1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2014-8]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-dekabr,
46/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-son qaroriga ILOVA
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“17. Mazkur harakatlar muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.”.
ustav kapitalini koʻpaytirish yoki kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;
sof foyda va dividendlarni taqsimlash hamda zararlarni qoplash tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari;
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi aʼzolarining soni, vakolatlari hamda vazifalari haqidagi maʼlumotlar;
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
bank auditi, shu jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari;
bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari.
Bank ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
Bank aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga koʻra uch ish kuni ichida bankning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Bank aksiyadorning talabiga koʻra unga bank ustavining koʻchirma nusxasini berishi shart.”.
3. 32-banddan “mutlaq” degan soʻz chiqarib tashlansin.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi boʻlgan aksiyadorlar soni oʻttiz kishidan kam boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan banklarda kuzatuv kengashi vazifasi bank ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.”;
“Aksiyadorlari soni 500 tagacha boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning Kengashi tarkibi kamida besh aʼzodan, aksiyadorlari soni 501 tadan 1000 tagacha boʻlgan banklarda kamida yetti aʼzodan va aksiyadorlari soni 1000 tadan ortiq boʻlgan banklarda kamida toʻqqiz aʼzodan iborat boʻlishi lozim.”.
“41. Banklar va ularning filiallari binolarining muhofazasi taʼminlanganligi hamda muhandis-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganligi, dasturiy mahsulotlarning tayyorligi yuzasidan xulosa berish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Binoning Markaziy bank talablariga muvofiqligi, asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
10. 109-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Banklar tomonidan chet elda oʻz filiallari, vakolatxonalari va shuʼba banklarini ochish hamda banklarni tashkil etishda qatnashish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasini olish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
11. 115-banddan “maʼqullash uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 2-son, 23-modda)