toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Neft bazalari, turgʻun, konteynerli va koʻchma avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2583]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Neft bazalari, turgʻun, konteynerli va koʻchma avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-aprel,
60-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-apreldagi 60-son buyrugʻiga
ILOVA
Neft bazalari, turgʻun, konteynerli va koʻchma avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan foydalanishda xavfsizlik
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar neft bazalari, turgʻun, konteynerli va koʻchma avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
neft bazalari — neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatishni taʼminlovchi yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan obyekt;
turgʻun avtoyoqilgʻi quyish shoxobchasi — transport vositalariga faqat suyuq motor yoqilgʻisi (benzin va dizel)ni quyishga moʻljallangan va yer osti rezervuarlari va yoqilgʻi-taqsimlovchi kolonkalar bilan jihozlangan avtoyoqilgʻi quyish shoxobchasi;
konteynerli avtoyoqilgʻi quyish shoxobchasi — transport vositalariga faqat suyuq motor yoqilgʻisi (benzin va dizel)ni quyishga moʻljallangan avtoyoqilgʻi quyish shoxobchasi;
koʻchma avtoyoqilgʻi quyish shoxobchasi — faqat suyuq motor yoqilgʻisi (benzin va dizel)ni chakana usulda sotishga moʻljallangan shoxobcha.
2. Mazkur Qoidalar neft bazalariga, turgʻun, konteynerli va koʻchma avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
3. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
4. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
18. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
21. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
25. Xodimlar Neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2132, 2010-yil 13-avgust) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.

26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
28. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
31. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
34. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
39. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
40. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
41. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
46. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
48. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
49. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
50. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
51. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
52. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
55. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
56. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
57. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
58. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
59. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
60. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
61. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
62. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
63. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
64. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
65. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
66. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
67. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
69. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
70. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C va ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
72. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
73. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
74. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 80°C dan 200°C gacha boʻlishi kerak.
75. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
76. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
77. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
78. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
79. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
80. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
81. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
82. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
83. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
84. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
85. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
86. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
87. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
88. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
89. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
90. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
91. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
92. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
93. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
94. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13, 14-boblari.
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
95. Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni taʼminlashda:
neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish va uning hisobini olib borishda mos boʻlgan texnologik jarayonlarni qoʻllash;
shikastlanish va kasb kasalliklariga olib kelmaydigan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
tashkilot hududini obodonlashtirish;
nazorat-oʻlchov asboblarini, avariyalarga qarshi himoya qurilmalarini hamda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vositalarini qoʻllash;
tezkor va germetik ishlaydigan berkituvchi va tartiblovchi armaturalarni hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini chegaralovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish uskunalarini qulay joylashtirish va ish joylarini tashkil qilish;
xodimlarni kasbiga koʻra tanlash, ularni oʻqitish, mehnat muhofazasiga doir bilim va malakalarini tekshirish;
xodimlarni jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlash;
portlashning oldini olish va yongʻindan himoyalanishga doir texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish zarur.
96. Ishlab chiqarishda gaz xavfi bor ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
97. Neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatishdagi jarayonlarda yongʻin va portlash xavfi bor muhitning ruxsat etilgan chegarasi haqida xabar beruvchi va qurilmani xavfsiz tarzda toʻxtatib qoʻyadigan yoki jarayonni xavfsiz holatga oʻtkazadigan avtomatik himoya tizimi rejalashtirilishi lozim.
2-§. Temir yoʻl estakadalaridagi quyish-toʻkish ishlarini bajarishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
98. Temir yoʻl estakadasida quyish-toʻkish ishlari oʻtkazilayotganda faqat uchqun hosil qilmaydigan asbob-uskunalarni ishlatish lozim.
99. Neft mahsulotlarini ortish yoki tushirish uchun keltirilayotgan temir yoʻl vagon-sisternalar maxsus kompozitsion tormoz kolodkalari bilan jihozlanishi kerak.
Neft mahsulotini quyish paytida temir yoʻl vagon-sisternalarining toshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.
100. Neft mahsulotlarini temir yoʻl vagon-sisternalariga quyish-toʻkishda ularni temir yoʻl omborlari, turgʻun inshootlar, asosiy (magistral) yoʻllar, yuk ortish-tushirish umumiy joylari hamda turar joylardan kamida 100 m nariga joylashtirish zarurligini inobatga olish shart.
Temir yoʻl vagon-sisternalariga tez alangalanadigan suyuqliklarni quyishda uni bir maromdagi oqim bilan sisterna ichidagi suyuqlikning sathidan pastga quyish zarur.
Neft va neft mahsulotlarini erkin tushirib (oqizib) quyish mumkin emas. Quyish moslamasining uchi vagon-sisternaning tubidan 20 sm balandlikda oʻrnatilishi kerak.
101. Avariya vaziyatlarida nosoz temir yoʻl vagon-sisternalarni neft mahsulotlaridan boʻshatish uchun maxsus jihozlangan joy ajratilishi lozim. Avariya sharoitlari asoslangan hamda quyish-toʻkish estakadasi maxsus vositalar bilan jihozlangan boʻlsa, nosoz temir yoʻl vagon-sisternalardagi neft mahsulotlarini bevosita estakadaning oʻzida boʻshatishga ruxsat etiladi.
102. Drenaj idishida toʻplangan iflos neft mahsulotlarini ajratuvchi-idish rezervuarlarga yoki ishlatilgan neft mahsulotlari saqlanadigan idish-rezervuarga yoʻnaltirish kerak.
103. Temir yoʻl estakadasi hududida neft mahsulotlari toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
104. Temir yoʻl vagon-sisternalariga neft mahsulotini quyish paytida temir yoʻl estakasi atrofidagi 100 m radiusli hududda barcha taʼmirlash ishlari toʻxtatilishi zarur.
105. Temir yoʻl estakadasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
temir yoʻl vagon-sisternalarni profilaktik taʼmirlash va tozalash;
sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan (portlashdan himoyalanmagan) koʻchirib yuriluvchi yoritqichlarni va chiroqlarni ishlatish;
momaqaldiroq paytida tez alangalanadigan neft mahsulotlarini quyish yoki toʻkish;
nosoz temir yoʻl vagon-sisternalarga neft mahsuloti quyish;
temir yoʻl estakadasi va sisterna ustida turib detallar va boshqa buyumlarni yerga tashlash.
106. Temir yoʻl estakadasi boʻylab temir yoʻl vagon-sisternalarining har qanday harakati neft mahsuloti quyish-toʻkish (sexi) uchastkasi operatori uning koʻrsatmasi asosida amalga oshirilishi kerak.
3-§. Avtoquyish estakadalaridagi quyish-toʻkish ishlarini bajarishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
107. Avtoquyish estakadasidagi neft mahsulotini quyish-toʻkish ishlarini avtotsisternaning dvigatelini toʻxtatib qoʻygan holda bajarish lozim.
108. Tez alangalanadigan mahsulotlarni tashishga moʻljallangan avtotsisternalar avtoquyish estakadasining yerga tutashtiruvchi konturiga ulanadigan yertutashtirgich qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.
Avtotsisternalarning glushitellari uchqun soʻndirgich toʻri bilan jihozlangan boʻlishi hamda ular avtotsisternaning old tomoniga, dvigatel yoki radiatorning ostiga chiqarilgan boʻlishi kerak.
Avtotsisternani quyish maydonchadagi yertutashtirgich qurilmasiga ulamaguncha unga mahsulot quyish taqiqlanadi.
109. Avtotsisternaga neft mahsulotining quyilishini transport vositasi haydovchisi va quyish boʻyicha operator nazorat qilishi zarur.
110. Avtotsisternaga neft mahsulotini quyishda neft mahsuloti toʻkilgan boʻlsa, uning dvigatelini oʻt oldirish taqiqlanadi. Mazkur holatda avtotsisterna tros yoki shtanga yordamida shatakka olib xavfsiz masofagacha tortib borilishi kerak.
111. Neft mahsulotini quyish tugatilgandan soʻng, quyish shlangidagi neft mahsuloti toʻliq toʻkilgandan keyingina shlangni avtotsisterna ogʻzidan chiqarib olinishi kerak. Avtotsisternaning qopqogʻi ehtiyotkorlik bilan zarbalarga yoʻl qoʻymay berkitilishi kerak.
112. Avtotsisternaga neft mahsulotini quyish avtomatik tarzda amalga oshirilganda, haydovchi mazkur tizimni ishlatish yoʻriqnomasiga amal qilgan holda bajarishi zarur.
4-§. Namuna olish va rezervuardagi neft mahsuloti sathini oʻlchash jarayoniga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
113. Rezervuarlardan neft mahsuloti namunalari GOST 2517-85 “Neft va neft mahsulotlari. Namuna olish usullari” talablariga mos ravishda doimiy yoki koʻchma namuna olgichlar yordamida olinishi lozim.
114. Rezervuarga neft mahsulotini quyish yoki uni neft mahsulotidan boʻshatish vaqtida namuna olish taqiqlanadi.
Qoʻlda namuna olish rezervuardagi neft mahsulotining harakati toʻxtagandan 10 daqiqa oʻtgach bajarilishi kerak.
Rezervuardagi neft mahsuloti sathini oʻlchash undagi neft mahsulotining harakati toʻxtagandan 2 soat oʻtgach amalga oshirilishi lozim.
Namuna olishdan oldin tok oʻtkazuvchi mis sim butunligi (sozligi)ni tekshirish va namuna olgichni yerga tutashtirish zarur.
Momaqaldiroq, kuchli yogʻinlar va boʻron paytida namuna olish taqiqlanadi.
115. Rezervuar lyukida oʻlchov lentasining oson harakatlanishini taʼminlovchi uchqun chiqarmaydigan qoplama-moslama boʻlishi kerak.
116. Neft mahsuloti sathini oʻlchash hamda namuna olishda lyuklar va rezervuar uskunalarining sozligiga eʼtibor berish zarur.
117. Rezervuar lyukini ochib namuna olishda yoki neft mahsuloti sathini oʻlchash vaqtida xodim lyukning shamol kelayotgan tarafida turishi kerak. Bunda zaharlanib qolmaslik uchun lyuk ogʻziga qarash yoki egilish mumkin emas.
118. Neft mahsuloti sathini oʻlchaganda uchqun chiqarmaslikka, oʻlchash lyukining chetiga lot urilib ketmasligiga, oʻlchash lentasini uni yoʻnaltiruvchi quvur devoriga ishqalanmasligiga harakat qilish lozim.
Lentani paxtali latta bilan artish kerak. Bunda jun yoki sintetik matoni ishlatish taqiqlanadi.
119. Namuna olish yoki neft mahsuloti sathini oʻlchash paytida rezervuar ustiga toʻkilgan neft mahsuloti dogʻlarini yaxshilab tozalash va rezervuar ustini quruq latta bilan artish lozim.
