toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TA’MIRLASh UChUN MABLAG‘LAR TO‘PLASh (YIG‘ISh) VA ULARDAN FOYDALANISh TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni kapital va joriy ta’mirlash uchun mablag‘larni to‘plash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash (yig‘ish) va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2000-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 18-yanvardagi 16-son qaroriga
ILOVA
Ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash (yig‘ish) va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi
VAQTINChALIK NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Vaqtinchalik Nizom (keyingi o‘rinlarda “Nizom” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 137-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
2. Mazkur Nizom turar joylarni va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni, kvartiralar oralig‘idagi zinapoyalarni, liftlarni, yo‘laklarni, tomlarni, texnik yerto‘lalarni va umumiy foydalaniladigan boshqa obyektlarni, ko‘p kvartirali uylar muhandislik kommunikatsiyalarini, uy atrofidagi hududlarni kapital ta’mirlash uchun mablag‘ bilan ta’minlashning turli manbalaridan tushuvchi mablag‘larni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) jamg‘arma depozit hisob raqamlarida to‘plash (yig‘ish) va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Mazkur bandning amal qilishi 1991-yilgacha qurilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan turar joylarning aniq ro‘yxatlari asosida budjet mablag‘lari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablag‘lari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan uylarning ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini va turar joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlashga joriy etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
II. KAPITAL TA’MIRLAShGA PUL MABLAG‘LARINI TO‘PLASh UChUN BOShQARUVChI TAShKILOTNING JAMG‘ARMA DEPOZIT HISOB RAQAMINI OChISh TARTIBI
3. Kapital ta’mirlashga pul mablag‘larini to‘plash uchun boshqaruvchi tashkilotning jamg‘arma depozit hisob raqamini (keyingi o‘rinlarda hisob raqami deb ataladi) ochish uchun bankning vakolatli bo‘limlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank hisob raqamlarini ochishni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlariga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi.
III. KO‘P KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TA’MIRLAShNI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh MANBALARI
4. Quyidagilar ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
a) uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilardan, shuningdek, uy-joyga boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlaridan tushuvchi mablag‘lar;
b) boshqaruvchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish va ularga qarash xarajatlariga haq to‘lash yuzasidan imtiyozlar berilishi tufayli qo‘lga kirmagan daromadlarini qoplashga budjetning tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratiladigan budjet mablag‘lari;
v) ko‘p kvartirali uylarni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlar uchun ijaraga oluvchilardan tushuvchi mablag‘lar;
g) yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni ijaraga topshirishdan tushuvchi ijara to‘lovi;
d) uyning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital ta’mirlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan budjetdan tashqari va boshqa moliyaviy resurslar;
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
e) ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlash uchun uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilarning ixtiyoriy badallari;
j) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan boshqa mablag‘lar.
Boshqaruvchi tashkilotlar kapital ta’mirlashga ajratmalar me’yorlarini har yili ko‘p kvartirali uyning haqiqiy holatini hisobga olgan holda uy-joyga qarash va ta’mirlash uchun tushuvchi “a”, “b” va “v” kichik bandlarda ko‘rsatilgan mablag‘larning kamida 30 foizi va 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilaydilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
5. Mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida (belgilangan miqdorda) va “g” kichik bandida (to‘liq miqdorda) nazarda tutilgan manbalardan boshqaruvchi tashkilotning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga tushuvchi mablag‘lar har oyda to‘plash hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamidagi qolgan mablag‘larni boshqaruvchi tashkilot amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘p kvartirali uylarga joriy qarash uchun mustaqil ravishda sarflaydi.
“D”, “e” va “j” kichik bandlarda nazarda tutilgan manbalardan tushuvchi mablag‘lar bevosita to‘plash hisob raqamiga o‘tkaziladi.
To‘plash hisob raqamidagi mablag‘lardan obyektlarni kapital ta’mirlashda foydalanish aniq ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Boshqaruvchi tashkilot mablag‘ to‘plash bo‘yicha tizimdan tashqari hisobni yuritish va mazkur uyni kapital ta’mirlash davomida keyinchalik ularni hisobdan chiqarish uchun xizmat ko‘rsatiladigan har bir uy (kvartira)ga shaxsiy hisob raqami (kartochka) ochadi.
4-bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan manbalardan belgilangan miqdorda tushgan mablag‘lar tegishli ko‘p kvartirali uyning shaxsiy hisob raqamlari (kartochkalari) bo‘yicha tarqatiladi.
