toggle_night_mode
Hujjat 04.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tashkillashtirish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni hamda tartibotlarni yanada takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari:
nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek fuqarolarning huquqlarini, manfaatlarini himoya qilish va farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, ayniqsa davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy koʻmagiga zaruriyat boʻlgan sohalardagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali ishtirok etishiga yoʻnaltirilgan faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashishga va qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarning holatini har yilgi majlislarda muntazam ravishda muhokama qilinishini taʼminlasinlar;
mamlakatni ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng avvalo, taʼlim, sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, bandlikni taʼminlash, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish kabi sohalarda tarmoq, mintaqaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ularni amalda roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha jamoatchilik muhokamalarini va eshituvlarini muntazam ravishda oʻtkazish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etish amaliyotini keng qoʻllasinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat dasturlarini amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish, ularni bajarish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish, koʻrsatib oʻtilgan davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining borishi yuzasidan jamoatchilik nazorati natijalari toʻgʻrisida xulosalar va axborotlar taqdim etish imkoniyatini bergan holda, ularni katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan davlat dasturlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan komissiyalar va ishchi guruhlar ishiga jalb etsinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida jamoatchilik muhokamalarini, eshituvlarini hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish yoʻli bilan norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik manfaatlarini har tomonlama hisobga olish mexanizmlaridan keng foydalansinlar;
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Ekologik harakati, Oʻzbekiston mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda turli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini birlashtiruvchi boshqa jamoat tashkilotlarining ustavlaridagi vazifalarni amalga oshirishda, ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish dasturlarini hal etishda ular bilan oʻzaro mustahkam hamkorlikni taʼminlasinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-mart,
57-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga
1-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom:
nodavlat notijorat tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan ularning yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) (keyingi oʻrinlarda alohida boʻlinmalar deb ataladi), shuningdek xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallarini, ayni bir vaqtda ularni davlat soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻygan holda, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar boʻlmagan alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat tashkilotlarini adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ham tatbiq etiladi.
Ushbu Nizom talablari diniy tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro NNT — faoliyatini uning ustaviga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi va bitta yoki undan koʻp xorijiy davlatlar hududida tatbiq etilishi mumkin boʻlgan NNT;
viloyatlararo NNT — faoliyati uning ustaviga muvofiq koʻpi bilan ikkita hududiy subyektlar (viloyatlar), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri (keyingi oʻrinlarda hududiy subyektlar deb ataladi) hududida olib boradigan NNT;
alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish — yuridik shaxs boʻlmagan alohida boʻlinmaning tegishli hududdagi vakolatlarini adliya organlari tomonidan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalar reyestriga kiritish hamda ularni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoʻli bilan rasmiy ravishda tasdiqlash;
xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonasi — bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy NNTning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot;
respublika NNT — faoliyatini uning ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda uchtadan kam boʻlmagan hududiy subyektlarda alohida boʻlinmalariga ega boʻlgan NNT;
xalqaro va xorijiy NNTning filiali — bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy NNTning barcha funksiyalarini (yoki ularning bir qismini) amalga oshiradigan, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot.
4. Quyidagilarni:
xalqaro, respublika, viloyatlararo NNTni, xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallarini, shuningdek qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, alohida NNTlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;
faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNTni, shuningdek ularning ustavlarida belgilangan muayyan hududlarda faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadigan NNTning alohida boʻlinmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida boʻlinmalarni, shu jumladan xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining alohida boʻlinmalarini hisobga qoʻyish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Ularning turidan qatʼi nazar, aynan bir nomdagi NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nomi bir xil boʻlgan ikki yoki undan ortiq NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza tushgan hollarda boshqalardan oldinroq ariza bergan NNT roʻyxatdan oʻtkazishda ustunlik huquqiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
9. NNTning alohida boʻlinmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun davlat boji undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. NNTning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini olish uchun:
faoliyatini tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
boshqa NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan davlat boji va toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Respublika budjetiga hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni.
II. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
12. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida, jamoat birlashmasi uchun — bir oy mobaynida beriladi.
Jamoat birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza rahbar organning kamida uch nafar aʼzosi tomonidan imzolanadi.
13. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) davlat tilidagi ustav yoxud yuridik shaxs hisoblanadigan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom, ikki nusxada Ustav (nizom) tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan va taʼsischi(lar) vakil qilgan shaxs imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak;
b) taʼsis shartnomasi — NNT assotsiatsiyalari (uyushmalari) uchun;
v) NNTni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis syezdi (konferensiyasi)ning yoki umumiy yigʻilishning bayonnoma yoxud taʼsischining qarori (respublika va viloyatlararo NNT uchun tegishli alohida boʻlinmalar tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi);
g) NNTning pochta manzili sifatida foydalanish uchun moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
d) siyosiy partiyalardan tashqari, NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi hamda yuridik shaxslar uchun — nomi, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi koʻrsatiladi;
e) tashabbuskor fuqarolar roʻyxati:
kamida uch ming kishining roʻyxati — kasaba uyushmalari uchun;
kamida oʻn kishining roʻyxati — boshqa jamoat birlashmalari uchun, siyosiy partiyalardan tashqari;
j) “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar — siyosiy partiyalar uchun, shu jumladan:
siyosiy partiyaning dasturi;
mazkur partiyaga birlashish xohishini bildirgan, kamida sakkizta hududiy subyektlarda (viloyatlarda), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining oʻzlari imzo qoʻygan roʻyxati, saylab qoʻyiladigan organlarning aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ aʼzolariga vakolatlar, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi partiya oliy organining qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
z) bosh NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — alohida boʻlinmalar uchun;
(13-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Keyingi tahrirga qarang.
i) dastlabki mablagʻlarning shakllanganligini tasdiqlovchi hujjat (vaqtincha jamgʻarib boriladigan hisob raqamlariga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi) — jamoat fondlari uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
k) notarial tasdiqlangan vasiyatnomaning nusxasi — vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun;
(13-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
l) belgilangan miqdorda davlat bojining toʻlangani toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Ushbu Nizomning 13-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan roʻyxatlarda, imzolardan tashqari, imzolagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi koʻrsatiladi. Imzolar va maʼlumotlar imzolagan shaxsning yashash, ish, oʻqish yoki harbiy xizmat joyida tasdiqlanadi.