120. Rezervuar ustida ishlatilgan lattalarni yoki boshqa biror buyumlarni qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
121. Namuna olgandan yoki neft mahsuloti sathini oʻlchagandan keyin lyuk qopqogʻini ehtiyotkorlik bilan yopish kerak. Bunda rezina, mis yoki qoʻrgʻoshindan yasalgan qistirma mavjudligini tekshirish zarur.
122. Olingan neft mahsuloti namunasini laboratoriyaga olib borishda xavfsizlikni taʼminlash uchun uni maxsus konteynerlarda tashish lozim.
123. Rezervuar ustiga chiqish yoki undan tushishda ishga yaroqli narvon bilan rezervuarga qarab, tutqichlarni ushlab harakat qilish lozim.
124. Rezervuar tomidan turib pastga lot, ruletka, asboblar va boshqa buyumlarni tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-§. Xom ashyo, yoqilgʻi, tayyor mahsulotlarni saqlashda, tashishda omborlar va ishlab chiqarish chiqindilariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
125. Omborlarda faqat xom ashyo, yoqilgʻi, tayyor mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va tarqatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
126. Omborlardagi va yuklarni saqlash maydonlaridagi uskunalar va vositalar SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” shaharsozlik normalari va qoidalari, sanoat sanitariyasi va yongʻin xavfsizligi meʼyorlari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
127. Omborlar va yuk saqlash maydonlarida yuklarni ortish-tushirish va yuklarni tashish kabi ogʻir bajariladigan ishlar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
128. Yuklar saqlanadigan omborlar yoki yuk saqlash maydonchalari hududiga kirish joylarida transport vositalarining harakat yoʻnalishi va turish oʻrni hamda yuklarni ortish-tushirish joylari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilishi lozim.
129. Omborlarda yongʻin xavfsizligi, taxlash va saqlash boʻyicha xavfsizlik qoidalari (yoʻriqnomalar) boʻlishi kerak.
130. Neft mahsulotlarini tarqatish uchastkalarida qum zaxirasi, neft mahsulotlarining toʻsatdan toʻkilishini bartaraf etish va ifloslangan joyini tozalash vositalari boʻlishini inobatga olish lozim.
131. Idishlardan neft mahsuloti sizib (oqib) chiqqanda yoki toʻkilganda neft mahsuloti butunlay yigʻishtirib olinmaguncha va ushbu joydagi gazlanganlik darajasi ruxsat etilgan konsentratsiya chegarasigacha pasaymaguncha ombordagi ishlar toʻxtatib turilishi kerak. Nosoz (buzuq) idishlar neft mahsulotidan boʻshatilishi va bugʻlantirilishi shart.
132. Bitta binoda tez alangalanadigan suyuqliklarni yongʻin va portlash xavfi bor aralashmalarni hosil qiluvchi boshqa moddalar bilan birga saqlash taqiqlanadi.
133. Tashkilotlarda barcha turdagi chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, tashish va joylashtirishni taʼminlovchi xodimlar chiqindilar bilan xavfsiz ishlash uslublariga oʻqitilgan boʻlishlari kerak.
6-§. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan foydalanishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
134. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan (bundan buyon matnda AYQSH deb yuritiladi) ularning texnik pasportlari va foydalanishga oid yoʻriqnomalari asosida foydalanilishi lozim.
135. AYQSH rezervuariga neft mahsulotini oqib tushadigan qilib quyish mumkin emas.
136. AYQSH rezervuarlariga neft mahsulotini quyish paytida avtotsisterna atrofidagi 3 m radiusda boshqa transport vositalarining harakatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
137. Avtotsisternadan AYQSH rezervuariga neft mahsulotini quyish jarayoni avtotsisterna haydovchisi va AYQSH operatorining nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Avtotsisterna haydovchisi va AYQSH operatori quyish qurilmasining germetikligini va neft mahsuloti quyilishini nazorat qilishlari, oqib (sizib) chiqish holatlari sezilganda neft mahsuloti quyishni darhol toʻxtatishlari zarur.
138. AYQSH rezervuariga neft mahsuloti quyayotgan avtotsisterna unda hosil boʻladigan statik elektr tokini yoʻq qiluvchi qurilmaga ega boʻlishi lozim.
139. Neft mahsulotini toʻkayotgan avtotsisterna yertutashtirgich qurilmasiga ulanishi zarur.
Yerga tutashtiruvchi simni avval avtotsisterna korpusiga, soʻngra yertutashtirgich qurilmasiga ulash lozim. Yerga tutashtiruvchi simlarni avtotsisternaning boʻyalgan, iflos metall qismlariga ulash mumkin emas. Har bir avtotsisterna toʻliq boʻshatilgunga qadar yerga alohida tutashtirilishi shart.
140. AYQSHda transport vositasiga avtoyoqilgʻi quyishda quyidagi talablarga rioya qilish shart:
mototsikllar, motorollerlar, mopedlar avtoyoqilgʻi tarqatish ustuniga 15 m qolganda dvigateli oʻchirilib, qoʻlda yurgizib olib kelinishi, avtoyoqilgʻi quyilgandan keyin esa ustundan 15 m uzoqlashgandan keyingina, ularning dvigatellari ishga tushirilishi lozim;
avtotransport vositalariga avtoyoqilgʻi quyish uchun dvigateli oʻchirilgan holda va haydovchining ishtirokida amalga oshirilishi zarur;
avtotransport vositasi yuzasiga toʻkilgan neft mahsuloti haydovchi tomonidan avtotransport vositasi dvigateli ishga tushirilishidan oldin quruq latta bilan yaxshilab artib tozalanishi lozim. Yerga toʻkilgan neft mahsuloti ustiga qum sepilib, shimilgan qum alohida maxsus konteynerda uning yigʻish va toʻplanish miqdoriga qarab, AYQSH hududidan tashqariga, maxsus ajratilgan joyga chiqarib tashlanishi lozim.
141. Avtotransport vositasiga avtoyoqilgʻi quyib boʻlingandan keyin haydovchi taqsimlagich kranni ustunga oʻrnatib qoʻyishi lozim. Avtoyoqilgʻi olayotgan transport vositasi bilan uning ketida turgan transport vositasi orasidagi masofa kamida 3 m, undan keyingi navbatda turgan transport vositalar orasidagi masofa esa kamida 1 m boʻlishi kerak.
AYQSH hududida transport vositalari koʻp toʻplanib qolganda, undan chiqish yoʻli holi va aylanish (burilish)ga imkon boʻlishi zarur.
142. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan yuklari bor transport vositalariga avtoyoqilgʻi AYQSH hududidan kamida 25 m narida joylashgan, alohida, maxsus jihozlangan maydonchada quyilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
143. AYQSHdagi elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(143-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
7-§. Ishlab chiqarish jarayonida yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
144. Tashkilotda yongʻin xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq amalga oshiriladi.
145. Tashkilot yongʻin va portlash xavfi boʻlgan holatlarning sodir boʻlishini ogohlantiruvchi, shuningdek yongʻin va portlashdan himoyalovchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar bilan taʼminlanishi shart.
146. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan binolar, tashqi qurilmalariga oʻrnatilgan elektr nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika uskunalari mustahkam boʻlishi lozim.
147. Har bir sex, qurilma va ishlab chiqarish uchastkasida ulardagi ishlab chiqarish texnologiyasini hamda yongʻin va portlash xavfsizligi xususiyatlarini inobatga olib yongʻin xavfsizligiga doir yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi kerak.
148. Qurilmalar, sexlar, ishlab chiqarish uchastkalaridagi yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarda quyidagilar aks ettirilishi zarur:
neft mahsulotlari va qoʻllaniladigan materiallarning yongʻin va portlashdan xavfliligini ifodalovchi maʼlumotlar;
xodimlar bajarishi shart boʻlgan yongʻin xavfsizligi talablari;
ishlab chiqarishning oʻta xavfli uchastkalari uchun maxsus talablar va chora-tadbirlar;
yongʻin yoki avariya sodir boʻlganda, texnologik qurilmalarni toʻxtatish va yongʻindan saqlash xizmatini chaqirish qoidalari;
yongʻin sodir boʻlganda xodimlarning vazifalari;
yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini ishga tushirish usullari;
hudud, binolar, inshootlar, yongʻinga qarshi rezervuarlar va yongʻinga qarshi gidrantlarga borish yoʻlaklarining soz holatiga doir talablar;
chekish va ochiq olovni qoʻllash taqiqlangan hamda chekish mumkin boʻlgan joylarga oid talablar.
149. Yongʻin va portlash xavfi bor muhitni hosil qilishda ishtirok etuvchi moddalar bilan ishlashga doir ishlab chiqarish jarayonlari (tashish va saqlash) oʻtkaziladigan obyektlardagi ishlarda yongʻin va portlash xavfsizligini taʼminlash talablari bajarilishi zarur.
150. Yongʻin va portlash xavfsizligini taʼminlash uchun ishlab chiqarish jarayoni davomida yongʻin va portlash xavfi boʻlgan moddalar parametrlarini, texnologik rejimni, ishlab chiqarish xonalaridagi havo tarkibini, texnologik va elektr uskunalar holatini nazorat qilib turish lozim.
151. Ochiq olovni qoʻllash taqiqlangan va boshqa xavf mavjud boʻlgan joylarda ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
152. Uskunalarni ishlatuvchi va taʼmirlovchi har bir xodim uchun tashkilot rahbariyati tomonidan ularning burch va xizmat vazifalarini, asosiy texnologik operatsiyalarini, taʼmirlash va avariya ishlarini bajarish tartibini belgilovchi, mahalliy sharoitlarini inobatga olgan yoʻriqnomalar hamda xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligiga doir tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
4-bob. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy xavfsizlik talablari
153. Qurilmalarni ishlatishda loyiha hujjatlari va texnik pasportda koʻrsatilgan asosiy uskunalarning ruxsat etilgan xizmat muddati (resursi)ni va oʻtkazgich quvurlar va armaturalarni ishlatish boʻyicha hisob muddatlarini inobatga olish zarur.
Nosoz holatdagi yoki xavfsizlik qurilmalari (blokirovkalash, muayyan holatni ushlab turuvchi signal moslamalari va asboblar) nosoz boʻlgan hamda texnik pasportida koʻrsatilgan meʼyordan ortiq zoʻriqish va bosim ostidagi uskunalar, mexanizmlar va asboblarni ishlatish taqiqlanadi.
Uskunalar va nazorat-oʻlchov asboblarining qismlari fizik jihatdan toʻliq ishdan chiqqanidan soʻng ularni ishlatish taqiqlanadi.
154. Texnik shahodatlash, montaj qilish yoki ishlatish paytida uskunalarni texnik ishlatish qoidasi talablariga mos emasligi aniqlanganda mazkur uskunalarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Uskunalar konstruksiyasiga ushbu mexanizmlarni loyihalagan tashkilotning ruxsatisiz oʻzgartirish kiritish mumkin emas.
