik bilan maxsus boltlar yordamida mustahkamlanishi kerak.
103. Separator barabanini yig‘ish detallardagi raqamli tamg‘alarga asosan amalga oshirilishi lozim. Separatorlarni yig‘ishda boshqa separatorlardan olingan detallar bilan almashtirilmasligi kerak.
104. Tebranish, begona shovqin paydo bo‘lganda separator zudlik bilan to‘xtatilishi va nosozlik bartaraf etilishi lozim.
105. Separator o‘rnatilgan joyda xamirturush konsentratini yig‘adigan sig‘imlar aralashtirgich bilan blokirovka qilingan mustahkam berkitiladigan lyuklar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
106. Melassdan foydalanishda separatorda quyidagi xavfsizlik talablariga rioya etilishi zarur:
chiqarish quvuridagi maksimal qarshi bosim texnik hujjatda ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak;
barabanni cho‘kmalardan ozod etish bo‘yicha oraliq vaqti, ayniqsa mexanik chiqarishda texnik hujjatda ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi lozim.
107. Namlantirish uskunasiga qulay xizmat ko‘rsatish uchun, barabanli vakuum-filtr maxsus maydoncha va zinapoya bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
108. Avtomatlashtirilgan kamerali filtr-presslar haydaydigan quvurlarda o‘rnatiladigan manometr va saqlagich klapani bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Saqlagich klapani suspenziyani nasosning so‘rib olish liniyasiga yoki suspenziya yig‘ish sig‘imiga chiqarishi zarur.
109. Filtr-presslar quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
gidravlik yoki mexanik qisqichlar;
texnik hujjatda ko‘rsatilgan miqdordagi bosimga sozlangan saqlagich klapanlari;
rama va plitalarni qisish bosimi, xamirturush konsentrati bosimini ko‘rsatuvchi manometrlar.
110. Gidroqisish tizimida barcha jo‘mraklarning to‘g‘ri ochilishi puxta tekshirilgandan so‘ng, pressni qisishga ruxsat berilishi kerak.
111. Ramalar va plitalar to‘liq komplekt bo‘lmaganda, filtr-pressda qisish o‘qini uzaytirish uchun turli xildagi moslamalardan foydalanish taqiqlanadi. Filtr-press ramasini qo‘l bilan zichlashtirishda faqat filtr-pressning komplekt qismidagi dastalardan foydalanish lozim. Filtr-press ramasini zichlashtirish uchun qo‘shimcha dastalardan foydalanilmaslik lozim.
112. Quritish bo‘limida changdan tozalash ishlari har kuni amalga oshirilishi kerak. Quritish bo‘limida qoplangan tayyor mahsulotlar taxlanmasligi kerak.
113. Qoliplash-qadoqlash mashinasi bunkeriga xamirturushni yuborish uchun lyuklar, tarnovlar qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Qoliplash-qadoqlash mashinasining qopqog‘i mashina bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak. Bunday blokirovka qopqoq ochiq bo‘lganda mashinani ishga tushirishga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
