1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.03.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.03.01 Oʻsimlik dunyosining davlat hisobi. Oʻsimlik dunyosining davlat kadastri. Oʻsimlik dunyosining monitoringi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Tabiiy resurslar / Er;
3.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
4.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
5.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-sonli “Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq vakolatli organlar, vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy organlariga axborot tizimlari kompleksidan foydalangan holda:
amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisida — notarial idoralar tomonidan, bitim rasmiylashtirilgandan soʻng ikki kun mobaynida;
buzib tashlanishi lozim boʻlgan uy-joylar, shuningdek boshqa binolar va inshootlar toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan, tegishli davlat organining uy-joylar, shuningdek boshqa binolar va inshootlar buzib tashlanishi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng ikki kun mobaynida;
koʻchmas mulkni oʻzgaga oʻtkazishga taqiqlar va unga nisbatan qoʻyilgan xatga olishlar toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti, prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan, tegishli qaror qabul qilingandan soʻng ikki kun mobaynida;
mulk soligʻi va yer soligʻi (yagona yer soligʻi) boʻyicha soliq qarzdorligining holati toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan, axborotdan real vaqt rejimida foydalanishni cheklash boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilgan holda axborot taqdim etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
bir oy muddatda — ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan vakolatli organlar, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, maʼlumotlarni axborot tizimi kompleksidan foydalangan holda taqdim etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
koʻchmas mulkka boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqlar hamda ular bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan boshqa maʼlumotlar manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlasin;
2014-yilning 1-iyuligacha Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda amaldagi “bir oyna” prinsipi boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha amaldagi dasturiy taʼminotni ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
er kadastri daftarini yuritish boʻyicha maʼlumotlar bazasi muntazam yangilanib borishini taʼminlovchi dasturiy taʼminot ishlab chiqsin va uni 2015-yil 1-yanvardan boshlab joriy qilsin;
bir oy muddatda — mutaxassislarni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va yer kadastri daftarini yuritishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibidan foydalangan holda oʻqitish guruhlar boʻyicha seminarlar oʻtkazsin;
ikki oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 7-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga 1-ILOVA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida” va “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan yer osti inshootlariga), koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar va yer uchastkalariga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllab, “bir oyna” tamoyili boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼriga joriy etilmaydi.
2. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi, shuningdek ular bilan bogʻliq bitimlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ huquq egasining iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazishni yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar berish yoʻli bilan yoki roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlashi shart.
3. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
4. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqlarini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqlarini himoyalash, koʻchmas mulk obyektlarini hisobga olish, belgilangan tartibda ular bilan bogʻliq bitimlarni amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarining vujudga kelganligini, boshqa shaxsga oʻtganligini, cheklanishini (yuklanishini), bekor boʻlishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy harakat;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestri — koʻchmas mulk va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning, huquq egalarining tizimga solingan jamlamasi, u koʻchmas mulk obyektining oʻrnashgan joyi boʻyicha tuman (shahar) chegarasida yuritiladi;
garov xati — koʻchmas mulk garovga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi qarzlik guvohnomasi, qarz beruvchiga — yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladi;
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid hujjatlarda aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
ipoteka — koʻchmas mulkni (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatni taʼminlash sharti bilan garovga qoʻyish, u ushbu mulkni garov kreditori egaligiga topshirmasdan amalga oshiriladi;
kadastr yigʻmajildi — obyektning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, texnik invetarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari jamlamasi;
kadastr plani — koʻchmas mulk obyektining oʻrnashgan joyini, chegaralarini, binolar, inshootlar va boshqa topografik elementlarini aks ettiruvchi, umumiy qabul qilingan shartli belgilarda tuzilgan chizma hujjat;
kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshootning oʻziga xos, Oʻzbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqami, u koʻchmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi, va u roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud boʻlishi davrida saqlab qolinadi;
koʻp yillik daraxtlar — bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraxtlari;
koʻchmas mulk — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan obyektlar;
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan va ularni qabul qilish dalolatnomasi tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanmagan bino va inshootlar;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning cheklanishi — koʻchmas mulk obyektining mulkdori boʻlmagan shaxslarning (ipotekaga oluvchilar, ijaraga oluvchilar, kreditorlar va boshqalarning) unga boʻlgan mulkiy huquqlari;
yordamchi-xoʻjalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan yordamchi tavsifdagi imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yoʻlaklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun moʻljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yertoʻlalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bogʻliq turli ish turlarini bajarish uchun moʻljallangan boshqa funksional imoratlar;
huquq egasi — bitim asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan toʻlovlar;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar reyestri — yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxatga olinadigan elektron fayl;
koʻchmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni oʻrnatishga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga (oʻzga shaxsga oʻtkazishga, ipotekaga qoʻyishga, uzoq muddatli ijaraga, merosni qabul qilishga va boshqalarga) qaratilgan xatti-harakatlari;
servitut — begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi;
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
6. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk va boshqa ashyoviy huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazish obyektlari hisoblanadi.
Qoʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar mulkka boʻlgan mulk va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish subyektlari hisoblanadi.
7. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini va u haqda tuzilgan bitimlarni, ipoteka va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni qoʻshgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) amalga oshiradilar.
Yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida nazarga tutilgan kadastr va roʻyxatga olish xizmatlarini toʻliq hajmda koʻrsatish uchun yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tarkibida “bir oyna” boʻlimi tashkil etiladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda roʻyxatga oluvchi deb ataladi) tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
8. Koʻchmas mulkning mulkdorlari yoxud unga ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli shaxslari koʻchmas mulkka mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqaga oʻtgan, cheklangan va bekor boʻlgan yoxud koʻchmas mulkning huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab bir oy muddatda koʻchmas mulk joylashgan joydagi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun murojaat qilishlari majburiydir.
Arizaga koʻchmas mulkka kadastr yigʻmajildi va mazkur Nizomning IX boʻlimida nazarda tutilgan miqdorda roʻyxatga olish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisida tijorat bankining chiptasi ilova qilinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning arizasi mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bogʻliq bitimlarni davlat roʻxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar reyestri roʻyxatga olinadi. “Bir oyna” boʻlimi xodimi arizani va unga ilova qilingan kadastr yigʻmajildini qabul qilib olganligi toʻgʻrisida tilxat beradi.
9. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va uning bilan bogʻliq bitimlar davlat reyestri mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha elektron tarzida yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha yagona hujjat sifatida yuritiladi.
II. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni axborot tizimi kompleksidan foydalanib “bir oyna” prinsipi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
10. Yuridik va jismoniy shaxslar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga oʻzlarining tanlovlariga koʻra telekommunikatsiya kanallari boʻyicha elektron hujjat koʻrinishida murojaat qilishga haqlidirlar.
11. Ariza elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda rasmiylashtiriladi va mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va axborot resursi orqali elektron shaklda joʻnatiladi.
12. Ariza va kadastr yigʻmajildlarini elektron tarzda qabul qilish va ularga ishlov berish tizimi axborot tizimlari kompleksi, shuningdek aloqa kanallari va axborotni uzatish va qabul qilishning axborot xavfsizligi taʼminlangan dasturiy-apparat vositalari, olingan axborotga ishlov berish, uni saqlashning dasturiy-apparat vositalari bazasida yuritiladi.
13. Yuridik va jismoniy shaxslar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:
kadastr yigʻmajildi maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan, elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni shakllantirish va imzolash;
yuridik va jismoniy shaxs vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga joʻnatish.
14. Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ elektron hujjat olingan kuni arizani koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar reyestriga kiritadi.
15. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ariza roʻyxatga olingandan keyin ikki kun mobaynida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
yuridik va jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo qoʻllanib, joʻnatilgan hujjatlar olinganligini tasdiqlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish;
olingan elektron hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning elektron arxivida saqlash;
yuridik va jismoniy shaxs vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tekshirish;
olingan elektron hujjatlarning ushbu Nizomning 20 — 25, 42 — 46 va 71-bandlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
16. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni mazkur Nizomda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza ilovalari bilan birga ariza roʻyxatga olingan kundan boshlab uch kun mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining elektron raqamli imzosi bilan elektron koʻrinishdagi xat bilan yuridik va jismoniy shaxsga qaytariladi. Hujjatlar qaytarilganligi haqida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar reyestrida belgi qoʻyiladi. Xatda huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishning aniq sabablari va taqdim etilgan hujjatlarda topilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar kamchiliklar tuzatilgandan soʻng, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishlari mumkin.
Koʻrsatilgan kamchiliklarni tuzatib ariza takroran joʻnatilganda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan ikki kun mobaynida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xatda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni tayyorlaydi va rasmiylashtiradi hamda ularni buyurtma xat bilan yuridik yoki jismoniy shaxsga joʻnatadi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni axborot tizimlari kompleksini qoʻllagan holda “bir oyna” tamoyili boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish sxemasi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan.
18. Yuridik va jismoniy shaxslar notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
III. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
19. Yer uchastkalariga boʻlgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga oʻtishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xoʻjaligi, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq va oʻrmon xoʻjaligi (qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari koʻrsatilmay berilgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddatini belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirib yoki sotib olingan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi;
yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.
20. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi:
yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasining muayyan fuqarolariga yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi notarius tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
yer uchastkalariga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori;
yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari asosida vakolatli organlar tomonidan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990—1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
shaharlar hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolari oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida boʻlmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
qishloqlar (ovullar) fuqarolari oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari.
22. Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining kolxozlar aʼzolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari.
23. Huquq belgilovchi hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tuman (shahar) hokimining ushbu fuqaroga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida, qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar chegarasida yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) bilan hamkorlikda ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran yetti kun mobaynida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasi tayyorlanadi va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Tuman (shahar) hokimining qarori fuqaroning yer uchastkasidan amalda foydalanganligi uchun sabab boʻlgan holatlar aks ettirilgan arizasi asosida qabul qilinadi, arizaga yer uchastkasiga oʻn besh yil davomida halol, oshkora va uzluksiz egalik qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ariza beruvchining yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari toʻgʻrisidagi, davlat soliq xizmati organlarining belgilangan muddat uchun yer soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi) ilova qilinadi.
24. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquqning turi davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Agar davlat hokimiyati organining qarorida huquq turi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda yuridik va jismoniy shaxs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim:
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligi hamda jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar hatto davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi koʻrsatilgan boʻlsa ham);
binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi.
25. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, koʻrsatilgan obyektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqi yangi huquq egasining nomiga rasmiylashtiriladi.
Turar joy binosiga, bogʻ uychasiga boʻlgan mulk huquqi oʻzga shaxsga oʻtgan taqdirda, jismoniy shaxslarga ushbu imoratlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar uylarni notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzga shaxsga oʻtkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Yuridik va jismoniy shaxs boshqa shaxsga oʻtkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning koʻchmas mulk egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur boʻlgan qismiga boʻlgan mulk huquqi, agar oʻzga shaxsga oʻtkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan boʻlsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan oʻzga shaxsga oʻtishi oldi-sotdi va oʻzga shaxsga oʻtishning boshqa turlariga oid shartnomalar, mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari, sud qarori yoxud sud ijrochisining qarori yoki qarz undiruvchi hamda qarzdor oʻrtasida bino va inshootlarni topshirish toʻgʻrisidagi sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma, shuningdek bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga oʻtadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining oʻzga shaxsga oʻtishi davlat hokimiyati organining yer uchastkasini oldingi yerdan foydalanuvchidan olib qoʻyish hamda uni yangi yerdan foydalanuvchiga belgilangan maqsadlar boʻyicha foydalanish uchun zarur boʻlgan oʻlchamlarda berish toʻgʻrisidagi qarori asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Qaror ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kun mobaynida ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Bunda yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga boʻlgan huquqning oldingi egasida yer uchastkasiga boʻlgan huquq oʻtadi.
26. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga boʻlgan ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq turi oʻzgargan taqdirda, yuridik va jismoniy shaxslar bir oy muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish haqida ariza berishlari shart. Arizaga yer uchastkasining umumiy maydoni, chegaralari va huquq turi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
arizaga ilova qilingan hujjatlar tekshiriladi;
mavjud plan-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr plani chiziladi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga, shuningdek kadastr yigʻmajildiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
27. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning belgilangan tartibda vakolatlangan vakillari tegishli davlat hokimiyati organlarining qarori yoki boshqa asoslar boʻyicha yer uchastkasi olingan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida yer uchastkasining oʻrnashgan joyi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berishlari lozim.
Obyekt qurish uchun yer uchastkasi olgan tadbirkorlik subyektlari yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani yer uchastkasini tanlash hamda ajratish materiallarini tayyorlagan tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) orqali berishlari mumkin. Bunda yer uchastkasi ajratish boʻyicha belgilangan tartibda tayyorlangan yigʻmajild kadastr yigʻmajildi sifatida qabul qilinadi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish esa ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
28. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi quyidagi ishlarni bajaradi:
arizaga ilova qilingan yer uchastkasiga kadastr yigʻmajildini (yer uchastkasini ajratish boʻyicha yigʻmajildni yer uchastkasining chegaralarini joyga koʻchirish dalolatnomasi bilan birga) ekspertizadan oʻtkazadi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritadi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani tayyorlaydi va rasmiylashtiradi.
29. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ikki kun mobaynida kadastr yigʻmajildini ekspertizadan oʻtkazadi, bu jarayonda u:
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladigan hujjatlar va maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi;
zaruratga koʻra yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan huquq belgilovchi hujjatlar va materiallarni tekshiradi;
bino va inshootlar boshqa shaxsga oʻtkazilishiga oid, ular asosida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni bino va inshootlarning yangi mulkdoriga yoki ularga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqlar egasiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hujjatlarni tekshiradi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan yoki taqdim etilgan hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilishi zarur boʻlgan taqdirda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda bu haqda yuridik va jismoniy shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga tushuntirishlar beradi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taqdim etiladigan hujjatlarning hamda boshqa zaruriy hujjatlarning tarkibi toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga begʻaraz asosda yordam koʻrsatadi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirmagan yoki buni istamaydigan yuridik va jismoniy shaxslarni buning oqibatlari haqida ogohlantiradi.
30. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan asoslar yoʻq boʻlgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlarda texnik tavsifdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor boʻlsa yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilinsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizada oʻtkazish zarurati boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi roʻyxatdan oʻtkazishni ariza olingan kundan boshlab besh kungacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi. Hujjatlar koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bilan taqdim etilgan taqdirda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
Agar kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi belgilangan muddat oʻtgandan soʻng yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda toʻlangan roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari qaytarib berilmaydi.
31. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasining mansubligi masalasida nizolar borligi haqida guvohlik beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmasligi;
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran murojaat etilgan taqdirda, rad etish haqidagi xatda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
32. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklanishlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ayrim obyektlar atrofida muhofaza zonalari belgilanishi bilan bogʻliq yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli davlat hokimiyati organlarining muhofaza zonalarini belgilash toʻgʻrisidagi qarori asos boʻladi. Muhofaza zonalarida muayyan faoliyat turlarini amalga oshirish man etiladi yoki cheklanadi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni cheklash meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini garovga qoʻyishda, yer uchastkasiga ijroiya hujjatlar boʻyicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning garovga (ipotekaga) qoʻyishda cheklanishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Nizomning VIII boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
33. Yer uchastkasiga boʻlgan servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi boʻyicha, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuvi asosida yoki sud qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi, u belgilash uchun asoslar bekor boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
34. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yoki yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qoʻyilishi yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari;
davlat statistika organlarining yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi axboroti;
uy-joylarining boshqa shaxsga oʻtganligi boʻyicha hujjatlar, ular munosabati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ham oʻzga shaxsga oʻtadigan;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ilgari berilgan guvohnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga qaytarishlari majburiydir, guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
IV. Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
35. Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, oʻzga shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Yer ostida joylashgan inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi.
36. Muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsning alohida yer uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega boʻlgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi yordamchi-xoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqi roʻyxatdan oʻtkazish obyekti hisoblanadi.
Turli yordamchi-xoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida tarzda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
37. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun moʻljallanmagan joylarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish har bir mulkdor boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
Uy-joy qurilishi shirkatlariga tegishli uy-joylariga boʻlgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat aʼzolari roʻyxatini ilova qilgan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
38. Davlat roʻyxatidan qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar oʻtkaziladi.
39. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar, binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi hollari bundan mustasno, shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
40. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan binolar va inshootlar ular tomonidan yangi yaratilgan yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi yangi yaratilgan yuridik shaxslar nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
41. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi, ular roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng huquq egasiga qaytarib beriladi.
42. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;
notariuslar tomonidan berilgan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki boʻlgan bino, inshootning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
sud qarori yoki sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.
43. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish shartnomalari; imorat solish toʻgʻrisidagi, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi, er-xotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻgʻrisidagi shartnomalar;
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻgʻrisidagi qarorlari;
umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi va mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;
inventarizatsiya-texnik materiallar, agar ularning matnida toʻgʻri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora boʻlsa;
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida, shuningdek meros qilib olish toʻgʻrisida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan koʻchirmalar.
44. Binolar va inshootlarga boʻlgan xoʻjalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
vakolatli davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi va ularga koʻchmas mulkni xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;
vakolatli davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining binolar va inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish toʻgʻrisidagi qarorlari.
Moddiy madaniy meros obyektlariga boʻlgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
45. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
binolar va inshootlar xatlab qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar;
binolar va inshootlarning oʻzga shaxsga oʻtkazilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi xabarnomalar;
46. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga oluvchi organlarning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi haqidagi maʼlumotlari;
tegishli davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini ularda joylashgan binolar va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni renta toʻlash sharti bilan oʻzga shaxsga oʻtishi nazarda tutilgan, notarius tomonidan tasdiqlangan shartnomalari;
mulkdorning yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga boʻlgan xoʻjalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori;
mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori;
bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi hujjatlar;
sud qarori yoki sud ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor oʻrtasida bino va inshootni berish toʻgʻrisida sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
47. Mulk huquqini tasdiqlovchi, ushbu Nizomning 42—46-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki toʻgʻriligi haqida shubha tugʻilgan hollarda bino, inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi daʼvo tartibida sud tomonidan hal etiladi.
48. Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ushbu huquqni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
49. Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi:
arizani va unga ilova qilingan kadastr yigʻmajildini oʻrganadi, arizadagi axborotni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestridagi axborot bilan taqqoslaydi;
oʻzga shaxsga yoki meros boʻyicha oʻtadigan binolar va inshootlarni, ularning haqiqatdagi tarkibi hamda holatini aniqlash maqsadida joyda tekshiradi;
bino, inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning vujudga kelishi uchun asos mavjudligini hamda uning yuridik va jismoniy shaxslarga oʻtkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;
binolar va inshootlar oʻzga shaxslarga oʻtkazilishi boʻyicha hujjatlarning rasmiylashtirilishi qonuniyligini, ularning oʻzga shaxslarga oʻtkazilishi uchun mulk huquqlari yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini aniqlaydi;
umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va, tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;
huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiladigan omillarni, bu obyekt huquqning boshqa shaxslarga oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiluvchi garovga qoʻyilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;
boshqa shaxslardan aynan shu binolar va inshootlar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha ariza bor yoki yoʻqligini koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestridan aniqlaydi.
50. Agar taqdim etilgan materiallarda ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi ikki kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorda muayyan kamchiliklar va roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish sabablari hamda yuridik va jismoniy shaxslar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishlari uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi toʻgʻrisidagi xatda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin uch kundan ortiq boʻlmasligi lozim.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish tuzatilgan hujjatlar olingan kundan eʼtiboran ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran murojaat qilinganda, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xatda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning arizasini takroran koʻrib chiqish uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi undirilmaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
51. Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu bino yoki inshootning mansubligi masalasida nizolar borligi haqida guvohlik beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
joydagi tekshirishlar jarayonida yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallab olish hamda bino va inshootlar qurish, shuningdek bino va inshootlarni qonun hujjatlari talablarini buzgan holda rekonstruksiya qilish hollarining aniqlanishi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi.
Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik bahonasi boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
52. Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan ulushlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari oʻzaro kelishuv boʻyicha umumiy bino va inshootning (xonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (xonalardan), oʻzlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan boʻlsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan boʻlsa, u holda bunday kelishuv ularning iltimoslari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Bunda kelishuvda va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda qoldiriladigan, tegishli ravishda tasdiqlangan nusxasida roʻyxatdan oʻtkazish ustxati bitiladi.
53. Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki oʻlgan deb topilgan mulkdorlarning oila aʼzolari yoki merosxoʻrlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar ularga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq, meros qilib olish tartibida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
54. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ushbu obyektlarga boʻlgan muayyan yuridik va jismoniy shaxsning tegishli huquqlari toʻgʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
55. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning cheklanishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga bu haqda ushbu mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qatorga huquqning cheklanishi uchun asoslarni koʻrsatgan holda yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
56. Mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga bu haqda ushbu mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qatorga huquqning bekor qilinishi uchun asoslarni koʻrsatgan holda yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
V. Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tayyorlash tartibi
57. Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma quyidagilarning soʻrovi boʻyicha beriladi:
davlat notarial idoralarining — oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya shartnomalarini, vasiyatnomalarni va koʻchmas mulk bilan boshqa bitimlarni rasmiylashtirish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga guvohnomalar berish uchun;
58. Maʼlumotnomalar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestridagi yozuvlarga, kadastr yigʻmajildi va vakolatli organlarning maʼlumotlariga asosan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
59. Maʼlumotnoma berish oldidan oʻzgaga oʻtadigan yoki meros boʻyicha oʻtadigan bino va inshootlarning tarkibi va holatini aniqlash maqsadida joyida tekshiriladi.
60. Agar bino va inshoot umumiy ulushli mulk huquqida egallanayotgan boʻlsa, maʼlumotnomada huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq har bir mulkdorning ulushi koʻrsatiladi.
61. Agar bino va inshootga sudlar, sud ijrochilari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlari tomonidan boshqa shaxsga berishni taqiqlash yoki xatlov qoʻyilgan boʻlsa, ushbu holat maʼlumotnomada taqiq va xatlov qachon, qanday hujjatga asosan va qaysi organ tomonidan qoʻyilganligi, shuningdek ular qachon va qanday raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilganligi aks ettiriladi.
62. Maʼlumotnomada oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joyida tekshirish asosida koʻrsatiladi.
Joyida tekshirish natijasida bino va inshootlarning haqiqiy tarkibi, ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytida koʻrsatilgan tarkibiga toʻgʻri kelmasligi aniqlanganda, maʼlumotnomada ushbu maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
63. Maʼlumotnomaga buzib tashlanishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahalliy davlat organlarining qarorlari va arxitektura va qurilish hududiy organlarining xabarnomalari boʻyicha kiritiladi.
Maʼlumotnomaga mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha soliq qarzdorligining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat soliq xizmati organlarining axborotlari boʻyicha kiritiladi.
64. Maʼlumotnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi va uni soʻragan yuridik va jismoniy shaxsga joʻnatiladi.
65. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazishda huquq egasining buyurtmasi boʻyicha kadastr yigʻmajildi tayyorlanadi, unda:
huquq egasining nomi;
yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi hujjatlarning mavjudligi, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yer uchastkasining imorat va inshootlar tushirilgan plani;
obyektning nomi va qurilish boshlangan yili;
loyiha-smeta hujjatlarining mavjudligi hamda arxitektura va qurilish organlarining qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat berilganligi;
qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan obyektlar roʻyxati;
qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarning holati;
qurilishi tugallanmagan obyektning qiymati, zarur boʻlganda, baholovchi tashkilot tomonidan baholangan qiymati.
66. Qurilishi tugallanmagan uyni sotishda huquq egasining buyurtmasi boʻyicha yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan kadastr yigʻmajildi tayyorlanadi, unda qurilish ishlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olingan boʻlishi zarur.
Kadastr yigʻmajildi asosida qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilish boʻyicha tuman (shahar) davlat komissiyasi tomonidan bitta (ikkita) turar joy xonasi, oshxona, hojatxona, uy fasadining tashqi bezagi qurilishi tamom boʻlgandan, loyihaga muvofiq uy muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlangandan keyin alohida yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlarsiz va hududni obodonlashtirmasdan uyning bir qismini foydalanishga qabul qilinishi mumkin.
Qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilish boʻyicha tuman (shahar) davlat komissiyasining dalolatnomasiga asosan tuman (shahar) hokimi ikki kun muddatda qurilishi tugallanmagan uyni sotishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qurilishi tugallanmagan uyni, boshqa bino va inshootni sotib olgan yuridik va jismoniy shaxsning huquqi qurilish tugallangandan, davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilingandan va tuman (shahar) hokimining qarori bilan komissiyaning dalolatnomasi tasdiqlangandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
VI. Koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
67. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻp yillik daraxtlarga (bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraxtlariga) boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
68. Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fermer xoʻjaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan oʻz mablagʻlari hisobiga ularning mulki boʻlgan koʻp yillik daraxtlarni, oʻrmon daraxtlarini ham oʻtqazish huquqiga egadirlar va ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
69. Ijarachi, agar shartnomada yerlarni bogʻdorchilik, uzumchilik, tutchilik yoki koʻp yillik daraxtlar oʻtqazish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, mustaqil ravishda koʻp yillik daraxtlar oʻtqazish huquqiga ega.
Agar ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsati bilan koʻp yillik daraxtlar oʻtqazilgan boʻlsa, unda shartnoma muddati oʻtishi yoki uni muddatidan oldin bekor qilinganda ijarachi ushbu maqsad uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplashni talab qilish (shartnomada boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa) huquqiga ega.
Ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsatisiz oʻtqazilgan koʻp yillik daraxtlar shartnomaning muddati oʻtganda yoki u bekor qilinganda ijaraga beruvchiga bepul oʻtadi.
70. Quyidagi koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
koʻchatzorlardagi koʻchatlar;
yuridik shaxslarning balansiga olinmagan hamda hosilga kirmagan va foydalanishga qabul qilinmagan koʻp yillik daraxtlar;
koʻp yillik butazorlar va rezavor oʻsimliklar;
oʻrmon xoʻjaliklari va boshqa oʻrmon xoʻjaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining oʻrmonlari va koʻp yillik daraxtlari;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining koʻp yillik daraxtlari;
aholi punktlarining, shuningdek tashkilotlarning yerlarini koʻkalamzorlashtirish maqsadida oʻstirilgan koʻp yillik daraxtlar;
uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsatisiz oʻstirilgan koʻp yillik daraxtlar.
71. Quyidagilar:
maxsus komissiyaning qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) bogʻ va tokzorlarini fuqarolarga fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun auksion asosida sotish toʻgʻrisidagi bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
bogʻdorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
bogʻdorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashmagan fermer xoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan va koʻp yillik daraxtlar oʻtqazishga ruxsat berilgan shartnoma;
yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻp yillik daraxtlar oʻtqazish huquqini berish toʻgʻrisida tuzilgan qoʻshimcha bitim;
sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasida yozma ravishda tuzilgan koʻp yillik daraxtlarning oldi-sotdi shartnomasi tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini koʻp yillik daraxtlarni sotib oluvchiga rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori bilan birga;
tegishli davlat organining bogʻdorchilikka, uzumchilikka va tutchilikka ixtisoslashgan hamda koʻp yillik daraxtlar oʻtqazish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni yuritish uchun yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
sud qarori yoki sud ijrochisi qarori yoxud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan koʻp yillik daraxtlarni berish dalolatnomasi koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligini yuritish va jamoat bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida oʻstirilgan koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat organlarining ushbu maqsadlar uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
72. Koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga koʻchmas mulkning mustaqil turi sifatida daraxtlarning turi va sonini koʻrsatgan holda kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi, shuningdek koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada ham koʻchmas mulkning bir turi sifatida aks ettiriladi.
73. Koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini bino va inshootlarga boʻlgan huquq bilan bir vaqtda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi undirilmaydi.
Koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini alohida obyekt sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda mazkur Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi undiriladi.
VII. Yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish tartibi
74. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga yer uchastkasiga, binoga, inshootga, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlar kiritilgandan keyin yuridik va jismoniy shaxslarga:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda;
bino, inshootlarga va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
Davlat mulki boʻlgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganda guvohnomaga ularning davlat mulkiga mansubligi va ashyoviy huquqlarning turi: xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi koʻrsatiladi.
75. Yer uchastkasiga, binoga, inshootga, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar blankasi qatʼiy hisoblanadigan hujjat boʻlib, u maxsus qogʻozda tayyorlanadi, seriya va tartib raqamiga hamda himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ rahbari blankalarning hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
76. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrida koʻchmas mulkka boʻlgan huquq mulkdorning yoki ushbu obyektga ashyoviy huquqqa ega boʻlgan shaxs, shuningdek obyektning huquqiy holati oʻzgarganda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi eski guvohnoma majburiy ravishda qaytarib olinib va bekor qilinib, yangi guvohnoma beriladi.
77. Har xil huquqiy maqomga ega boʻlgan yer uchastkalariga alohida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma birgalikda foydalanish huquqiga ega boʻlgan har bir yuridik va jismoniy shaxsga beriladi.
78. Binolarga, inshootga, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yer uchastkasida joylashgan barcha binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlar majmuasi uchun rasmiylashtiriladi.
Bitta bino va inshoot bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlsa, bino va inshootga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma ularning har biriga bino va inshootlarning ularga tegishli boʻlgan qismini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi, koʻp kvartirali uy-joylar bundan mustasno.
Koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar va yashash uchun moʻljallanmagan joylarga boʻlgan mulk huquqi kvartira va noturar xonalar mulkdorlarining har biri uchun alohida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning bino va inshootlariga ulushli mulk huquqi mavjud boʻlganda, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma har bir ulushli mulk huquqi egasiga har birining ulushi koʻrsatilgan holda beriladi.
VIII. Ipoteka va bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
79. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma (shu jumladan, navbatdagilari ham) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bogʻliq bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza bermasdan va roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlamasdan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
80. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi;
ishonchnoma asosida harakat qilayotgan shaxsning huquqlarini tasdiqlovchi ishonchnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
shartnoma tomonlari soniga teng miqdorda notarial tasdiqlangan ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma va roʻyxatdan oʻtkazish ishiga qoʻshish uchun shartnomaning ikkita asl nusxasi.
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlar taqdim etilmasa ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etiladi va bu haqda ariza beruvchiga asoslantirilgan yozma javob beriladi.
81. Manfaatdor shaxs ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishi yuzasidan sudga murojaat etishi mumkin.
82. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ariza davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ipoteka shartnomasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozuv amalga oshirilgan sana ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatiga olingan kun hisoblanadi.
83. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritish bilan birga, tegishli koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar boʻyicha shartlar (ipoteka) mavjudligi toʻgʻrisida yozuvlar kiritiladi.
84. Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, bu toʻgʻrida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar reyestrining tegishli ustunlarida koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda mazkur ustunlarda “garov xati berilgan” soʻzlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan garov xatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi koʻrsatiladi.
85. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaning barcha asl nusxalariga ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, quyidagilardan iborat boʻlgan ustxatlar kiritiladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning toʻliq nomi;
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy;
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va tartib raqami.
Koʻrsatilgan ustxatlar tegishli imzo bilan tasdiqlanadi va ularga davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyiladi.
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishning amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida hujjatlardagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi qoʻllaniladi, unda “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “ipoteka / garov xati, garov xatining yangi egasi” soʻz(lar)i yoziladi.
86. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan oʻzgartirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mulkning haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtkazilganida ipoteka qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
87. Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ipotekani qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi va tartib raqami, mulkka nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma va h. k.) rekvizitlari toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritiladi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining tegishli ustunlaridagi dastlabki ipotekaga qoʻyuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) toʻgʻrisidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka toʻgʻrisidagi yangi yozuvga ishora qilgan holda oʻzgartiriladi.
88. Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud boʻlgan yoki shikastlangan mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida bitim tuzilganda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
89. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qaysi shaxsning huquqlari ipoteka bilan cheklangan boʻlsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
90. Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ huquqlari ipoteka bilan cheklangan shaxsning mulk huquqlarini davlat roʻyxatiga olishda mazkur shaxsni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining tegishli boʻlimlariga uning huquqi ipoteka bilan cheklanishi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilishi haqida ogohlantiradi, shuningdek bitimga va (yoki) huquqning boshqa shaxsga oʻtganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga qonun asosida vujudga kelgan ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida ogohlantirilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
91. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining tegishli ustunlariga yozuvlar kiritiladi.
92. Agar bitta koʻchmas mulk bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada boʻlsa, u holda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
93. Qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash maqsadida ipotekaga qoʻyuvchining mulkka boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishiga asos boʻlgan hujjatlarga roʻyxatga olinganlik ustxati shtampi qoʻyiladi va u belgilangan tartibda toʻldiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampida “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “qonun asosidagi ipoteka” soʻzlari yoziladi.
94. Bir majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk (oldingi ipoteka) oʻsha yoki oʻzga qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini taʼminlash uchun oʻsha ipotekaga oluvchining oʻziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
95. Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnomaga ayni oʻsha mol-mulkning oldingi ipotekalari toʻgʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi.
Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnomaga roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi (shtamplari) qoʻyiladi. Koʻrsatilgan shtamp oldingi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda kiritilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim. Bunda mazkur shtampda (shtamplarda) “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “ipoteka” soʻzi oʻrniga “navbatdagi ipoteka” soʻzlari yoziladi.
96. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga mazkur koʻchmas mulk obyektining oldingi ipotekalari toʻgʻrisida yozuvlar boʻlgan tegishli ustunlariga “navbatdagi ipoteka” soʻzlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
97. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari, qonun hujjatlarida boshqacha tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
98. Ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin garov xati davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan, ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
99. Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birga yangi garov xatini beradi, ushbu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati oʻrniga topshiriladi.
100. Garov xatining mazmuni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga yoki vujudga keltirgan majburiyati ipoteka bilan taʼminlangan shartnomaga muvofiq kelmasa, amaldagi garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan bekor qilinadi va yangi garov xati tuziladi, u rasmiylashtirish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga beriladi.
101. Yangi garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kiritiladigan maʼlumotlardan tashqari, yangi garov xati berilgan sanani oʻz ichiga olishi, yangi garov xatini bergan davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning nomini, roʻyxatdan oʻtkazuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflarini, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning muhri ilova qilingan imzosini ham oʻz ichiga olishi lozim.
102. Bekor qilingan garov xati birinchi varagʻining old tomoniga roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish shtampi bosiladi, unda faqat bekor qilingan garov xatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi koʻrsatiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Bekor qilingan garov xati davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ipoteka toʻgʻrisidagi roʻyxatga olish yozuvini bekor qilish vaqtigacha saqlanadi.
103. Garov xati yoʻqolgan taqdirda ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan garov xatining dublikatini unda “dublikat” belgisi bilan tuzadi, u davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga rasmiylashtirish uchun topshiriladi, rasmiylashtirish bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
104. Garov xatining mazmuni oʻzgargan taqdirda uning egasi yangi garov xatini roʻyxatga olish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishi kerak.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ garov xati mazmunining oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi bitim davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritadi.
105. Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bitimga hujjatlardagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi bosish yoʻli bilan tasdiqlanadi, unda “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim” soʻzlari koʻrsatiladi.
106. Garov xatining ajralmas qismi boʻlgan uning mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikiladi.
107. Garov xatining qonuniy egasi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
108. Garov xatining qonuniy egasi bir ish kuni mobaynida quyidagilarga:
garov xati boʻyicha huquqni belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish hamda garov xatiga belgi qoʻyish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlsa, garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan, u garov xatini belgilangan tartibda sotgan boʻlsa;
garov xati boʻyicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
garov xati boʻyicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilganligi toʻgʻrisidagi sud qarori asosida amalga oshiriladi.
109. Garov xatining qonuniy egasini roʻyxatdan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov xatining oldingi qonuniy egasi koʻrsatilgan ustuniga garov xatining yangi qonuniy egasi toʻgʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Davlat reyestridagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
110. Garov xatining egasiga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va uning bilan bogʻliq bitimlar davlat reyestriga tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda davlat reyestridan koʻchirma berilishi mumkin.
Bunda roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirishda mazkur koʻchirmaga ipoteka koʻrsatilgandan soʻng “garov xatining qonuniy egasi” soʻzlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar kiritiladi.
111. Garov xatining garovini roʻyxatdan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
IX. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlarini toʻlash tartibi
112. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslardan toʻlov kunida amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, jismoniy shaxslardan esa — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida alohida:
yer uchastkasiga boʻlgan huquq vujudga kelganda va boshqaga oʻtganda;
alohida yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarga boʻlgan huquq vujudga kelganda va boshqaga oʻtganda;
mazkur Nizomning VIII boʻlimiga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan ipoteka va ipoteka bilan bogʻliq shartnomalarni va boshqa hujjatlarni;
koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanadi.
113. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq bekor qilinganda, shuningdek huquqlarning cheklanishini, servitutlarni va ushbu huquqlarning boshqacha cheklanishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda yigʻim undirilmaydi.
114. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) orqali berilganda, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim boʻlimga (boshqarmaga) toʻlanadi, u esa olingan mablagʻlarni yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazganligi toʻgʻrisida guvohnoma olgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarning hisob raqamiga oʻtkazadi.
115. Yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari orqali berilganda, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim inspeksiyaga toʻlanadi, u esa olingan mablagʻlarni yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarning hisob raqamiga oʻtkazadi.
