avtomobil transporti — tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot va aholining yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladan pochtani (bundan keyin — yoʻlovchilar, bagaj va yuklar deb yuritiladi) avtomobilda tashishga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlovchi ishlab chiqarish-texnologiya majmui;
avtotransport vositalari — yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
mijoz (yoʻlovchi, yuk oluvchi, yuk joʻnatuvchi) — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
3-modda. Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida avtomobil transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Shahar yoʻlovchilarini tashish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida” gi Qonuni bilan ham tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashish, harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-sonli qarori qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari”ga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transporti xususiy va ommaviy mulk asosida faoliyat koʻrsatishi mumkin. Avtomobil transportining barcha mulkdorlari teng huquqlarga egadirlar va qonun himoyasidan bab-baravar foydalanadilar.
5-modda. Avtomobil transporti yerlari
Avtomobil transporti faoliyatini taʼminlash uchun yerlar yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy foydalanishga beriladi.
Yoʻlovchilar avtotransporti vositalari jumlasiga avtobuslar, mikroavtobuslar, yengil avtomobillar, yoʻlovchilar tashiladigan tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi.
Yuk avtotransporti vositalari jumlasiga yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. Konstruktiv jihatlariga hamda qay maqsadlarda foydalanilishiga koʻra yuk avtotransporti vositalari umumiy va maxsus transport vositalariga boʻlinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.10.00 Boshqa maxsus koʻrinishdagi transportlar]
Maxsus avtotransport vositalari jumlasiga turli maxsus ishlarni, koʻproq notransport ishlarini bajarishga moʻljallangan avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar (oʻt oʻchirish avtomobillari, kompressor qurilmali avtomobillar, avtokranlar, supurish-sidirish hamda chiqindi tashish avtomobillari va hokazolar) kiradi.
7-modda. Avtomobilda tashish turlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
Avtomobilda tashishlar shahardagi, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro tashishga boʻlinadi.
Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrgacha tashqarida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Shaharlararo tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrdan oshiq masofada amalga oshiriladigan tashishlar, shuningdek yoʻnalish masofasidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Xalqaro tashishlar jumlasiga yoʻnalish masofasidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisidan amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
8-modda. Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni xalqaro tashish
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar, shu jumladan tranzit tashishlar xalqaro hamda tranzit aloqa uchun ochiq avtomobil yoʻllari orqali Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-modda. Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tashishlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Avtomobil transportining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi avtomobil transportini boshqarish boʻyicha vakolat bergan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tashuvchilarning xoʻjalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
10-modda. Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
avtomobilda tashishlarni tashkil etish va takomillashtirishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
avtomobil transportini rivojlantirish milliy dasturlari konsepsiyasini ishlab chiqish;
respublika va aholining tashishlarga boʻlgan davlat ehtiyojlari istiqbolini ishlab chiqish;
avtomobil transporti sohasida yagona investitsiya, ilmiy-texnika va ijtimoiy siyosatni shakllantirish va yuritish;
avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashishni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish;
tashuvchilar va mijozlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining avtomobil transport sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardir:
avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, barcha tashuvchilarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
avtomobil transportining moddiy-texnika va ijtimoiy negizini mustahkamlashga koʻmaklashish.
Davlat hokimiyati mahalliy organlari qonun hujjatlariga muvofiq avtomobil transporti sohasida boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12-modda. Avtotransport vositalarini standartlash, metrologiya jihatidan taʼminlash va sertifikatlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
Avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnik shartlarga, tibbiy-sanitariya va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim.
Avtotransport vositalarini standartlash, metrologiya va sertifikatlash ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi hamda boshqa davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Sertifikatlashdan oʻtmagan va belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan avtotransport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
13-modda. Avtomobilda tashishlarni litsenziyalash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Avtomobilda tashishlar tashuvchilar tomonidan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Avtomobilda tashishlar uchun litsenziya berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
14-modda. Avtotransport vositasini boshqarish huquqi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Avtotransport vositasini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy tekshiruvdan oʻtgan jismoniy shaxsga beriladi. Avtotransport vositasini boshqarish huquqi belgilangan namunadagi hujjat bilan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy haydovchilik guvohnomasining namunasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Salomatligiga koʻra avtotransport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi mezoni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Avtotransport vositalarini boshqarishga doir malaka talablari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
15-modda. Yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashish shartnomasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida tashiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-bobiga (“Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish”) qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashiganlik uchun tashish shartnomasida belgilangan haq olinadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq avtomobilda tashishlarning ayrim turlari uchun davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan tartibga soluvchi tariflar belgilanishi mumkin. Tartibga soluvchi tariflar boʻyicha tashishlar munosabati bilan tashuvchilarning xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Tashuvchilarning qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilgan, shu jumladan bepul yurish huquqi berilgan fuqarolarning ayrim toifalarini tashish bilan bogʻliq xarajatlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
Avtomobil transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni temir yoʻl, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan oʻzaro hamkorlikda tashish yagona transport hujjatidan hamda shunday tashishni tashkil etish tartibidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan paytda yuzaga keladigan munosabatlar tashuvchilar oʻrtasidagi bitim bilan tartibga solinadi.
