toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qayd etib o‘tilsinki, aholiga keng ko‘lamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini, uning o‘z vaqtida va yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash respublikada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini yaratishning muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda tashkil etilgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar tarmog‘i, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari sohadagi mazkur vazifalarni ma’lum darajada hal etish imkonini berdi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining mustahkamlanishi bemorlarni statsionar sharoitida davolash darajasining 2017-yilda 1991-yilga nisbatan 1,6 barobar pasayishiga, poliklinika muassasalariga aholi murojaatlari soni esa 2,2-martaga oshishi va kishi boshiga qatnovlar sonini 6,5 dan 9,7 gacha oshirishga imkon yaratdi.
Shu bilan birgalikda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar o‘z yechimini topmay kelmoqda. Aholining, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholi salomatligi holatining patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxshilashni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning murojaatlari tahlili aholining tibbiy yordam sifatidan, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, uning o‘z vaqtida ko‘rsatilishidan qoniqmayotganligini ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot muassasalarini joylashtirish ishlari oqilona olib borilmaganligi sababli ayrim aholi punktlari birlamchi tibbiy yordamdan tezkorlik bilan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlarida xizmatlar biri-birini takrorlab kelmoqda. Ambulatoriya-poliklinika va statsionar tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning o‘zaro integratsiyasi qoniqarsizligicha qolmoqda Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash tizimi sifat jihatdan takomillashtirilishiga ehtiyoj sezmoqda.
Respublika aholisining malakali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan keng foydalanish imkoniyatini yanada oshirish, uning o‘z vaqtida ko‘rsatilishini hamda qamrab olinishi kengaytirilishini ta’minlash, umuman mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida kasallanish darajasini pasaytirish maqsadida:
1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini yanada isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimini kasalliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktika va patronaj ishlariga qayta yo‘naltirish. Faoliyat samaradorligining asosiy mezoni sifatida xizmat ko‘rsatish hududida qatnov va davolangan bemorlar sonining kamayishi ko‘rsatkichlari o‘rniga aholining shifoxonada davolanishi, kasallanish va nogironlik darajasini pasaytirish ishlariga o‘zgartirish;
qishloq vrachlik punktlari (bundan buyon — QVP), oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda xizmat ko‘rsatish vaqtini soat 8:00 dan 20:00 gacha uzaytirish hisobiga aholi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ularda tunu-kun davomida mobil ishlaydigan, yaxshi jihozlangan tez yordam podstansiyalarini tashkil etish va foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
fertil yoshidagi va homilador ayollar, bolalar, shuningdek o‘zgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, surunkali kasallikka chalingan va boshqa shaxslar o‘rtasida patronaj ishlarini muntazam olib borishni tashkil etish;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
qishloq aholisi, shu jumladan, bevosita ularning turar joylarida profilaktik ko‘ruvlar, laboratoriya klinik-biokimyoviy va instrumental (UTT, EKG va boshqa) tekshiruvlarni olib borish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning surunkali holga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik tizimini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq aholisiga bevosita QVP va poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini tuman darajasida, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlar hamda tibbiyot oliygohlari klinikalari tomonidan ixtisoslashgan xizmatlar tizimini yaratishda amaliy yordam berishni tashkil etish orqali kengaytirish;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
QVP va poliklinikalar moddiy-texnik bazasini zarur diagnostika va davolash jihozlari, shu jumladan tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mobil brigadalarni joylashtirish hisobiga mustahkamlash;
QVP va poliklinika shifokorlarining malakali faoliyatini ta’minlash uchun, shu jumladan ularni klinik protokol, tibbiy adabiyot, me’yoriy hujjatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, birlamchi tibbiy hujjatlarni maqbullashtirish va elektron shaklini bosqichma-bosqich joriy etish hisobiga yetarli shart-sharoitlar yaratish;
qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalar shifokorlarini uy-joy va transport vositalari bilan ta’minlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (bundan keyin — Komissiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining vakillari bilan birgalikda qishloq vrachlik punktlari joylashuvi, texnik jihozlanganlik holati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Komissiyaning, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining QVPlar tarmog‘ini maqbullashtirish to‘g‘risidagi quyidagilarni ko‘zda tutuvchi taklifi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin:
QVPlar sonini 2 985 tadan 1 612 tagacha qisqartirish va 793 ta QVPlar negizida kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish;
tashkil etiladigan qishloq oilaviy poliklinikalarining hududlarida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yo‘lga qo‘yadigan “Dori-darmon” AK tizimining dorixonalarini joylashtirish;
qisqartirilayotgan qishloq vrachlik punktlari negizida yangi 441 ta podstansiyalarni tashkil etish orqali qishloq joylardagi tez tibbiy yordam tarmog‘ini kengaytirish;
faoliyati tugatilayotgan 658 ta QVP binolarini QVP va poliklinika shifokorlari uchun xizmat uy-joyi sifatida foydalanishga topshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
2025-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tizimida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar va oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlarining faoliyatini amaldagi shtat birliklari doirasida yuridik shaxs maqomida qayta tashkil etish va ularga moliyaviy-buxgalterlik xizmati ko‘rsatishni tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari zimmasiga yuklash.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Belgilansinki, tuman tibbiyot birlashmalari tegishli qishloq vrachlik punktlarining huquqiy vorislari hisoblanadilar.
4. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy- sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklar profilaktikasi, erta aniqlash, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va keng joriy etish;
sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
tibbiyot kadrlari tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari binolari, shuningdek, uzoq va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida joylashgan QVP va poliklinika shifokorlari yashashi uchun xizmat uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini belgilangan tartibda kiritib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan QVPlar tomonidan ilgari xizmat ko‘rsatilgan aholini optimal joylashgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga biriktirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida aholini xabardor qilish;
qayta biriktirilayotgan aholi uchun malakali tibbiy yordamni tashkil etish;
tugatilayotgan QVPlarning tibbiy asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkining saqlanishi, o‘tkazib berilishi va samarali foydalanilishini ta’minlash;
maqbullashtirilishi natijasida bo‘shaydigan QVPlar xodimlarini ish bilan ta’minlash;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalarini qo‘shimcha biriktiriladigan aholi sonini hisobga olgan holda o‘z vaqtida moliyalashtirish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida faoliyat ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlash;
davlat granti asosida ta’lim olgan tibbiyot oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalariga 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ishlab berish uchun yo‘llash;
qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l haqi kompensatsiyasini belgilash va to‘lab berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2017-yilning 1-iyulidan tuman, viloyat va respublika miqyosidagi muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish va davolashni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017-yilning 1-oktabridan boshlab, kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini reyting tizimida baholash hamda ular tomonidan aholiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat ko‘lami va sifatini baholash asosida tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Belgilansinki:
ushbu qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni bajarish amaldagi xodimlar shtat birligi va qishloq vrachlik punktlarini ta’minlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi;
qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar qishloq oilaviy poliklinikalari va vrachlik punktlari tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar, reagentlar, sarflov materiallari va transport vositalari bilan ta’minlanish darajasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-mart,
PQ-2857-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli qaroriga
1-ILOVA
Qishloq vrachlik punktlarini
maqbullashtirish tadbirlari

