1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash uchun buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish tartibini takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni gʻayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/620/3482-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2026-y., 09/26/161/0339-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
2. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda topshirish vakolatiga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy davlat hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maxsus qogʻozlarda tayyorlab bersin.
4. Barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar oʻz xodimlarining rasmiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy hujjatlarni gʻayriqonuniy tarzda tayyorlash va ulardan foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralarni koʻrsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-iyul,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 1-ILOVA
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda “rasmiy hujjatlar” deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
2. Mazkur Nizomning amal qilishi rasmiy hujjatlar blankalari asl nusxalarini ishlab chiquvchi, ularga buyurtma beruvchi, ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga joriy etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
3. Rasmiy hujjatlar blankalari, shu jumladan bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan matbaa korxonalari (keyingi oʻrinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi.
4. 1992-yilning 1-yanvaridan soʻng berilgan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shakli Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida muhofazalangan qogʻozlarda tayyorlanadi.
5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlashga moʻljallangan qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma ashyolar qatʼiy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga kiradi.
II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
6. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlash vakolatli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda “buyurtmachilar” deb ataladi) yozma buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
7. Matbaa korxonalari tomonidan rasmiy hujjatlar blankalari tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish buyurtmachida seriyalari va tartib raqamlari majburiy ravishda koʻrsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan, matbaa korxonasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari tomonidan imzolangan alohida “Buyurtmalar daftari”da roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
III. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qoʻyiladigan talablar
9. Matbaa korxonalarida qatʼiy hisobda turadigan buyumlarning saqlanishi va tezkor hisobga olinishini taʼminlaydigan qatʼiy tartib oʻrnatiladi.
10. Tartib talablariga rioya etish matbaa korxonasi barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
11. Matbaa korxonasida tartibning tashkil etilishi va holati uchun rahbar va tartib boʻyicha masʼul shaxs javob beradi.
Matbaa korxonasida tartibning holati uchun masʼul shaxs bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.
12. Ishlab chiqarish va omborxona binolarida tartibga rioya qilish uchun tegishli boʻlinmalarning rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, ustalar, katta omborchilar va omborchilar javob beradilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
13. Maxsus qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, rasmiy hujjatlar blankalarining tayyor bosma va quyma mahsulotlari qoldiqlarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi uchun matbaa korxonasining bosh (katta) buxgalteri javob beradi.
Koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarning tezkor hisobi oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi uchun sexlar (uchastkalar) boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ustalar, omborchilar hamda qatʼiy hisobda turadigan maxsus qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash va hisobga olish bilan bogʻliq boshqa shaxslar javob beradilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Qatʼiy hisobda turadigan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash bilan bogʻliq shaxslar tartib buzilishining barcha hollari toʻgʻrisida matbaa korxonasi rahbariyatiga yoki tartibning holati uchun masʼul shaxsga, buxgalteriya hisobi buzilishi toʻgʻrisida esa, shuningdek bosh (katta) buxgalterga yozma shaklda axborot berishlari kerak.
15. Daftarlardagi va boshqa hisobga olish hujjatlaridagi yozuvlar operatsiyalar sodir etilgan paytda yuritiladi. Aniqlangan xato bitta chiziq bilan oʻchiriladi va uning tepasiga toʻgʻri yozuv yozib qoʻyiladi. Oʻchirib yozish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
16. Matbaa korxonasi rahbari, shuningdek tartibning holati uchun masʼul shaxs qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq barcha xodimlar bilan belgilangan tartibni oʻrganishni tashkil etadilar hamda bir yilda kamida bir marta jurnalga tegishli shaklda belgi qoʻygan holda ushbu tartib boʻyicha bilimlarni tekshiradilar. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berishga yangi xodim qoʻyilishi oldidan uning tartib boʻyicha bilimlari jurnalga belgi qoʻyilgan holda albatta tekshiriladi.
17. Omborxona uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashtirilgan taqdirda uning zimmasida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarni berish matbaa korxonasi rahbari tomonidan tayinlanadigan va tasdiqlanadigan komissiya ishtirokida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi. Dalolatnoma korxona bosh buxgalteriga beriladi.
Omborxona ichidagi uchastka uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning zimmasida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarni topshirish sex boshligʻining farmoyishi boʻyicha amalga oshiriladi hamda katta usta va usta ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
18. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan sexlar binolarini, ustaxonalar, boʻlimlar, yuk saqlanadigan joylar va omborxonalarni ochish tegishli boʻlinmalarning boshliqlari, oʻrinbosarlari yoki katta smena ustalari, qoʻriqlash vakili hamda moddiy javobgar shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Eshiklar ochilishidan oldin muhrlarning butunligi puxta koʻzdan kechiriladi, qulflarning sozligi tekshiriladi.