7. Ekstremal vaziyatlar (halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqalar) paydo bo‘lgan taqdirda bankning mablag‘ bilan ta’minlovchi bo‘limlari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan hisob raqamlaridan pul mablag‘lari boshqaruvchi tashkilotning birinchi talabiga ko‘ra beriladi (yillik foiz stavkalari va boshqalar hisobga olingan holda).
IV. KAPITAL TA’MIRLAShDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISh TARTIBI
8. Kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlashni rasmiylashtirish uchun boshqaruvchi tashkilot tomonidan vakolatli bankka quyidagilar ham taqdim etiladi:
uy-joy fondini kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlashning mablag‘ bilan ta’minlash manbalari ko‘rsatilgan holdagi rejasi (1-ilova);
obyektlarni kapital ta’mirlashning aniq ro‘yxati (2-ilova);
aniq ro‘yxatda nazarda tutilgan obyektlarni kapital ta’mirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
pudrat tashkilotini tanlash uchun o‘tkazilgan tanlov savdolari (tender)ning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan natijalari;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
yillik aniq dasturda nazarda tutilgan butun ish hajmi yuzasidan boshqaruvchi tashkilot va pudrat tashkiloti o‘rtasidagi shartnoma hamda shartnomaning obyektlar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar ko‘rsatilgan alohida shartlari.
9. Mablag‘larni hisobdan chiqarish 2-shakl bo‘yicha, bir oyda bajarilgan ish hajmlarini qabul qilib olish yuzasidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi.
V. KO‘P KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TA’MIRLAShGA AJRATILGAN PUL MABLAG‘LARIDAN BELGILANGAN MAQSADDA FOYDALANILIShINI NAZORAT QILISh
10. Ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlashning aniq ro‘yxatida nazarda tutilgan obyektlar loyiha-smeta, tender hujjatlarining to‘g‘riligini, to‘plangan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uy-joy fondini kapital ta’mirlash sifatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
11. Ko‘p kvartirali uy-joylarni kapital ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchovlari ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan, boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
12. Nazorat o‘lchovlari va mablag‘ olish uchun asos bo‘ladigan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlar hajmi va qiymati oshirib yozilgani aniqlangan taqdirda ortiqcha olingan summa belgilangan navbat bo‘yicha ta’mirlash-qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan undiriladi, aniqlangan oshirib yozishlar uchun javobgarlik esa qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Yuridik shaxslarning hisob raqamlarida mablag‘i yetarli bo‘lmagan taqdirda, ularni hisobdan chiqarish ketma-ketligi, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘chirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) asosan amalga oshiriladi. Qonunbuzilishning xususiyatidan kelib chiqib, aybdor shaxslar fuqarolik-huquqiy, jinoiy, ma’muriy, intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
VI. HISOB RAQAMLARINI YoPISh VA ULARDA QOLGAN MABLAG‘LARDAN FOYDALANISh TARTIBI
13. Kapital ta’mirlash uchun jamg‘arma depozit hisob raqamlariga o‘tkazilgan va yil oxirigacha foydalanilmagan ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar, yillik foiz stavkalarini hisobga olgan holda, mablag‘larni to‘plash hisob raqamida jamlanadi va olib qo‘yilmaydi.
14. Pul mablag‘larini pul qadrsizlanishi jarayonlaridan himoya qilish maqsadida boshqaruvchi tashkilotlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq, tasdiqlangan aniq ro‘yxatlarda belgilangan muddatlarda kapital ta’mirlash boshlangungacha, mablag‘lardan kredit resursi sifatida foydalanish to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan depozit yuzasidan shartnomalar tuzishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.).
15. Boshqaruvchi tashkilot qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda hisob raqamidagi foydalanilmagan mablag‘lar qoldig‘i uylar va uy-joy mulkdorlari ko‘rsatilgan holda kapital ta’mirlash uchun to‘plangan va foydalanilmagan mablag‘lar aks ettirilgan shaxsiy hisob raqamlar bilan birgalikda uning huquqiy vorisiga beriladi.
16. Alohida turgan uy (uylar) mulkdorlari-shirkat a’zolarining bir qismi shirkatdan chiqqan taqdirda ushbu uy mulkdorlari tomonidan to‘plangan mablag‘lar 2000-yil 1-yanvardan boshlab shaxsiy hisob raqamlariga (kartochkalarga) muvofiq boshqaruvchi tashkilot oborotidan chiqariladi va uy-joyni operativ boshqarish o‘z tasarrufiga o‘tadigan boshqaruvchi tashkilot hisob raqamiga o‘tkaziladi.
2000-yil 1-yanvardan keyin kapital ta’mirlangan uy-joy operativ boshqarishdan chiqqan taqdirda to‘plash hisob raqamidan kapital ta’mirlash uchun olingan mablag‘lar ko‘rsatib o‘tilgan uy tomonidan mablag‘lar yig‘ilgandan keyin yangi boshqaruvchi tashkilotga qaytariladi.
Kapital ta’mirlash uchun vaqtinchalik qarzga olingan mablag‘larni o‘tkazish yoki qaytarish tartibi, muddatlari mavjud qonunchilikka muvofiq boshqaruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi bitim (shartnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son qarori tahririda — O‘R QHT 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
17. Ko‘p kvartirali uy-joy buzib tashlangan taqdirda to‘plash hisob raqamida yig‘ilgan va foydalanilmagan mablag‘lar uy-joy mulkdorlariga, ular qo‘shgan mablag‘larga muvofiq qaytarib beriladi.
Ko‘p kvartirali uylarni kapital
ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash
(yig‘ish) va ulardan foydalanish
to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
‎‎_______________________________________________________________________ dagi