15. Birlashtirish, boʻlinish, ajralib chiqish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan NNTlar qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
qayta tashkil etilayotgan tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan tomonlar daʼvolashayotgan majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (birlashtirishda va oʻzgartirishda) yoki taqsimlash balansi (boʻlinishda va ajralib chiqishda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (birlashtirishda, ajralib chiqishda va oʻzgartirishda).
Yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida boʻlinmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, NNTlar bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomni yoxud bosh tashkilotning alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibini, huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi ustavi nusxasini taqdim etadilar.
16. Oʻz faoliyatini turli hududlarda:
bir yoki undan ortiq chet el davlati hududida — xalqaro NNTlar uchun;
kamida uchta hududiy subyektlarda — respublika NNTlari uchun;
koʻpi bilan ikkita hududiy subyektlarda — viloyatlararo NNTlar uchun amalga oshiruvchi NNTlar ustavlarida alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari mavjud boʻlishi kerak.
17. Alohida boʻlinmani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar NNTning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
18. Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza beriladi, arizaga bosh tashkilotning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
a) bosh tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari koʻrsatilgan holda ustavning hamda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan nusxalari;
b) Oʻzbekiston Respublikasida vakolatxona yoki filial ochish (tashkil etish) toʻgʻrisida bosh tashkilotning qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filialni tashkil etishga), uning nizomini (ustavini) tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak;
v) vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) koʻzlangan maqsadlar va vazifalar ham koʻrsatilgan, oʻzbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
g) bosh tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan ishonchnoma;
d) bosh tashkilotning faoliyati toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan axborot;
e) ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish toʻgʻrisidagi rozilik xati;
j) davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati;
Keyingi tahrirga qarang.
z) vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami koʻrsatilgan holda;
i) vakolatxona va filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha deklaratsiya.
III. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish
19. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarning ishonchliligini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirishga haqlidir.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, zarurat boʻlganda, tegishli tashkilotlarga NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborishga haqlidir.
Hujjatlarni olgan tashkilot yigirma kun mobaynida oʻz xulosasini taqdim etishi shart.
Agar xulosada NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi fikr mavjud boʻlsa, u holda tashkilot ushbu Nizom 24-bandining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarda nazarda tutilgan holatlar doirasida oʻz xulosasini asoslashi kerak.
20. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi, u tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi shaklida rasmiylashtiriladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida;
davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
21. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchiga:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan namunada davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
“roʻyxatdan oʻtkazilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan NNT ustavi beriladi.
22. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTga Davlat soliq qoʻmitasining va Davlat statistika qoʻmitasining aniq vaqt rejimida Internet tarmogʻidagi tegishli idoraviy saytlardan foydalangan holda olingan STIR va KTUT kodlarini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari (statistika kodlarini, STIRni berish) tugallangandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan NNT toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli ravishda ushbu Nizomga 5, 6 va 7-ilovalarga muvofiq Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestriga, Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida boʻlinmalarning davlat reyestriga yoki Xalqaro va xorijiy NNTlarining vakolatxonalari va filiallari davlat reyestriga kiritiladi.
24. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
NNTning taʼsis hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻi va axloqiga qasd qilish maqsadiga ega boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatlarning toʻliq roʻyxati taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda;
hujjatlar ustav qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki oy muddat (jamoat birlashmasi uchun — bir oy muddat) oʻtgandan keyin taqdim etilganda;
NNT aynan shu nom bilan ilgari roʻyxatdan oʻtkazilganda;
NNTni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibi buzilganda yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga nomuvofiq boʻlganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida atayin notoʻgʻri maʼlumot keltirilganligi aniqlangan boʻlsa;
NNTning nomi yoki ramzi fuqarolarning axloqiga, milliy va diniy tuygʻulariga daxl qilsa;
NNTning taʼsis hujjatlari harbiylashtirilgan birlashmalar tuzishni nazarda tutganda rad etilishi mumkin.
NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish taʼsis hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid boʻlgan qoidalar mavjud boʻlgan boshqa holatlarda ham rad etilishi mumkin.
25. NNTni tuzishning maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishi rad etishning asoslari bartaraf etilgan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga hujjatlarni takroran berish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
27. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchilarga qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda xabar qilinadi. Ariza beruvchiga davlat bojini qaytarish masalasi boʻyicha murojaat qilish yoxud uch oy, siyosiy partiyalar uchun esa — bir oy muddatda rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin, davlat boji toʻlamasdan NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ariza ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taqdirda, takroriy murojaat qilishda davlat boji umumiy asoslarda undiriladi, siyosiy partiyalar bundan mustasno.
28. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
IV. NNTni qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning va taʼsis hujjatlarining dublikatini berish
29. NNTlar taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda NNTning rahbar organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir oy mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
NNT vakolatli rahbar organining taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori (bosh tashkilotning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan qarori (bayonnomasi) – xalqaro va xorijiy NNTlarning filiallari va vakolatxonalari uchun);
taʼsischi(lar) tomonidan vakil qilingan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan ikki nusxada — taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matni yoki taʼsis hujjatlarining yangi tahriri;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi — nomi oʻzgargan taqdirda.
belgilangan miqdorda davlat boji toʻlangani toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
30. NNT ajralib chiqish va qoʻshilish shaklida qayta tashkil etilgan taqdirda qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
maʼlum boʻlgan barcha qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning kreditorlari yozma shaklda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha ham, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi (ajralib chiqishda) yoki topshirish hujjati (qoʻshilishda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilotning muhrini va shtampini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (qoʻshilishda).
31. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻzgarishi munosabati bilan NNTni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun NNT ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qiladi, u NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan adliya organidan roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari paketini soʻrab oladi.
32. NNTning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida reyestrga tegishli yozuvni kiritadi hamda ariza beruvchilarga “roʻyxatdan oʻtkazilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matnini yoki taʼsis hujjatlarining yangi tahririni beradi.
NNTning nomi yoxud NNTni roʻyxatdan oʻtkazgan organ oʻzgargan taqdirda ham ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan namunada davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi. Bunda davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yangi guvohnomada qoʻshimcha maʼlumotlar sifatida NNT toʻgʻrisidagi oldingi maʼlumotlar, shu jumladan nomi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, roʻyxatdan oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi.
33. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda yangidan roʻyxatdan oʻtkazgan adliya organi bu toʻgʻrida oldingi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi adliya organini, tegishli roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari koʻrsatilgan holda, yozma shaklda xabardor qiladi. Olingan maʼlumotlar asosida oldingi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi adliya organi bu toʻgʻrida davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda davlat soliq xizmati organlarini va davlat statistika organlarini xabardor qiladi.
34. Pochta manzili, bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda NNT bir oy muddatda bu toʻgʻrida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabar qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud taʼsis hujjatlari yoʻqolganda yoki ular yaroqsiz holga kelganda NNTning arizasiga binoan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ularning dublikatlari beriladi.
Dublikat olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“topilmalar stoli”dan maʼlumotnoma (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud taʼsis hujjatlari yoʻqolganda);
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoxud taʼsis hujjatlarining asl nusxasi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki taʼsis hujjatlari yaroqsiz holga kelganda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida davriy matbuot nashrida berilgan eʼlon (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolganda).
guvohnoma dublikati berilganligi uchun belgilangan miqdorda toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolganda yoxud yaroqsiz holga kelganda).
Keyingi tahrirga qarang.
36. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoxud taʼsis hujjatlarining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
V. Alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish
37. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish uchun NNTning markaziy rahbar organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda alohida boʻlinmaga rahbarlik qilish zimmasiga yuklangan shaxs tegishli adliya organiga ariza bilan murojaat qiladi.
38. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizada NNTning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, uning huquqlari va majburiyatlari nazarda tutilgan bosh tashkilot ustavining nusxasi yoki bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan davlat tilida, ikki nusxadagi alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom. Alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom taqdim etilganda bosh tashkilot ustavining nusxasi ilova qilinadi;
NNT markaziy rahbar organining alohida boʻlinmani ochish toʻgʻrisidagi bayonnomasi (qarori);
NNT markaziy rahbar organining alohida boʻlinma rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi;
NNT markaziy rahbar organi tomonidan alohida boʻlinma rahbariga berilgan ishonchnomaning nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
NNTning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi.
(38-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-apreldagi 93-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
39. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisida;
alohida boʻlinmani hisobga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida.
40. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga quyidagi hujjatlar beriladi:
ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq belgilangan namunada alohida boʻlinmaning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma;
“hisobga qoʻyilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom.
41. Hisobga qoʻyilgan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq, Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalar reyestriga kiritiladi.
42. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza tegishli boʻlmagan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga berilganda;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda;
taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik va NNT ustavi talablariga muvofiq boʻlmaganda;
ariza ushbu Nizomning 38-bandida koʻrsatilgan hujjatlarsiz yoki zarur darajada boʻlmagan hujjatlar taqdim etilganda.
Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish rad etilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bu toʻgʻrida asoslantirilgan qaror chiqaradi va uch kun mobaynida bu haqda ariza beruvchiga yozma shaklda xabar qiladi. Ariza beruvchiga, shuningdek kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
43. Alohida boʻlinmaga tegishli boʻlgan oʻzgartirishlar kiritilgan NNTni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda NNT bevosita yoki alohida boʻlinma orqali alohida boʻlinmani hisobga qoʻygan adliya organiga qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida quyidagi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart:
alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matni yoki yangi tahrirdagi nizomning davlat tilidagi ikki nusxasi, shuningdek bosh tashkilotning yangi tahrirdagi ustavining yoki ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnining nusxasi (bosh tashkilotning yangi tahrirdagi ustavining yoki ustavga alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish, faoliyatini toʻxtatish tartibini, ularning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matni taqdim etilganda alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matnini yoxud nizomning yangi tahririni taqdim etish talab qilinmaydi);
NNT markaziy rahbar organining alohida boʻlinma rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi — rahbar oʻzgargan taqdirda;
NNT markaziy rahbar organi tomonidan alohida boʻlinma rahbariga berilgan ishonchnomaning nusxasi — rahbar oʻzgargan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
NNTning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — nomi oʻzgargan taqdirda.
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
44. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻygan adliya organi taqdim etilgan hujjatlar asosida Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalar reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda ariza beruvchiga “hisobga qoʻyilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnini yoki nizomning yangi tahririni, shuningdek zarurat boʻlganda, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq belgilangan namunada alohida boʻlinmaning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi yangi guvohnomani beradi.
Alohida boʻlinmaning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma, shuningdek ushbu Nizomning 43-bandi ikkinchi xatboshi asosida adliya organiga alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom yoki nizomning yangi tahriri taqdim etilmagan taqdirda ham beriladi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
45. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestri, Nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida boʻlinmalarining davlat reyestri, Xalqaro va xorijiy NNTlar vakolatxonalari va filiallarining davlat reyestri hamda Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalarning reyestri umumiy foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.
46. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida davlat reyestridan NNT toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni NNT joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistika organlariga taqdim etadilar.
NNTni hisobga qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq, NNTni jalb etmasdan, davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. NNT, shuningdek alohida boʻlinmalar tegishli adliya organiga:
har yili 1-fevralgacha — oʻtgan yildagi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, shu jumladan faoliyatni moliyalashtirish manbalari va mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, mavjud aʼzolar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha;
rejalashtirilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni yoki rejalashtirilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar, aksiyalar va shu kabilarning) roʻyxatini oʻz vaqtida kelishish uchun taqdim etishlari shart. NNT tadbirlarini kelishish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
rahbar organning yangi tarkibi saylanganda yoki rahbar organ tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda rahbar organlar qarorlarining nusxasi bir oy mobaynida taqdim etiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT va alohida boʻlinmalar faoliyatining ustavdagi vazifalarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qiladi, shu jumladan ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini tekshiradi. Nazoratni amalga oshirishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTdan qoʻshimcha axborotlarni hamda NNT, alohida boʻlinmalar rahbarlaridan va masʼul shaxslaridan tushuntirishlar olishga, rahbar organlar qarorlarini soʻrab olishga haqlidir.
48. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT faoliyatida qonuniylikni taʼminlash maqsadida, shu jumladan ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi masalalari boʻyicha NNT va alohida boʻlinmalarning faoliyatini, zarurat boʻlganda, mutaxassislarni jalb etgan holda tekshirishi mumkin.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