114. Xamirturushni qoliplash-qadoqlash mashinasiga qo‘l bilan yuborish taqiqlanadi.
115. Qoliplash-qadoqlash ishlari alohida ajratilgan joyda amalga oshirilishi lozim.
116. Yuvish va dezinfeksiya eritmalarini tayyorlash, regeneratsiya va transportirovka qilish jarayoni eritma bo‘limida javobgar shaxs rahbarligida amalga oshirilishi kerak. Yuvish va dezinfeksiya eritmalarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan apparatura (quvur o‘tkazgichlar, ochish va yopish moslamasi, nasoslar) va o‘lchov idishlar kislotaga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
117. Apparatlar, yig‘ish va o‘lchov idishlarning lyukli qopqoqlari bo‘lishi kerak. Lyuklar yengil va mustahkam berkitiladigan bo‘lishi lozim. Barcha idishlar sathni o‘lchaydigan asboblar va namunalar olish jo‘mraklari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
118. Agressiv va o‘yuvchi suyuqliklarni idishlardan toshib ketishining oldini olish uchun, eritmalarni tayyorlash joylarida yuqori sath blokirovkasi va signalizatsiyasi yoki suyuuqliklarini to‘kilib ketishini oldini olish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
119. Melass va tuzlarni eritish hamda aralashtirish uchun mo‘ljallangan apparatlar aralashtirgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Aralashtirgichlarning uzatmalari, ularni to‘satdan ishga tushib ketish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaydigan saqlagich moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
120. Sig‘imlar va quvur o‘tkazgichlarda melass bilan shakaramin reaksiyasi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi talablarga rioya etilishi kerak:
melass uni saqlash sig‘imidan faqat undan foydalanish uchun kerak bo‘lgan paytda olinishi va chiqarib olinadigan joyning o‘zida isitilishi;
melass saqlash sig‘imlarida melass haroratini nazorat qilish uchun termometr bilan jihozlanishi;
melassni isitish uchun bug‘ berish quvur o‘tkazgichida qulflanadigan quti bilan yopilgan ikkita ochish va yopish moslamasi o‘rnatilgan bo‘lishi;
melassdagi shakarning miqdori va melass saqlash sig‘imidagi melassning harorati har ikki haftada bir marta tekshirib borilishi;
melassdagi shakarning miqdori kamaygani va melass saqlash sig‘imidagi melassning harorati ko‘tarilgani aniqlangan taqdirda, zudlik bilan melassni qayta ishlash choralari ko‘rilishi;
melass oldindan aralashtirilgan holda sterilizatsiya qilinishi;
melass sterilizatsiya qilingandan so‘ng belgilangan haroratgacha sovutilishi;
sterilizatorning kirish joyida yoki chiqarish quvur o‘tkazgichida gaz chiqarish uchun moslama o‘rnatilishi.
Melassni qizdirilgan holatda saqlash taqiqlanadi.
121. Xamirturush ishlab chiqarishda ishlatiladigan barcha mikroorganizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar, maxsus xonalarda atmosferaga mikroorganizmlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan talablarga rioya etgan xolda amalga oshirilishi kerak.
122. Mikroorganizmlar solingan idishlardan foydalanilgandan so‘ng, ular sterilizatsiya yoki dizenfeksiya qilinishi va faqat shundan so‘ng yuvilishi kerak.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
123. Tashkilotlarda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq ta’minlanishi lozim.
124. Sinovdan o‘tkazilmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.
125. Tashkilot binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
126. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
127. Xamirturush ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish jarayonida oldindan nazarda tutilmagan yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
128. Tashkilot binolari va xonalari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
129. Shamollatish tizimlari yong‘in avtomatikasi tizimlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
130. Suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
131. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur.
132. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
133. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.
134. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
3-§. Elektr qurilmalari va elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik talablari
135. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(135-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
136. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi lozim.
137. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishi ta’minlanishi kerak.
138. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi zarur.
139. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
140. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
141. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
142. Binolari va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
143. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
144. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
145. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlaydigan yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuchlanish kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amalari bundan mustasno.
146. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
147. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
148. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r yerga ulangan bo‘lishi kerak.
149. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi zarur.
4-§. Xamirturush ishlab chiqarish tashkilotlarida chiqindilar saqlash joylariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
150. Chiqindi yig‘ish o‘ralarining atrofi kamida 1,2 m balandlikdagi to‘siqlar bilan to‘liq holda o‘ralgan bo‘lishi hamda balandligi 1,2 m panjarasi bo‘lgan mustahkam o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanishi kerak. Bunda to‘siqlar va o‘tish ko‘prikchasi panjaralarining tagi kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga to‘silgan bo‘lishi kerak.
151. Xodimlarni o‘raga tushirishdan avval o‘ralardan zararli gazlarning chiqib ketishi ta’minlanishi kerak.
152. Zararli gazlarning yo‘qligi o‘ra tubiga yonib turgan shamni tushirish yo‘li bilan tekshiriladi.
153. Chiqindilardan bo‘shatilgan o‘ralar taxtali shitlar bilan yopilishi kerak.
154. Chiqindilarni taqiqlangan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
155. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
5-§. Tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
156. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan me’yorlarda bo‘lishi lozim.