T/r

Hududlar nomi

Mavjud QVPlar soni

Saqlanayotgan BTSYO muassasalari soni, jami

jumladan:

O‘z faoliyatini tugatayotgan QVPlar

O‘z faoliyatini tugatayotganlardan

Oilaviy poliklinikalar, kunduzgi shifo o‘rinlari bilan

Qishloq vrachlik punktlari

“103” shaxobchasiga aylantiriladi

Shifokor uchun uy-joy sifatida foydalaniladi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

188

102

66

36

86

4

74

2.

Andijon viloyati

312

152

67

85

160

67

20

3.

Buxoro viloyati

276

164

71

93

112

42

58

4.

Jizzax viloyati

169

81

26

55

88

23

44

5.

Qashqadaryo viloyati

256

155

72

83

101

30

42

6.

Navoiy viloyati

147

89

34

55

58

21

26

7.

Namangan viloyati

211

137

62

75

74

27

34

8.

Samarqand viloyati

357

170

43

127

187

64

101

9.

Sirdaryo viloyati

130

69

31

38

61

8

39

10.

Surxondaryo viloyati

245

128

94

34

117

55

46

11.

Toshkent viloyati

248

132

74

58

116

28

64

12.

Farg‘ona viloyati

283

150

88

62

133

37

81

13.

Xorazm viloyati

163

83

65

18

80

35

29

Jami

2985

1612

793

819

1373

441

658

Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan izohning chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli qaroriga
2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish
KOMPLEKS CHORA TADBIRLARI
Oldingi tahrirga qarang.

T\r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mablag‘ miqdori

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

Ijro mexanizmi, qabul qilinadigan hujjat shakli

I. Me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Tibbiy xodimlar faoliyati natijalarini baholash orqali ularni mehnatini rag‘batlantirish tizimini ko‘zda tutuvchi “Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va to‘liqligini reyting tizimida baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda uni 2017-yil 1-oktabrdan boshlab amaliyotga tatbiq qilish

2017-yil aprel


2017-yil may

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi

1. Me’yoriy-huquqiy hujjatni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2. Me’yoriy-huquqiy hujjatning konsepsiya va loyihasini tayyorlash.

