1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.09.00 Evropa ittifoqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
HUKUMATGA QARAShLI BO‘LMAGAN “SOG‘LOM AVLOD UChUN” XALQARO XAYRIYA JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Kelajak avlodning salomatligini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida va mehnat jamoalari, sanoat korxonalari, jamoat tashkilotlari, bir qancha xorijiy kompaniyalar va firmalarning ko‘pdan ko‘pmurojaatlarini e’tiborga olib:
1. Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur jamg‘armani ro‘yxatdan o‘tkazish va uning faoliyat tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan belgilanadi.
Jamg‘arma barcha yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy fuqarolar, tashkilotlar, firmalar va uyushmalar uchun ochiq deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Vazirliklar, idoralar, konsernlar va hokimliklar “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining faoliyatiga butun choralar bilan ko‘maklashsinlar.
Barcha viloyat markazlarida va Toshkent shahrida jamg‘armaning filiallari va bo‘linmalarini ochish maqsadga muvofiq deb topilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
3. Quyidagilar:
— tug‘uruqqa yordam va bolalar muassasalarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashga, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga, yangi, samarali davolash vositalari bilan ta’minlashga;
— jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda kelajak avlod naslini yaxshilashga qaratilgan kuch-g‘ayratlarini muvofiqlashtirishga keng ko‘lamda ko‘maklashish jamg‘armaning asosiy vazifalari deb hisoblansin.
4. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining yuksak ijtimoiy maqomi va nufuzi ta’minlansin. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlash chog‘ida jamg‘arma boshqaruvi taqdimnomalarning hal qiluvchi ahamiyati e’tirof etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish haqida qaror qabul qilsin va jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi to‘g‘risidagi nizom.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 23-aprel,
PF-596-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 4-son, 177-modda)