ARIZA‎‎

(nodavlat notijorat tashkilotlarini
‎davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun

‎‎_______________________________________________________________________
‎‎(NNT rahbar organi aʼzolari — fuqarolarning ismi, familiyasi, otasining ismi)
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎‎
‎‎_______________________ni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga (qayta roʻyxatdanoʻtkazishga)
(NNTning nomi)‎
‎taqdim etadilar.
_______________________________________________________________________‎‎
NNT ustavdagi faoliyatining asosiy maqsadlari _______________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎‎

(qisqacha bayon qilinadi)‎‎

NNT rahbar organining nomi va pochta manzili ________________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎‎
Rahbar organ aʼzolarining (ariza beruvchilarning) F.I.O. ‎‎ Tugʻilgan yili va joyi‎‎ Har birining yashash joyi(manzili)‎‎ Imzo‎lari‎‎
________________________________ ___________ ______________ _______
____________________________‎ ___________‎ ______________‎ _______‎
____________________________‎ ___________‎ ______________‎ _______‎
____________________________‎ ___________‎ ______________‎ _______‎
____________________________‎ ___________‎ ______________‎ _______‎
____________________________‎ ___________‎ ______________‎ _______‎
____________________________‎ ___________‎ ______________‎ _______‎
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

ARIZA‎‎

(xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun ‎‎

‎‎___________________________________________________________________________

(xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali bosh tashkilotining nomi )

___________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________‎‎
‎‎______________ ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) ‎uchun taqdim etadi.
(NNTning nomi)‎
__________________________________________________________________‎

Xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali ustavdagi faoliyatining asosiy maqsadlari‎‎

___________________________________________________________________________‎‎

(qisqacha bayon qilinadi)‎‎

___________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________‎‎

___________________________________________________________________________‎‎

‎‎Xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filialining pochta manzili _________________
___________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________‎‎
Vakolatli shaxs (ariza beruvchi)ning F.I.O. ‎ Tugʻilgan yili
‎va joyi‎
Har birining yashash joyi (manzili) ‎ Imzolar‎
‎______________________________ ‎_________________ ‎__________________ ‎_________
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎‎Xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida

‎‎‎‎DEKLARATSIYA

‎‎‎‎___________________________________________________________________________

‎‎(xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filialining nomi )

‎‎‎‎201_ — 201_ yillar uchun‎

1.‎‎ Taʼsischilar tomonidan ajratilayotgan summa: ‎‎201__yilda ____________________‎

‎‎(vakolatxona va filial rahbarining imzosi)‎

‎‎___________________________________________________________________________
‎‎2. Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari________________________________________________________________
3. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar__________________________________‎‎
4. Boshqa daromadlar__________________________________________________________‎‎
‎‎5. Bankdagi naqd mablagʻlar:
‎‎hisob raqami № ______________________________________________
‎‎valyuta hisob raqami № ________________________________________
‎‎6. Ushbu deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlayman‎
‎‎201 __ yil “____” ______________ ‎ _____________________________‎

‎‎(xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali rahbarining imzosi )‎

Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri‎‎

‎‎_______________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)


‎‎‎Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida


‎‎‎GUVOHNOMA‎‎

_______-son‎‎20___ yil “____” _________________

‎‎NNTning nomi _______________________________________________________________
____________________________________________________________________________‎‎
Faoliyati hududi ______________________________________________________________‎‎

(NNT faoliyati tatbiq etiladigan hudud (viloyat, tuman, shahar, shaharcha va ovul)‎‎

Tashkiliy-huquqiy shakli _______________________________________________________‎‎

‎‎(NNTning jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasasi, assotsiatsiyasi (uyushmasi) va boshqalar)

KTUT kodi: ___________________________;‎‎
‎‎STIR kodi: ___________________________;‎
Faoliyatining asosiy maqsadlari ________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎
‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar:‎‎ ________________________________________________________
____________________________________________________________________________‎‎
________________‎______________________

‎‏M.Oʻ.

______________‎

_________________‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining lavozimi)‎

(imzo) ‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining F.I.O.)‎

Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining
DAVLAT REYESTRI*
Reyestr tartib raqami‎ Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana‎ Nomi‎ Tashkiliy-huquqiy shakli ‎ NNT faoliyat hududi (NNT faoliyati tatbiq etiladigan hudud (viloyat, tuman, shahar, shaharcha va ovul)‎ Faoliyatining asosiy maqsadlari va vazifalari ‎ Faoliyat sohasi‎ Muassislar toʻgʻrisida axborot (yuridik shaxsning nomi yoxud jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi ) ‎
‎1 ‎2 ‎3 ‎4 ‎5 ‎6 ‎7 ‎8
Rahbar organning nomi va pochta manzili, telefoni‎ Rahbar organ saylangan (tayinlangan) sana (kun, oy, yil)‎ Taʼsis hujjatlari qabul qilingan sana (kun, oy, yil)‎ Reyestrga yozuv kiritadigan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi‎ Qayta roʻyxatdan oʻtkazish sanasi‎ Vakolatli shaxsning guvohnoma olganlik toʻgʻrisidagi imzosi‎ Reyestrdan chiqarilgan sana‎ Reyestrdan chiqarish asosi‎
9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎
* Ushbu reyestrga xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilmaydi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari)ning
DAVLAT REYESTRI
Reyestr tartib raqami‎ Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana‎ Alohida boʻlinmaning nomi ‎ Bosh nodavlat notijorat tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli‎ Bosh NNT faoliyati hududi (NNT faoliyati tatbiq etilgan hudud (viloyat, tuman, shahar, shaharcha va ovul)‎ Alohida boʻlinmaning asosiy maqsadlari va vazifalari‎ Faoliyat sohasi ‎ Rahbar organning nomi va pochta manzili, telefoni‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Rahbar organ saylangan (tayinlangan) sana (kun, oy, yil)‎ Taʼsis hujjatlari qabul qilingan sana (kun, oy, yil)‎ Reyestrga yozuv kiritadigan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi‎ Qayta roʻyxatdan oʻtkazish sanasi‎ Vakolatli shaxsning guvohnoma olganlik toʻgʻrisidagi imzosi‎ Reyestrdan chiqarilgan sana‎ Reyestrdan chiqarish asosi‎
9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining
DAVLAT REYESTRI
Reyestr tartib raqami‎ Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana‎ Vakolatxona va filialning nomi ‎ Vakolatxona va filialning pochta manzili‎ Bosh tashkilotining nomi‎ Muassisning pochta manzili ‎ Vakolatxona va filial faoliyatining asosiy maqsadlari va vazifalari‎ Faoliyatining muddati ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Moliyalashtirish manbai‎ Rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, u tayinlangan yoxud saylangan sana, fuqaroligi, yashash joyi (manzili) va telefon raqami‎ Reyestrga yozuv kiritadigan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi Qayta roʻyxatdan oʻtkazish sanasi Vakolatli shaxsning guvohnoma olganlik toʻgʻrisidagi imzosi Reyestrdan chiqarilgan sana‎ Reyestrdan chiqarish asosi‎
9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri‎‎