155. Yuradigan zinalar — 60° gacha, rezervuarlarda esa, 50° li qiyalikda (temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarida — 45° dan ortiq emas) boʻlishi kerak. Narvonlarning eni kamida 65 sm (temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarida kamida 70 sm), yuk koʻtarib chiqiladigan narvonlarniki esa, kamida 1 m, zinalar oraligʻidagi masofa 25 sm gacha, pogʻonalarning eni kamida 12 sm boʻlishi lozim.
Narvonlar pogʻonalarining har ikki tomonida odam oyogʻi sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan, balandligi 15 sm (temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarida — 20 sm) keladigan yonlama plankalar yoki yonlama toʻsiqlar boʻlishi kerak. Narvonlarning har ikki tomonida balandligi kamida 1 m li tutqich (ushlagich)lari boʻlishi zarur.
156. Balandlikdagi ish maydonchasining tagi (poli)ga oyoq sirpanmaydigan metall yoki qalinligi kamida 40 mm taxta yotqizilgan boʻlishi, atrofi kamida 1,25 m balandlikdagi toʻsiq (tutqichlar) va boʻylamasiga har 40 sm taxtachalar bilan qoplanishi, polga zichlab oʻrnatilgan, balandligi kamida 15 sm bort (devorcha)lar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
157. Uskuna (qurilma)larning tashqi yuzalari va issiqlik izolyatsiyalovchi gʻiloflarning qoplamalari yuzasidagi harorat yongʻin va portlash xavfi boʻlgan mahsulotlarning eng past alangalanish haroratidan katta boʻlmasligi, bino ichidagi harorat xodimlar tegishi mumkin boʻlgan joyda koʻpi bilan 45 °C, tashqi qurilmalarda esa, koʻpi bilan 60 °C boʻlishi lozim.
2-§. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
158. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarining joylashuvi SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi, temir yoʻl relsidan estakadagacha boʻlgan oraliq masofani GOST 9238-83 “Binolar va temir yoʻl harakatlanuvi tarkib izlarining yaqinlashish gabaritlari 1520 (1524) mm” talablariga mos holda qabul qilish lozim.
(158-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
159. Quyish-toʻkish qurilmasining har ikki tomonida yoki temir yoʻlda alohida (ikkita ikki oʻqli yoki bitta toʻrt oʻqli vagon uzunligida) ustunlarga lokomotivlar oʻtishini taqiqlovchi signal belgilari — nazorat ustunlari oʻrnatilishi kerak.
160. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalari yonmaydigan materialdan yasalib, temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasining har ikki uchida (koʻpi bilan 100 m) eni 0,7 m, qiyaligi eng koʻpi bilan 45o narvonlarga ega boʻlishi kerak.
Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarida quyish-toʻkish qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun atrofi tutqichlar bilan oʻralgan maydonchalar qurilishi lozim.
161. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasi hududida temir yoʻl vagon-sisternalarini toʻxtatish va mahkamlash uchun yogʻoch boshmoqlar yoki uchqun chiqarmaydigan metall boshmoqlardan foydalaniladi. Ushbu maqsadlar uchun metall boshmoqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
162. Och rangli neft mahsulotlari uchun koʻtarib-tushiriladigan koʻprikchalar yogʻoch yostiqchali, boltlari koʻrinmaydigan qilib choʻktirilgan va rezina taglikka ega boʻlishi zarur.
163. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasining xizmat koʻrsatiladigan maydonchasidagi zulfinlarning chambaragi, koʻtarish mexanizmlari, kranlarning dastasi va quyish moslamalarigacha boʻlgan masofa qulay va 1,5 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
164. Temir yoʻl vagon-sisternalariga neft va neft mahsulotlarini qabul qilish va yuklash ishlarini konstruksiyasi boʻyicha quyish-toʻkishni xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlovchi maxsus jihozlangan quyish-toʻkish qurilmalari vositasida amalga oshirish lozim.
165. Temir yoʻl vagon-sisternalariga neft mahsulotlarini quyishni teleskopik yoki sharnirli usulda ulangan uskunalarda, quyishni avtomatik chegaralovchi moslamalari va mexanizatsiya vositalari bilan jihozlangan avtomatlashtirilgan tizim yordamida shlang ishlatmasdan bajarish kerak.
166. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasidagi ustunlar, pastki toʻkish qurilmalari, rezina-metalli shlanglar, salniklar, texnologik oʻtkazgich quvurlardagi flanetsli ulamalar toʻliq germetik zich boʻlishi, ustunlarga tartib raqamlari qoʻyilishi zarur.
167. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasi, unga keladigan temir yoʻllar hamda neft mahsulotlarining oʻtkazgich quvurlari yerga tutashtirilgan boʻlishi lozim.
168. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasining quyish-toʻkish moslamalari temir yoʻl vagon-sisterna ogʻziga urilganda uchqun chiqarmaydigan materialdan yasalgan uchliklar bilan jihozlanishi va yerga tutashtirilgan boʻlishi kerak.
169. Tabiiy atmosfera yogʻin-sochinlarini yigʻib tashqariga chiqarish va toʻkilgan neft mahsulotlarini yuvish uchun quyish joyi qattiq beton qoplamali boʻlishi va drenaj tizimiga chiqarib yuboradigan qurilma bilan jihozlanishi lozim. Mazkur joydagi temir yoʻl relslari temir-beton shpallarga yotqizilishi zarur. Qattiq qoplama, suv oʻtkazmaydigan, qabul joylari (lotok, quduqlar, chuqurchalar) tomonga qarab 2 foiz darajasida qiyalatib qurilishi va butun atrofi boʻylab kamida 0,2 m li toʻsiq (bort) bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
170. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarida temir yoʻl vagon-sisternasiga neft mahsuloti toʻlish chegarasiga yetganda quyish jarayoni avtomatik tarzda toʻxtashi kerak.
171. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasidagi tez alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar keladigan oʻtkazgich quvurlarga tez ishlaydigan berkitish qurilmasi yoki masofadan turib boshqariladigan, avariya vaziyatlarida esa mazkur oʻtkazgich quvurlarni uzib qoʻyadigan zulfinlar oʻrnatilishi kerak.
Mazkur uzib qoʻyadigan qurilma temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasidan 20 — 50 m nariga oʻrnatilib, operator xonasidan va bevosita temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasining evakuatsiya zinapoyasining eng past joyidan turib boshqarilishi kerak.
172. Neft va neft mahsulotining maksimal xavfsiz quyish tezligini qabul qilishda quyilayotgan neft mahsulotining xossasi, quyish qurilmasidagi oʻtkazgich quvur diametri va devorlari materialining xossalari inobatga olinishi va loyihada belgilanishi kerak.
173. Oʻtkazgich quvurlar va quyish-toʻkish kollektorlari tizimlarida yongʻin va portlash xavfi bor aralashmalari hosil boʻlishining oldini olish maqsadida, maxsus ishlarga moʻljallangan uskunalar va turgʻun tarmoqlardan foydalanib, mazkur joylarga inert gaz yoki bugʻ olib kelishini koʻzda tutish lozim.
174. Neft va neft mahsulotlarini temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasi yashinning bevosita urishi va elektr magnit induksiyasidan himoyalangan boʻlishi zarur.
175. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadasi joylashgan temir yoʻllari estakadadan temir yoʻl vagon-sisternani har ikki tomonga yurgizib chiqarib olishga imkon beradigan ravishdagi aylanib oʻtish yoʻllariga ega boʻlishi, uning uzunligi estakadadan kamida 30 m gacha choʻzilib, maxsus toʻsiqgacha yetishi kerak.
3-§. Avtoyoqilgʻi quyish estakadalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
176. Avtotsisternalarga avtoyoqilgʻi quyish maydonlari neft mahsuloti guruhlariga koʻra birlashtiriladi va ayvon ostida joylashtiriladi. Ayvon konstruksiyasi yonmaydigan materialdan tayyorlangan boʻlishi lozim.
177. Avtoyoqilgʻi quyish estakadasi joylashgan maydoncha qattiq qoplamali boʻlib, toʻkilgan neft mahsulotlarini maxsus yigʻgichga, yogʻin-suvlarini esa oqova suv tizimiga kelishini taʼminlashi kerak.
Quyish qurilmalari texnologik sxemaga muvofiq tartib raqamga va ushbu qurilmadan oʻtadigan neft mahsuloti navi (sorti)ning nomiga ega boʻlishi lozim. Maydonlarda yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligiga doir belgilar oʻrnatilishi zarur.
178. Nosoz avtotsisternalarni avtoyoqilgʻi quyish estakadasida taʼmirlanishi taqiqlanadi.
179. Avtoyoqilgʻi quyish estakadasi (punkti)da operator xonasidan avtomatik tarzda boshqariladigan quyish ustunlari va avtomatik usulda quyadigan qurilmalarni qoʻllash kerak.
180. Avtoyoqilgʻini quyishni qoʻlda, gidravlika yoki pnevmatik usulda amalga oshirishda qoʻllaniladigan quyish-toʻkish qurilmasining uzatmalari, qurilma mexanizmlari tasodifan, oʻz-oʻzidan harakatga kelishining oldini olish lozim.
181. Avtotsisternaga quyilayotgan neft mahsuloti avtotsisterna toshib ketishining oldini olish uchun belgilangan sathgacha neft mahsuloti toʻldirilganda, avtomatik tarzda quyilishni toʻxtatib qoʻyadigan avtomatik chegaralagich moslamani qoʻllash zarur.
182. Avtotsisternaga neft mahsulotini quyish tugallangandan soʻng quvurdagi neft mahsulotini toʻkmay, uning neft mahsulotidan toʻliq boʻshatib olinishini taʼminlovchi chora-tadbirlarni koʻzda tutish lozim.
183. Quyish moslamalarida ularning ogʻzigacha neft mahsulotlari bilan toʻldirilgan avtotsisternalarni avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan chiqib ketishining oldini olish uchun ular maxsus (svetoforlar va shlagbaumlar) vositalar bilan jihozlanishi kerak.
184. Avtoyoqilgʻi quyish estakadasida neft mahsulotini olayotgan yoki tushirayotgan avtotsisternalarda haydovchi nasosning ishga tushib ketishining oldini oluvchi, yertutashtirgich moslamasi bilan jihozlangan blokirovka tizimi boʻlishi lozim.
185. Yongʻin sodir boʻlganda, avtotsisternani sudrab olib chiqib ketish uchun avtoyoqilgʻi quyish estakadasida tros yoki shtanga boʻlishi lozim.
186. Avtotsisternalarda GOST 194333.3-2000 “Xavfli yuklar. Markirovka” talablariga muvofiq tegishli belgilari, harakatlanayotganda yerga tutashtiruvchi zanjirning tegib turadigan qismining uzunligi 100 — 200 mm keladigan uchqun chiqarmaydigan materialdan yasalgan boʻlishi kerak.
187. Avtotsisternalarda ikkita oʻt oʻchirgich, kigiz, quruq qumli quti, belkurak va xavf haqidagi axborot tizimining maʼlumot jadvali boʻlishi zarur.