3. Me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

4. Me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish

2.

Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlarni xizmat uylari bilan ta’minlash tartibini belgilovchi Nizomni tasdiqlash

2017-yil aprel

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi

Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlarini xizmat uylari bilan ta’minlash tartibini belgilovchi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash

3.

Davlat grantlari asosida tibbiyot oliygohlarida ta’lim olgan bitiruvchilarni 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda ishlash uchun yo‘llash tartibi yuzasidan Nizomni tasdiqlash

2017-yil aprel

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy ta’lim

vazirligi

Mehnat

vazirligi

Tibbiyot oliygohlari bitiruvchilarini 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda ishlash uchun yo‘llash tartibini joriy qilish yuzasidan Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash

4.

Davlat budjetlari hisobidan respublika, viloyat va tuman darajasidagi shifoxonalarda bemorlarni tekshirish va davolanish tartibini belgilovchi Nizomni tasdiqlash

2017-yil aprel

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi

Davlat budjetlari hisobidan respublika, viloyat va tuman darajasidagi shifoxonalarda bemorlarni qat’iy ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, jumladan qishloq vrachlik punktlari, ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalarning yo‘llanmasiga muvofiq tekshirish va davolanishini belgilovchi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash

5.

Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l xarajatlari miqdorini belgilash va qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash

2017-yil aprel

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi

Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l xarajatlarini qoplash va belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash

6.

Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarning shtat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish, bunda shifokor va patronaj hamshiraning yuklama me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘rta tibbiy xodimlar funksional vazifalarini qayta taqsimlashni hamda oilaviy poliklinikalar shtat me’yorlariga tor soha mutaxassislarini kiritishni ko‘zda tutish

2017-yil III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi

Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarning yangi shtat me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash

7.

Ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punkti faoliyatini tashkillashtirish va tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish jarayonidagi vazifalar hamda ularni amalga oshirishda tibbiy xodimning javobgarligini belgilovchi tartib (reglament) ni ishlab chiqish

2017-yil III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini belgilovchi me’yoriy huquqiy hujjatlar bazasini qayta ko‘rib chiqish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining boshqa tibbiy muassasalar bilan uzviylikdagi hamkorligini belgilovchi hamda bemorlarni statsionar muassasalarga rejali davolanish uchun yo‘llash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash

8.

Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va tuman (shahar) markaziy poliklinikalariga dori-darmon, tibbiy buyumlar va reagentlarni xarid qilish uchun ajratiladigan budjet mablag‘laridan samarali foydalanish konsolidar xaridlarni nazarda tutuvchi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, bunda aholiga tibbiy xizmatlar va laborator diagnostikaning kengayishini inobatga olish

2017-yil III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi

Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va tuman(shahar) markaziy poliklinikalarida tibbiy xizmatlar hajmini kengayishini nazarda tutgan holda dori darmon, tibbiy buyumlar va reagentlarni konsolidar xarid yo‘li bilan sotib olish mexanizmini belgilovchi qo‘shma qarorni ishlab chiqish va tasdiqlash

9.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarini yuritish tartibini qayta ko‘rib chiqish va ularning soni va hajmini kamaytirish

2017-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritilayotgan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarning shakllarini qayta ko‘rib chiqish, ularning hajmi

va sonini maqbullashtirish, yangi shakllarni sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘ini qabul qilish

10.

Mavjud shtat me’yorlariga qo‘shimcha kiritish, bunda shahar (Toshkent shaharda tuman) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudirining o‘rinbosari -oilaviy poliklinika koordinatori lavozimini mavjud umumiy xodimlar sonidan kelib chiqib kiritish

2017-yil III chorak

8,5 mln. so‘m

Ajratilayotgan

budjet

mablag‘lari

doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi

Oilaviy poliklinika koordinatori lavozimi kiritishni nazarda tutgan holda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shtat me’yorini ishlab chiqish va tasdiqlash

11.

E?akchi davlatlar foydalangan va mahalliy dori darmonlardan keng tatbiq qilgan holda asosiy kasalliklarni diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi bo‘yicha klinik protokollar (algoritm) larni ishlab chiqish va yangilash

2017 — 2021 yy

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Asosiy kasalliklarning diagnostikasi va davolash bo‘yicha klinik protokol va algoritmlarni ishlab chiqish va tasdiqlash

II. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash, diagiostikasi va davolashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va keng joriy qilish

12.