‎‎__________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)


‎‎‎Nodavlat notijorat tashkilotnining alohida boʻlinmasini hisobga qoʻyish toʻgʻrisida

‎‎
GUVOHNOMA‎‎

‎‎_______-son 20___ yil “____” ___________________

‎‎Nodavlat notijorat tashkiloti alohida boʻlinmasining nomi __________________________
____________________________________________________________________________‎‎
Bosh nodavlat notijorat tashkilotining
‎tashkiliy-huquqiy shakli
_______________________________________________________‎‎

(nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasasi, assotsiatsiyasi (uyushmasi) va boshqalar)‎‎

STIR: _______________________________‎‎
Faoliyatining asosiy maqsadlari
‎____________________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎
‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar:‎‎ ________________________________________________________
____________________________________________________________________________‎‎

_________________________________________

‎‏M.Oʻ.

__________‎

_________________‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ‎rahbarining‎ lavozimi)‎

(imzo) ‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining F.I.O.) ‎

Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalarning
DAVLAT REYESTRI
Reyestr tartib raqami‎ Alohida boʻlinmaning nomi‎ Hisobga qoʻyish sanasi ‎ Bosh NNT faoliyati hududi (NNT faoliyati tatbiq etiladigan hudud (viloyat, tuman, shahar, shaharcha va ovul)‎ Bosh nodavlat notijorat tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli‎ Alohida boʻlinmaning asosiy maqsadlari va vazifalari‎ Faoliyat sohasi ‎ Alohida boʻlinmaning pochta manzili va telefoni‎
Alohida boʻlinmaning rahbar organi saylangan (tayinlangan) sana (kun, oy, yil) Alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom qabul qilingan sana (kun, oy, yil) Reyestrga yozuv kiritadigan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi Reyestrdan chiqarilgan sana Reyestrdan chiqarish asosi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom diniy tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan hollarda bunday notijorat tashkilotlari ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ham tatbiq etiladi.
3. NNT bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin.
NNT ramzi taʼsis hujjatlariga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
4. Bayroqlar va vimpellarni koʻtarish, emblemalarni va boshqa ramzlarni oʻrnatish, shuningdek ulardan foydalanish tartibi tegishli NNT tomonidan NNT ramzi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadi.
NNTning alohida boʻlinmalari oʻz faoliyatida bosh NNT ramzidan foydalanadilar.
5. Quyidagilarni:
xalqaro, respublika va viloyatlararo NNT, shuningdek xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida faoliyat olib boradigan NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Aynan bir xil yoki adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash ramzga ega boʻlgan ikki va undan ortiq NNT ramzni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan taqdirda hammadan oldin ariza bergan NNT roʻyxatdan oʻtkazish uchun ustunlik huquqiga ega boʻladi.
7. NNT ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro NNT, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika, viloyatlararo NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
8. Nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalarning jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan summaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. NNT ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan yigʻim va toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
II. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish
12. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza ramz NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab ikki oy mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga beriladi.
Ariza NNTning rahbar organi tomonidan bunga vakolat berilgan shaxs(lar) tomonidan imzolanadi.
13. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan ramzning nizomi;
NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
ikki nusxada ramzning namunasi va tavsifi;
NNT rahbar organining NNT ramzlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori;
bosh NNTning xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali ramzini hamda uning tavsifini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori — xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallari uchun.
yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
14. NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarning ishonchliligini ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishga haqlidir.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, zaruriyat boʻlganda, NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tegishli tashkilotlarga yuborishga haqlidir.
Hujjatlarni olgan tashkilot oʻz xulosasini yigirma kun mobaynida taqdim etishi shart.
Agar xulosada NNTning ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi fikr ifodalansa, u holda tashkilot oʻz xulosasini ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar doirasida asoslashi kerak.
15. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi, ushbu qaror tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi shaklida rasmiylashtiriladi:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida;
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
16. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
“roʻyxatdan oʻtkazildi” belgisi qayd etilgan va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan bir nusxadan ramz namunasi va uning tavsifi beriladi.
17. NNT ramzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq NNT ramzlarining davlat reyestriga kiritiladi.
18. Quyidagi hollarda:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda ilova qilingan boʻlsa;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasida aynan shunday yoki adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash tasvirlangan ramz ilgari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa;
ramz Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi yoki gerbi bilan oʻxshash boʻlsa;
ramz xorijiy davlatning ramzi bilan bir xil boʻlsa, agar NNTning maqomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan oʻzga hol kelib chiqmasa;
ramz jamiyatning axloqiy negizlarini, umuminsoniy gumanistik qadriyatlarni yemirishni, konstitutsiyaviy tuzumni qonunga zid ravishda oʻzgartirishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududining yaxlitligini buzishni, urush holatini, zoʻravonlik va yovuzlikni, ijtimoiy, sinfiy, irqiy, milliy va diniy dushmanlikni avj oldirishni, qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etishni targʻib qilsa;
ramz sifatida faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan tashkilotlarning emblemasidan yoki ramzlarining boshqa turlaridan foydalanilgan boʻlsa;
ramz intellektual mulkka boʻlgan huquqni buzsa;
ramz qonun hujjatlariga zid boʻlsa;
ramz diniy xususiyatga ega boʻlsa.
19. Ramzning maqsadga muvofiq emasligi sababli uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida, rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda asoslangan qaror qabul qiladi.
NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchilarga qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma ravishda maʼlum qilinadi. Ariza beruvchilarga ularning uch oy muddatda yigʻimni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish yoxud rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida takroran ariza berish huquqi tushuntiriladi.
Ariza ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taqdirda, takroriy murojaat qilinganda umumiy asoslarda davlat boji undiriladi.
21. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
III. NNT ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ramzlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berish
22. NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda NNT ramzi qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
23. NNT rahbar organi tomonidan NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin, shuningdek NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun bir oy mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror;
ikki nusxada NNT ramzining yangi namunasi va uning tavsifi;
NNT ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi;
yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
24. NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishdagi kabi tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
25. NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida NNT ramzlarining davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va ariza beruvchiga bir nusxadan “roʻyxatdan oʻtkazilgan” belgisi qoʻyilgan va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan ramzning yangi namunasi va uning tavsifi beriladi.
Agar ramz tavsifiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada nazarda tutilgan qisqacha tavsifning oʻzgarishiga olib kelsa, ariza beruvchiga NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi guvohnoma beriladi. NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi munosabati bilan NNT ramzi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda ham NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi guvohnoma beriladi. Boshqa hollarda ariza beruvchiga NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi qaytariladi.
26. NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda NNTning arizasi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ularning dublikatlari beriladi.
Dublikat olish uchun berilgan arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“topilmalar stoli”dan maʼlumotnoma (NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yoʻqolganda);
Keyingi tahrirga qarang.
NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi (ular yaroqsiz holga kelganda);
yoʻqolgan NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiy emasligi haqida davriy matbuot nashrida berilgan eʼlon.
dublikat berilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisida bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
27. NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, NNT ramzlarining namunasi va ularning tavsifi dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
28. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan NNT ramzlaridan foydalanish taqiqlanadi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