4-§. Rezervuar parklariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
188. Rezervuar parkining hududiga kirish uchun marzaning har ikkala tomoniga tutqichlari bor oʻtish zinapoyalarini oʻrnatish zarur. Bunda:
alohida turgan rezervuar uchun — kamida ikkita;
rezervuarlar guruhi uchun — kamida toʻrtta.
Oʻtish joylarini belgilashda xodimlar yurishi uchun qulay nuqtalarni tanlash lozim. Oʻtish joylari (zinapoyalari) boʻlmagan joylarda marza ustidan yurib oʻtish taqiqlanadi.
189. Rezervuar parki hududiga maxsus uchqun soʻndirgichi yoʻq transport vositalarning kirishi taqiqlanadi.
190. Poydevori choʻkkan, zich boʻlmagan hamda nosoz uskunali rezervuarlardan foydalanish mumkin emas.
191. Rezervuar tomiga, narvonning har ikkala tomoniga qarab, rezervuar perimetri boʻyicha va narvon tutqichlariga ulangan, balandligi kamida 1 m toʻsiq-tutqichlar oʻrnatish lozim.
Rezervuar tomidagi uskunalarga xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan maydonchalar narvonning eng yuqori pogʻonasi bilan mahkam tutashtirilgan boʻlishi lozim. Maydonchalarda yogʻoch pol oʻrnatish taqiqlanadi.
192. Quduqlarning metall lyuklarini, rezervuarlarning narvonlarini va tomini faqat yogʻochli kuraklar bilan tozalash kerak.
193. Rezervuarlardagi neft mahsulotlarini isitish harorati neft mahsuloti bugʻlarini berk tigelda alangalanishi darajasidan 15 °C past va 90 °C dan yuqori boʻlmasligi kerak. Rezervuardagi isitilayotgan neft mahsulotining harorati muntazam nazorat qilib borilishi, olingan koʻrsatkichlar esa, boshqaruv xonasida (operator xonasida) qayd qilib borilishi lozim.
194. Neft mahsulotini bugʻ isitgich yordamida qizdirganda, toʻyingan bugʻning bosimi 0,4 MPa dan (4 kg/sm2 dan) ortiq boʻlmasligi kerak.
195. Rezervuarlar (parklar) marzalari ichiga elektr uskunalarni oʻrnatish va elektr kabel tarmoqlarini yotqizish mumkin emas, yongʻin va portlashdan himoyalanib yasalgan elektr isitish tizimi, nazorat va avtomatika qurilmalari hamda mahalliy yoritish asboblari bundan mustasno.
196. Rezervuar yaqinida oʻrnatilgan berkitish qurilmasi qoʻlda hamda marzadan tashqarida turib elektruzatmali zulfin orqali boshqariladigan boʻlishi kerak.
5-§. Nasos stansiyalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
197. Nasos stansiyasining eshik va derazalari tashqariga ochiladigan hamda eshiklari ostonasiz (boʻsagʻasiz) boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushadigan tirqishlar toʻsilmagan boʻlishi, deraza oynalar va fonarlar tozalab turilishi zarur.
198. Ayvonlarga joylashtirilgan ochiq nasos stansiyalaridagi yon toʻsiqlarining yuzasi uning oʻsha yon tomoni poldan tomning yoki nasosxona ayvonining eng yuqori nuqtasigacha hisoblaganda umumiy yuzasining 50 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Nasos stansiyalarining yon tomonidagi himoya toʻsiqlari yonmaydigan materialdan yasalib, tabiiy shamollatish shartlariga koʻra poldan (yerdan) kamida 30 sm koʻtarilib turgan boʻlishi kerak.
199. Tez alangalanadigan suyuqliklarni haydash (damlash) uchun ikki yonlama, zarur hollarda esa, bir yonlama va qoʻshimcha zichlagichli salniksiz markazdan qochma nasoslar ishlatilishi lozim.
200. Transportirovka qilinayotgan (haydalayotgan) neft mahsulotini orqaga qarab harakatlanishining oldini olish uchun oʻtkazgich quvurining damlash tarmogʻiga teskari klapan oʻrnatish lozim.
201. Nasoslarning xavfsiz ishlatilishini taʼminlash maqsadida ularni signalizatsiya va blokirovka tizimi bilan jihozlash lozim.
202. Neft va neft mahsulotlarini haydovchi nasoslar qayerga oʻrnatilishidan qatʼi nazar, mahalliy va masofadan turib boshqaruvga ega boʻlishi zarur.
203. Nasoslarning soʻruvchi va haydovchi tarmoqlarida masofadan turib boshqariladigan berkituvchi yoki uzib qoʻyuvchi qurilma koʻzda tutilishi lozim. Masofadan uzib qoʻyadigan moslama har bir muayyan holat uchun oʻtkazgich quvurning diametri va uzunligiga qarab loyihalovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
204. Nasos stansiyasining pollari yonmaydigan va neft mahsulotlari taʼsiriga dosh beradigan materiallardan yasalishi lozim. Polda drenaj lotoklari boʻlib, ular yaxshi yopiladigan lotokning tagi va devorlarini suv va neft mahsuloti oʻtkazmaydigan qilib yasalishi kerak. Lotoklar oqova tizim tomonga gidrozatvor orqali qiyalatib oʻrnatilishi zarur.
205. Nasos stansiyasidagi oʻtkazgich quvurlar lotoklarga joylashtirilishi va devorlar (teshiklari) orqali oʻtgan joylarining zichlagich moslamalarini qoʻllab berkitish lozim.
206. Nasos yoki kompressorning soʻruvchi va haydovchi oʻtkazgich quvurlardagi berkitish, ajratish va saqlagich qurilmalarini qoida tariqasida, nasos yoki kompressorga yaqinroq, xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joyga oʻrnatish kerak.
207. Yonma-yon joylashgan nasoslarning qismlari oʻrtasidagi hamda nasoslar bilan bino devorlari oʻrtasidagi masofa kamida 1 m, ikki qator qilib oʻrnatilganda esa, qatorlar orasi kamida 2 m boʻlishi lozim.
Nasoslarning qismlari, oʻtkazgich quvurlar va boshqa uskunalar eshikdan kamida 1 m nariga oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
208. Uskunalar va oʻtkazgich quvurlarning 45 °C gacha qiziydigan yuzalari toʻsilgan yoki xodimlar tekkanda kuyib qolishining oldini oluvchi izolyatsiyalovchi material bilan qoplangan boʻlishi lozim.
209. Nasos stansiyasida joylashgan asosiy va yordamchi uskunalar texnologik sxema asosida tartib raqamlar bilan belgilanishi kerak. Tartib raqamlarni koʻrinarli joyga oq boʻyoq bilan yozish zarur. Dvigatel bilan nasos oʻrtasida devor boʻlsa, tartib raqam ham nasosga, ham dvigatelga yoziladi. Nasos agregati bir xonada joylashgan boʻlsa, raqam faqat dvigatelga yoziladi.
210. Nasos stansiyasidagi asosiy va yordamchi qurilmalar hamda suv taʼminoti, shamollatish, oqova, havo taʼminoti va yongʻin oʻchirish tizimlari bir-biridan farqlanadigan ranglarga boʻyalishi kerak. Oʻtkazgich quvurlarining sirtlarida ularning vazifalari hamda haydalayotgan neft mahsulotining yoʻnalishi koʻrsatilishi lozim.
211. Dvigatel va nasoslarda, ulardagi aylanma harakatning yoʻnalishini koʻrsatuvchi strelkalar, ishga tushirish qurilmasida esa “Ishga tushirish” va “STOP” yozuvlar boʻlishi lozim.
212. Nasos stansiyasidagi knopkalar (tugmachalar) va qayta ulagichlar yongʻin va portlashdan himoyalanib hamda nam oʻtkazmaydigan qilib yasalgan boʻlishi zarur.
Ishga tushirish” knopkasi (tugmachasi) pult yuzasidan 3 — 5 mm pastroq qilib, “STOP” knopka (tugmacha)si esa, qoʻziqorin shaklida biroz kattalashtirilgan boʻlib, pult yuzasidan (paneldan) boʻrtib chiqib turgan boʻlishi kerak.
213. Har bir nasos agregatiga manometr oʻrnatilishi lozim. Manometrsiz yoki nosoz manometrli nasoslarni ishlatish taqiqlanadi.
214. Nasos agregatida uni yerga tutashtiruvchi tizimga ulashga xizmat qiluvchi moslama boʻlishi, uning ustiga yertutashgich belgisi qoʻyilishi lozim.
215. Berk binodagi nasos stansiyalarida majburiy oqimli-soʻruvchi shamollatish tizimi va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari boʻlishi lozim.
216. Nasos stansiyalardagi moylash vositalarining miqdori sutka ehtiyoji darajasida berkitiladigan metall idishlarda saqlanishi kerak.
217. Artish materiallarini qopqoqli metall qutilarga yigʻib, keyinchalik qayta ishlatishga tayyorlash yoki yoʻq qilib yuborish mumkin.
Moylash vositalarini uzoq muddat saqlashga ruxsat etilmaydi.
218. Nasoslarni ishlatishda podshipniklar va salniklar holatiga alohida eʼtibor berish zarur.
Podshipniklar yetarli darajada moylangan boʻlishi lozim va ular 60 °C dan ortiq qizib ketmasligi kerak.
Podshipniklar haroratini har soatda kamida bir marta tekshirib turish kerak.
219. Nasoslar va oʻtkazgich quvurlarning issiq yuzasiga artish materiallari yoki neft mahsulotlari shimilgan buyumlarni qoʻyish taqiqlanadi.
220. Nasoslarni ishlatishda nasoslarda va oʻtkazgich quvurlari germetik boʻlishi hamda salnikli zichlagichlar va boshqa joylarida neft mahsulotlarini meʼyordan ortiq miqdorda sizib chiqish holatlari darhol bartaraf etilishi zarur.
221. Nasos stansiyasidagi barcha uskunalarning ishqalanuvchi detallari oʻz vaqtida moylanishi kerak. Moylash paytida neft mahsulotining sachrab, oqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
222. Ishlab turgan nasoslar ish rejimida biror nosozliklar (shovqin, haddan tashqari kuchli tebranish, podshipniklar qizishi, salniklardan neft mahsuloti sizib chiqishi va darzliklar) aniqlanganda, nasoslarning ishlashini darhol toʻxtatish zarur. Nosozlik sabablari aniqlanib, ularga barham berilmaguncha nasoslarni ishlatish taqiqlanadi.
223. Nasoslar ishini avtomatik tarzda nazorat qilish vositalari boʻlmasa, asbob-uskunalarning ishlashini muntazam ravishda nazorat qilib turish zarur.
224. Nasos stansiyasiga elektr energiyasi toʻsatdan kelmay qolganda, dvigatellarni elektr tarmogʻidan tezda uzib qoʻyish kerak.
225. Har bir nasos stansiyasida avariya holati uchun asbob-uskunalar komplekti va akkumulyatorli fonarlar zaxirasi boʻlishi hamda ular maxsus javonlarda saqlanishi kerak.