157. Omborlarda yong‘in xavfsizligi, taxlash va saqlash bo‘yicha xavfsizlik qoidalari (yo‘riqnomalar) bo‘lishi kerak.
158. Mahsulotlar omborxonalarda turlari bo‘yicha saqlanishi lozim.
159. Mahsulot saqlash omborxonalarini yashiklar bilan to‘ldirilmasligi lozim. Yashiklar mahsulotlar sarflangandan keyin ish joyiga yetkazib borilishi kerak. Ish vaqti tugaganda xodimlar tomonidan omborxonalar chiqindilardan tozalanishi zarur.
160. Yashiklarni yig‘ish va saqlash maxsus ajratilgan joylarda bajarilishi lozim.
161. Tayyor mahsulotni omborxonalardan transport vositasi kuzoviga yetkazib berish transportyorlar yordamida yoki boshqacha mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak.
162. Transport vositasi orqaga ketishini cheklash uchun estakada oldida cheklagichlar (chorqirra taxtalar, maxsus moslamalar va hokazolar) qo‘yiladi.
163. Estakadada o‘rnatilgan transportyordan o‘tish uchun zarur hollarda panjarali o‘tish ko‘prikchalari o‘rnatilishi kerak.
6-§. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
164. Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Umumiy oqma-tortma shamollatish tizimidan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (javonlar) yoki havoni so‘rib olish uchun shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
165. Laboratoriya xodimlari qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yong‘in jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari lozim. Moddalar va materiallar laboratoriyada navlari bo‘yicha saqlanishi kerak. O‘zaro kimyoviy ta’siri yong‘in yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalarni birgalikda saqlashga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
166. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga to‘sqinlik qilmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Uskunalar oralig‘idagi eng kam yo‘l qo‘yiladigan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
167. Zaharli moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan havo tortuvchi moslamalarga ega bo‘lishi kerak.
168. Zararli, yonuvchi bug‘ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi so‘rmalar, shuningdek suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Shkafning 15 — 20 sm gacha ochib qo‘yilgan tabaqalari ko‘ndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/sek atrofida bo‘lishi kerak.
169. Tortuvchi shkaflar germetik gaz o‘tkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning o‘chirgichlari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni bo‘ylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
170. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga mo‘ljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan bo‘lishi kerak.
171. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv jo‘mraklari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va jo‘mrakni tasodifan ochib yuborishning imkoni bo‘lmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud bo‘lib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
172. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yo‘qotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa, sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan bo‘lishi lozim.
2. Kislotalar va ishqorlar
173. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yog‘inlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
174. Kislota va ishqorlarni yerto‘lalarda saqlash taqiqlanadi.
175. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar qo‘yiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, to‘kilgan kislotani maxsus idishga yo‘naltiradigan tarnovlar qiya bo‘lishi lozim.
176. Kimyoviy moddalar omborlari to‘kilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
177. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam to‘qilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi kerak, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
178. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlarni qo‘lda ikki kishi uzog‘i bilan 25 m masofaga tekis yuza bo‘ylab tashishga yo‘l qo‘yiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim.
Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest to‘shalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
179. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich ko‘zoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qo‘lqoplardan, ayrim hollarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari kerak.
Kislota va ishqorlar bilan saqlagich ko‘zoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
180. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qo‘l nasoslari vositasida quyish zarur.
181. Qattiq holatdagi o‘yuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yo‘l-yo‘riq olgan tajribali ishchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ochilishi kerak.
182. Bo‘shagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilishi va eritish yo‘li bilan tozalanishi kerak.
Bo‘shagan barabanlarni faqat suv bilan yuvilgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
183. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik bo‘laklarini asta-sekin qo‘shib borish zarur, bunda ishqor bo‘laklarini faqat qisqich bilan ushlash kerak. O‘yuvchi ishqorlarning katta bo‘laklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato bo‘lagi bilan yopib, mayda bo‘laklarga maydalash zarur.
184. To‘kilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum to‘kilishi, neytrallanishi va shundan so‘nggina yig‘ishtirilishi kerak. Shisha siniqlarini cho‘tka va hokandoz yordamida yig‘ib olish kerak.
185. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida to‘planishi va zararsizlantirilgandan so‘ng kanalizatsiyaga, loyli o‘raga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, ruxsat etilgan joyga to‘kilishi kerak.