ARIZA‎

‎‎(nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari ramzlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun

__________________________________________________________________‎

(NNTning rahbar organi tomonidan bunga vakolat berilgan shaxs(lar)ning F.I.O.)

____________________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎
‎‎___________________________________________________________________ tomonidan

(ramzni tasdiqlagan organning nomi)

_______________________________________________________________ da tasdiqlangan
‎‎(ramzni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana – yil, kun, oy)
________________________________________________________________ning ramzini
(NNT nomi)‎
‎‎davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
‎‎Ramzning qisqacha tavsifi ______________________________________________________
____________________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎

‎‎Ushbu ramz uchinchi shaxslarning intellektual mulkka boʻlgan huquqini buzmasligini tasdiqlayman(miz) ____________________________________________________________

___________________________________________________________________________‎‎
________________________‎ ________________________‎

‎F.I.O.‎

(sana)‎

(imzo)‎

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri‎‎

‎‎__________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)


‎‎‎Nodavlat notijorat tashkilotining ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida


‎‎‎GUVOHNOMA‎‎

‎‎_______-son 20___ yil “____” ___________________

‎‎Nodavlat notijorat tashkilotining nomi __________________________________________
____________________________________________________________________________‎‎
Ramzning qisqacha tavsifi ______________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________________‎‎
‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar:‎‎ ________________________________________________________
____________________________________________________________________________‎‎
__________‎‎__________________________________________________________________

____________________‎_____________________

‎‏M.Oʻ.