6-§. Texnologik oʻtkazgich quvurlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
226. Texnologik oʻtkazgich quvurlarini qurish va joylashtirishga doir umumiy xavfsizlik talablari QMQ 3.05.05-98 “Texnologik uskunalar va texnologik oʻtkazgich quvurlar”ga muvofiq boʻlishi kerak.
227. Tashkilotning texnologik oʻtkazgich quvurlari texnologik sxemasida ularning yer usti va yer ostidagi oʻtkazgich quvurlarining hamda ularga oʻrnatilgan berkitish qurilmalarining joylashuvi koʻrsatilishi lozim.
Oʻtkazgich quvurlarining joylashuv sxemasini tashkilot rahbariyatining ruxsatisiz oʻzgartirish mumkin emas.
228. Neft va neft mahsulotlarini oʻtkazgich tarmoqlari orqali transport qilish uchun faqat poʻlat texnologik oʻtkazgich quvurlarni qoʻllash kerak.
Mazkur maqsadlar uchun shisha va boshqa moʻrt materiallar hamda yonuvchi va qiyin yonuvchi materiallardan (ftorplast, polietilen, viniplastdan) yasalgan oʻtkazgich quvurlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
229. Tashilayotgan (haydalayotgan) neft mahsulotining korroziyaga faolligi va ishlatishga moʻljallangan muddatiga koʻra oʻtkazgich quvurlarining devorlari qalinligining korroziya tufayli yemirilishini hisobga olib tanlash kerak.
230. Neft va neft mahsulotli texnologik oʻtkazgich quvurlarini neft bazalari hududi boʻylab yer yuzasiga, yonmaydigan konstruksiyalar, estakadalar, ustun va tayanchlarga oʻrnatib joylashtirish kerak.
231. Oʻtkazgich quvurlarini bir-biriga ulash faqat payvandlash orqali amalga oshiriladi. Oʻtkazgich quvurlar orqali qotib (quyuqlashib) qoladigan neft mahsulotlarini haydayotganda hamda armatura va texnologik uskunalar oʻrnatiladigan joylarda yonmaydigan materialdan yasalgan qistirmali flanetsli ulanmalarni qoʻllashga ruxsat etiladi.
232. Oʻtkazgich quvurlarni puflash uchun inert gaz va bugʻni oʻtkazgich quvurining boshlanish va oxirgi nuqtalariga ulash lozim. Bunda armatura va tiqinli shtutserlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
233. Yongʻin va portlashdan himoyalangan armaturaning elektr uzatmalarini kapital taʼmirlash ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.
234. Markazdan qochma nasoslar va kompressorlarning haydovchi (damlovchi) oʻtkazgich quvur tarmogʻiga haydalayotgan suyuqlikni teskari yoʻnalishda harakatlanib ketishining oldini olish maqsadida teskari klapan yoki shunga oʻxshash qurilma oʻrnatilishi, zarur boʻlganda esa, saqlagich qurilmasini (klapan) oʻrnatish lozim.
Texnologik oʻtkazgich quvurlarining berkituvchi-tartibga soluvchi armaturasiga ijroviy texnologik sxemaga muvofiq, uning tartib raqami yozib qoʻyilishi zarur.
Berkituvchi, tartiblovchi va saqlovchi armaturalar ularga xizmat koʻrsatishga va boshqarishga qulay hamda oson boriladigan joylarga oʻrnatilishi kerak.
235. Yer usti texnologik oʻtkazgich quvurlarining tayanchlari (ustunlari) va osma moslamalarining xavfli darajada osilib qolishi yoki avariya holati sodir etilishining oldini olish maqsadida ular doimiy nazorat ostida boʻlishi kerak.
236. Texnologik oʻtkazgich quvurlari ustidan xodimlar oʻtadigan joylarga oʻtish maydonchalari yoki tutqichli koʻprikchalar qurish lozim.
237. Texnologik oʻtkazgich quvurlarining lotoklari va transheyalari yonmaydigan materialdan yasalgan plitalar bilan berkitilishi zarur.
238. Texnologik oʻtkazgich quvurlarining lotoklari, transheyalari va quduqlari doimo toza holatda boʻlishi, muntazam ravishda suv bilan yuvib turilishi shart.
Quduqlar, kameralar yoki transheyada (lotoklarda) joylashgan berkitish armaturalari quduq yoki transheyaga (lotokka) tushmasdan yuqoridan turib ochib-yopish imkonini beruvchi moslamaga ega boʻlishi kerak.
239. Oʻtkazgich quvurlarning armaturalarini ochish yoki yopish uchun lomlar va quvurlarni ishlatish taqiqlanadi.
240. Texnologik oʻtkazgich quvurlarida berk (tupik) uchastkalar boʻlsa, ular doimiy nazorat ostida boʻlishi zarur.
241. Texnologik oʻtkazgich quvurlari va armaturalarni qizdirish uchun gulxan, mashʼala va kavsharlash lampalarini qoʻllash mumkin emas. Bunda qizdiriladigan uchastkani ishlab turgan tarmoqdan uzib (ajratib) qoʻyish va qaynoq suv va bugʻdan foydalanish kerak.
242. Texnologik oʻtkazgich quvurlarida sodir boʻlgan tiqinlarni bartaraf etish uchun ishqalanish yoki quvurga urilish tufayli uchqun hosil qiluvchi poʻlat simlar va boshqa moslamalarni ishlatish taqiqlanadi.
243. Nostandart ulash detallari va armaturalarni qoʻllagan holda texnologik oʻtkazgich quvurlarini ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
244. Neft mahsulotlarini haydash paytlarida texnologik oʻtkazgich quvurlari va ularning armaturalarini taʼmirlash taqiqlanadi.
245. Neft mahsulotlarini haydovchi texnologik oʻtkazgich quvurlarida elektr statik hodisasi roʻy berishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ular yerga tutashtirilishi lozim.
7-§. Laboratoriyalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
246. Laboratoriyalarni yongʻinga chidamlilik boʻyicha kamida II darajadagi binolarga joylashtirish kerak. Laboratoriyalar boshqa ishlab chiqarish binolaridagi xonalarga joylashtirilganda, ular yonmaydigan devor bilan ajratib qoʻyilishi lozim.
247. Laboratoriyaning ishchi xonalari oqimli-soʻruvchi shamollatish tizimiga va shkaflar hamda boshqa gaz ajralib chiquvchi manbalardan soʻruvchi mahalliy moslamalarga ega boʻlishi kerak.
248. Laboratoriyaning barcha xonalari doimo toza boʻlishi kerak. Toʻkilgan tez alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar yigʻib olinib, mazkur joy tezda issiq suv bilan yuvilishi zarur.
249. Zaharli yoki yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan bugʻlar va gazlar ajralib chiqishi ehtimoli boʻlgan barcha ishlar soʻruvchi shkafda bajarilishi lozim. Soʻruvchi shkaflar ichida ochiq olovni qoʻllab ishlash zarur boʻlganda, ish joyini qarovsiz qoldirish mumkin emas.
250. Neft mahsulotlari va boshqa tez alangalanadigan suyuqliklarni qizdirish zarur boʻlganda, suyuqlik koʻpirib va sachrab ketmasligi uchun uni suvsizlantirib olish lozim.
251. Soʻruvchi shkaflarni idishlar, asboblar va bajarilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan boshqa laboratoriya uskunalari bilan aralashtirib yuborish taqiqlanadi.
Oynalari singan va shamollatish tizimi nosoz boʻlgan soʻruvchi shkaflarni ishlatish taqiqlanadi.
252. Yongʻin va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va soʻruvchi shkaflar yonmaydigan material bilan qoplanib, qirgʻogʻi kamida 1 sm bortga ega boʻlishi, faol kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan joylar esa, ular taʼsiriga bardosh beradigan material bilan qoplanishi kerak.
253. Soʻruvchi shkaflar va idish yuvish xonalari yongʻin va portlashdan himoyalangan chiroqlar bilan yoritilishi kerak. Tok shtepsel qurilmalarini soʻruvchi shkafdan tashqariga joylashtirish kerak.
254. Laboratoriya xodimlari neft mahsulotlari, yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan kimyoviy moddalar va materiallarni bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari zarur.
255. Yonuvchi va zaharli moddalarni qizdirish (isitish) bilan bogʻliq ishlarni bajarganda, laboratoriya xonasida kamida ikki kishi boʻlishi kerak. Ish joyini qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Xodim maʼlum vaqtga ish joyini qoldirishi kerak boʻlganda, isitish manbalari tokdan ajratib qoʻyilishi lozim.
256. Maxsus kiyimsiz yoki yogʻ-moy bilan ifloslangan maxsus kiyimda ish bajarish taqiqlanadi.
257. Ish yakunida gaz va suv joʻmraklari yopilganligi, gorelkalar, lampalar, elektr isitish asboblari, elektr motorlar, shamollatish tizimlari, elektr yoritqichlar manbadan uzilganliklari, rakovinaning suv bilan yuvilganligi, barcha yonuvchi moddalar omborga yigʻilganligi, reaktivlar va materiallar turgan idishlarning ogʻzi tiqinlar bilan berkitilganligi, laboratoriya xonasi va ish joylari yigʻib-sarishtalanganligi tekshirilishi zarur.
258. Ish uchun zarur boʻlgan neft mahsulotlari va reaktivlar kunlik ehtiyoj miqdorida saqlanishi mumkin. Ular soʻruvchi shkaflar ichida saqlanayotgan boʻlsa, ushbu shkaflarda tahlillar oʻtkazish taqiqlanadi.
Oʻzaro kimyoviy qoʻshilishi oqibatida yongʻin va portlash hosil qiluvchi moddalarni birga saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
259. Yongʻin xavfi bor moddalar (neft, benzin, benzol, spirt va boshqalar), neft mahsuloti namunalari, kislotalar va ishqorlar yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan xonalarda saqlanishi kerak.
260. Laboratoriyada bir turli gazli ballonni bittadan ortiq miqdorda saqlab turish taqiqlanadi.
261. Laboratoriyaning gaz tarmogʻi ish joyidagi joʻmrak va kranlardan tashqari, binoning tashqarisiga qulay qilib joylashtirilgan hamda umumiy berkitish joʻmragiga ega boʻlishi lozim.
262. Ish joylari va soʻruvchi shkaflardagi suv va gaz joʻmraklari xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joyga oʻrnatilishi zarur.
263. Nosoz ulanmalar yoki joʻmraklardan gaz sizib chiqayotganligi aniqlanganda, gaz tarmogʻidagi umumiy joʻmrak yordamida gaz kelishi toʻxtatilib, gaz sizib chiqishiga barham berish va xona shamollatilishi lozim.
Gaz tarmogʻidagi germetiklikni tekshirish uchun ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi. Ballonlar yoki reduktor joʻmraklaridagi nozichlik sovun koʻpigi surtilib aniqlanadi.
264. Suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanilganda, ular quyosh nuri toʻgʻridan-toʻgʻri tushmaydigan, yoritqich va isitgich uskunalaridan chiqayotgan issiqlik taʼsir qilmaydigan joylarga oʻrnatilishi (saqlanishi) lozim. Ballonlar maxsus xomutlar yordamida tik holatda oʻrnatiladi.
265. Yonuvchi gazli ballonlarni oqimli-soʻruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan maxsus binolarda (xonalarda) saqlash va oʻrnatish lozim. Usti berkitilgan ochiq joylarda maxsus javon yoki panjarali yaxshi shamollatiladigan shkaflarda saqlash yoki oʻrnatish kerak.
266. Neft mahsulotlari namunalari, tez alangalanadigan erituvchilar va reaktivlarni saqlash uchun soʻruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan maxsus bino ajratilishi lozim.
Namunalarni bino tashqarisiga oʻrnatilgan tabiiy shamollatiluvchi metall qutilarda saqlash mumkin.
267. Kimyoviy modda solingan har bir idishga mahsulot nomi yozilgan etiketka yopishtirilishi lozim.
268. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqliklar shisha idishlarga solinib, ular mahkam va zich qilib berkitilishi, solingan moddaning nomi va konsentratsiyasi yozilgan birkalar bogʻlab qoʻyilishi kerak. Mazkur shisha idishlarning ogʻzini berkitmay tashish taqiqlanadi.
269. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqlik solingan idishni qoʻlda yoki yelkada tashish mumkin emas. Bunda tajovuzkor (reaktiv) suyuqlik solingan idishni mexanizatsiyalashgan moslamalardan foydalangan holda maxsus zambillar yoki qoʻsh qavat taglikli korzinalarda ikki kishi boʻlib tashilishi lozim.
270. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqlik solingan idishlarni oʻtish joylari va koʻpchilik yigʻiladigan joylarda qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
271. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqliklarni bir idishdan boshqasiga quyishda yoki mayda idishlarga quyishda chetlari qayrib qoʻyilgan va havo chiqaruvchi naychasi bor maxsus xavfsiz voronkalardan foydalanish kerak.
272. Kislotalarni quyish, ishqorlarni eritish hamda ularni qoʻllash joylari mahalliy soʻruvchi shamollatish tizimi, toza latta, sochiq, qoʻl yuvish uchun shlangli suv joʻmragi va koʻzni yuvish uchun suv favvorasi (fontancha) bilan jihozlanishi lozim.
273. Foydalanilgan neft mahsuloti qoldigʻi, tajovuzkor (reaktiv) suyuqliklar va zaharli moddalar maxsus metall idishga quyilishi va ish oxirida laboratoriyadan tashqariga chiqarib tashlanishi zarur. Mazkur suyuqliklarni rakovinalar va maishiy oqova tizimiga toʻkish taqiqlanadi.
274. Oʻta zararli va zaharli moddalar bilan ish olib borilayotgan binolarning shamollatish tizimi alohida va boshqa xonalarning shamollatish tizimiga ulanmagan boʻlishi kerak.
275. Benzin, efir yoki boshqa yongʻin xavfi mavjud boʻlgan moddalar yerga toʻkilganda hamda gaz hidi sezilganda, barcha gorelkalarni oʻchirish va gaz chiqayotgan manbani topish hamda nosozlikni bartaraf etish zarur. Bunda elektr asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
276. Laboratoriya idishlarini yuvish joyi ishchi xonalardan boshqa boʻlib, yonmaydigan yaxlit toʻsiq bilan ajratilishi va alohida chiqish eshigiga ega boʻlishi zarur.
277. Yuvish xonasiga kirishda, uning yongʻin va portlash xavfliligi darajasi boʻyicha toifasini koʻrsatuvchi va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishini taqiqlovchi xavfsizlik belgilari mavjud boʻlishi kerak.
278. Yuvish xonasidagi idish yuvish joyi eritmalar saqlanadigan joyidan alohida hamda mahalliy soʻruvchi shamollatish va umumiy oqimli-soʻruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
279. Yuvish joyiga oʻtkir kislotalar, ishqorlar va zaharli moddalar ishlatilgan idishlar topshirilishidan oldin toʻliq boʻshatilishi va neytrallashtirilishi zarur.
280. Sulfat kislotasi konsentratsiyasini pasaytirish uchun kislotani mayda porsiyalar bilan suvga quyish kerak.
281. Kaustik sodaning uncha katta boʻlmagan eritmasini tayyorlash uchun idishga oldin suv quyib, soʻngra unga kaustik soda boʻlaklarini solinishi va toʻliq eriguncha aralashtirib turilishi zarur.
282. Kaustik soda eritmasini qoʻlda sinmaydigan, berkitiladigan idishda yoki maxsus katakchalarga joylashtirilgan, tagiga yumshoq materialdan taglik qoʻyilgan shisha idishlarda tashish mumkin.
283. Xlorli ohak va ohakli eritmani tashish, maydalash va tarozida tortishda xodimlarga xalat, respirator, himoya koʻzoynaklari, gazniqob va qoʻlqoplar berilishi kerak.
284. Zaharli moddalarni laboratoriya rahbarining ruxsatisiz berishga ruxsat etilmaydi.
285. Oʻyuvchi moddalar inson tanasiga tekkanda, zudlik bilan jarohatlangan joy kuchli suv oqimi bilan yuvilishi kerak.
286. Oziq-ovqat mahsulotlari maxsus ajratilgan joylarda isteʼmol qilinishi zarur. Tajovuzkor (reaktiv) moddalar bilan ish bajariladigan xonalarda oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishdan oldin qoʻllar yuvilib, maxsus kiyim yechib qoʻyilishi lozim.
287. Toʻkilgan kislota ustiga qum sepilib, kislota shimilgan qum kurak bilan tozalanib, oʻrniga soda yoki ohak toʻkilib, suv bilan yuviladi va quruq latta bilan artiladi.
288. Oʻyuvchi moddalar, kislotalar, ishqorlar bilan ishlashdan oldin kran ochilib, suv oqizib qoʻyilishi yoki suv zaxirasiga ega boʻlishi lozim.
289. Ichida bosim yoki vakuum hosil boʻlishi mumkin boʻlgan shisha idishlar gʻilof bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
290. Shisha tayoqcha va naychalarni sindirishda hamda ular uchiga rezina naychalarni kiydirishda sochiqdan foydalanib ishlash kerak. Bunda shisha naychalar va tayoqchalarning uchini olovda eritib olish zarur.
291. Shisha naychalarni tiqin ichiga kiritishda, naychani tiqin ichiga kiradigan tomoniga yaqin joydan ushlash kerak. Naycha tiqinga kirishini osonlashtirish uchun tiqindagi teshikni suv yoki glitserin bilan hoʻllash lozim.
292. Laboratoriyaning bino va xonalarida chekish, ochiq olovdan foydalanish, polni benzin yoki kerosin bilan yuvish, korjoma, lattalarni isitish konstruksiyalari ustida quritish, bugʻli isitish quvurlari ustida tez alangalanadigan neft mahsulotlari bilan ishlash, toʻkilgan neft mahsulotini yigʻishtirib olmay qoldirish, yonuvchi suyuqliklarni rakovina va yuvinish joylariga toʻkish taqiqlanadi.
293. Ish stollari, shkaflar, deraza tokchalarini neft mahsuloti solingan idishlar bilan toʻldirib tashlamaslik kerak.
294. Yogʻ-moy artilgan lattalar, qipiq va boshqa shunga oʻxshash materiallar qopqoqli temir qutilarga toʻplanib, ish yakunida maxsus ajratilgan joyga chiqarib tashlanadi.
295. Olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishda laboratoriyada kamida ikki kishi boʻlishi kerak.
296. Olovli ishlarni bajaradigan ish stoli yuzasi tunuka, kafel yoki linolium bilan qoplanishi, isituvchi asbob tagiga asbestning qalin listi qoʻyilishi lozim. Tez alangalanadigan suyuqliklarni bevosita alanga ustida qizdirish taqiqlanadi.
297. Tez alangalanuvchi xavfli moddalarni olovli ishlar bajarilayotgan binoda bir idishdan boshqasiga quyish, yonuvchi materiallarni gorelkalar va boshqa isitish asboblari yonida saqlash mumkin emas.
298. Etillangan mahsulotlarni tahlil qilish bilan band boʻlgan xodimlarning ish kiyimlari degazatsiya qilinishi va har oyda kamida ikki marta yuvilishi kerak.
299. Degazatsiya kamerasi boʻlmaganda, ish kiyimlari kerosinga botirilib ikki soat ushlab turilib, siqib tashlanishi va suvda qaynatilib, issiq suv bilan yaxshilab yuvilishi va shundan keyin umumiy yuvish joyiga topshirilishi lozim.
300. Etillangan benzinni yondirgichlarning yoqilgʻisi sifatida yoki laboratoriya ishlarida eritgich sifatida ishlatishga, qoʻl va laboratoriya idishlarini yuvishga ruxsat etilmaydi.
301. Simobli asboblar va boshqa tarkibida simob boʻlgan uskunalardan SanQvaM 0247-08 “Simob bilan va simob solingan asboblar bilan ishlashga moʻljallangan ishlab chiqarish va laboratoriya xonalarini loyihalash, barpo etish, foydalanishga doir sanitariya qoidalari”ga muvofiq foydalanish lozim.
302. Laboratoriya binosi singan termometrlar, manometrlar va boshqa asboblardagi simobning toʻkilishi tufayli ifloslanganda, simob tomchilari (zarra) yaxshilab yigʻib olinishi zarur. Mayda tomchilar hoʻllangan filtrlash qogʻozi yoki gazeta vositasida hamda mis yoki oq tunukadan yasalgan plastinkalar va amalgamatsiya qilingan moʻyqalam yordamida yigʻiladi.
303. Qogʻozga yoki moʻyqalamga yopishgan simob zarralari suvli idishga silkitib tushirilishi kerak. Turli tirqishlar, yoriqlar va boʻshliqlarga kirib qolgan simobni faqat kimyoviy usulda (demerkurizatsiyalash) tozalash mumkin.
Demerkurizatsiya xlorli temirning 20 foiz suvli eritmasi bilan zararlangan yuzani hoʻllab chiqib, bir sutkaga qoldirish yoki yuzani dixloraminning toʻrt xlorli ugleroddagi 5 foiz eritmasi bilan 10 soatga hoʻllab qoʻyish va qoʻshimcha ravishda natriy polisulfidining 5 foiz eritmasi bilan yuvilgan holda amalga oshiriladi.
304. Yuza tozalagandan keyin bir necha marta sovunli, toza suv bilan yuvilishi lozim. Demerkurizator temirning xlorli eritmasini boʻyalgan yuzalarga ishlov berishda ham qoʻllanishi mumkin.
305. Toʻkilgan simobni yigʻishda ishlatilgan choʻtkalar, chelaklar, lattalarga maxsus usul bilan ishlov berilishi va zararsizlantirilishi kerak.