Aholiga avtotransport xizmati koʻrsatuvchi avtovokzallar va yoʻlovchilar bekatlari qurish tashuvchilar, davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
16-modda. Favqulodda holatlarda avtomobil transportining ishi
Favqulodda holatlar (zilzila, toshqin, yongʻin, epidemiya va boshqa tabiiy ofatlar) yuzaga kelgan taqdirda tashuvchilar va mijozlar oʻrtasidagi shartnoma munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga binoan tabiiy ofatlar yoki ularning oqibatlarini tugatish davrida toʻxtatib turilishi mumkin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang)]
Tashuvchilarning favqulodda holatlarda, shuningdek safarbarlik holatini, fuqaro mudofaasi va avariya-qutqaruv ishlariga oid tadbirlarni taʼminlash bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga doir xarajatlari davlat budjetidan qoplanadi.
17-modda. Tashuvchining huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang)]
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
umumiy foydalanishdagi barcha avtomobil yoʻllari, shuningdek idoralarga qarashli umumiy foydalanish uchun ochiq avtomobil yoʻllari orqali oʻtish;
joʻnatilayotgan yuk oʻz sertifikatiga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
fuqarolar hayotiga, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, ekologiya va sanitariya normalari buzilishiga yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlarga sabab boʻluvchi holatlarda tashishdan voz kechish.
Tashuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Mijozga xizmat koʻrsatish chogʻida tashuvchi:
tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi;
sertifikatga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan ishga yaroqli transport vositalaridan foydalanishi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi;
yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashishning belgilangan qoidalariga rioya qilishi;
yoʻlovchi, bagaj yoki yukni tayinlangan joyiga tashish shartnomasida belgilangan muddatda eltib qoʻyishi. Agar eltib qoʻyish muddati tashish shartnomasida belgilanmagan va nazarda tutilmagan boʻlsa, eltib qoʻyish oqilona muddatlarda amalga oshirilishi lozim;
yoʻlovchining xavfsizligini, xizmat koʻrsatishning zarur qulayliklari va shartlarini taʼminlashi;
bagaj va yuklarning tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab oluvchiga berilgunga qadar saqlanishini taʼminlashi;
yoʻl harakati xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
tashuvchi tashishni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda mijoz koʻrgan zararni qoplashi;
avtomobilda tashishlar boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq hisobga olish va hisobot berish ishlarini yuritishi;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
Yoʻlovchilar tashish chogʻida yoʻlovchi quyidagi huquqlarga ham ega:
yoʻlovchilar tashish uchun ochiq boʻlgan har qanday yoʻnalishga chipta sotib olish, chiptada belgilangan joyni egallash;
shahar va shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni oʻzi bilan bepul olib yurish;
shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlardagi avtobusda besh yoshgacha boʻlgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish, besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bola uchun alohida joy berilgan holda chipta toʻliq qiymatining 50 foizini toʻlab chipta sotib olish va oʻn yoshgacha boʻlgan ikki yoki undan ortiq bola olib yurilganda ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari uchun — alohida joy berilgan holda chipta toʻliq qiymatining 50 foizini toʻlab chipta sotib olinadi;
shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarida yigirma kilogrammdan oshmaydigan ogʻirlikdagi bagajni, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — belgilangan oʻlchamlardagi bagajning bir oʻrnini oʻzi bilan bepul, koʻrsatib oʻtilgan normalardagidan ortiqcha bagajni esa — haq evaziga olib yurish;
tashish boshlanmasidan oldin chiptani topshirish va uning uchun toʻlangan summani qaytarib olish. Toʻlangan summaning tashuvchi tomonidan qaytarilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
yoʻlovchilarni tashuvchi reyslar kechikkan yoki bekor qilingan taqdirda yetkazilgan ziyonni va maʼnaviy zararni qonun hujjatlariga muvofiq toʻlattirish va qoplattirish.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida berilgan imtiyozlarni tatbiq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashuvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
20-modda. Mijozning majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
Mijoz:
tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi;
tashish qoidalarida oʻziga qoʻyilgan talablarni bajarishi;
tashilayotgan yukning tashish shartnomasiga muvofiqligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni tashuvchining talabiga binoan taqdim etishi;
avtotransport vositalarining tashilishi lozim boʻlgan yuk yoki bagaj yoniga bemalol va xavfsiz kirib bora olishini taʼminlashi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
21-modda. Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan taqdirda, tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.19.00 Transport va transport xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Tomonlarning qonunda belgilab qoʻyilgan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish haqidagi bitimi haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XVIII bobi.