(viloyat, shahar, tuman) ‎‎

_______________________________________________________________________ ning

‎‎(boshqaruvchi tashkilotning nomi)


‎‎‎uy-joy fondini kapital ta’mirlashni mablag‘
‎bilan ta’minlash bo‘yicha _______ yilgi
‎REJASI

(ming so‘m)‎‎

‎‎‏
‎‎

‎‏Yillik reja

shu jumladan, choraklar bo‘yicha‎‎

I‎

II‎

III‎

IV‎

Kapital ta’mirlash — jami‎‎
shu jumladan, manbalar:‎‎
—‎‎
—‎‎
—‎‎
Loyihalash-smeta ishlari — jami‎‎
shu jumladan, manbalar:‎‎
—‎‎
—‎‎
—‎‎
Jami‎‎
shu jumladan, manbalar:‎‎
—‎‎
—‎‎
‎‎—



‎‎‎Boshqaruvchi tashkilot rahbari
___________________________________‎

(imzo, FIO)

‎‎Bosh buxgalter ________________________________________________

(imzo, FIO)

‎‎
‎Muhr

‎‎
‎Mablag‘ bilan ta’minlash manbalari mavjudligini tekshirdim:


‎‎‎bank xodimi __________________________________________________

(imzo)‎‎

Ko‘p kvartirali uylarni kapital
ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash
(yig‘ish) va ulardan foydalanish
to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

‎‎_______________ yilda kapital ta’mirlanadigan
‎obyektlarning aniq ro‘yxati

(ming so‘m)‎‎‎

Obyektning manzili‎‎‎‎‎‏
‎‎

‎‏Smeta
‎qiymati

yil uchun mablag‘ bilan ta’minlash rejasi ‎‏

Ishlarni bajarish jadvali ‎‎‎

Ishlarni bajarish usuli‎‏

pudratchining nomi ‎‏

boshlanishi‎

tugallanishi

I. Kapital ‎‎ta’mirlash
1.‎‎
2.‎‎
3.‎‎
va h.k.‎‎
II. Loyiha-smeta ishlari‎‎
Jami (I + II)‎‎


‎Boshqaruvchi tashkilot rahbari ________________________________________‎‎‎

‎‎

‎‎(imzo, FIO)

‎‎Bosh buxgalter _____________________________________________________

‎‎‎‎(imzo, FIO)

‎‎Muhr

‎‎Loyiha-smeta hujjatlari va pudrat shartnomalari mavjudligini tekshirdim:


‎bank xodimi‎‎‎‎


‎_____________________________________

‎‎‎‎

‎‎‎(imzo)‎‎

((O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 1-son, 4-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 241-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)