Oldingi huquq egasining huquqi sud tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat haqiqiy emas deb topilishi natijasida tiklangan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
116. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoʻqolganda yoki yaroqsizlanganda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan huquq egasiga yoki uning vakiliga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi beriladi. Nusxa berilganligi uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun toʻlanadigan toʻlovning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
117. Yuridik va jismoniy shaxslar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
118. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi nizolar sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
119. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar
REESTRI
T/r
Ariza bergan yuridik shaxsning nomi yoki fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi
Ariza qabul qilingan sana
Obyektning manzili
Roʻyxatdan oʻtkazish obyekti va unga ilova qilingan hujjatlar tarkibi
Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimini toʻlaganlik toʻgʻrisida belgi
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
zarur hujjatlar mavjud boʻlganda — 2 kun mobaynida;
taqdim etilgan hujjatlarda tuzatishga vaqt talab qilinadigan sezilarli boʻlmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda — 7 kungacha muddatda amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
MAʼLUMOTNOMA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning shtampi
Mazkur maʼlumotnoma _____________________________
______________________________________ joylashgan
bino va inshootlari _______________________ huquqida
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrida ______________ _____ -raqam
(sana)
bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Bino va inshootlarning qisqacha tavsifi
1. Kadastr raqami: yer uchastkasiniki ___________________
bino va inshootniki ________________
2. Yer uchastkasining maydoni __________ ga.
3. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq turi ______________________________
4. Yer uchastkasining moʻljallangan maqsadi ________________________
5. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana
6. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvoh�oma berilganligi toʻgʻrisida belgi (seriyasi, raqami, sanasi) _______________________________
7. Bino va inshootlardan foydalanish maqsadi ____________________
8. Umumiy maydoni ______ kv.m, shu jumladan ishlab chiqarish (turar joy) maydoni ________.
9. Bino va inshootga boʻlgan mulk huquqining ulushi __________________________________ xonalar soni ________, ularning plandagi raqamlari _______, umumiy maydoni ______ kv. m, shu jumladan ishlab chiqarish (turar joy) maydoni ____ kv. m.
10. Bino va inshootlarning inventar qiymati _____________ ming soʻm
11. Bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi mavjudligi ______________
12. Mulk soligʻi va yer soligʻidan qarzdorlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _____________________________________________________________________________
13. Binolarni buzib tashlash mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar ____________
Mazkur maʼlumotnoma berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri
davlat korxonasi boshligʻi ________________________________________________________
(imzo, F.I.O.)
Roʻyxatga oluvchi ________________________________________________________________
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(Birinchi bet) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA
(Orqa tomoni) Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA 00 seriyali 000000-son
Mazkur guvohnoma ______________________________________________________________
(guvohnoma berilayotgan yuridik shaxsning nomi yoki
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
(Birinchi bet) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI
Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA
(Orqa tomoni) Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA 00 seriyali 000000-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ILOVA
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer kadastri daftarining tuzilishi, mazmunini hamda uni tumanlarda va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda yuritish tartibini belgilaydi
2. Tuman (shahar) yer kadastri daftari (keyingi oʻrinlarda yer kadastri daftari deb ataladi) yerlarni hisobga olish va ularni baholash boʻyicha asosiy hujjat boʻlib, u yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni, yer uchastkasining joylashgan oʻrnini, qaysi maqsadda foydalanish moʻljallanganligini, unga egalik qilish, undan foydalanish, uni ijaraga olish huquqlarini va unga boʻlgan mulk huquqini hamda ushbu maʼlumotlarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, yer uchastkasining miqdor va sifat holati toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi.
Yer kadastri daftari shakllarini toʻldirish tartibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
3. Yer kadastri daftari maʼlumotlari yerlardan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish, yerlarni berish (sotish) va olib qoʻyish, yer uchun haq toʻlash miqdorini aniqlashda, yer tuzishda, xoʻjalik faoliyatini baholashda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilishi shart.
4. Yer kadastri daftari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan davlat budjeti hisobiga yuritiladi.
5. Yer kadastri daftarida asosiy hisob tariqasida oldingi yil maʼlumotlari qabul qilinadi.
Yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari (keyingi oʻrinlarda yerdan foydalanuvchilar deb ataladi) yer kadastri maʼlumotlari oʻzgargandan keyin oʻn kun muddatda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalariga yer uchastkalarining huquqiy holati, yerlarning miqdor va sifat boʻyicha holati, yerlardan foydalanilishi, ularning baholanishidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot berishga majburdirlar.
Zaxira va aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻzgarishi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan mavjud hujjatlar va materiallar asosida aniqlanadi.
6. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarining huquqiy holati, tarkibi va foydalanilishi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oladilar va ularni uch kun muddatda joyida tekshirgandan keyin joriy oʻzgarishlarni yer kadastri daftariga kiritadilar.
7. Yer kadastri daftari maxsus dasturiy mahsulot boʻyicha ishlab chiqilgan elektron shaklda yuritiladi. Yer kadastri daftarining maʼlumotlari qogʻoz shaklida foydalanish va saqlash uchun nusxasi bosib chiqariladi, tegishli imzolar bilan rasmiylashtiriladi va maxsus yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
8. Yer kadastri daftari maʼlumotlari umuman tuman (viloyatga boʻysunuvchi shahar) boʻyicha oʻtgan yil boʻyicha yerlarning hajmi va ulardan foydalanish toʻgʻrisida har yilgi hisobotni tuzishga asos boʻladi.
9. Yer kadastri daftari quyidagi boʻlimlardan tashkil topadi:
yerdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
erlarning miqdorini hisobga olish;
yerlarning sifatini hisobga olish (tuproqlarning bonitirovkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
erlarning qiymatini baholash.
II. Yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar
10. Yer fondi maʼlumotlarini har xil koʻrsatkichlar boʻyicha dasturiy mahsulot asosida tahlil qilish imkonini taʼminlash maqsadida yer kadastri daftariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuridik shaxslarning yer toifalari boʻyicha yer uchastkalari toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi.
11. Yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ular bilan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. Yerlarning miqdorini hisobga olish tartibi
12. Yerlarning miqdori har bir yerdan foydalanuvchi tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkalarining maydonlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni olish maqsadida yerlarning toifalari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olinadi. Bunda yerlarni toifalarga taqsimlash, ularning xususiyatlarini hisobga olib, ham qishloq joylardagi yerlar, ham aholi punktlarining yerlari uchun yagona tamoyil boʻyicha amalga oshiriladi.
13. Yerlarning maydoni 0,001 gektargacha aniqlikda hisobga olinadi.
14. Yerlarning miqdori yer uchastkalaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligidan qatʼi nazar, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olinadi.
15. Fuqarolarga dehqon xoʻjaligini (shaxsiy yordamchi) xoʻjalikni yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek jamoat bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yerdan foydalanuvchilar sifatida alohida satrda umumiy soni va ular tomonidan foydalanilayotgan maydonlar koʻrsatilib, har bir fuqaro boʻyicha hisobga olish asosida 3-ilovaga muvofiq yoziladi.
16. Fuqarolarga dehqon xoʻjaligini (shaxsiy yordamchi xoʻjalikni) yuritish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi va boshqa tashkilotlarning yerlari berilgan yer uchastkalari ushbu tashkilotlarning yerlari tarkibidan chiqariladi va dehqon xoʻjaligini (shaxsiy yordamchi xoʻjalikni) yuritish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yerlar tarkibida aks ettiriladi.
17. Aholi punktlarining yerlari ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalariga taqsimlanadi.
Bunda tashkilotlarning aholi punktlarida joylashgan yer uchastkalari tegishli yer toifalari va kichik toifalari boʻyicha aks ettiriladi. Aholi punktlari yerlari tarkibida faqat uy-joy qurilishi yerlari aks ettiriladi. Umumiy yer fondining toifalar va turlarga taqsimlanishi toʻgʻrisidagi hisobotda qoʻshimcha axborot tariqasida aholi punktlari ekinzorlari maydonlarining soni, umumiy maydoni va tarkibi keltiriladi.
18. Yerlarning miqdori hisobi quyidagi toifalar va kichik toifalar boʻyicha yuritiladi:
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar:
1.1. Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkatlarning) yerlari;
1.2. Fermer xoʻjaliklarining yerlari;
1.3. Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining yerlari;
1.4. Yordamchi qishloq xoʻjaliklarining yerlari;
1.5. Boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining yerlari;
1.6. Dehqon xoʻjaliklarining (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning) yerlari;
1.7. Jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yurituvchi fuqarolarning yerlari;
1.8. Yakka tartibda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va chorvachilikni yurituvchi fuqarolarning yerlari;
1.9. Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan yerlar.
2. Aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalarning va qishloq aholi punktlarining) yerlari:
2.1. Shaharlar va posyolkalarning yerlari;
2.2. Qishloq aholi punktlarining yerlari.
2.3. Uy-joy qurilishi yerlari:
2.3.1. Koʻp qavatli uylar bilan band boʻlgan yerlar;
2.3.2. Yakka tartibdagi uylar bilan band boʻlgan yerlar.
3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar:
3.1. Sanoat yerlari;
3.2. Temir yoʻllar yerlari;
3.3. Avtomobil yoʻllari yerlari;
3.4. Quvur transporti yerlari;
3.5. Aloqa yerlari;
3.6. Mudofaa yerlari;
3.7. Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar.
4. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya yerlari va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar:
4.1. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
4.2. Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
4.3. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
4.4. Tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar.
5. Oʻrmon fondi yerlari:
5.1. Oʻrmon xoʻjaliklari yerlari;
5.2. Boshqa oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari yerlari.
6. Suv fondi yerlari.
7. Zaxira va umumiy foydalanishdagi yerlar
7.1. Zaxira yerlar;
7.2. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari.
19. Yuridik va jismoniy shaxslarning har xil maqsadlarga moʻljallangan yer uchastkalari mavjud boʻlganda, ushbu yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli toifa va kichik toifalar boʻyicha keltiriladi.
Ekinzorlarining umumiy maydoni amaldagi holati boʻyicha keltiriladi, sugʻoriladigan yerlarning maydoni alohida satrlarda keltiriladi.
Agar yuridik va jismoniy shaxsning foydalanishida bir nechta yer uchastkasi mavjud boʻlsa, u holda maʼlumotlar ushbu yer uchastkalarining har biri boʻyicha keltiriladi.
20. Yer kadastri daftarini yuritishda har bir yer uchastkasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastr raqami beriladi.
21. Yerlarni hisobga olish asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
Yerlarni asosiy turda hisobga olishda yer kadastri daftariga yuridik va jismoniy shaxslarning joriy yilning 1-yanvaridagi holatiga koʻra barcha yerlari kiritiladi.
Ushbu daftarga vakolatli organlar tomonidan tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yuridik shaxslar ham kiritiladi, agar ular keyingi yilning 1-yanvarigacha korxona va tashkilotlarning yagona davlat registridan chiqarilmagan boʻlsa.
Hisobot yilining 1-yanvarigacha boshqa yuridik shaxslarni qayta tashkil etish natijasida yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hisobga olishning asosiy turi tariqasida hisobga olinadi.
Fuqaroga yer uchastkasi berilgan, keyinchalik u ushbu yer uchastkasida qurilgan bino va inshootlar bilan birgalikda xususiy korxona yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxona tashkil etgan hollarda ushbu yer uchastkasi yer kadastri daftarida tashkil etilgan yuridik shaxsga tegishli yer uchastkasi sifatida yoziladi.
Yerlarni joriy hisobga olishda yer kadastri daftarida faqat yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek hisobot yilining 1-yanvaridan keyin nomida, yer uchastkasining umumiy maydoni va ekinzorlarida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik va jismoniy shaxslar aks ettiriladi. Bunda maydonlar yuz bergan oʻzgartirishlar hisobga olingan holda ekinning barcha turlari boʻyicha keltiriladi.
22. Yerdan foydalanuvchilar va ekinzorlar tarkibidagi joriy oʻzgartirishlar yer kadastri daftariga muntazam ravishda ham yuridik va jismoniy shaxslarning maʼlumotlariga, ham “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan hujjatlarga asosan kiritiladi.
Joriy oʻzgarishlar yerlarni hisobga olishni yuritishga masʼul boʻlgan shaxsning imzosi bilan, oʻzgartirishlar uchun asoslarni, oʻzining lavozimini, familiyasini va oʻzgartirish kiritilgan sanani koʻrsatib tasdiqlanadi.
Muhofaza zonalariga kiritilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni belgilash toʻgʻrisida davlat organlarining qabul qilingan qarorlariga asosan kiritiladi.
Yerlarning miqdorini hisobga olish maʼlumotlari boʻyicha tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda umuman Oʻzbekiston Respublikasining ekinzorlari toifalari va turlari boʻyicha umumiy yer fondi va alohida sugʻoriladigan yerlar fondi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklga binoan hisobotlar tuziladi.
23. Yer kadastri daftari bilan bir vaqtning oʻzida tuman (shahar)ning yer kadastri navbatchi xaritasi belgilangan tartibda, elektron shaklida yuritiladi.
Yer kadastrining navbatchi xaritasiga barcha yer uchastkalarining chegaralari, ularning tarkibida yuz berayotgan oʻzgartirishlar muntazam ravishda kiritiladi va u yer kadastri boʻyicha geoaxborot tizimini tashkil etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
IV. Yerlarning sifati hisobga olinishini yuritish tartibi
24. Yerlarning sifatini hisobga olish qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan va lalmi yerlar tuproqlarining unumdorligi (bonitet ballarida), ularning tavsifi toʻgʻrisida har bir yerdan foydalanuvchi boʻyicha aniq maʼlumotlar olish maqsadida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.
Yerlarning sifatini hisobga olish shakli alohida mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan yerlarni toifalar va kichik toifalarga boʻlgan holda sugʻoriladigan va lalmi yerlarga alohida tuziladi.
25. Sugʻoriladigan va lalmi yerlarning sifatini hisobga olish shaklida tuproqlarning bonitet ballari tuproq bonitirovkasi natijalari va yerlarning tavsifi boʻyicha sinflarga boʻlinib, yerlarning agronomik, ekologik va texnologik xususiyatlarining tavsifi boʻyicha aks ettiriladi.
26. Yerlarning sifatini hisobga olish asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
Yerlarning sifatini hisobga olishning asosiy turi sifatida yer kadastri daftariga joriy yilning 1-yanvaridagi mavjud maʼlumotlar kiritiladi.
Tuproqlarning yangi bonitirovkasi amalga oshirilganda ushbu maʼlumotlar hisobga olishning asosiy turi sifatida kiritiladi.
Yerlarning sifatini joriy hisobga olishda yer kadastri daftarida faqat yangi tashkil etilgan yuridik v jismoniy shaxslar hamda hisobot yilining yanvaridan keyin yerlarning tarkibi, maydoni va sifatida oʻzgarish yuz bergan yuridik va jismoniy shaxslar aks ettiriladi.
27. Yerlarning sifatida yuz bergan joriy oʻzgarishlar yer kadastri daftariga muntazam ravishda ham yuridik va jismoniy shaxslarning maʼlumotlariga, ham “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan hujjatlarga asosan kiritiladi.
Joriy oʻzgartirishlar yerlarni hisobga olishni yuritishga boʻlgan shaxsning imzosi bilan, oʻzgartirishlar uchun asoslarni, oʻzining lavozimini, familiyasini va oʻzgartirish kiritilgan sanani koʻrsatib tasdiqlanadi.
V. Yerlarning qiymatini baholashni hisobga olish tartibi
28. Yer kadastri daftarida yerlarning qiymatini baholash sifatida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yerlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
29. Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining meʼyoriy qiymatini hisobga olish har bir yerdan foydalanuvchi boʻyicha ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklga binoan yuritiladi.
30. Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini hisobga olish ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan yerlar toifalari va kichik toifalariga boʻlingan holda yuritiladi.
Hisobga olish shaklida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining maydonlari turlari boʻyicha 1 gektar erning oʻrtacha normativ qiymati va ekinzorlarining umumiy normativ qiymati aks ettiriladi, xoʻjalikning qishloq xoʻjaligi ekinzorlari boʻyicha yakun chiqariladi.
31. Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini hisobga olish asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
Hisobga olishning asosiy turi sifatida yer kadastri daftariga joriy yilning 1-yanvaridagi mavjud qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymati yangidan aniqlangan holatlarda, ushbu maʼlumotlar hisobga olishning asosiy turi sifatida kiritiladi.