22-modda. Yuk yoki bagaj yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) hollarda tashuvchining javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.19.00 Transport va transport xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) oʻzining aybi yoʻqligini isbotlay olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk yoki bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar yoʻqotilgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagaj qiymati, shuningdek tashuvchi yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni eltib berish uchun mijozdan olgan kira haqi qiymati miqdorida, agar bu kira haqi yuk yoki bagajning bahosiga kirmasa, tashuvchi tomonidan qoplanadi.
Mijoz tashuvchidan yuk yoʻqolgani, kam chiqqanligi yoki shikastlangani (buzilgani) tufayli yetkazilgan boshqa zararlar ham qoplanishini talab qilishga haqli.
23-modda. Tashuvchining yuk tashish uchun avtotransport vositasini bermaganligi yoki oʻz vaqtida bermaganligi uchun javobgarligi
Tashuvchi tashish shartnomasiga muvofiq yuk tashish uchun avtotransport vositasini bermaganligi yoki oʻz vaqtida bermaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Agar avtotransport vositasini bermaganlik yoki oʻz vaqtida bermaganlik yengib boʻlmas kuch, harbiy harakatlar, muayyan yoʻnalishda yuk tashish toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilganligi tufayli yuz bergan boʻlsa, tashuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilinadi.
24-modda. Yuk tashish uchun tashuvchi tomonidan berilgan avtotransport vositasidan foydalanmaganlik uchun mijozning javobgarligi
Yuk tashish uchun tashish shartnomasiga muvofiq berilgan avtotransport vositasidan foydalanmaganlik uchun mijoz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Agar bu yengib boʻlmas kuch, harbiy harakatlar, muayyan yoʻnalishda yuk tashish toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilganligi tufayli yuz bergan boʻlsa, mijoz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilinadi.
25-modda. Yoʻlovchini joʻnatib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
Yoʻlovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini joʻnatish kechiktirilgan yoki u belgilangan manzilga kechikib kelgan taqdirda (shahar va shahar atrofida tashishlar bundan mustasno), tashuvchi, agar kechiktirish yoki kech yetib borish tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, yoʻlovchiga jarima tariqasida neustoyka toʻlaydi. Jarima miqdori va uni toʻlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
Yoʻlovchiga jarima toʻlash tashuvchini avtotransport vositasi kechiktirilishi yoki kech yetib borishi tufayli yoʻlovchi koʻrgan zararni unga toʻlashdan ozod etmaydi.
Avtotransport vositasi kechiktirilganligi sababli yoʻlovchi unda joʻnashdan voz kechgan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
26-modda. Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Tashuvchi tashish paytida yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun, agar u shikast jabrlanuvchining qasdi yoki yengib boʻlmas kuch tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi.
Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
27-modda. Mijozning zarar yetkazganlik uchun javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Mijoz oʻzining aybi bilan boshqa shaxslarga, tashuvchining va boshqa shaxslarning tashuvchi javobgar boʻlgan mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.19.00 Transport va transport xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Yuk joʻnatuvchi transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi, noaniqligi yoki toʻliq emasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha zararlar uchun tashuvchi va uchinchi shaxs oldida javobgar boʻladi.
28-modda. Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni sugʻurta qilish
Yoʻlovchilar xalqaro va shaharlararo avtomobil transportidan foydalanganda majburiy shaxsiy sugʻurta qilinishlari shart.
Majburiy shaxsiy sugʻurtalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yoʻlovchilar hayotini, sogʻligʻini ixtiyoriy sugʻurta qilish, shuningdek bagaj va yuklarni sugʻurta qilish tegishli sugʻurta shartnomalari asosida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 914-moddasiga qarang.
29-modda. Avtomobil transportida xavfsizlik va ekologiya normalarini taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
Tashuvchi yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish, fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, harakat xavfsizligini hamda atrof muhit muhofaza qilinishini taʼminlashi shart.
Avtotransport korxonalari, avtovokzallar, avtobekatlarning transport vositalari harakati va yuk ortish-tushirish ishlari amalga oshiriladigan hududlari oʻta xavfli tegralar hisoblanadi. Oʻta xavfli tegralarda boʻlish va unda ishlarni amalga oshirish qoidalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Zaharlovchi, portlovchi, alangalanuvchi, radioaktiv, zaharli va boshqa xavfli yuklar faqat bunday yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashilishi lozim. Mijoz va tashuvchi ularning bexatar tashilishi, ortilishi va tushirib olinishini taʼminlashlari shart. Xavfli yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish yukni joʻnatuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun yoʻl davomida taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Xavfli yuklar roʻyxati va ularni tashish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnomalar boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan xavfli yuklar roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 1-son Ilova) qarang.
30-modda. Nizolarni hal qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
Tashuvchi va mijoz oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
31-modda. Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.