Demografik sharoitlarni ahamiyatga olgan holda aholisi 30 mingdan ziyod bo‘lgan shaharlarda oilaviy poliklinika tizimini bosqichma bosqich kengaytirish hisobiga shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini oshirish

2017 — 2020 yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashga, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

Demografik sharoitlarni ahamiyatga olgan holda aholiga 30 mingdan ziyod bo‘lgan shaharlarda oilaviy poliklinikalarni tashkil qilish

13.

Birlamchi tibbiy sanitariya-yordami muassasalarining yangi shtat me’yorlarini ahamiyatga olgan holda ularni yangi jihozlash jadvalini tasdiqlash
Jihozlash jadvaliga muvofiq ularni bosqichma bosqich tibbiy asbob uskunalar bilan to‘liq jihozlash

2022-2023 yy.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining yangi jihozlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash

14.

Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida elektron tibbiy hujjatlarni yuritilishini dasturiy ta’minoti yuzasidan eksperimentni joriy qilish va eksperiment natijalaridan kelib chiqib, respublikadagi boshqa birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

2017-yil

yil I chorak


2018-yil
I chorak

30,0 ming AQSH doll.

JSST mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Moliya vazirligi
Axborot texnologiyalar qo‘mitasi

Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida elektron tibbiy hujjatlarni yuritilishini dasturiy ta’minlash yuzasidan eksperimentni joriy qilish
Eksperiment natijalaridan kelib chiqib, respublikadagi boshqa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash

15.

Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy- sanitariya yordami muassasalarida noinfeksion kasalliklar, ayniqsa gipertoniya kasalligi, qandli diabet va o‘pkaning surunkali kasalliklarini xavf belgilarini 40 yosh va undan katta aholida erta aniqlash yuzasidan skriningni joriy qilish va ijobiy amaliyotni respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq qilish yuzasidan takliflar kiritish.
Oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining 3000 dan kam bo‘lmagan tibbiy xodimlarini maxsus ?urslarda o‘qitish

2017-2018 yy.

400,0 mln. so‘m

Ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent sh. hokimliklari

Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida noinfeksion kasalliklar, ayniqsa gipertoniya kasalligi, qandli diabet va o‘pkaning surunkali kasalliklarini xavf belgilarini 40 yosh va undan katta aholida erta aniqlash yuzasidan skriningni joriy qilish va respublikaning boshqa hududlariga ham joriy qilish yuzasidan takliflar kiritish. Oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining 3000 dan kam bo‘lmagan tibbiy xodimlarini maxsus kurslarda o‘qitish uchun o‘quv dasturlari tayyorlash va seminarlarni o‘tkazish

16.

Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarining amaliyotiga respublika va viloyat tibbiyot muassasalari, tibbiyot oliygohlari va ularning klinikalari tomonidan qo‘llab quvvatlovchi kuratorlik mexanizmini joriy qilish

2017-yil
II chorak

2017 — 2021 yy.

1697,7mln.

so‘m

Ijrochilar

mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining amaliyotiga respublika va viloyat tibbiyot muassasalari, tibbiyot oliygohlari va ularning klinikalari tomonidan qo‘llab quvvatlovchi kuratorlik mexanizmini joriy qilish bo‘yicha Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash

17.

Aholining tibbiy madaniyatini hamda fuqarolarning o‘z salomatligiga mas’ulligini oshirishga yo‘naltirilgan aniq profilaktik dasturlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy roliklar orqali sog‘lom turmush tarzi asoslarini faol targ‘ib qilish

2017-yil

60,0 mln. so‘m rolik ishlab chiqish uchun

Homiylar

mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zMTRK

Aniq profilaktik dasturlar va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qiluvchi ijtimoiy roliklarni tayyorlash

18.

Xar yili tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq ijtimoiy tarkibdagi, aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan bepul SMS xabarlarni tayyorlash va tarqatish

2017-yil

avgustdan

doimiy

asosda

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalar

qo‘mitasi

kompaniyalari

Ijtimoiy tarkibdagi SMS xabarlarni tayyorlash va tarqatish bo‘yicha dastur ishlab chiqish

III. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

19.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari binolari holatini qayta inventarizatsiyadan o‘tkazish va 2018 — 2021-yillar rivojlanish davlat dasturlarining manzilli ro‘yxatiga kiritish

2017 — 2021

yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Davarxitektqurilish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

Idoralararo komissiya tomonidan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar binolarining holatini o‘rganib chiqish va ta’mirlash joiz bo‘lganlarini rivojlanish davlat dasturlari loyihasiga kiritish

20.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bunda:

126 ta qishloq vrachlik punktlari va 180ta oilaviy poliklinikalarni jihozlanish jadvaliga muvofiq tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlash;

Qishloq vrachlik punktlari va qishloq

oilaviy poliklinikalarini EKG, laborator va sterilizatsion uskunalar, ginekologik, xirurgik va shifokorlik jamlanmalari bilan qo‘shimcha jihozlash;

Oilaviy poliklinikalarni bosqichma bosqich zamonaviy diagnostik asbob uskunalar, jumladan, rentgen va UTT apparatlari bilan ta’minlash

2017-yil


2017-2018

yy.