_____________‎ _______________‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining lavozimi)‎

(imzo) ‎

(F.I.O.)‎

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlari ramzlarining
DAVLAT REYESTRI
Reyestr tartib raqami‎ Ramz davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana‎ NNT nomi‎ NNT rahbar organi tomonidan ramzni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana‎ Ramzning qisqacha tavsifi‎ Reyestrga yozuvni yozgan shaxsning F.I.O., lavozimi va imzosi ‎ Qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan sana‎ Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga
3-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan diniy tashkilotlar, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
NNT chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarining ota-onasi, eri/xotini, ular bilan birga yashaydigan bolalari ularning qaramogʻidagi oila aʼzolari hisoblanadilar.
2. Chet el fuqarolarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) akkreditatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan yigʻim stavkasining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan yigʻim qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Keyingi tahrirga qarang.
II. NNTning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
6. Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga ushbu fuqarolarni qabul qilayotgan NNT rahbari yoki bunga vakolatli boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan ariza beriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
chet el fuqarosining ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha shaxsiy varaqasi;
chet el fuqarosining (3 sm x 4 sm oʻlchamdagi) toʻrtta rangli fotosurati;
xorijiy xodimni NNTga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi vakolatli shaxs imzolagan tasdiqnoma-xat. Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallariga taalluqli tasdiqnoma-xat belgilangan tartibda legallashtiriladi yoki unga apostil qoʻyiladi;
tibbiyot muassasasining OIV-infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
chet el fuqarosi pasportining nusxasi;
yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisida bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
18 yoshga toʻlmagan bolalar uchun ushbu bandning uchinchi, toʻrtinchi va yettinchi xatboshilarda koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi. Pasport mavjud boʻlmagan taqdirda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ariza Adliya vazirligi tomonidan, ariza berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
Adliya vazirligi, zarurat boʻlganda, arizani qoʻshimcha oʻrganish uchun tegishli tashkilotlarga yuborishga haqlidir, shu munosabat bilan arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin, lekin bu muddat oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
Hujjatlarni olgan tashkilot oʻz xulosasini yigirma kun mobaynida taqdim etishi shart.
8. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida;
akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
9. Akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda chet el fuqarosiga akkreditatsiya kartochkasi beriladi, u chet el fuqarosining shaxsiy akkreditatsiyasini tasdiqlaydi va unga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish huquqini beradi. Akkreditatsiya kartochkasining shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
18 yoshga toʻlmagan bolalarni akkreditatsiyadan oʻtkazish pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ota-onalardan bittasining akkreditatsiya tartib raqami ostiga shtamp qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya kartochkasi NNTning chet el xodimiga mehnat faoliyatini faqat qabul qilgan NNTda amalga oshirish huquqini beradi.
10. Akkreditatsiya kartochkasi olgan chet el fuqarosiga tegishli akkreditatsiya raqami beriladi. Chet el fuqarosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar NNTning akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolari, shuningdek ular oilalarining aʼzolari reyestriga (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kiritiladi.
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻpi bilan oʻn ikki oy muddatga amalga oshiriladi.
11. Akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilganda Adliya vazirligi qaror qabul qiladi va bu toʻgʻrida NNTni uch ish kunidan kechikmay yozma shaklda xabardor qiladi. Bu holda Adliya vazirligi qabul qilingan qarorni izohlamaslik huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Chet el fuqarosining akkreditatsiyasi muddatini uzaytirish uchun NNT akkreditatsiya muddati oʻtgungacha qirq besh kundan kechikmay Adliya vazirligiga ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga ariza taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Akkreditatsiya kartochkasi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda akkreditatsiya kartochkasining egasi uch ish kunidan kechikmay bu toʻgʻrida NNTni va Adliya vazirligini yozma shaklda xabardor qiladi.
Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun Adliya vazirligiga NNT tomonidan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
“topilmalar stoli”dan maʼlumotnoma (akkreditatsiya kartochkasi yoʻqolganda);
Keyingi tahrirga qarang.
yoʻqolgan akkreditatsiya kartochkasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisida davriy matbuot nashridagi eʼlon;
akkreditatsiya kartochkasining asl nusxasi (akkreditatsiya kartochkasi yaroqsiz holga kelganda);
chet el fuqarosining (3 sm x 4 sm oʻlchamdagi) toʻrtta rangli fotosurati;
yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasi berilishi uchun belgilangan miqdorda toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisida bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini berish toʻgʻrisidagi ariza oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olgan chet el fuqarosiga tegishli akkreditatsiya raqami beriladi va ushbu maʼlumotlar Reyestrga kiritiladi.
III. Yakunlovchi qoidalar
15. Akkreditatsiya kartochkasini olgan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari ularning akkreditatsiyasi amal qiladigan muddatga beriladi.
Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan chet el fuqarolarini vaqtincha propiska qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Akkreditatsiya kartochkasi egasi, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishining maqomidan qatʼi nazar, quyidagilarga majbur:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashmaslik;
NNTning xonasi va boshqa mulkidan faqat ustavdagi maqsadlar va vazifalarni bajarish maqsadlarida foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, anʼanalari va turmushini hurmat qilish.
Chet el fuqarolarini qabul qilgan NNT ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishning qonun hujjatlarida belgilangan qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydilar.
17. Akkreditatsiyaning amal qilish muddati tugaganda, shuningdek mehnat faoliyati toʻxtaganda va chet el fuqarolari uzil-kesil joʻnab ketayotganda akkreditatsiya kartochkalari Adliya vazirligiga qaytarib berilishi kerak.
Akkreditatsiya kartochkasi qaytarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritiladi.
18. NNT faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek chet el fuqarosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzish akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatishga olib keladi, bu chet el fuqarolarining bundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi mumkin emasligini bildiradi.
Bu holda chet el fuqarolari Adliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga joʻnab ketishi shart.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎1-shakl

‎‎Form № 1‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

‎‎MINISTRY OF JUSTICE OF TNE

‎‎ADLIYA VAZIRLIGI

‎‎REPUBLIC OF UZBEKISTAN

‎‎SHAXSIY VARAQA/PERSONAL APPLICATION

1.‎

‎‎‎Tashkilotning nomi __________________________________‎__
‎‎Name of organization

RASM
‎PHOTO

‎‎tayinlanishi

appointment
‎‎muddati uzaytirilishi

‎‎extensions
‎‎oʻzgartirishlar kiritilishi

‎‎change of circumstances

2.‎

‎‎‎Familiyasi _______________________ ismi _______________________________
‎‎Family name‎ ‎‎given name(s)

3.‎

‎‎Oilaviy ahvoli _______________________________________________________
‎‎Marital status

4.‎

‎‎Egallab turgan lavozimi ________________________________________________
‎‎Position held

5.‎

‎‎Qanday imtiyozlar berilgan va qaysi normativ-huquqiy hujjat yoki bitimga asosan
‎‎Privileges, if any. If yes, mention concerned legal document or international agreement
____________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________‎‎

6.‎

‎‎Maʼlumoti va mutaxassisligi ___________________________________________
‎‎Education and major

7.‎

‎‎Mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot (mehnat faoliyatini boshlagan kundan boshlab, shu kunga qadar) / Data on Employment
T/r‎ ‎‎‎Qaysi tashkilotlarda ishlagan/ previous employers ‎‎Qaysi lavozimlarda /Positions ‎ ‎‎Mehnat faoliyatini amalga oshirgan muddatlari /employment period ‎ Idoralarning joylashgan joyi, manzili/ employerʼs legal address

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

8.‎

‎‎Tugʻilgan vaqti: kuni kuni‎ ______ oyi‎ ______ yili‎ ______
‎‎Date of birth ‎ day‎ month‎ year‎

9.‎

‎‎Tugʻilgan joyi‎ ‎‎mamlakat‎‎_____________‎ ‎‎shahar________________
‎‎Place of birth ‎‎country‎ city‎

10.‎

Fuqaroligi ____________ ilgarigisi ___________ ikkinchi fuqaroligi _______
‎‎Nationality‎ ‎‎previous nationalities, if any ‎‎other nationalities, if any

11.‎

‎‎Millati ______________________________
‎‎Ethnic‎

12.‎

‎‎Milliy pasporti _____________________________________________________
‎‎National Passport ‎
‎‎Raqami _______________ ‎‎sanasi _______________ ‎‎muddati ______________
‎‎number‎ ‎‎issue date‎ ‎‎validity term‎

13.‎

‎‎Oʻzbekistonga kelgan sanasi _____________________________________________
‎‎Date of arrival to Uzbekistan

