toggle_night_mode
Hujjat 14.09.1996 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Basharti xalqaro shartnomada fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning sogʻliqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini taʼminlash;
fuqarolarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
3-modda. Fuqarolar sogʻligʻini saqlashning asosiy prinsiplari
Fuqarolar sogʻligʻini saqlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand boʻla olishi;
profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
sogʻligʻini yoʻqotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;
tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi davlat siyosatini;
sogʻliqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablagʻ bilan taʼminlanishini;
sogʻliqni saqlash davlat tizimini boshqarishni;
sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini taʼminlash ustidan nazoratni;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sogʻligʻini muhofaza etish chora-tadbirlari koʻrilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va koʻrilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi oʻrnatilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sugʻurtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni;
fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam koʻrsatishda va ularni dori-darmon bilan taʼminlashda imtiyozlar belgilashni;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
fuqarolar sogʻligʻini saqlashning, sogʻliqni saqlashni hamda tibbiyot fanini rivojlantirish yoʻlida moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning ustun yoʻnalishlarini belgilaydi;
sogʻliqni saqlash davlat boshqaruv organlari, tibbiy va ilmiy muassasalar, tibbiyot va farmatsevtika oʻquv yurtlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturini ishlab chiqadi;
sogʻliqni saqlash muassasalari uchun tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatining davlat standartini va qiymatining normativlarini belgilaydi;
sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash muassasalarining, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan xususiy tartibda shugʻullanuvchi shaxslarning aholiga oʻz vaqtida malakali va sifatli tibbiy yordam koʻrsatishlarini nazorat qilib boradi;
tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar beradi;
dori-darmonlar va dezinfeksiya vositalari, immunobiologik preparatlar va tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar, kuchli taʼsir etuvchi va zaharli moddalar, giyovandlik vositalari va psixotrop vositalarni sertifikatlashtirishni amalga oshiradi, ularning ishlab chiqarilishi hamda qoʻllanilish tartibini nazorat qilib boradi;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini taʼminlaydi;
profilaktik yordam yoʻnalishlari va hajmlari, profilaktika maqsadlarida emlashlar oʻtkazishning muddat va usullari toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qiladi;
boshqa davlatlar hududidan yuqumli va karantindagi kasalliklar olib kirilishining oldini olish ishlarini manfaatdor organlar bilan birgalikda tashkil etadi va nazorat qilib boradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmogʻini rivojlantirish;
birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand boʻla olishini taʼminlash, tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlari bilan taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlash xarajatlarini moliyaviy taʼminlashning oʻz manbalarini shakllantirish;
fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini taʼminlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
atrof muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sogʻligʻini muhofaza etish chora-tadbirlarini koʻrish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va koʻrilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;
sogʻliqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sogʻliqni saqlash muassasalarida koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;
nogironlar va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya taʼlimi berishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Sogʻliqni saqlash tizimi
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yigʻindisidan iborat yagona sogʻliqni saqlash tizimi amal qiladi.
8-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimi
Davlat sogʻliqni saqlash tizimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman boʻlinmalari kiradi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimiga davlat mulki boʻlgan va davlat sogʻliqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga boʻysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazadigan oʻquv yurtlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, tibbiy dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sogʻligʻini saqlash bilan bogʻliq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika va dorixona muassasalari davlat sogʻliqni saqlash tizimiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti hisobidan taʼminlanadigan davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga bepul tibbiy xizmat koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari quyidagilardan iborat:
davlat budjeti mablagʻlari;
tibbiy sugʻurta mablagʻlari;
fuqarolarning sogʻligʻini saqlashga moʻljallangan maqsadli fondlarning mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslarning sogʻliqni saqlash muassasalariga ixtiyoriy va xayriya badallari;
banklarning kreditlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari
Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga xususiy tabobat amaliyoti yoki xususiy farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar, xususiy korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablagʻ bilan taʼminlanadigan davolash-profilaktika, dorixona muassasalari hamda tabobat va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Sogʻliqni saqlash korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, shuningdek tabobat hamda farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga litsenziyalar berish tartibi va shartlari
Sogʻliqni saqlash korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek jismoniy shaxslar litsenziyaga ega boʻlgan taqdirdagina tabobat va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
Davlat, xususiy va boshqa xil sogʻliqni saqlash tizimlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi
Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi qonun hujjatlariga muvofiq davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar tomonidan sanitariya-gigiyena yoʻsinidagi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishi orqali taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi hujjatlar qabul qilingan: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2020-yil 26-martdagi OʻRQ-613-son Qonuni, Oʻzbekiton Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoni, Oʻzbekiton Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 26-martdagi PQ-4649-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori.