Ikkita moddiy javobgar shaxs birgalikda ishlashi nazarda tutilgan qatʼiy hisobda turadigan yukxonada saqlanadigan mahsulotlarni ochish va yopish ular hozir boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan biri hozir boʻlmagan taqdirda yukxonalarni ochish va yopish korxonadagi tartib uchun javob beruvchi shaxs ishtirokida bajariladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
19. Ish tamom boʻlgandan keyin sex binolari, ustaxonalar, boʻlimlar, yukxonalar va qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq omborxonalar yongʻindan saqlash nuqtai nazaridan tekshiriladi, qulflanadi hamda qoʻriqlash vakili hozirligida tegishli boshliqlar, oʻrinbosarlar, katta smena masterlari tomonidan muhrlanadi.
Yopilgan va muhrlangan binoning kalitlari maxsus shaklda qoʻriqlashga obyektni qabul qilib olish daftaridagi dasxat bilan masʼul shaxsga saqlash uchun topshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
20. Sexlar, ustaxonalar, boʻlimlar, yukxonalar va omborxonalarni avariyalar paytida sex boshliqlari va moddiy javobgar shaxslar hozir boʻlmaganda ochish faqat matbaa korxonasi rahbari, uning oʻrinbosari yoki korxona boʻyicha masʼul navbatchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish binolari va yukxonalarni ochishning bunday har bir holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda keyingi kuni komissiya ishtirokida qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar mavjudligi tekshiriladi.
Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar kamomadi aniqlangan taqdirda tegishli shakldagi dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun tuzilgan zahoti matbaa korxonasi rahbariga yoki tartibning holati uchun masʼul shaxsga beriladi.
21. Qatʼiy hisobda turadigan buyumlarni matbaa korxonasi hududidan olib chiqib ketish ishonchnoma asosida berilgan, matbaa korxonasi rahbari va bosh buxgalteri yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan imzolangan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
22. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulot ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan bosmaxonalar yoki maxsus uchastkalar tegishli alohida qoʻriqchi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
23. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulot tayyorlovchi maxsus uchastkalarda yoki ixtisoslashtirilgan bosmaxonalarda ishlaydigan shaxslarni kiritish maxsus doimiy ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi (ruxsatnomaning old tomonida rekvizitlar: xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, ruxsatnomaning tartib raqami, 3x4 sm oʻlchamdagi surat, guvohnomaning amal qilish muddati, rahbarning imzosi va korxona muhri boʻladi).
Ruxsatnomalar nazorat-oʻtkazish punkti kartotekasida saqlanadi. Xodim ishga kelganda oʻzining tartib raqamini aytadi, qoʻriqchi kartotekadan ushbu tartib raqamli ruxsatnomani oladi, shaxsni surati bilan solishtiradi va shundan keyingina uni maxsus uchastka hududiga kiritadi (ruxsatnoma ish smenasi tugagungacha xodimda boʻladi).
Ish tugagach nazorat oʻtkazish punktidan oʻtayotganda xodim ruxsatnomani qoʻriqchiga koʻrsatadi, qoʻriqchi uni kartotekaga biriktirib qoʻyadi.
24. Maxsus uchastkaga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (chilangarlar, elektrchilar, santexniklar) korxonaga ularda ruxsatnomalar byurosi tomonidan katta usta (usta)ning oldindan berilgan, matbaa korxonasi rahbari yoki korxonadagi tartib uchun masʼul shaxs imzolagan yozma buyurtmanomasi asosida beriladigan maxsus shakldagi vaqtinchalik ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda kiritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
25. Korxonaga keluvchilar (buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, energiya, bugʻ qozonxonalari nazorati vakillari va shu kabilar) maxsus uchastka yoki maxsus bosmaxona hududiga maʼmuriyat ruxsati bilan ruxsatnomalar byurosi tomonidan beriladigan bir martalik ruxsatnomalar boʻyicha, shaxsini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda kiritiladilar. Ruxsatnomalar byurosi boʻlmaganda, ruxsatnomalar matbaa korxonasi rahbari tomonidan maxsus tayinlanadigan shaxs tomonidan beriladi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati, keluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning borayotgan joyi, ruxsatnoma berishga asos boʻlgan hujjatning nomi va tartib raqami, matbaa korxonasining muhri boʻladi. Ruxsatnomada nazorat koreshogi boʻladi. Unda ham yuqoridagi rekvizitlar koʻrsatiladi.
Koreshokli bir martalik ruxsatnoma keluvchiga beriladi, uni berishga buyurtmanoma koreshoklar daftarining ruxsatnoma “yirtib olingan” joyiga yopishtirib qoʻyiladi.
Korxonaga kirayotganda keluvchi bir martalik ruxsatnomani pasporti (shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) bilan birga qoʻriqchiga koʻrsatadi, qoʻriqchi bir martalik ruxsatnoma koreshogini yirtib oladi va alohida kartochkada saqlaydi. Chiqib ketish chogʻida usta keluvchining ruxsatnomasiga chiqib ketayotgani toʻgʻrisida (vaqtini koʻrsatgan holda) belgi qoʻyadi. Qoʻriqchiga belgi qoʻyilgan ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilgan taqdirda keluvchi korxonadan chiqariladi, ruxsatnoma esa qoʻriqchidagi alohida kartochkada qoladi.