186. Kislota va ishqorlardan bo‘shagan idishlar zararsizlantirilib, yaxshilab yuvilishi kerak.
3. Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
187. Tez yonadigan va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalarda (shisha idishlarda) saqlanishi kerak. Bankalar qopqog‘i jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi kerak.
188. Yashik yetib borish uchun qulay, yo‘laklar va qizitadigan asboblardan uzoqda polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqog‘ining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez yonadigan suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy me’yorlari ko‘rsatilgan aniq yozuv tushirilgan bo‘lishi kerak.
189. Tez yonadigan suyuqliklar uchun shisha idishning sig‘imi 1 litrdan oshmasligi, sig‘imi kattaroq bo‘lganda esa germetik yopiladigan metall g‘ilofga ega bo‘lishi kerak.
190. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar) saqlash taqiqlanadi.
191. Ishlar yakunlangandan so‘ng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xonaga (omborga) chiqarilishi kerak.
192. Dietil efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorong‘i xonada saqlanishi lozim.
193. Tez yonadigan va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki g‘ilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
194. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yong‘indan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi kerak.
195. Tez yonadigan moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilyatsiya ishlab turgan xonalarning tortuvchi shkaflarida va gaz yondirgichlar va elektr asboblari o‘chirilgan holatda o‘tkazilishi kerak.
196. Yonuvchan moddalar bilan ishlashni laboratoriyaning tajribali xodimlariga topshirilishi lozim.
197. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bog‘liq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan to‘ldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
198. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish taqiqlanadi.
199. Yuqoriroq qizish haroratiga ega bo‘lgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi kerak.
200. Tez yonadigan moddalarni qizdirish uchun qo‘llaniladigan barcha apparatura to‘liq tuzatilgan bo‘lishi, kontaktlar uchqun chiqishining oldini olish kerak.
201. Laboratoriya havosiga ozroq bug‘lanishi bilan ta’sir qiladigan benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi kerak.
202. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bug‘lantirish taqiqlanadi. Bug‘lantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
203. Yoqilg‘i suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan so‘ng darhol yuvib tashlanishi kerak.
204. Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni yo‘qotish uchun olib ketilishi lozim bo‘lgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yig‘ish lozim. Yoqilg‘i suyuqliklarini kanalizatsiyaga to‘kish taqiqlanadi.
205. Yong‘in va portlash xavfli suyuqliklar tasodifan to‘kilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol o‘chirilishi, tashqaridagi umumiy elektr o‘chiruvchi bilan xona uzib qo‘yilishi, to‘kilgan moddalar ko‘p miqdorda bo‘lganda qo‘shni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham o‘chirilishi, to‘kilgan joyga qum sepilishi kerak.
206. Yoqilg‘i moddalarining alanga olgan holatida (yong‘in paydo bo‘lganda) tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilishi zarur.
7-§. Maydonchalar va zinalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
207. Pol sathidan 1,5 m dan yuqorida joylashgan holda xizmat ko‘rsatilishini talab etuvchi uskunalar statsionar maydonchalar va zinapoyalar bilan jihozlanishi kerak.
208. Pol sathidan 0,5 m va undan yuqori balandlikda joylashgan maydonchalar, shuningdek ularga keluvchi zinapoyalar va o‘tish ko‘prikchalarining atrofi kamida 1,2 m balandlikdagi panjaralar bilan to‘liq holda jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunda panjaralarning tagi kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga to‘silgan bo‘lishi lozim.
209. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish maydonchalarining kengligi kamida 0,8 m, ularga keluvchi zinapoyalarning kengligi esa kamida 0,6 m bo‘lishi kerak.
210. Zinapoyalar zinalarining eni kamida 0,12 m, ularning balandlik farqi esa ko‘pi bilan 0,2 m bo‘lishi kerak.
211. Pol sathidan 1,5 m gacha balandlikda joylashgan maydonchalarning zinapoyalari ko‘pi bilan 45° gacha qiyalikda, 1,5 m dan ortiq balandlikda bo‘lganda esa ko‘pi bilan 50° qiyalikda bo‘lishi kerak. Yerto‘lalarga keluvchi zinapoyalarning qiyaligi ko‘pi bilan 45° bo‘lishi kerak.