II. FUQAROLARNING SOGʻLIGʻINI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILISH
13-modda. Fuqarolarning sogʻliqni saqlash huquqi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sogʻliqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar.
Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar fuqarolarning sogʻligʻi saqlanishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qatʼi nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-moddasi.
14-modda. Ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning sogʻliqni saqlash huquqi
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ajnabiy fuqarolarning sogʻliqni saqlash huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kafolatlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sogʻliqni saqlashda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng huquqdan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydi.
15-modda. Fuqarolarning sogʻliqqa taʼsir etuvchi omillar haqida axborot olish huquqi
Fuqarolar sogʻliqqa taʼsir etuvchi omillar haqida, shu jumladan yashash hududining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi toʻgʻrisida, ovqatlanishning oqilona normalari xususida, tovarlar, ishlar, xizmatlar, ularning xavfsizligi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va aniq axborot olish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 va 6-moddalari.
16-modda. Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi
Kasal boʻlib qolganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda va boshqa hollarda fuqarolar profilaktik, tashxis qoʻyish-davolash, kuch-quvvatni tiklash, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordami va boshqa xil yordamni, shuningdek bemorlarni, mehnatga layoqatsiz va nogiron kishilarni boqish-parvarishlash yuzasidan ijtimoiy chora-tadbirlarni, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlashni oʻz ichiga oladigan tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy-ijtimoiy yordam tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi.
Fuqarolar oʻzlarini ixtiyoriy ravishda tibbiy sugʻurta qildirish asosida, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari, oʻz shaxsiy mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning ayrim toifalari protezlar, ortopedik va moslama buyumlar, eshitish apparatlari, harakatlanish vositalari va boshqa maxsus vositalar bilan imtiyozli tarzda taʼminlanish huquqiga ega. Bunday huquqqa ega boʻlgan fuqarolarning toifalarini, shuningdek ularni taʼminlash shartlari va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-sonli “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
Fuqarolar ixtisoslashgan sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot muassasalarida tibbiy ekspertizadan oʻtish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Ayrim turdagi kasb-kor bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning sogʻligʻini saqlash
Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash, yuqumli va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ishlab chiqarishlar hamda ayrim kasblarning xodimlari ishga kirish vaqtida dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Sogʻligʻining holatiga koʻra fuqaro ayrim turdagi kasb-kor hamda yuqori darajali xavf manbai boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanishga vaqtincha yoki doimiy layoqatsiz deb topilishi mumkin. Bunday qaror tibbiyot nuqtai nazaridan shugʻullanish nomaqbul deb topilgan faoliyatlar roʻyxatiga muvofiq holda tibbiy komissiyalar chiqargan xulosa asosida qabul qilinadi va uning ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Tibbiyot nuqtai nazaridan shugʻullanish nomaqbul deb topilgan ayrim turdagi kasb-kor va yuqori darajada xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda belgilanadi hamda besh yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish beruvchilar oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
18-modda. Oila sogʻligʻini saqlash
Har bir fuqaro davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida oilaga taalluqli masalalar, oʻzida ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklar bor-yoʻqligi yuzasidan, nikoh va oila munosabatlarining tibbiy-ruhiy jihatlari yuzasidan bepul maslahatlar olish, shuningdek tibbiy-irsiy hamda boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar olish va tekshiruvdan oʻtish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Har bir oila oʻziga oilaviy shifokor tanlash huquqiga ega.
Bolali oilalar fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasida qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Uch yoshga toʻlmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga koʻra qoʻshimcha qarovga muhtoj boʻlgan katta yoshdagi kasali ogʻir bolalar statsionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga davolash muassasasida uning yonida birga boʻlishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.).