14.‎

‎‎Oʻzbekistondagi yashash joyi haqida maʼlumot _______________________________
‎‎Information about residence in Uzbekistan ___________________________________

15.‎

Oʻzi bilan kelgan oila aʼzolari toʻgʻrisida maʼlumot
‎‎Accompanied by the following member of the family

T/r‎

‎‎F.I.O./Name

‎‎Qarindoshlik darajasi / relationship

1‎ 2‎‎ 3
‎‎ ‎‎

16.‎

‎‎Avval berilgan kartochkaning raqami _____________________________________
‎‎Number of the last card

17.‎

‎‎Arizachining imzosi __________ ‎‎tashkilot rahbari ______________________
‎‎Applicantʼs signature ‎‎head of the organization
Muhr‎ sana: 20____ “___” _____________
Seal‎ date‎
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari
DAVLAT REYESTRI
Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan shaxsning F.I.O.‎ Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil) va joyi‎ Fuqaroligi va millati‎ Maʼlumoti, mutaxassisligi ‎ Oilaviy ahvoli‎ Oila aʼzolari soni va qarindoshlik darajasi‎ Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi va filialining toʻliq nomi‎ Akkreditatsiya qilingan shaxsning lavozimi‎ Oʻzbekistonga kelgan sanasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
Oʻzbekistonda yashash joyi‎ Pasport maʼlumotlari‎ Akkreditatsiya muddati va kartochkaning raqami‎ Shaxsning fotosurati ‎ Akkreditatsiya kartochkasi olgan shaxsning imzosi‎ Akkreditatsiya qilingan shaxsning qonun hujjatlarini va ustav (nizom) talablarini buzganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎ Akkreditatsiya qilingan shaxsga nisbatan koʻrilgan choralar‎ Akkreditatsiya kartochkasini bekor qilish qarori va sanasi‎ Akkreditatsiya kartochkasini qaytarganlik toʻgʻrisida maʼlumotlar va sana‎ Akkreditatsiya qilingan shaxsning vizasini bekor qilish va faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎
11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga
4-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
REJASI
T/r

Tadbirlar nomi‎

Muddati‎ Masʼul bajaruvchilar‎
1.‎

Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini va ularning alohida boʻlinmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.‎

2014-yil aprel‎ Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar ‎
2.‎

Vazirlar Mahkamasining “Jamoat fondlarining dastlabki mablagʻlarini shakllantirish va ularning tijorat tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki masalalari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.‎

2014-yil may‎ Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar ‎
3.‎

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi, soliq va statistika organlariga hisobotlar taqdim etish tartibini oʻrganish, koʻrsatib oʻtilgan tartibni takomillashtirish va soddalashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.‎

2014-yil iyun‎ Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar ‎
4.‎

Amaldagi qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qilish va qayta koʻrib chiqish, milliy va xalqaro tajribani chuqur oʻrganish asosida sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlikni taʼminlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida ijtimoiy, gumanitar rivojlanishning koʻrsatib oʻtilgan sohalari xususiyatlarini hisobga olgan holda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.‎

2014-yil iyun‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar ‎
5.‎

Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan xayriya faoliyatini ragʻbatlantirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini rivojlantirishga, nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali faoliyatida aholi, jismoniy va yuridik shaxslarning faol ishtirokini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish.‎

2014-yil oktabr‎ Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi‎
6.‎

Adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkilotlarining taʼsis hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishni taʼminlash. ‎

2014-yil mobaynida‎ Adliya vazirligi ‎
7.‎

2014-yilda, eng avvalo, davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan sohalarda tarmoq, mintaqaviy va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etishning samaradorligi monitoringini olib borish rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish, shuningdek katta ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan dolzarb muammolarni hal etishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining NNT bilan oʻzaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. ‎

tasdiqlash — 2014-yil aprel

‎amalga oshirish — jadvalga muvofiq ‎
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Adliya vazirligi ‎
8.‎

Davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, davlat va ijtimoiy qurilish sohasida ularning rolini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. ‎

tasdiqlash — 2014-yil aprel

‎amalga oshirish — jadvalga muvofiq ‎
Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi koʻmagida‎
9.‎

Dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashda, jumladan ushbu sohada Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ishtirokini kuchaytirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sherikligini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi 2014-yilda demokratik islohotlarni amalga oshirishga, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini amalga oshirishda fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan mamlakatda amalga oshirilayotgan koʻlamli ishlarni yoritish jadvalini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.‎

tasdiqlash — 2014-yil aprel

‎amalga oshirish — jadvalga muvofiq‎
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistlarning ijodiy uyushmasi, Matbuot markazi, “Jahon” AA ‎
10.‎

2014-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari, boshqa fuqarolik institutlarining ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada oshirishga, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash boʻyicha islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini kuchaytirishga, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyatiga” tamoyilini izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirishga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari tizimini keng rivojlantirishga, ularni tashkil etish va ular faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va tartibotlarni takomillashtirish va soddalashtirishga yoʻnaltirilgan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari turkumlari rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish. ‎

tasdiqlash — 2014-yil aprel

‎amalga oshirish — jadvalga muvofiq ‎
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎
11.‎

Quyidagilarni:
‎NNT faoliyatini samarali tashkil etish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda ularning faol ishtirok etishi boʻyicha NNT rahbarlari va faollari uchun metodik qoʻllanmalarni;
‎NNT faoliyati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamlarini tayyorlash va nashr etish. ‎

2014-yil mobaynida‎ Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi ‎
12.‎

NNT sektorini rivojlantirish holati ustidan davlat statistika kuzatishlari metodikasini ishlab chiqish, shu asosda har yili tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari dasturi doirasida NNT sektorini rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini muntazam ravishda toʻplash. ‎

2014-yil mobaynida‎ Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi‎
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 12-bandi “Shakllantirish manbai” ustunining beshinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hayʼatlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablagʻlar, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligi masalalari” toʻgʻrisida 1991-yil 18-fevraldagi 40-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 12-martdagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 9-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash va ularni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlarni undirish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1993-yil 12-martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 10-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda) ilovaning 3, 4-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-dekabrdagi 543-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 43-modda) ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ–1062-son qarori) 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 126-modda; 2015-y., 15-son, 181-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son; 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)