14,7 mln. AQSH doll.

2,2 mln. AQSH doll.

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Oilaviy poliklinikalarni bosqichma bosqich zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlash

21.

Immunizatsiya va vaksinoprofilaktika jarayonida qatnashuvchi muassasalarni ta’mirlash, sovutkich va maxsus avtotransport bilan ta’minlash, shuningdek, vaksinatsiyalash jarayonini elektron boshqarish tizimini yaratish, mutaxassislarni tayyorlash hamda aholining emlashning afzalliklari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish

2017 — 2022

yy

17,2 mln AQSH doll

Vaksinatsiya va immunizatsiyaning global alyansi
(GAVI)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Immunizatsiya va vaksinoprofilaktika jarayonida qatnashuvchi muassasalarni maxsus avtotransport va sovutkichlarni sotib olish bo‘yicha xaridlarni amalga oshirish vaksinatsiyalash jarayonini elektron boshqarish tizimini yaratish, mutaxassislarni tayyorlash va aholining emlashning afzalliklari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish

22.

Qishloq vrachlik punktlari va yaratilayotgan qishloq oilaviy poliklinikalarida tibbiy xodimlar uchun sharoit yaratish, bunda:

136 ta QVP qoshida uy joy qurish;

658 ta QVP qoshida shifokor yashashi uchun sharoit yaratish maqsadida bosqichma bosqich mukammal ta’mirlash;

tashkil qilinayotgan 793 ta poliklinika va 441 ta “103” shaxobchalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;

“103” xizmati uchun 550 dona “Damas” rusumli avtotransport sotib olish

2017 — 2019

yy

12,3 mlrd so‘m

21,0 mlrd so‘m

75,0

mlrd.so‘m

19,3
mlrd.so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

QVP, qishloq oilaviy poliklinikalar binosi holatini qayta o‘rganish, nuqson dalolatnomalarini tuzish va ularni mukammal ta’mirlash, qurilish rekonstruksiya ishlarini o‘tkazish, “103” xizmati uchun avtotransport sotib olish

IV. Tibbiy xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

23.

Hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida birlamchi tibbiy- sanitariya yordami muassasalarining tibbiy xodimlarining diplomdan keyingi uzluksiz tibbiy ta’lim tizimi bilan qamrab olish maqsadida tashkil qilinayotgan o‘quv-amaliyot markazlarini jihozlash

2016-2017

yy.

3,5 mln. AQSH doll.

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida tashkil qilinayotgan o‘quv-amaliyot markazlarini jihozlash jadvalini tayyorlash zarur asbob uskunalar jadvalini tayyorlash va ularni xarid qilish

24.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining muammoli masalalari va tashkillashtirish yuzasidan maqsadli tematik ilmiy izlanishlarning ro‘yxatini tuzish, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarni belgilash hamda ushbu sohada innovatsion ilmiy izlanishlarni rivojlantiruvchi yangi dastur va uslublarni ishlab chiqish

2017 — 2021

yy.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Fanlar akademiyasi

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining muammoli masalalariga qaratilgan ilmiy izlanishlarni tashkil qilish

25.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, bunda:

umumiy amaliyot shifokorlarini masofadan malakasini oshirish va bilimini baholashni usullarini joriy qilish;

qishloq vrachlik punktlari mudirlari uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish bo‘yicha maxsus 72-soatli o‘quv dasturi ishlab chiqish;

patronaj hamshiralarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv amaliy dasturlarni takomillashtirish

2017-yil.


2017 — 2021

yy.

318,8 mln. so‘m-

Ajratilayotgan

budjet

mablag‘lari

miqdorida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari tibbiy xodimlarini o‘qitishni tashkillashtirish va amalga oshirishda onlayn-texnologiyalarni qo‘llash

2017 — 2021-yillarda tadbirlari amalga oshirish uchun jami — 130 085,0 mln so‘m va 37,6 mln AQSH doll. mablag‘i sarflanadi.
Shundan:
Davlat budjeti mablag‘lari-468,5 mln so‘m;
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiyasi, kapital ta’mirlash va jihozlash Jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari — 127 600 mln so‘m;
Ijrochilar mablag‘lari-2016,5 mln so‘m;
Xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari-37,6 mln. AQSH doll.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)