212. Maydonchalar pollarining qoplamasi g‘adur-budur bo‘lib, ishlayotgan xodimlar sirg‘anib ketishining oldini olishi kerak.
4-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Uskunalarga qo‘yiladigan umumiy talablar
213. Tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
214. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuro‘tkazgichlar va armatura QMQ 3.05.05-98 “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvuro‘tkazgichlar”, GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi, shuningdek xizmat ko‘rsatishda, ta’mirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi lozim.
215. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali va tikanli bo‘lmasligi lozim.
216. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
217. Asbob-uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
218. Asbob-uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
219. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qat’i nazar, yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
To‘siqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali bo‘lishi zarur.
220. Mashina, apparatlar, quvuro‘tkazgichlarning barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolyatsiya qilinishi lozim.
221. Portlashdan xavfli binolar (ammiyak suvi saqlash sig‘imlari) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishiga qarshi quyidagi choralar bilan ta’minlanishi lozim:
o‘rnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam bo‘lmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo bo‘ladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi zarur;
tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan bo‘lishi yoki moyli muhitda turishi, lyuklardagi boltlar, ko‘chiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qo‘l jihozlari va asboblar bronza, jez va zarba paytida uchqun paydo bo‘lishiga yo‘l bermaydigan boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak.
222. Avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga o‘z-o‘zicha almashuvga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
223. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini ta’minlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega bo‘lishi kerak.
224. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot bo‘ling, avtomatik ishga tushiriladi!” degan xavfsizlik belgisi bo‘lishi lozim. To‘la avtomatlashgan korxonada bunday plakatlar talab qilinmaydi.
225. Tashkilotda namunaviy yo‘riqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilishi lozim. Ular tashkilot xodimlariga ular tomondan imzolangan holda tarqatilishi, shuningdek ish joylarida osib qo‘yilishi lozim.
2-§. Apparat va sig‘imlar ichidagi ishlarda xavfsizlik talablari
226. Apparatlar va texnologik sig‘imlar ichida turli xil ishlarni amalga oshirish muhandis-texnik xodimlardan bo‘lgan, ishlarni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga berilgan tashkilot rahbarining yozma ruxsati bilan o‘tkaziladi. Ishlar faqat kunduzgi vaqtda o‘tkazilishi kerak, tungi ishlarga faqat avariya yuz bergan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
227. Apparatlar va sig‘imlar ichidagi ishlarga 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, jismoniy sog‘lom, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi.
228. Sig‘imlar ichidagi ishlar ikki va undan ortiq kishidan iborat bo‘lgan guruh tomonidan o‘tkazilishi kerak (bittasi ishlaydi, ikkinchisi uni kuzatadi). Kuzatuvchisiz (dublyorsiz) ishlashga ruxsat etilmaydi. Portlashdan xavfli muhit bo‘lgan yoki gazdan xavfli sirasiga kiritilgan apparatlar va sig‘imlarda ishlashda kuzatuvchilar ikkita bo‘lishi kerak.