Ekinzorlarning normativ qiymatini hisobga olishning joriy turida yer kadastri daftarida faqat yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda hisobot yilining 1-yanvaridan keyin qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining tarkibi va maydoni oʻzgargan yuridik va jismoniy shaxslar aks ettiriladi. Bunda normativ qiymat qishloq xoʻjaligi ekinzorlari har bir turining oʻrtacha normativ qiymatidan kelib chiqib ularning normativ qiymatini qayta hisoblab chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining barcha turlari boʻyicha keltiriladi.
32. Qishloq xoʻjaligi ekinzorining normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joriy oʻzgartirishlari hisobga olish shakliga muntazam ravishda ham yuridik va jismoniy shaxslarning maʼlumotlariga, ham “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan hujjatlarga asosan kiritiladi.
Joriy oʻzgartirishlar yerlarni hisobga olishni yuritishga masʼul boʻlgan shaxsning imzosi bilan, oʻzgartirishlar uchun asoslarni, oʻzining lavozimini, familiyasini va oʻzgartirish kiritilgan sanani koʻrsatib tasdiqlanadi.
VI. Yakunlovchi qoida
33. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari yer kadastri daftarining aniq va muntazam yuritilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari toʻgʻrisida umumiy
MAʼLUMOTLAR
Tartib raqami
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining nomi
STIR
Kadastr raqami
Joylashgan joyi (manzili)
Huquq turi
Yer uchastkasining asosiy foydalanish maqsadi
Yer uchastkasiga huquqni tasdiqlovchi hujjat
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning cheklanishi mavjudligi
Servitutlar mavjudligi
Yer uchastkasiga huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi
Yer uchastkasidan foydalanish muddati
Umumiy maydon, ga
hujjatlar boʻyicha
amalda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Asosiy maʼlumotlar
20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra
Joriy maʼlumotlar
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
Izohlar:
1. Shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.
2. STIR (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami) tuman (shahar) davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi.
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
_____________________ tumani (shahri) yer fondining yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga
TAQSIMLANIShI
Tartib raqami
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining nomi
Kadastr raqami
Umumiy maydon, ga
Ekin yerlari
Shu jumladan issiqxonalarda
Koʻp yillik daraxtlar
Boʻz yerlar
Pichanzorlar
Yaylovlar
hujjatlar boʻyicha
amalda
hammasi
Shu jumladan
hammasi
sh. j. suv bilan taʼminlangan yaylovlar
bogʻlar
uzumzorlar
tutzorlar
boshqalar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
Asosiy maʼlumotlar
20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra
Joriy maʼlumotlar
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
Izoh: shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
____________________ tumanining (shahrining) umumiy yer fondini toifalar va turlar boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisida
HISOBOT
Toifa va kichik toifalar raqami
Yer fondining toifalari va kichik toifalari
Satrlar raqami
Soni
Umumiy maydon
Ekin erlari
Koʻp yillik daraxtlar
hammasi
shu jumladan
bogʻlar
uzumzorlar
tutzorlar
boshqalar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
1.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
1.1.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) yerlari
1
1.2.
Fermer xoʻjaliklari yerlari
2
1.3.
Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining yerlari
3
1.4.
Yordamchi qishloq xoʻjaliklari yerlari
4
1.5.
Boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining yerlari
5
1.6.
Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)ning yerlari
6
1.7.
Jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritadigan fuqarolarning yerlari
7
1.8.
Yakka tartibda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik yurituvchi fuqarolarning yerlari
8
1.9.
Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan yerlar
9
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning jami (1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 + 8 + 9-satrlar)
2.
Aholi punktlarining yerlari
10
2.1.
Shahar va posyolkalarning yerlari (maʼlumot tarzida keltiriladi)
11
2.2.
Qishloq aholi punktlarining yerlari (maʼlumot tarzida keltiriladi)
2.3.
Shahar va posyolkalarning uy-joy qurilishi yerlari
12
2.3.1.
Koʻp qavatli uylar bilan band boʻlgan yerlar
13
2.3.2.
Yakka tartibdagi uylar bilan band boʻlgan yerlar
14
Uy-joy qurilishi yerlarning jami (13 + 14-satrlar)
15
��
3-ilovaning davomi, ikkinchi varaq
3.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
3.1.
Sanoat yerlari
16
3.2.
Temir yoʻllar yerlari
17
3.3.
Avtomobil yoʻllari yerlari
18
3.4.
Quvur transporti yerlari
19
3.5.
Aloqa yerlari
20
3.6.
Mudofaa yerlari
21
3.7.
Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
22
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarning jami (16 + 17 + 18 + 19 + 20 + 21 + 22-satrlar)
23
4.
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadlarga �oʻljallangan yerlar
4.1.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
24
4.2.
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
25
4.3.
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
26
4.4.
Tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar
27
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlarning jami (24 + 25 + 26 + 27-satrlar)
28
5.
Oʻrmon fondi yerlari
5.1.
Oʻrmon xoʻjaliklarining yerlari
29
5.2.
Boshqa oʻrmon xoʻjaliklari tashkilotlarining yerlari
30
Oʻrmon fondi yerlarining jami (29 + 30-satrlar)
31
6.
Suv fondi yerlari
32
7.
Zaxira va umumiy foydalanishdagi yerlar
7.1.
Zaxira yerlar
33
7.2.
Umumiy foydalanishdagi yerlar
34
Jami zaxira va umumiy foydalanishdagi yerlar (33 + 34-satrlar)
35
Tuman (shahar) yerlarining jami (10 + 15 + 23 + 28 + 31 + 32 + 35-satrlar)
36
Tuman (shahar) chegarasidan tashqarida foydalanilayotgan yerlar
37
Boshqa tumanlarning (shaharlarning) yerdan foydalanuvchilari tomonidan foydalanilayotgan yerlar
38
Tuman (shahar) maʼmuriy chegarasidagi yerlarning jami (36 – 37 + 38-satrlar)
shu jumladan suv bilan taʼminlangan yaylovlar
hammasi
shu jumladan
ixota daraxtzorlari
terakzorlar
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Sugʻoriladigan va lalmi yerlarning sifati
Tartib raqami
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining nomi
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinzorlari maydoni, ga
Shu jumladan bonitet sinflari boʻyicha
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
Baholanmagan erlar
0 — 10
11 — 20
21 — 30
31 — 40
41 — 50
51 — 60
61 — 70
71 — 80
81 — 90
91 — 100
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
Asosiy maʼlumotlar
20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra
Joriy maʼlumotlar
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
4-ilovaning davomi
Oʻrtacha ball boniteti
Suv bilan taʼminlanganligi, %
Oʻzlashtirilgan davr
Madaniylashganligi
Eroziyaga duchor boʻlish darajasi
Toshloqlik darajasi
Shoʻrlanish darajasi
Yer osti suvining chuqurligi, m
Yerlarning ifloslanishi
15
16
17
18
19
20
21
22
23
Asosiy maʼlumotlar
20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra
Joriy maʼlumotlar
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
Izoh: shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymati
Tartib raqami
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining nomi
Ekin yerlari
Bogʻlar
sugʻoriladigan
lalmi
sugʻoriladigan
lalmi
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
Asosiy maʼlumotlar
20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra
Joriy maʼlumotlar
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
5-ilovaning davomi, ikkinchi varaq
Uzumzorlar
Boshqa daraxtzorlar
sugʻoriladigan
lalmi
sugʻoriladigan
lalmi
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
Asosiy maʼlumotlar
20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra
Joriy maʼlumotlar
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
5-ilovaning davomi, uchinchi varaq
Boʻz yerlar
Pichanzor va yaylovlar
Jami
sugʻoriladigan
lalmi
sugʻoriladigan
sugʻorilmaydigan
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
1 ga erning qiymati, ming soʻm
umumiy qiymati, ming soʻm
maydoni, ga
umumiy qiymati, ming soʻm
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
Asosiy maʼlumotlar
20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra
Joriy maʼlumotlar
(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsn�ng lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)
Izoh: shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.