toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAMDA AYRIMLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qonun hujjatlarini ichki valyuta bozorini erkinlashtirishga oid qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-oktabr,
434-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 7-oktabrdagi
434-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashuvini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirishga doir cheklashlarni bekor qilish to‘g‘risida” 1995-yil 12-iyundagi 217-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 13-iyuldagi 269-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 17-yanvardagi 34-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 3-modda).
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 7-oktabrdagi
434-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 14-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 181-modda; 2013-y., 14-son, 180-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)