229. Apparat yoki sig‘im ichida ishlashdan avval tashkilot yoki smena boshlig‘i quyidagilarni ta’minlashi lozim:
apparat yoki sig‘imni mahsulotdan yaxshilab tozalashi va keyin uni suv bilan yaxshilab yuvishi, suyuqlikning qoldig‘i ishchini apparatda yoki sig‘imda bo‘lmagan vaqtda ketkazilishi kerak;
apparat yoki sig‘imni suv, bug‘, mahsulot va boshqa xil quvurlaridan jo‘mraklar, tiqin jo‘mraklarini yopish hamda quvurlarda zich tiqinlarni o‘rnatish yo‘li bilan ishonchli o‘chirish;
avvaldan shamollatish uchun, shuningdek butun ish davomida yuqori va quyi tuynuklarni ochish (zarur bo‘lganda majburiy shamollatishni amalga oshirish);
“Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” ogohlantirish yozuvini osib qo‘yish;
apparat yoki sig‘imning ichida havo muhitining tahlilini amalga oshirish, sinamalar yuqori zonada lyukdan kamida 1 m masofada va quyi zonada — tubidan ko‘pi bilan 0,2 m masofada olinadi;
zaruriy ashyolar va asboblarning mavjudligi va sozligi, portlashdan xavfli muhit hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan sig‘imlarda ishlash paytida ashyolar va asboblar zarba tufayli uchqun yuzaga kelishining oldini olishi lozim (asbobga mis qoplanishi kerak);
portlashdan xavfli muhiti bo‘lgan sig‘imlarda ishlash uchun portlashdan himoyalangan turdagi chirog‘i bo‘lgan 12 V kuchlanishli ko‘chma elektr chiroqlari (akkumulyatorli chiroqlar) yoxud boshqa joylarda ishlash uchun suv o‘tmaydigan turdagi chiroqlar mavjud bo‘lishi kerak. Ochiq alangadan foydalanish qat’iy taqiqlanadi;
himoya muhofaza vositalarining mavjudligi va sozligi, sinov raqami va sanasi ko‘rsatilgan yorlig‘i bo‘lgan shlangli yoki kislorodli to‘liq ajratuvchi gazga qarshi niqob, qutqarish arqoni bo‘lgan muhofaza belbog‘i. Muhofaza belbog‘i va arqonning pasporti bo‘lishi va u har 6 oyda 5 daqiqa davomida statik yuk bilan (300 kg) sinovdan o‘tishi kerak;
sig‘im yoki apparat ichida ishlashga ishlashning xavfsiz usullariga maxsus o‘rgatilgan ishchilarning qo‘yilishi, shuningdek ular bilan qo‘shimcha xavfsizlik texnikasi yo‘l-yo‘riqlari berilib, bo‘lg‘usi ishning turi hamda uning xavfsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar tahlil etiladi.
230. Ishchini sig‘im yoki apparatga tushirishdan avval uning poyabzalini maxsus toza poyabzalga almashtirish lozim. Tashkilot yoki smena boshlig‘i shaxsan ishchida ko‘rsatilgan asboblar, himoya va muhofaza moslamalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi va shundan keyin unga sig‘im yoki apparatga tushib ishlashga ruxsat berilishi kerak.
231. Ishchilarning yuqori va quyi tuynuklarga ega bo‘lgan apparatlar va sig‘imlarga kirishi quyi tuynuk orqali, quyi tuynuklari bo‘lmagan sig‘imlarga (amforalar va hokazo) tushish esa, yuqori tuynuk orqali tuynukka ilish uchun ilmoqlari bo‘lgan narvon orqali amalga oshiriladi.
232. Sig‘imlar ichidagi ishlarni bajarish uchun pastidan rezina uchliklari bo‘lgan ko‘chma (tirab qo‘yiladigan) narvonlardan foydalanish lozim.
233. Apparat yoki sig‘imning ichida gazga qarshi niqobda to‘xtovsiz ishlash ko‘pi bilan 15 daqiqaga ruxsat etiladi, undan keyin ishchiga ochiq havoga chiqqan holda 15 daqiqaga tanaffus berilishi kerak.
234. Shlangning bo‘sh uchi (havo olish uchi) toza havo kelishini ta’minlaydigan joyda mustahkamlanishi lozim.
235. Olib chiquvchi shlangning uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lganda unga purkagich yordamida havo kiritilishi kerak.
236. Apparat yoki sig‘im ichida ishlar tugaganidan keyin tashkilot yoki smena boshlig‘i quyidagilarni bajarishi lozim:
apparat yoki sig‘im ichida odamlar, shuningdek ashyolar va asboblarning yo‘qligini shaxsan tekshirish;
apparatlar yoki sig‘imlar ulangan quvur-simlardan yopqichlarning olinishi hamda tuynuklarning bekitilishi uchun yozma ruxsat berish.
3-§. Rolikli transportyorda ishlashda xavfsizlik talablari
237. Transportlanayotgan ashyolarni transportyorga shunday joylash kerakki, ular transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi kerak.
238. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish, transportyorning ustida yurish, undan sakrab o‘tish va ustida o‘tirish taqiqlanadi.