Keluvchining uncha katta boʻlmagan bosmaxonaning maxsus uchastkasi hududida boʻlishiga uning maʼmuriyati vakili ishtirokida yoʻl qoʻyilishi mumkin. Sexlarda ishlamaydigan va ularga xizmat koʻrsatmaydigan, shuningdek ustki kiyim-boshdagi va xoʻjalik sumkalari boʻlgan xodimlarning ushbu sexlarga, ustaxonalarga, omborxonalarga kirishi qatʼiyan taqiqlanadi.
26. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar tayyorlanadigan va saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bosmaxona binosi yoki maxsus uchastka derazalari maxsus toʻsiqlar va qoidaga koʻra, avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
27. Tartib-qoida talablariga rioya etilmagan holda qatʼiy hisobda turadigan qogʻozlar, chala tayyor mahsulotlar, tayyor matbaa va shaklli buyumlarning yoʻqolishiga hamda oʻgʻirlanishiga olib kelgan aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
28. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (joʻnatish) boʻyicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatlarni matbaa korxonasidan tashib ketish uchun avtotransport vositasi biriktirib qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Agar rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish va topshirish (joʻnatish) uchun masʼul shaxslar vaqtinchalik boʻlmagan yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda guvohnomalar blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan dalolatnoma boʻyicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga berilishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
29. Matbaa korxonasidan rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilib olish buning uchun maxsus vakil qilingan masʼul shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, qoidaga koʻra, tegishli vazirlik, idora, korxona va tashkilotga qarashli avtotransportda tashib ketiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
30. Rasmiy hujjatlar blankalarini olish chogʻida blankalar paketlari, toʻgʻri joylanganligini aniqlash maqsadida, masʼul shaxs tomonidan majburiy tartibda koʻzdan kechiriladi, olingan oʻramlar sonining ularning ilova qilinayotgan hujjatlarda koʻrsatilgan soniga muvofiqligi tekshirib koʻriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
31. Matbaa korxonasidan olingan rasmiy hujjatlar blankalari belgilangan joyga yetkazib kelingan kuniyoq ularni hisobga olish va saqlash uchun masʼul shaxslar tomonidan rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarida darhol kirim qilinadi.
Rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarlari aniq, tushunarli holda va qisqartirishlarsiz toʻldiriladi. Daftarlarda oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Rasmiy hujjatlar daftarlari ip oʻtkazib bogʻlangan, ularning varaqlariga tartib raqamlari qoʻyilgan boʻlishi kerak. Daftardagi jami varaqlar soni daftarlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
32. Qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan rasmiy hujjatlar blankalari poʻlat sandiqlarda yoxud yonmaydigan shkaflarda va maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Ishdan tashqari vaqtda rasmiy hujjatlar joylangan poʻlat sandiqlar, yonmaydigan shkaflar, shuningdek, blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki soʻrgʻichlangan boʻlishi kerak. Muhr yoki soʻrgʻich rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish va saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanadi.
Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga kirishga ularni hisobga olish va saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar haqlidirlar. Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga ulardan tashqari, biroq ularning ishtirokida, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning toʻgʻridan-toʻgʻri va yuqori turuvchi boshliqlari kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
33. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalariga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan zarur nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalari va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan yuqori turuvchi tashkilotga (u mavjud boʻlsa) joʻnatiladi. Bu holda dalolatnomaning birinchi nusxasi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchasi va nuqsoni bor blankalar bilan yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tegishli xat bilan matbaa korxonasiga joʻnatiladi, ikkinchi nusxasi esa yuqori turuvchi tashkilotda qoladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi yopishtirilgan varaqcha kseronusxasi bilan bevosita vazirlikda (idora, korxona, tashkilotda) qoldiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
34. Toʻldirish chogʻida buzilgan blankalar, eskirgan, topib olingan yoki yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan almashtirish uchun topshirilgan bekor qilingan rasmiy hujjatlar, blankalarni qabul qilib olish uchun tuzilgan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma boʻyicha, har yili bir marta yoʻq qilinadi, ulardan bir nusxasi albatta yuqori turuvchi tashkilotga joʻnatiladi. Yoʻq qilish yondirib yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
35. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi xususiyatlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan hamda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan talablardan iborat boʻlgan maxsus meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Rasmiy hujjatlar yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishining har bir holati boʻyicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi, zudlik bilan taftish qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlar koʻriladi.
Zarur hollarda, blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslar boʻyicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi.
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga ILOVA
Rasmiy davlat hujjatlari
I. Davlat gerbli guvohnomalari:
1. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma
2. Nikohdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma
3. Nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma
4. Vafot etganlik toʻgʻrisida guvohnoma
II. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti
2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma
III. Harbiy hisobga olish hujjatlari:
1. Chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi
2. Harbiy bilet
3. Ofitserning shaxsiy guvohnomasi
4. Zaxiradagi ofitserning shaxsiy guvohnomasi
IV. Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar:
1. Toʻliqsiz oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma
3. Oʻrta maxsus taʼlim hamda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida diplom
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
4. Oliy maʼlumot toʻgʻrisida diplom
5. Fan nomzodi yoki doktori diplomi
V. Huquq beruvchi yoki majburiyatlardan ozod qiluvchi hujjatlar:
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/620/3482-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2026-y., 09/26/161/0339-son)