Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ichki valyuta bozorida valyuta almashtirish operatsiyalari hajmlarini kengaytirish va chet elga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining xorijiy valyutaga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga xorijiy valyuta sotishning cheklangan miqdorini, ichki valyuta bozorida naqd xorijiy valyutaga boʻlgan talab va takliflardan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.