Transportyor harakatlanayotgan paytda chalg‘imaslik va boshqalarni chalg‘itmaslik zarur.
239. Transportyorlar ostki qismiga yog‘och qurilmalari va boshqa buyumlar qo‘yilishi taqiqlanadi.
Transportyorlarni nazorat qilib turish yo‘laklari doim ochiq bo‘lishi lozim.
240. Transportyorlar ishlayotgan joy toza tutilishi, tashilayotgan yuklar va chiqindilar bilan to‘ldirib yuborilmasligi kerak.
241. Boshqarish pultidagi barcha ishga tushiruvchi tugmalar soz holatda bo‘lishi kerak.
242. Transportyor ishlayotgan paytda yig‘ishtirish ishlarini olib borilmasligi lozim. Transportyor barabanining ichidagi yig‘ishtirish ishlari tegishli yo‘riqnomalar asosida olib borilishi kerak.
243. Harakatlanuvchi uskunalarni tozalashni boshlashdan oldin “Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” degan taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi kerak.
244. Transportyorni to‘xtatish uchun oldi va orqa qismlarida avariya tugmachalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
4-§. Konveyerlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
245. Konveyerlarning tuzilishi, konveyerlar, galereya va qurilish konstruksiyalari orasidagi o‘tish joylarining kengligi amaldagi me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.
246. Konveyerlarning o‘tish joylari uskunalar ustida joylashgan taqdirda, ularning pastki qismi sochilib ketgan materiallarning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
247. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarning barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning trosslari va yuklarning elementlari himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi zarur. Himoya to‘siqlarining konstruksiyasi uni yechib olmasdan turib, konveyer mexanizmlarini moylash va podshipniklarning qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi kerak.
248. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uzunasi bo‘ylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yig‘indisiga teng bo‘lgan masofada to‘silgan bo‘lishi lozim.
249. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi, baraban va tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim. Tasmaning yon tomonga chiqib ketishining oldini olish uchun konveyerlar tasmaning siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
250. Tasmali konveyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan yoki bo‘shatuvchi tarnovlari to‘lib tiqilib qolgan taqdirda, konveyerning uzatmasi to‘xtatib qo‘yuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
251. Ko‘chmas konveyerlar, ularning uzunligidan qat’i nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi bo‘ylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini to‘xtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
252. 6° dan ortiq qiyalikka ega bo‘lgan tasmali va plastinali konveyerlar, ular to‘xtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
253. Tasmali konveyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega bo‘lishi kerak.
254. Ko‘chib yuruvchi konveyerlar va ularni elektr manbai bilan ta’minlovchi kabellar foydalanishga qulay va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
255. Tasmali konveyerlar bilan quruq va changlanuvchan materiallar tashilayotgan paytda ularni ortish va tushirib olish joylari germetizatsiyalangan bo‘lishi va ish zonasi havosidagi changning miqdori ortmasligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi kerak.
256. Bir nechta ketma-ket o‘rnatilgan konveyerlar yoki texnologik liniyaning boshqa uskunalari bilan bog‘langan konveyerlar bir vaqtda ishlaydigan bo‘lsa, ularning elektr dvigatellari blokirovkalangan bo‘lishi kerak.
257. Tasmali konveyerlar ostidan to‘kilgan materialni yig‘ishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Materiallarni qo‘lda yoki mexanizatsiya vositalarida yig‘ishtirib olishga faqat konveyer to‘xtatib qo‘yilgandagina ruxsat etiladi.
258. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 sekund davomida konveyerning butun uzunligi bo‘yicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berish vositasi bo‘lishi lozim.
259. Konveyerlarning ustidan o‘tish uchun galereyalarda qo‘zg‘almaydigan ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. O‘tish ko‘prikchalari yaxlit to‘shamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 m bo‘lishi kerak.
260. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qo‘lda ta’mirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
261. Konveyerni to‘xtatish uchun oldi va orqa qismlarida avariya tugmachalari o‘rnatilishi lozim.
5-§. Uskunalarni joylashtirishda xavfsizlik talablari
262. Ishlab chiqarish uskunalari ularga erkin yaqinlashish imkoniyati ta’minlangan hamda tozalash uchun qiyin va noqulay joylar qoldirmagan holda o‘rnatilishi lozim.