19-modda. Voyaga yetmaganlarning huquqlari
Davlat voyaga yetmaganlarning sogʻliqni saqlash huquqlarini ularning jismoniy, maʼnaviy rivojlanishi uchun, kasalliklarning oldini olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar va boshqa muassasalarda tibbiy xizmatni yoʻlga qoʻyish orqali taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlar quyidagi huquqlarga ega:
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida boʻlish hamda bolalar va oʻsmirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish;
sanitariya-gigiyena taʼlimi olish, oʻqish hamda oʻzlarining fiziologik xususiyatlari va sogʻligʻiga mos sharoitlarda mehnat qilish;
kasbga yaroqliligini aniqlash chogʻida budjet mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar olish;
sogʻliqlari toʻgʻrisida oʻzlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish.
Oʻn besh yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasiga koʻra budjet mablagʻlari, xayriya jamgʻarmalari va boshqa fondlarning mablagʻlari, shuningdek ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning mablagʻlari hisobidan ijtimoiy himoya tizimi muassasalarida yashashlari mumkin.
Ota-onalar yoki boshqa shaxslarning oʻz tarbiyasidagi voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini buzishlari, ularni tarbiyalashdan boʻyin tovlashlari, voyaga yetmaganlar bilan ularning sogʻligʻiga zarar yetkazadigan darajada shafqatsiz munosabatda boʻlishlari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
20-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan hamda harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolarning huquqlari
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida harbiy xizmatdan muddatidan ilgari boʻshatilish huquqiga ega.
Harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan yoki harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan oʻtadi hamda sogʻligʻiga koʻra harbiy xizmatga chaqiruvni kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod etilish huquqini beradigan tibbiy maʼlumotlar toʻgʻrisida toʻliq axborot olish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 352-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
21-modda. Pensiya yoshidagi fuqarolarning huquqlari
Pensiya bilan taʼminlanish huquqini beradigan yoshga yetgan fuqarolarga davlat sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot tizimi muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish oʻz ichiga statsionar-ambulatoriya yoʻli bilan davolashni, sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirishni, yolgʻiz keksalarga ularning oʻz uyida hamda internat-uylarda xizmat koʻrsatishni qamrab oladi.
Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa asosida qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari, aholini ijtimoiy himoya qilish organlarining mablagʻlari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan kuch-quvvatni tiklash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Nogironlarning huquqlari
Nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar va bolalikdan nogironlar tibbiy-ijtimoiy yordam olish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli asoslarda taʼminlanish, shuningdek kasb-kor egallash va qayta tayyorgarlikdan oʻtish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Nogironlar davlat sogʻliqni saqlash tizimi va ijtimoiy taʼminot muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish, oʻz uylarida parvarish qilinish, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz nogironlar va surunkali ruhiy xastaliklarga chalingan nogironlar esa ijtimoiy taʼminot muassasalarida yashash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi va ularga beriladigan imtiyozlar roʻyxati qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Favqulodda vaziyatlar tufayli jabr koʻrgan fuqarolarning huquqlari
Favqulodda vaziyat tufayli jabr koʻrgan fuqarolar bepul tibbiy yordam olish va sogʻliqni tiklash tarzida davolanish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish hamda hayoti va sogʻliqlariga tahdid solayotgan xavfni kamaytirishga qaratilgan gigiyena chora-tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar oʻtkazish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyat sharoitida odamlarni qutqarish va tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida jabr koʻrgan fuqarolarga bepul davolanish, shu jumladan sanatoriy va kurortlarda davolanish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy kompensatsiya olish kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida Nizom”.
24-modda. Bemorning huquqlari
Bemor tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega:
tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning hurmat va mehr-muruvvat koʻrsatishlari;
shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;
sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan oʻtish, davolanish va parvarish qilinish;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilab qoʻygan tartibda oʻz iltimosiga koʻra boshqa mutaxassislarning konsilium qilishi va ulardan maslahatlar olish;
tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, sogʻligʻining holati, qoʻyilgan tashxis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda uni tekshirish va davolash chogʻida olingan boshqa maʼlumotlar sir saqlanishi;
tibbiy aralashuvga oʻz ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish;
oʻz huquq va burchlari xususida hamda sogʻligʻining holati haqida maʼlumot olish, shuningdek sogʻligʻining holatiga doir maʼlumotlarni uning manfaatini koʻzlagan holda bersa boʻladigan shaxslarni tanlash;
ixtiyoriy tibbiy sugʻurta doirasida tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish;
tibbiy yordam koʻrsatish vaqtida sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda koʻrilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
huquqini himoya qilishi uchun huzuriga advokat yoki boshqa qonuniy vakil qoʻyilishi.
Huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning qonuniy vakili bevosita davolash-profilaktika muassasasining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
25-modda. Fuqarolarning oʻz sogʻligʻining holati toʻgʻrisida maʼlumot olish huquqi
Har bir fuqaro oʻz sogʻligʻining holati toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan tekshirish natijalari, qanday kasali borligi, qanday tashxis qoʻyilganligi, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bogʻliq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
Fuqaroning sogʻligʻi haqidagi maʼlumotni uning oʻziga, oʻn besh yoshga toʻlmagan shaxslar hamda qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni esa ularning qonuniy vakillariga davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori, boʻlim mudiri yoki tekshirish va davolashda bevosita qatnashayotgan boshqa mutaxassislar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kasallikning kechishi nomaqbul deb taxmin qilingan hollarda bu haqda fuqaroga va, basharti uning oʻzi oila aʼzolariga xabar qilishni taqiqlamagan va (yoki) bunday maʼlumot berilishi uchun biror shaxsni tayinlamagan boʻlsa, bemorning oila aʼzolariga tibbiy-odob meʼyorlariga rioya qilgan holda xabar qilinishi kerak.
Fuqaroning talabiga muvofiq unga sogʻligʻining holatini aks ettiruvchi tibbiy hujjatlardan koʻchirmalar beriladi.
Fuqaroning tibbiy hujjatlarida aks etgan maʼlumotlar shifokorlik siri boʻlib, u faqat ushbu Qonun 45-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslardagina fuqaroning roziligisiz taqdim etilishi mumkin.
26-modda. Tibbiy aralashuvga rozilik berish
Fuqaroning oʻz kasaliga doir maʼlumotlarni bilgan holda oʻz ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.
Fuqaroning ahvoli oʻz xohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib boʻlmaydigan hollarda fuqaroning manfaatini koʻzlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini konsilium hal qiladi, basharti konsiliumga yigʻilishning iloji boʻlmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal etadi.
Oʻn besh yoshga toʻlmagan shaxslarga va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy aralashuvga ularning qonuniy vakillari rozilik beradi. Ota-ona yoki boshqa qonuniy vakillar yoʻqligida tibbiy aralashuv toʻgʻrisidagi qarorni konsilium qabul qiladi, basharti konsiliumga yigʻilishning iloji boʻlmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslari va bemorning qonuniy vakillarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Tibbiy aralashuvni rad etish
Fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning toʻxtatilishini talab qilish huquqiga ega, ushbu Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda shifokor yozma tasdiqnoma olishga, agar tasdiqnoma olishning iloji boʻlmasa — tibbiy aralashuvni rad etishni guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan guvohlantirib olishga haqlidir.
Basharti tibbiy aralashuvni bemorning qonuniy vakili rad etsa va bu hol bemor uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa, shifokor bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilishi shart.
28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam koʻrsatish
Keyingi tahrirga qarang.
Atrofdagilar uchun xavfli kasallikka chalingan shaxslarga fuqarolar yoki ular qonuniy vakillarining roziligisiz tibbiy yordam koʻrsatilishiga (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, kasalxonaga yotqizish, kuzatish va yakkalab qoʻyishga) qonun hujjatlarida belgilangan asoslarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. FUQAROLARGA TIBBIY-IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATISH
29-modda. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
Davlat sogʻliqni saqlash tizimi, ijtimoiy taʼminot, jamoat birlashmalarining muassasalari koʻrsatadigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tibbiy xizmat koʻrsatishning asosiy, qulay va bepul turi boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
eng koʻp tarqalgan kasalliklar, shikastlanish, zaharlanish va shoshilinch yordam talab etiladigan boshqa holatlarni davolashni;
sanitariya-gigiyenaga doir va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, eng muhim kasalliklarning tibbiy profilaktikasini oʻtkazishni;
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlarini, turar joylarda fuqarolarga tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar koʻrishni.
