toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasini korxonalari, birlashmalari, tashkilotlariga imtiyozli soliq solish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan Xalqaro xayriya fondini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining xayriya faoliyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil7-iyuldagi 133-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli qarori bilan 1998-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan)
3. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi markaziy apparati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yoʻlovchilar tashish transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi toʻgʻrisida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmuiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-fevral,
61-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 8-fevraldagi 61-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan Xalqaro xayriya jamgʻarmasi markaziy apparati xodimlari tomonidan jamoat transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining takliflari toʻgʻrisida” 1993-yil 28-oktabrdagi 524-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Nizom “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan Xalqaro xayriya jamgʻarmasi markaziy apparati masʼul xodimlari tomonidan yoʻlovchilar tashish transportidan bepul foydalanish tartibini belgilaydi.
II. BEPUL YuRISh HUQUQIDAN FOYDALANUVChI XODIMLAR TOIFASI
3. Jamgʻarma markaziy apparatining masʼul xodimlari, agar ular xizmat vazifalarini bajarayotgan boʻlishsa, jamoat transportida bepul yurish huquqiga egadirlar.
III. BEPUL YuRISh HUQUQI TAALLUQLI BOʻLGAN JAMOAT TRASPORTI TURLARI
4. Jamgʻarmaning markaziy apparati xodimlari quyidagilarda bepul yurish huquqiga egadirlar:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy avikompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasi doirasida xizmat koʻrsatadigan avia yoʻllarida.
Xalqaro yoʻnalishlarda imtiyozli yurish huquqi, alohida hollarda, jamgʻarmaning bir martalik talabnomalari boʻyicha beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi doirasida temir yoʻlda yurish huquqi, alohida hollarda, Jamgʻarmaning bir martalik talabnomalari boʻyicha beriladi;
Xalqaro yoʻnalishlarda imtiyozli yurish huquqi, alohida hollarda, jamgʻarmaning bir martalik talabnomalari boʻyicha beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi doirasida shaharlar atrofida va shaharlararo yoʻnalishdagi avtobus transportida;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning 7-xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-avgust 291-sonli qarori bilan 1996-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotdi.)
5. Avia yoʻllarda va temir yoʻlda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy avikompaniyasi hamda Oʻrta Osiyo yoʻl boshqarmasi tomonidan, Jamgʻarma boshqaruvi tasdiqlagan familiyali roʻyxat boʻyicha beriladigan chiptalar bilan yuritiladi.
6. Shahar transportida xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda va Jamgʻarma talabnomasi boʻyicha “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi tomonidan berilgan suqma varaq mavjud boʻlgan taqdirda yuriladi.