263. Tashkilot yo‘laklari bo‘sh, xom ashyo va tayyor mahsulot bilan band bo‘lmasligi, tashkilotning ichki transporti harakatlanish hududidan holi joyda bo‘lishi va ishlab chiqarish jarayoni ustidan kuzatishning qulayligini ta’minlashi kerak.
264. Yo‘lak oraliqlari uchun minimal masofalar poydevor, izolyatsiya, to‘siq va shu kabi qo‘shimcha qurilmalarni hisobga olgan holda, uskunalarning maksimal bo‘rtib chiqqan qismlari oralig‘ida belgilanishi lozim.
265. Ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatishda quyidagi kenglikdagi yo‘laklar qoldirilishi nazarda tutilishi lozim:
xodimlar doimiy o‘tadigan yo‘laklar kamida — 1,5 m;
devor va uskuna oralig‘idagi yo‘laklar kamida — 0,8 m;
uskunalarning bo‘rtib chiqqan qismlari o‘rtasi kamida — 0,8 m;
266. Sig‘imlar oralig‘idagi yo‘lakning kengligi yo‘lakdan olib o‘tiladigan uskunalar hajmini inobatga olgan holda, ularning kengligiga nisbatan kamida 1 m kattaroq bo‘lishi kerak.
5-bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
267. Tashkilotning ta’mirlash xizmati xodimlari uskunalarning mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, ularning texnik pasportlariga va texnik hujjatlariga binoan ta’mirlash ishlarini olib borishlari lozim.
268. Uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.
269. Asosiy uskunalarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
270. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
271. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
272. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda taqiqlovchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
273. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
274. Yechib olingan detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
275. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan paytida ish joylari, yo‘laklar va zinapoyalar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilishi taqiqlanadi.
276. Balandlikda ta’mirlash ishlarini bajarishda havoza va taxta to‘shamalardan foydalanish zarur.
277. Havoza va to‘shamalarda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanish lozim.
278. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan mustahkam himoyalangan bo‘lishi lozim.
279. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
280. Barcha ta’mirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan mas’ul shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
281. Ta’mirlash tugagach keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar tashkilotdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi zarur. Barcha turdagi ta’mirlash ishlari tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy ta’mirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi kerak.
282. Barcha zararli va portlovchi gazlar bo‘lgan hamda gazlar yig‘ilish ehtimoli bor xonalarda ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek ta’mirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
283. Ta’mirlash ishlari vaqtida portlovchi gaz va bug‘lar ajralib chiquvchi jarayonlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bug‘, gaz bor-yo‘qligini tekshirish lozim.
284. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur o‘tkazgich va mufta qobig‘ida turish taqiqlanadi.
285. Portlab yonish xavfi bo‘lgan barcha binolarda shamollatish tizimi o‘chirilganda, ta’mirlash ishlari olib borilmasligi lozim.
286. Asbob-uskunada (rezervuarda) ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlardan to‘sqich bilan to‘silgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda o‘tkir bug‘ bilan bug‘lantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak.
287. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa ta’mirlash ishlari ularni bajarish jarayonida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanganda to‘xtatilishi shart.
Ishga tushirish moslamalarida (magnit o‘chirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” degan taqiqlovchi xavfsizlik belgilari bo‘lishi kerak, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak.
288. Xamirturush ishlab chiqarish tashkilotlarida uskunalar va texnik qurilmalarni ta’mirlashda bajariladigan alangali ishlar (elektr yoki gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish) shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonalarda hamda sig‘imlar, sisternalar, baklarda ishlaganda shamollatish tizimi bilan jihozlangan joylarda amalga oshirilishi lozim.
6-bob. Ishlar xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
289. Tashkilotlarni loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
290. Mansabdor shaxslar va xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(290-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
7-bob. Yakuniy qoida
291. Mazkur Qoidalar Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 1-iyun
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 1-iyun
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 2-iyun
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 2-iyun
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 2-iyun
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2015-yil 3-iyun
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
2015-yil 3-iyun
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
2015-yil 4-iyun
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2015-yil 4-iyun
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 5-iyun
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 25-son, 332-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)