306. Laboratoriya binosida, toza va quruq qum, qum uchun kurak, kigiz yoki asbest matosi va oʻt oʻchirgichlar kabi birlamchi vositalar boʻlishi kerak. Alangalanib ketgan neft mahsulotlarini suv bilan oʻchirish mumkin emas.
Yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari binoga kirish joyiga oʻrnatilishi lozim.
307. Soʻruvchi shkaflarda alanga sodir boʻlganda, shamollatish tizimi darhol toʻxtatilishi, elektr isitish asboblari manbadan ajratilishi yoki yonayotgan gaz gorelkasi oʻchirilishi va alangani bartaraf etish choralari qoʻllanishi lozim.
Yongʻin roʻy berganda yongʻin xavfsizligi boʻlimiga xabar berilishi zarur.
308. Laboratoriya binosida begona shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
8-§. Qozonxonaga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
309. Qozonxonaning isitish va shamollatish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi shart.
(309-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
310. Qozonxona qurilmasi qismlarini koʻrikdan oʻtkazish, tartibga solish, sozlash paytida foydalaniladigan yechib olinadigan uskunalarini jips oʻrnatish uchun ularga boʻyoq yoki lak surtishga ruxsat etilmaydi.
311. Qozonxona binosidagi birinchi qavat polining balandligi bino atrofidagi hudud balandligidan past boʻlmasligi kerak.
312. Qozonxonadan chiqadigan eshiklar tashqariga ochilishi lozim. Eshiklarda ichkaridan berkitiladigan moslama boʻlmasligi kerak. Qozonxonadan chiqadigan eshiklar qozonlar ishlab turganda berkitilmasligi zarur.
313. Qozonxona qurilmasining konstruksiyasi uni montaj qilishda, sinash va taʼmirlashda hamda xizmat muddati davomida ishlatishda xavfsizlikni taʼminlashi lozim. Toʻsiqlarning gʻilof va eshiklarida ularni ishonchli berk holatda turishini taʼminlaydigan moslamalar boʻlishi shart.
314. Qozondagi suvning sathini koʻrsatuvchi uskuna yassi, silliq yoki qoʻtir shaffof shisha plastinkadan iborat boʻlib, kamida 8 mm li koʻrish tirqishiga ega boʻlishi zarur.
315. Mazkur toʻgʻri harakatlanuvchi koʻrsatish moslamasi koʻpi bilan 2 m balandlikda, old tomonga koʻpi bilan 30° qiya qilib, tik holatda oʻrnatilishi lozim.
316. Qozonga umumiy bugʻ oʻtkazish qobiliyati qozonning bir soatlik unumdorligidan past boʻlmagan kamida ikkita bugʻ saqlagich klapanlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
317. Saqlagich klapanlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tegib ketishidan himoyalovchi toʻsiqlarga (gʻilof) ega boʻlishi lozim.
318. Qozon oʻrnatilgan binoda tez alangalanadigan yoqilgʻi solingan idishlar hamda yonuvchi moylash materiallarining zaxirasini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
319. Suyuq yoqilgʻini yondirishda forsunkalardan tomadigan yoqilgʻini qozonxona poliga tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
320. Suyuq yoqilgʻi keladigan oʻtkazgich quvurlariga, zarur hollarda qozonlarga borishini toʻxtatadigan, berkitish joʻmraklari oʻrnatilishi zarur.
321. Qozonxonada soat, favqulodda vaziyatlar uchun ovozli signalizatsiya tizimi va tashkilot rahbariyati hamda bugʻ isteʼmolchilari bilan aloqa oʻrnatish uchun aloqa vositalari boʻlishi zarur.
322. Xodimga qozon ichida ishlash uchun naryad-ruxsatnoma qozon ichidagi harorat 60 °C dan ortiq boʻlmaganda berilib, ushbu naryad-ruxsatnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
323. Gaz yurish yoʻllarida ishlashga undagi harorat 60 °C dan ortiq boʻlmaganda ruxsat beriladi. Ish boshlashdan oldin mazkur joylar shamollatilishi, ishlab turgan qozonlardan gaz va changlar kirmaydigan qilib zaslonkalar zichlanib qulflab qoʻyilishi hamda vaqtinchalik gʻisht devor bilan ajratib qoʻyilishi kerak.
Gaz yurish yoʻllaridagi harorat 50 — 60 °C boʻlganda, xodimlar uning ichida 20 daqiqadan ortiq boʻlmasligi kerak.
324. Zulfinlar orqali uzib qoʻyilgan oʻtkazgich quvurlari, bugʻ oʻtkazgichlari va gaz oʻtkazgichlari uchastkalarida hamda qozon qurilmasining gaz yurish yoʻllarini ajratilgan qismida ishlar olib borilayotganda, ularning tegishli zulfinlariga va qopqoqlariga hamda tutun soʻrgichni, havo haydovchi shamollatgichni va yoqilgʻi taʼminlagichni ishga tushirish qurilmalariga “Ulamang, odamlar ishlamoqda!” degan plakat osib qoʻyish lozim.
325. Qozonxona binosida qozon qurilmasi va ekonomayzerlariga xizmat koʻrsatishga, qozonxona uskunalarini taʼmirlashga yoki bugʻ va issiq suv olish texnologiyasiga bevosita aloqasi boʻlmagan mashina va asboblarni oʻrnatish taqiqlanadi.
326. Qozonlar ishlab turganda quyidagilar taqiqlanadi:
oʻchoqda yonish jarayoni tugab, bosim atmosfera bosimi darajasiga tushmaguncha qozonni qarovsiz qoldirish;
qozonning bosim ostidagi elementlarida taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
navbatchilikda turgan mashinistga (oʻt yoquvchi) uning ishlab chiqarish yoʻriqnomasida koʻzda tutilmagan ishni bajarishni topshirish.
327. Armaturasi, taʼminot asboblari, avtomatikasi, yongʻinni oʻchirish vositalari va signalizatsiyasi nosoz qozonlarni ishga tushirish va ishlatish taqiqlanadi.
328. Qozon ishini avariyali toʻxtatishda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi chora-tadbirlar qoʻllanishi zarur:
yoqilgʻi va havo kelishini toʻxtatib, tutun yoʻlini tortish kuchini tezda sustlashtirish;
zudlik bilan oʻchoqdagi yoqilgʻini olib tashlash;
oʻchoqda oʻt yonishi toʻxtagandan keyin tutun zaslonkasini, qoʻl bilan yoqish oʻchoqlarida esa, uning eshikchalarini biroz vaqtga ochib qoʻyish;
saqlagich klapanlarini sal koʻtarib qoʻyish yoki avariya joʻmragi orqali bugʻlarni chiqarish.
329. Qozonning ishlashi toʻxtatilganda, zudlik bilan oʻchoqqa yoqilgʻi va havo berishni toʻxtatish, moʻrilar va shamollatgichlarni berkitish orqali tutun soʻrilishini toʻxtatish hamda barcha havo va gaz zaslonkalarini berkitish zarur.
330. Qozonxonada yongʻin sodir boʻlganda, yongʻindan saqlash xizmatini tezda chaqirib, qozon holatining nazoratini davom ettirish va yongʻinni oʻchirish tadbirlarini qoʻllash lozim.
Qozonxonada yongʻin roʻy berganda, qozonxona binosining tashqarisidagi zulfin yordamida gaz kelishi toʻxtatilishi kerak. Yongʻin qozonlarga xavf solayotgan boʻlsa va uni oʻchirishning iloji boʻlmasa, qozonlarni avariya tartibida tezda toʻxtatish, unga suv yuborib, ichidagi bugʻni atmosferaga (bino tashqarisi) chiqarib yuborish lozim.
331. Qozonxonalarda uskunalar, armaturalar, nazorat va sozlash asboblarini joriy taʼmirlash uchun taʼmirlash uchastkasi yoki xonasi ajratilishi kerak.
332. Qozonlarga va qozonxona qurilmasi ishiga bevosita aloqasi boʻlmagan shaxslarni qozonxonaga kirishi mumkin emas.
9-§. Neft bazalarida mexanika ustaxonasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
333. Metallga uni kesish orqali ishlov beriladigan mexanika ustaxonasi binolarida moylovchi-sovutuvchi suyuqliklarni havo atmosferasiga tozalab chiqarib tashlaydigan, zararsizlantirish oʻtkazmasi yoki panalagichiga ega boʻlgan mahalliy soʻruvchi moslamalar oʻrnatilishi kerak.
334. Mexanika ustaxonasining poli tekis, sirpanmaydigan, boʻsagʻasiz boʻlishi lozim.
335. Mexanika ustaxonasidagi oʻtish, yurish joylari va quduqlar lyuklari materiallar, yarim tayyor detallar, chiqindi va idishlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi, boʻsh turishi taʼminlanishi zarur. Dastgohlarni quduq lyuklari ustiga oʻrnatish taqiqlanadi.
Alohida mexanizmlar va mexanizmlar bilan dastgohlar oraligʻi kamida 1 m, xodimlar oʻtadigan joylarning eni kamida 0,75 m boʻlishi kerak.
336. Mexanika ustaxonasida sozlagichlar, materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor detallar va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash javonlari, idishlari, stollari va boshqa uskunalarining joylashtirilishi uchun maydonchalar boʻlishi zarur.
Har bir ish joyida dastgoh yonida ish joyining poli boʻylab, dastgohlardan kamida 0,6 m nariga yogʻoch toʻshama oʻrnatilishi kerak.
10-§. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalari texnologik uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
337. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi texnologik uskunalar ishga yaroqli holatda boʻlishi shart.
338. Texnologik uskunalar germetik boʻlishi lozim. Yoqilgʻi quyish ustunlarida avtoyoqilgʻi sizib (oqib) chiqishi namoyon boʻlganda, ularni ishlatish taqiqlanadi. Sizib (oqib) chiqish holatlari sezilganda, darhol nosozlikni bartaraf etish choralarini qoʻllash lozim.
Nosoz uskunalarda texnologik operatsiyalarni bajarish hamda ularga avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi yongʻin xavfsizligi darajasini oshirishga sabab boʻladigan konstruktiv oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi.
339. Avtoyoqilgʻi va uning bugʻlarini atmosferadan ajratib turuvchi qopqoqlar va flanetslar, patrubkalar, shtutserlar tiqinlarining armaturaga tegib turadigan joylariga neft mahsulotiga va atrof-muhitga chidamli materialdan yasalgan uchqun chiqarmaydigan qistirmalar qoʻyilishi va zichlab yopilishi shart. Mazkur qopqoqlar va tiqinlar avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan foydalanish paytida ochilishi nazarda tutilgan boʻlsa, ular uchqun chiqarmaydigan qilib yasalgan boʻlishi lozim.
340. Texnologik qurilmalar texnologik jarayondagi xavfsizlikni taʼminlovchi ishga yaroqli hamda nazorat, himoya va tartiblovchi tizimlarga ega boʻlishi kerak.
341. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi rezervuarlarning toʻkuvchi joʻmragiga ulanadigan moslamalar va avtotsisterna shlangining uchlari sisternaga urilganda, uchqun chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan materialdan yasalishi va yerga tutashtirilishi lozim.
342. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalari hududidagi rezervuarlar lyuklarining qopqoqlarini ochib-yopganda uchqun chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan materialdan yasalgan qistirmalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
343. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalari binosida vaqtinchalik elektr oʻtkazgichlar, elektr plitalar, reflektorlar va boshqa ochiq isituvchi elementli elektr asboblaridan hamda yasama elektr isitish uskunalaridan foydalanish taqiqlanadi.
344. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalari yongʻinga qarshi uskunalar va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi lozim. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalarida yonayotgan transport vositalarini tezkor evakuatsiya qilish uchun uzunligi kamida 3 m keladigan qattiq shatak shtangalari boʻlishi kerak.
345. Har bir avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalarida tez tibbiy yordam berish uchun zarur dori vositalari bilan taʼminlangan dori qutichalari boʻlishi lozim.
11-§. Elektr qurilmalari va elektr uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
346. Elektrtexnik qurilmalar va ishlab chiqarish uskunalari sifatida foydalaniladigan qurilmalar QMQ 3.05.06-97 “Elektr texnik qurilma” va GOST 12.2.007.0-75 “Elektr texnik mahsulotlar. Xavfsizlikka doir umumiy talablar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
347. Binolar va inshootlar yoki ularning ayrim qismlari vazifasi, mazkur hududdagi momaqaldiroqning jadalligi hamda yil davomida yashin urishini ehtimoliy miqdorini inobatga olib, yashindan himoyalovchi qurilmalar toifasi va himoya hududining turi boʻyicha muhofazalangan boʻlishi kerak.
348. Uskunalardan neft, gazkondensat va neft mahsulotlaridan hamda inson tanasidan xavfli uchqunli ryazryadlar chiqishining oldini olish maqsadida paydo boʻladigan elektr statik zaryadlarining oqib chiqib ketishini taʼminlovchi tadbirlarni qoʻllash lozim.
5-bob. Taʼmirlash ishlari jarayonidagi xavfsizlik talablari
1-§. Xavfsizlikka doir umumiy talablar
349. Avariyalarni bartaraf etish ishlarining oʻtkazilishi avariyani bartaraf etish rejasi, neft mahsuloti oʻtkazgichlarda avariya-tiklash ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish talablariga mos ravishda amalga oshirilishi lozim.
350. Taʼmirlash ishlariga maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va imtihon topshirgan, guvohnoma olgan hamda mustaqil ishlashiga ruxsat etilgan mutaxassislar jalb etiladi.
351. Ishlab turgan obyektlarni taʼmirlash uchun taʼmirlash ishlari reglamentida koʻrsatilgan muddatlarda havo muhitidagi neft mahsuloti bugʻlari miqdorini nazoratdan oʻtkazish zarur. Agar taʼmirlash paytida neft mahsulotlari bugʻlari tegishli konsentratsiyadan ortiq boʻlsa, darhol ishni toʻxtatib, odamlarni xavfli hududdan olib chiqish kerak.
352. Gazpayvandlashni qoʻllab taʼmirlash ishlari tugaganidan keyin, ish joyini yaxshilab tekshirish, metall parchalari, kuyindilar yoki tutab turgan predmetlardan tozalash, zarur hollarda suv sepib oʻchirish lozim.
2-§. Quyish-toʻkish qurilmalaridagi taʼmirlash ishlariga qoʻyiladigan talablar
353. Quyish-toʻkish qurilmalaridagi texnologik uskunalar germetikligining buzilishi hamda yongʻin va portlash xavfi bor zararli omillar ajralib chiqishi bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
354. Olovli ishlar bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini quyish-toʻkish operatsiyalari oʻtkazilayotgan yerdan kamida 100 m narida amalga oshirish lozim.
355. Texnologik uskunalar va sisternalarni estakada hududida taʼmirlash taqiqlanadi.
356. Quyish-toʻkish qurilmasida olovli ishlarni boshlashdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
quyish-toʻkish qurilmasi joylashgan maydonchani, toʻkish tarnovlarini, oqova lotoklarini neft mahsuloti qoldiqlaridan tozalash;
quyish-toʻkish qurilmalari va oʻtkazgich quvurlarni uzib qoʻyish va neft mahsulotlaridan boʻshatish;
olovli ishlar oʻtkaziladigan joydan kamida 20 m naridagi kuzatish quduqlari, oqova tizimidagi gidravlik berkitgichlar, boʻsh rezervuarlarning qopqoqlarini yaxshilab yopib, ustiga 10 sm qalinlikdagi qum toʻkib qoʻyish.
357. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishdan oldin zulfinlar kameralarini va quduqlarni obdan shamollatish, ulardagi neft mahsuloti qoldiqlarini yuvib, sanoat oqova tizimi tomonga yoʻnaltirish, polni suv bilan tozalash kerak.
3-§. Rezervuarlarni taʼmirlash ishlaridagi xavfsizlik talablari
358. Rezervuarni taʼmirlaganda ogʻir vaznli yuklar va poʻlat metall listlarni (varaq) koʻtarish uchun mexanik moslamalar qoʻllanishi lozim. Mazkur moslamalar ishonchli tormoz qurilmasiga ega boʻlishi kerak.
359. Rezervuarning korpusidagi asosiy metallda yoki payvand choklarida darzliklar namoyon boʻlganda, rezervuar darhol neft mahsulotidan boʻshatilib, taʼmirlashga topshirilishi zarur. Neft mahsuloti bilan toʻldirilgan rezervuardagi darzlik yoki boʻrtib chiqqan joylarni urib tekislash hamda payvandlash taqiqlanadi.
360. Rezervuar yuqori halqa maydonchasida turib, uning suzuvchi tomi koʻrikdan oʻtkaziladi. Koʻrik paytida suzuvchi tom holatining gorizontalligi, tomning markaziy qismida mahsulot, qishda tom ustida qor yoʻqligi, halqasimon zichlovchi zatvorning (berkitgich) himoyalovchi shchitlarini hamda suv tushirish tizimi zulfinining holatlari tekshiriladi.
4-§. Nasos qurilmalari va texnologik oʻtkazgich quvurlarini taʼmirlashda xavfsizlik talablari
361. Nasos agregatini taʼmirlashga chiqarilganda, uning soʻruvchi-haydovchi oʻtkazgich quvurlarini berkitib, boshqaruv shchitiga “Ulamang, odamlar ishlamoqda!” degan yozuv osib qoʻyilishi lozim va bu haqda tegishli jurnalga qayd etilishi hamda taʼmirlashga chiqarilgan sana yozib qoʻyilishi lozim.
362. Ishlab turgan nasos agregatlarini va oʻtkazgich quvurlarni taʼmirlashga ruxsat etilmaydi.
363. Nasos agregatlarini taʼmirlashda ajratilgan qismlari uchun tokchalar tayyorlab qoʻyilishi zarur.
364. Avtomatlashtirilgan nasosxonalarning soʻruvchi-haydovchi oʻtkazgich quvurlaridagi avtomatika vositasi ishlamay qolishi tufayli nasoslar ishi toʻxtab qolganda, zulfinlar darhol berkitilishi lozim.
365. Ichini ochish shart boʻlmagan sharoitda qisqa vaqtli taʼmirlash oʻtkazilganda, nasos ishi toʻxtatilib, u ishlab turgan oʻtkazgich quvurlardan zulfinlar vositasida ajratilishi, taqiqlovchi yozuv osib qoʻyilishi hamda zulfinlarning toʻsatdan ochilib ketishining oldini oluvchi choralar qoʻllanilishi zarur.
366. Nasosning ichini ochish vaqtida toʻkilgan neft mahsulotlari tezda yigʻishtirib olinishi va toʻkilgan joyga qum sepilishi yoki shlang orqali suv bilan yuvilishi kerak.
367. Zaharli, yonuvchi va tez alangalanadigan suyuqliklarni haydashga moʻljallangan nasoslarni taʼmirlash uchun qismlarga ajratish va yigʻish jarayonlari xavfsiz ishlashini taʼminlovchi maxsus asboblar va moslamalar bilan jihozlash lozim.
5-§. Nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika vositalarini taʼmirlashda xavfsizlik talablari
368. Nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika (bundan buyon matnda NOʻA va A deb yuritiladi) vositalarini taʼmirlash ushbu asbob va vositalarni ishlatuvchi tashkilot yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
369. NOʻA va A vositalarining bino ichiga kirgan, chiqqan yoki tambur va koridor devorlari orqali oʻtgan kabellari doimo soz holatda boʻlishi kerak.
370. NOʻA va A vositalarini montaj, demontaj qilish va taʼmirlash ularni texnologik, impulsli tarmoqlardan ajratgan va elektr kuchlanishini uzib qoʻygan holda amalga oshirilishi lozim.
371. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan binolarning bevosita oʻzida NOʻA va A vositalarini taʼmirlashni payvandlash, kavsharlash, boshqa ochiq olov va yuqori harorat qoʻllamasdan oʻtkazish mumkin.
372. NOʻA va A vositalarini taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladigan, yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududlardagi ochiq holda (konstruksiyalar, devorlar, shiftlar, kanallar va tonnellarda) yotqizilgan (joylashtirilgan) kabellarning ustki qoplamasi yonuvchi materiallardan (kanop, bitum, paxta-qogʻozli oʻramlar) boʻlmasligi lozim.
373. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududga joylashtirilgan, kuchlanishi 1 kW dan ortiq boʻlgan kabellarning uzunligi imkon darajasida qisqartirilishi zarur.
374. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududlarda taʼmirlash ishlari olib borilganda, ulovchi va taqsimlovchi kabel muftalarining qoʻllanilishi taqiqlanadi.
6-bob. Favqulodda vaziyatlarda xavfsiz ishlashga qoʻyiladigan talablar
375. Shamolning tezligi 12,5 m/s boʻlganda minorali, chorpoya (kozlovoy) va boshqa kranlar yordamida idishlarga solingan neft mahsulotlarini yuklash-tushirish taqiqlanadi.
376. Tashkilotlarda ehtimol tutilgan avariyalarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilishi lozim. Unda mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda avariyalarning oldini olish va avariya vaziyatlarini bartaraf etish, avariya sodir boʻlganda esa, uning oqibatlarini chegaralash va yengillashtirish, alangalanish va portlashning oldini olish, avariyani bartaraf etishda band boʻlmagan odamlarni evakuatsiya qilish yuzasidan xodimlarning tezkor vazifalari nazarda tutilishi kerak.
7-bob. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
377. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
378. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(378-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
8-bob. Yakuniy qoida
379. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2014-yil 16-aprel
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 16-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 16-aprel
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2014-yil 16-aprel
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2014-yil 16-aprel
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi B. ABDUSAMATOV
2014-yil 16-aprel
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2014-yil 16-aprel
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining boshligʻi R. IKRAMOV
2014-yil 16-aprel
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2014-yil 16-aprel
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 16-aprel
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2014-yil 16-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 236-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)