Xususiy va boshqa xil sogʻliqni saqlash tizimlarining muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning hajmi va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori.
30-modda. Shoshilinch va tez tibbiy yordam
Fuqarolar sogʻliqni saqlash tizimining har qanday davolash-profilaktika muassasasida shoshilinch tibbiy yordam olish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga joylashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tartibga solinadi (3-ilova).
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishdan boʻyin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi.
Tez tibbiy yordam davlat sogʻliqni saqlash tizimining maxsus tez tibbiy yordam xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi toʻgʻrisida”gi nizom.
Fuqaroning hayoti xavf ostida boʻlgan taqdirda tibbiyot xodimlari uni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun har qanday transport turidan foydalanish huquqiga ega.
Militsiya, yongʻindan saqlash, avariya xizmatlari, transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek boshqa kasb-kor vakillari tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar voqea sodir boʻlgan joyda qonun hujjatlariga binoan zimmalariga yuklatilgan birlamchi shoshilinch yordamni koʻrsatishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-sonli “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
31-modda. Ixtisoslashgan tibbiy yordam
Ixtisoslashgan tibbiy yordam profilaktika, tashxis qoʻyish, davolashning va murakkab tibbiy texnologiyalardan foydalanishning maxsus usullarini taqozo etuvchi kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladi.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan davolash-profilaktika muassasalarida mutaxassis shifokorlar tomonidan koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sogʻliqni saqlash muassasalarida koʻrsatiladigan ixtisoslashgan tibbiy yordamning turlari, hajmi va sifat standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
32-modda. Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga davlat sogʻliqni saqlash tizimining tegishli davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi va doimiy tibbiy kuzatuv taʼminlanadi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar roʻyxati va bunday kasalliklarga chalingan shaxslar uchun imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-sonli “Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash va bunday kasalliklarga duchor boʻlgan shaxslarga imtiyozlar belgilash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam turlari va hajmini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilaydi.
33-modda. Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish
Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish davlat sogʻliqni saqlash tizimining ana shunday maqsadga moʻljallangan muassasalarida bepul amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-fevraldagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar roʻyxati”.
Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamning turlari va hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi.
34-modda. Profilaktika, tashxis qoʻyish, davolashning yangi usullarini, dori-darmonlar, immunobiologiya preparatlari va dezinfeksiya vositalarini qoʻllanish hamda biologik-tibbiy tadqiqotlar oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Sogʻliqni saqlash amaliyotida faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻllanishga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qoʻyish, davolash usullaridan, tibbiyot texnologiyalari, dori-darmonlar, immunobiologiya preparatlari va dezinfeksiya vositalaridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻllanishga ruxsat etilmagan, lekin belgilangan tartibda koʻrib chiqilayotgan tashxis qoʻyish, davolash usullari va dori-darmonlardan bemorni davolash manfaatini koʻzlab faqat uning ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi olinganidan keyin, oʻn besh yoshga toʻlmagan shaxslarni davolashda esa faqat ularning hayoti bevosita xavf ostida qolgan taqdirda va qonuniy vakillarining yozma roziligi bilangina foydalanish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tashxis qoʻyish, davolash usullari va dori-darmonlarni, immunobiologiya preparatlari va dezinfeksiya vositalarini, shu jumladan chet elda foydalaniladiganlarini qoʻllanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Insonni obyekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot oʻtkazishga faqat laboratoriya tajribalari oʻtkazilganidan va fuqaroning yozma roziligi olinganidan keyingina davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida yoʻl qoʻyiladi. Fuqaroni biologik-tibbiy tadqiqotlarda qatnashishga majburlash mumkin emas.
