toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VALYuTA ALMAShTIRISh OPERATSIYALARINI KENGAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Birjadan tashqari ichki valyuta bozorida valyuta almashtirish operatsiyalari hajmini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha bosh litsenziyalarga ega boʻlgan vakolatli banklarga oʻzlarining almashtirish punktlari orqali naqd xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish huquqini berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2.Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 17-yanvar,
34-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 5-modda)