Biologik-tibbiy tadqiqot oʻtkazishga fuqarodan rozilik olinayotganda unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qoʻshimcha oqibatlari, ehtimol tutilgan xavfi, tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan natijalariga oid maʼlumotlar berilishi lozim. Fuqaro tadqiqotning istalgan bosqichida unda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-sonli “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan oʻtmagan profilaktika, tashxis qoʻyish, davolash usullari va dori-darmonlarni targʻib qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish taqiqlanadi. Ushbu normani buzish qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. Fuqarolarni dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash
Shifokorning doriqogʻozi boʻyicha va doriqogʻozsiz beriladigan dori-darmonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Dori-darmonlar va yakka tartibda foydalaniladigan tibbiyot buyumlari bilan imtiyozli asoslarda taʼminlanadigan fuqarolarning toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari fuqarolarning dori-darmonlar bilan imtiyozli asoslarda taʼminlanishi uchun doriqogʻoz yozib berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. TIBBIY EKSPERTIZA
36-modda. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash
Fuqarolarning kasallik, shikastlanganlik, homiladorlik, tuqqanlik, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganlik, protez qoʻydirganlik, sanatoriy-kurortda davolanganlik munosabati bilan va boshqa hollardagi mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertizalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari tomonidan oʻtkaziladi va ular fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqasini beradi. Xususiy va boshqa xil sogʻliqni saqlash tizimlarida davolangan fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilab qoʻyadigan tartibda beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.).
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizalanganida xodimni sogʻligʻining holatiga qarab vaqtincha yoki doimiy ravishda boshqa ishga oʻtkazish zarurati va muddati aniqlanadi, shuningdek fuqaroni belgilangan tartibda, shu jumladan unda nogironlik belgilari mavjud boʻlgan taqdirda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga yoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37-modda. Tibbiy-mehnat ekspertizasi
Tibbiy-mehnat ekspertizasi fuqarolar nogironligining sababi va guruhini, ularning mehnat layoqatini yoʻqotganlik darajasini, ular sogʻligʻini tiklashning turlari, hajmi va muddatini hamda ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini belgilaydi, tegishli xulosalar beradi. Ushbu xulosalar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriyati uchun majburiydir.
Tibbiy-mehnat ekspertizasini tashkil qilish va oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy-mehnat ekspertizasini oʻtkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
38-modda. Harbiy-tibbiy ekspertiza
Harbiy-tibbiy ekspertiza harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlarining zaxirasida (rezervida) turgan fuqarolarning hamda harbiy xizmatchilarning salomatligi jihatidan harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini, kasallik, yaradorlik, shikastlanganlik harbiy xizmat (harbiy yigʻinlarni oʻtash) bilan bogʻliqligini aniqlaydi, harbiy xizmatchilarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ularning sogʻligʻini tiklashning turlari, hajmi va muddatini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy-tibbiy ekspertizani tashkil etish va oʻtkazish tartibini, shuningdek harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolar va harbiy xizmatchilar sogʻligʻining holatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir. Harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
39-modda. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalari
Sud-tibbiyot ekspertizasi davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida ekspert tomonidan, uning yoʻqligida esa — ekspertiza oʻtkazishga jalb etilgan shifokor tomonidan surishtiruv oʻtkazayotgan shaxs, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud-psixiatriya ekspertizasi davlat sogʻliqni saqlash tizimining shu maqsadga moʻljallangan muassasalarida oʻtkaziladi.
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini oʻtkazgan muassasalarning xulosalari ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
40-modda. Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish va odamning oʻlgan vaqtini aniqlash
Patologik-anatomik tadqiqotlar sogʻliqni saqlash muassasalarida odam hayotligida hamda oʻlganidan soʻng tashxis qoʻyish (biopsiya va autopsiya), shuningdek, klinik sharoitda tashxis qoʻyish va kasallikni davolash ishlarining toʻgʻri olib borilganligini nazorat qilish, oʻlim sabablari haqida aniq maʼlumotlar olish maqsadida oʻtkaziladi.
Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish va odamning oʻlgan vaqtini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
V. TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI
41-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga oliy yoki oʻrta maxsus tibbiyot oʻquv yurtini tamomlaganlik toʻgʻrisida diplom olgan shaxslar, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan muayyan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati turlari bilan shugʻullanish huquqiga esa diplom va litsenziya olgan shaxslar ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiyot va farmatsevtika maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomni xorijiy davlatlarda olgan shaxslarning tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oʻz kasbi boʻyicha uch yildan koʻp ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishiga tegishli oʻquv yurtlarida qayta tayyorgarlikdan oʻtganlaridan keyin yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining attestatsiya komissiyalari oʻtkazadigan attestatsiya asosida yoʻl qoʻyiladi.
Tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida tugallanmagan oliy maʼlumoti boʻlgan shaxslarning tibbiyot sohasida oʻrta maʼlumoti boʻlgan xodimlar ishlaydigan lavozimlarda tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Oliy va oʻrta maxsus tibbiyot oʻquv yurtlari talabalarining fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatishda taʼlim dasturlariga muvofiq qatnashishiga tibbiyot xodimlari nazorati ostida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Gʻayriqonuniy ravishda tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
42-modda. Xususiy tibbiyot amaliyoti bilan shugʻullanish huquqi
Oliy yoki oʻrta maxsus tibbiy maʼlumot toʻgʻrisida diplom va tanlagan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun litsenziya olgan shaxslar xususiy tibbiyot amaliyoti, shu jumladan tabiblik (xalq tabobati) bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Tibbiy yordam koʻrsatish sifatini professional tibbiyot uyushmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ruxsatnoma (litsenziya) bergan organ nazorat qilib boradi.
Xususiy tibbiyot amaliyoti bilan shugʻullanish xususiy tibbiyot amaliyoti bilan shugʻullanishga ruxsatnoma bergan organning yoki sudning qarori bilan toʻxtatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
43-modda. Professional tibbiyot va farmatsevtika uyushmalari
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʻz huquqlarini himoya qilish, tibbiyot va farmatsevtika amaliyotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasb faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish maqsadida ixtiyoriy asosda tarkib topadigan professional uyushmalar hamda boshqa jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.
Professional tibbiyot, farmatsevtika uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari oʻz faoliyatlarini ustavlar asosida va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi
Shifokor diplomini olayotgan shaxslar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Shifokor degan yuksak unvonni olib, tibbiyot faoliyatiga kirishar ekanman:
oʻzimning bor bilim va mahoratimni bemorni davolashga hamda inson sogʻligʻini saqlashga bagʻishlashga;
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har bir bemorga kuch-gʻayratim va vaqtimni ayamay tibbiy yordam koʻrsatishga;
bemorning sogʻligʻini shaxsiy manfaatlarimdan yuqori qoʻyishga, kamtar va halol boʻlishga, oʻz bilim va mahoratimni doimo oshirib borishga;
shifokor sirini saqlashga;
kishilarga hamisha mehr-muruvvat va shifo topishlariga ishonch hadya etishga;
Buqrot, Abu Ali ibn Sino singari ulugʻ tabiblarning shonli anʼanalarini davom ettirishga tantanali qasamyod qilaman.
Ushbu qasamyodga umrimning oxirigacha sodiq qolishga qasamyod qilaman”.
Shifokorlar qasamyodni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
45-modda. Shifokor siri
Fuqaroning tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, uning sogʻligʻining holati, kasalligiga qoʻyilgan tashxis xususidagi hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa maʼlumotlar shifokor sirini tashkil etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-apreldagi 5-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qoidalari”ning 20-bandi.
Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlardan oʻqish hamda kasb-korga, xizmatga doir va boshqa xil vazifalarni bajarish paytida xabardor boʻlib qolgan shaxslarning bu maʼlumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan hollar bundan mustasno.
Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga koʻra yoʻl qoʻyiladi:
ahvoli ogʻirligi sababli oʻz xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;
yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;
tergov yoki sud tekshiruvi oʻtkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning soʻrovi boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
oʻn besh yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam koʻrsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaroning sogʻligʻiga gʻayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud boʻlganida.
Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlar qonunda belgilangan tartibda berilgan shaxslar shifokor sirini oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan bab-baravar javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
46-modda. Fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash
Fuqarolarning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollarda aybdorlar jabrlanganlar koʻrgan zarar oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan hajm va tartibda qoplashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Gʻayriqonuniy xatti-harakatlardan jabr koʻrgan fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatishga sarflangan mablagʻlar ularning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʻz kasb-kor vazifalarini malakali bajarmaganliklari oqibatida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zararning oʻrnini qoplash tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qonunga muvofiq intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
47-modda. Sogʻliqni saqlash sohasida fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat qilish huquqi
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning ushbu Qonunda belgilangan fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlari ustidan yuqori davlat organlariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
265-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 40-son, 411-modda; 2010-y., 20-son, 148-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)